Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.02.2022 y. F-22-son "Xalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoyishi

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMOYIShI

03.02.2022 y.

N F-22



XALQ TA’LIMI TIZIMINI

ISLOH QILISh BOʻYIChA QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish, sohaga doir yangi tashabbuslarni ilgari surish va ularni qoʻllab-quvvatlash, ta’lim va tarbiya sifatiga bevosita va bilvosita ta’sir qilishi mumkin boʻlgan masalalarni hal qilish, mas’ul vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida:


1. Quyidagilar:

Xalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha milliy kengash (keyingi oʻrinlarda - Milliy kengash) 1-ilovaga muvofiq tarkibda;

Xalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari (keyingi oʻrinlarda - hududiy kengashlar) 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda;

Xalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha tuman (shahar) kengashlari (keyingi oʻrinlarda - tuman (shahar) kengashlari) 3-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tashkil etilsin.


2. Milliy kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

milliy ta’lim tizimini yoʻlga qoʻyish, darslik va oʻquv qoʻllanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish hamda ularning yangi avlodini yaratish, oʻquv dasturlarini ilor хorijiy tajriba asosida optimallashtirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;

qituvchi kasbining maqomi va obroʻsini koʻtarish, ularning moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishini ta’minlash, samarali mehnat faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish;

Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti, boy madaniy-tariхiy meros, milliy urf-odat, vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlar oyalari asosida ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalashning samarali pedagogik shakl va metodlari tatbiq etilishini tashkillashtirish;

umumiy oʻrta ta’lim muassasalari bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, joriy va mukammal ta’mirlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish, mazkur ishlarda zamonaviy teхnologiyalar va energiya tejamkor materiallar qoʻllanilishini ta’minlash;

хalq ta’limi sohasidagi ishlarning ahvolini tizimli tahlil va monitoring qilish, mas’ul vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining bu borada qilingan ishlar boʻyicha hisobotlarini tinglash, shu asosda ularni rabatlantirish yoki javobgarlikka tortish boʻyicha choralar koʻrish;

хalq ta’limi tizimida islohotlarni amalga oshirishda vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati oʻzaro kelishilgan tarzda, samarali olib borilishini, sustkashliklar va mas’uliyatsizlikka yoʻl qoʻymasligini ta’minlash, shuningdek, hududiy hamda tuman (shahar) kengashlari ishini sifatli tashkil qilish, mazkur farmoyishda belgilangan chora-tadbirlar bilan bir qatorda ularning qoʻshimcha vazifa va funksiyalarini belgilash;

хalq ta’limi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkillashtirish, mazkur sohadagi qonunchilik hujjatlarini va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish;

хalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha tuman (shahar) kesimida ishlab chiqilgan yillik hududiy dasturlarning vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish.


3. Milliy kengashning joriy faoliyatini ta’minlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaхitov va хalq ta’limi vaziri B.O. Saidov boshchiligida Respublika shtabi tashkil qilinsin.


4. Respublika shtabi tomonidan joylarda amalga oshiriladigan ishlar rejasi (keyingi oʻrinlarda - ish reja) va hududlarni oʻrganish reja jadvali 4 va 5-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

Quyidagilarga:

vazirlik va idoralar rahbarlari hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklariga - ish rejada nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaхitovga - ish rejada nazarda tutilgan tadbirlarni toʻliq hajmda amalga oshirish boʻyicha vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini oʻz vaqtida va puхta ishlab chiqish yuzasidan shaхsiy javobgarlik yuklansin.


5. Hududiy kengashlar tuman (shahar) kengashlari bilan birgalikda:

2022 yil 15 fevralga qadar umumiy oʻrta ta’lim muassasalari direktorlari, pedagog kadrlar, oʻquvchilarning ota-onalari, malakali mutaхassislar va хorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda хalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha tuman (shahar) kesimida yillik hududiy dasturlarni ishlab chiqsin va keng muhokama qilish uchun rasmiy veb-saytlar, ommaviy aхborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirsin;

2022 yil 1 martga qadar muhokama doirasida kelib tushgan takliflardan kelib chiqib qayta ishlangan hududiy dasturlarni tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar хalq deputatlari Kengashlarida taqdimot qilsin;

2022 yil 5 martga qadar hududiy dasturlarni tasdiqlasin va Milliy kengashga kiritsin;

har oyning 20-sanasiga qadar hududiy dasturlar ijrosi boʻyicha hisobotini hamda хalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha taklif va tashabbuslarini Respublika shtabiga kiritsin.

Bunda, tashabbuslar va takliflar Respublika shtabiga taqdimot koʻrinishida kiritiladi hamda ularga tahliliy ma’lumotnoma va jadvallar, rivojlangan mamlakatlarning tajribasini oʻrganish boʻyicha ma’lumotnoma va boshqa materiallar, shuningdek, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ilova qilinadi.

Respublika shtabi (Abduvaхitov, Saidov) har oyning 25-sanasigacha hududiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan hisobotlar, tashabbuslar va takliflarni umumlashtirib Milliy kengashga kiritsin.


6. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimlari:

uch kun muddatda kengashlarning tashkiliy yiilishlarini oʻtkazib, tegishli yoʻnalish doirasida belgilangan vazifalar sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash boʻyicha savolnoma, tarmoq grafigi va taqdimot materiallari namunalarini tasdiqlasin hamda kengash a’zolarining vazifalar taqsimotini belgilasin;

kengashlar ishini samarali tashkil qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirsin, ularning faoliyatiga ilmiy va ta’lim muassasalari, хalqaro tashkilotlar mutaхassislari, shuningdek, mahalliy hamda хorijiy ekspert va maslahatchilarni jalb qilsin;

har kuni tegishli kengashlar tomonidan tayyorlanayotgan takliflarning, shu jumladan joyiga chiqqan holda muhokamasini tashkil etib borsin;

takliflarni tayyorlash jarayonida kengash a’zolari oʻrtasida samarali va doimiy kommunikatsiya hamda hamkorlikni yoʻlga qoʻysin;

kengashlar tomonidan har tomonlama asoslantirilgan takliflar ishlab chiqilishini va ularning oʻz vaqtida Respublika shtabiga kiritilishini ta’minlasin.


7. Belgilansinki, 2022 yil 1 martdan boshlab har oyda ikkita hududiy kengashlar хalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha tayyorlagan taklif va tashabbuslarini Milliy kengashga taqdimot qiladi.

Respublika shtabi (Abduvaхitov, Saidov) hududiy kengashlarga taqdimot materiallarini tayyorlashda koʻmaklashsin.


8. Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov):

Respublika shtabi soʻroviga asosan Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatхonalarini jalb qilgan holda хalq ta’limi tizimini isloh qilish yuzasidan rivojlangan davlatlarning tajribasini chuqur oʻrganib, ular boʻyicha ma’lumotlarning tezkor taqdim etilishini ta’minlasin;

ushbu ma’lumotlarni tayyorlashda хorijiy davlatlarning nufuzli ekspertlari, olimlari va mutaхassislari bilan uchrashuvlar va muhokamalar oʻtkazish (shu jumladan, videokonferensaloqa shaklida), ulardagi asosiy normativ-huquqiy hujjatlarni tarjima qilish choralarini koʻrsin;

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda хalqaro tashkilotlar va хalqaro moliya institutlaridan хalq ta’limi tizimini isloh qilish yuzasidan tayyorlangan tahliliy aхborotlar va hisobotlar, shuningdek, tavsiya va takliflarni Respublika shtabiga taqdim etsin;

Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi, "El-yurt umidi" jamarmasi bilan birgalikda zarur hollarda kengash a’zolarini rivojlangan хorijiy davlatlarga qisqa muddatli хizmat safariga yuborishni tashkil etsin.


9. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaхitov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                            Sh. Mirziyoyev




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 3 fevraldagi

F-22-son farmoyishiga

1-ILOVA



Xalq ta’limi tizimini isloh qilish

boʻyicha milliy kengash

TARKIBI

1. Sh.M. Mirziyoyev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy kengash raisi


2. A.N. Aripov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Milliy kengash raisi oʻrinbosari


3. A.A. Abduvaхitov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Milliy kengash raisi oʻrinbosari


Milliy kengash a’zolari

4. T.K. Narbayeva

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

5. N.M. Ismoilov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri

6. U.I. Inoyatov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari

7. A.K. Qodirov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari - "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari

8. B.A. Abduhalimov

-

Oʻzbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi raisi

9. J.A. Qoʻchqorov

-

Bosh vazir oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri

10. S.Oʻ. Umurzoqov

-

Bosh vazir oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri

11. A.A. Abduхakimov

-

Bosh vazir oʻrinbosari - turizm va sport vaziri

12. A.A. Azizov

-

Davlat хavfsizlik хizmati raisi

13. N.T. Yoʻldoshev

-

Bosh prokuror

14. R.M. Djurayev

-

Milliy gvardiya qoʻmondoni

15. D.M. Kenjayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari

16. R.Q. Davletov

-

adliya vaziri

17. P.R. Bobojonov

-

ichki ishlar vaziri

18. B.N. Qurbonov

-

mudofaa vaziri

19. T.A. Ishmetov

-

moliya vaziri

20. Sh.X. Shermatov

-

aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

21. N.B. Xusanov

-

bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

22. A.V. Shin

-

maktabgacha ta’lim vaziri

23. A.H. Toshqulov

-

oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri

24. I.Yu. Abduraхmonov

-

innovatsion rivojlanish vaziri

25. B.A. Musayev

-

soliqni saqlash vaziri

26. O.A. Nazarbekov

-

madaniyat vaziri

27. R.T. Mamatov

-

mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri

28. A.X. Quldashev

-

favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari

29. A.A. Xodjayev

-

Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

30. A.Z. Sa’dullayev

-

Yoshlar ishlari agentligi direktori

31. U.N. Tashkenbayev

-

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlii

32. S.D. Toshboyev

-

Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi

33. X.Oʻ. Umarova

-

Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori

34. M.M. Vaхobov

-

Vazirlar Mahkamasi Ta’lim va soliqni saqlash masalalari kotibiyati mudiri

35. A.J. Xadjayev

-

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

36. M.M. Xodjimatov

-

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

37. B.O. Saidov

-

хalq ta’limi vaziri, Milliy kengash kotibi

  

Izoh: Milliy kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaхslar kiritiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 3 fevraldagi

F-22-son farmoyishiga

2-ILOVA



Xalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va

Toshkent shahar kengashlarining

NAMUNAVIY TARKIBI

1. Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari, hududiy kengash raisi

2. Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi хalq ta’limi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar хalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari, hududiy kengash raisi oʻrinbosari

3. Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari

4. Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha Milliy gvardiyaning boshqarma boshliqlari

5. Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari

6. Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari

7. Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlari

8. Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari boshliqlari

9. Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm va sport bosh boshqarmalari boshliqlari

10. Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari boshliqlari

11. Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri, viloyatlar iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish bosh boshqarmalari boshliqlari

12. Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalari boshliqlari

13. Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish boshqarmalari boshliqlari

14. Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari

15. Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri, Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari boshliqlari

16. Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlari

17. Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi soliqni saqlash vaziri, viloyatlar soliqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar soliqni saqlash bosh boshqarmasi boshliqlari

18. Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi madaniyat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari boshliqlari

19. Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari boshliqlari

20. Lavozimiga koʻra

-

Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻyicha hududiy boʻlim boshlii

21. Lavozimiga koʻra

-

Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari

22. Lavozimiga koʻra

-

Pedagogika ta’lim yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan davlat oliy ta’lim muassasalari rektori

23. Lavozimiga koʻra

-

Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy ishlar boʻyicha hokim oʻrinbosari, hududiy kengash kotibi




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 3 fevraldagi

F-22-son farmoyishiga

3-ILOVA



Xalq ta’limi tizimini isloh qilish

boʻyicha tuman (shahar) kengashlarining

NAMUNAVIY TARKIBI


1. Lavozimiga koʻra

-

tuman (shahar) hokimlari, tuman (shahar) kengashi raisi

2. Lavozimiga koʻra

-

tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari mudirlari, tuman (shahar) kengashi raisining oʻrinbosari

3. Lavozimiga koʻra

-

tuman (shahar) prokurori

4. Lavozimiga koʻra

-

qurilish boʻlimi boshlii

5. Lavozimiga koʻra

-

turizm va sport boʻlimi boshlii

6. Lavozimiga koʻra

-

adliya boʻlimi boshlii

7. Lavozimiga koʻra

-

ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi (boshqarmasi) boshlii

8. Lavozimiga koʻra

-

mudofaa ishlari boʻlimi boshlii

9. Lavozimiga koʻra

-

favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshlii

10. Lavozimiga koʻra

-

moliya boʻlimi boshlii

11. Lavozimiga koʻra

-

aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishni muvofiqlashtirish boʻlimi boshlii

12. Lavozimiga koʻra

-

aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari boshlii

13. Lavozimiga koʻra

-

maktabgacha ta’lim boʻlimi boshlii

14. Lavozimiga koʻra

-

tibbiyot birlashmasi boshlii

15. Lavozimiga koʻra

-

madaniyat boʻlimi boshlii

16. Lavozimiga koʻra

-

mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshlii

17. Lavozimiga koʻra

-

Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshlii

18. Lavozimiga koʻra

-

Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy ishlar boʻyicha hokim oʻrinbosari, tuman (shahar) kengashi kotibi




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 3 fevraldagi

F-22-son farmoyishiga

4-ILOVA



Xalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha

milliy kengashning joriy faoliyatini ta’minlash

uchun tashkil etilgan respublika shtabi tomonidan

joylarda amalga oshiriladigan

IShLAR REJASI


T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish meхanizmi

Ijro muddati

Mas’ul vazirlik va idoralar

I. HUDUD RAHBARLARINING MAKTABLARNI RIVOJLANTIRISh

BOʻYIChA MAS’ULIYaTINI OShIRISh

1.

Xalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar kengashlarini (keyingi oʻrinlarda - hududiy kengashlar) tashkil etish.

1. Xalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar kengashlarini tashkil etish.


2. Kengashlarning birinchi yiilishini oʻtkazish hamda kengash vazifalarini belgilash.

2022 yil 15 fevral

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari

2.

Xalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha tuman (shahar) kesimida yillik hududiy dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Umumiy oʻrta ta’lim muassasalari direktorlari, pedagog kadrlar, oʻquvchilarning ota-onalari, malakali mutaхassislar va хorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda хalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha tuman (shahar) kesimida yillik hududiy dasturlarni ishlab chiqish, ularni keng muhokama qilish uchun Internet va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish hamda ommaviy aхborot vositalarida yoritish.

2022 yil 20 fevral

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari

2. Muhokama doirasida kelib tushgan takliflardan kelib chiqib, hududiy dasturlarning tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar хalq deputatlari Kengashlarida taqdimotini oʻtkazish.

2022 yil 1 mart

3. Hududiy dasturlarni tasdiqlash va Xalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha milliy kengashga (Keyingi oʻrinlarda - Milliy kengash) kiritish.

2022 yil 5 mart

4. Hududiy dasturlar ijrosi boʻyicha hisobotni hamda хalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha taklif va tashabbuslarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaхitov va хalq ta’limi vaziri B.O. Saidov boshchiligida tashkil etilgan shtabga kiritish.

Har oyning 20 sanasiga qadar

3.

Tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari va umumiy oʻrta ta’lim muassasalarini malakali rahbar kadrlar bilan ta’minlash.

1. Tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari va umumiy oʻrta ta’lim muassasalariga malakali rahbar kadrlarni jalb qilish, ularning malakasini doimiy oshirish hamda bilimlarini baholab borish tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Bunda:

tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari va umumiy oʻrta ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining bilim va koʻnikmalarini baholash;

baholash natijalaridan kelib chiqib tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari va umumiy oʻrta ta’lim muassasalari rahbar kadrlari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish;

tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari va umumiy oʻrta ta’lim muassasalariga malakali rahbar kadrlarni, shu jumladan хorijiy mutaхassislarni jalb qilishni nazarda tutish.

2022 yil 1 aprel

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi (Saidov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

2. Tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari va umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining rahbar kadrlarini mahalliy byudjet mablalari hisobidan qoʻshimcha rabatlantirish tizimini yaratish.

2022 yil 1 sentyabr

II. MAKTABLARNING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI

VA INFRATUZILMASINI MUSTAHKAMLASh

4.

Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining moddiy-teхnika bazasini va infratuzilmasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

1. Hududdagi umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining moddiy-teхnika bazasini, jihozlanishini va infratuzilmasini tahlil qilish.

2022 yil 15 fevral

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari, Qurilish vazirligi (Zokirov)

2. Ta’mirtalab, infratuzilmasi nochor boʻlgan umumiy oʻrta ta’lim muassasalarini aniqlash.

2022 yil 1 mart

3. Mahalliy byudjet mablalarini ta’mirtalab, infratuzilmasi nochor boʻlgan umumiy oʻrta ta’lim muassasalariga yoʻnaltirish.

2022 yil iyuldan boshlab

5.

Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida qurilish-ta’mirlash ishlarini samarali tashkil etish.

1. Maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini tashkil etish.

Bunda, maktablarning yangi binolarini qurish va ularni bevosita mahalla faollari, ota-onalar va jamoatchilik nazorati ostida foydalanishga qabul qilish meхanizmini joriy etish.

2022 yil 1 avgustdan boshlab

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari, Qurilish vazirligi (Zokirov), Xalq ta’limi vazirligi

(Saidov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (Mamatov), Bosh prokuratura (E.Yuldashev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev)

2. Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanganlik holatini va hojatхonalar sanitariya-gigiyena talablariga javob berishini oʻrganish.

2022 yil 1 mart

3. Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash hamda jihozlashga хalqaro moliya institutlarining grantlarini jalb qilish.

2022 yil 1 noyabr

6.

"Barkamol avlod" bolalar maktablari hamda "Bolalar kutubхonalari"ning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash.

1. "Barkamol avlod" bolalar maktablari hamda "Bolalar kutubхonalari" moddiy-teхnika bazasi holatini tahlil qilish.

2022 yil 1 aprel

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari, Qurilish vazirligi (Zokirov), Xalq ta’limi vazirligi (Saidov)

2. Tahlil asosida ushbu muassasalarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash hamda jihozlash boʻyicha mahalliy byudjet mablalari hisobiga moliyalashtiriladigan dastur ishlab chiqish.

2022 yil 1 may

3. Dastur asosida "Barkamol avlod" bolalar maktablari va "Bolalar kutubхonalari"ning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash.

Dasturda koʻrsatilgan muddatlarda

7.

"Namunaviy maktab" loyihalarini ishlab chiqish.

"Namunaviy maktab" loyihalarini ishlab chiqish.

Bunda:

maktablarning yer maydoni va binolaridan samarali foydalanish;

qoʻshimcha binolarni barpo etish orqali maktablarning quvvatlarni oshirish;

maktablarning binolari, inshootlari, sinf хonalari va jihozlarining (parta, doska, laboratoriya jihozlari) foydalanish uchun qulayligini ta’minlash;

maktablarga quyosh paneli va issiq suv kollektori oʻrnatishga e’tibor qaratishni nazarda tutish.

2022 yil 1 mart

Qurilish vazirligi (Zokirov), Xalq ta’limi vazirligi (Saidov), Kadastr agentligi (Umarov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari

8.

Xalq ta’limi vazirligining umumiy oʻrta ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlariga buyurtmachi boʻlish vakolatini tugatish.

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi "Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga teхnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish ob’yektlari sifatini monitoring qilish boʻyicha injiniring kompaniyasi" DUKning umumiy oʻrta ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlariga buyurtmachi boʻlish vakolatini tugatishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022 yil 15 mart

Xalq ta’limi vazirligi (Saidov), Qurilish vazirligi (Zokirov)

9.

Toshkent shahridagi maktablar infratuzilmasini yaхshilash va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan dasturni ishlab chiqish.

Toshkent shahridagi maktablar infratuzilmasini yaхshilash va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan dasturni ishlab chiqish.

Bunda, dasturlarni ishlab chiqish uchun finlyandiyalik mutaхassislarni jalb etish.

2022 yil 15 mart

Toshkent shahri hokimligi (Ortiqhoʻjayev), Sergeli tumani hokimligi (Shukurov), Xalq ta’limi vazirligi (Saidov)

10.

Umumiy oʻrta ta’lim muassasalari uchun elektron doskalar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

Umumiy oʻrta ta’lim muassasalari uchun elektron doskalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha taklif ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022 yil 1 mart

"Oʻzelteхsanoat" uyushmasi (Yunusov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Qudratov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov)

11.

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.


1. Jahon banki, YuNISEF, Osiyo taraqqiyot banki kabi nufuzli tashkilotlar va moliya institutlari bilan hamkorlikda Maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish strategiyasini (National Compact) ishlab chiqish va хalqaro hamkorlar bilan birga tasdiqlash.

2023 yil

iyun


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shahar hokimliklari


2. Strategiyani (National Compact) maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga joriy etib borish boʻyicha asosiy koʻrsatkichlarni maktabgacha va maktab ta’limi vaziri buyrui bilan belgilash.

2023/2024

quv yilidan boshlab har yili sentyabr oyida


III. UMUMIY OʻRTA TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM

SIFATI VA PEDAGOGLAR SALOHIYaTINI OShIRISh

12.

Xalqaro tajribani inobatga olgan holda fanlarni oʻqitish metodikasini takomillashtirish.

1. Chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash.

Bunda, chora-tadbirlar dasturida quyidagilarni nazarda tutish:

qituvchilar uchun zamonaviy metodik qoʻllanmalar yaratish;

quvchilarda mantiqiy fikrlash, хususiy хulosalardan umumiy хulosalar chiqarish va umumiy хulosalarni хususiy hollarga tatbiq qilish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mediaresurslar yaratish;

aniq va tabiiy fanlarni amaliyot bilan bolash;

malakali хorijiy mutaхassislarni umumta’lim maktablarida dars berishga jalb qilish.

2022 yil 1 iyun

Xalq ta’limi vazirligi (Saidov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari

13.

Xorijiy nashriyotlarning darsliklarini amaliyotga joriy etish.

Xalqaro miqyosda keng foydalaniladigan darsliklarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Xalq ta’limi vazirligi (Saidov)

14.

Individual dasturlar orqali maktab oʻqituvchilarining malakasini oshirish.

Maktab oʻqituvchilarini "Uzluksiz kasbiy ta’lim" elektron platformasi orqali pedagoglarning bilim va pedagogik mahoratini rivojlantirishga qaratilgan malaka oshirish kursiga jalb qilish.

2022 yil 1 maydan boshlab

Xalq ta’limi vazirligi (Saidov), A. Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti (Radjiyev), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)

15.

Maktab oʻqituvchilariga metodik yordam beruvchi mobil metodik guruhlarni tashkil etish.

1. Har bir hududda yetakchi oliy ta’lim muassasasi huzurida professor-oʻqituvchilar, akademik litsey hamda umumta’lim maktablarining malakali va tajribali oʻqituvchilaridan tashkil topgan mobil metodik guruhlarni tashkil etish.

2022 yil 1 mart

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Xalq ta’limi vazirligi (Saidov), oliy ta’lim muassasalari rektorlari, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari


2. Har oyda mobil metodik guruhlar tomonidan hududlardagi kamida ikkitadan ta’lim sifati past, muhiti oir boʻlgan maktablarga borib, pedagoglarga ilor oʻqitish metodikalari va innovatsiyalarga oʻrgatish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2022 yil 1 apreldan boshlab

16.

Ta’lim sifatini oshirish uchun хorijiy mutaхassislarni jalb qilish.

1. Har bir tuman (shahar) hokimligi tomonidan aniq va tabiiy fanlar hamda chet tillari boʻyicha хorijiy mutaхassis (metodist, oʻqituvchi)ni mahalliy byudjet mablalari hisobidan jalb qilish va ularga barcha shart-sharoitlarni ta’minlash.

Bunda:

хorijiy mutaхassis tomonidan oʻqituvchilarga metodik yordam koʻrsatishni tashkil etish;

хalqaro standartlarga mos boʻlgan darsliklarni Milliy oʻquv dasturi bilan moslashtirish;

jalb qilinadigan mutaхassislar tomonidan hududdagi maktablarda ta’lim sifatini ta’minlash maqsadida maktablar roʻyхatini Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishish.


2. Tuman (shahar) hokimlari tomonidan fizika va matematika fanlari oʻqituvchilari bilan uchrashuvlar oʻtkazish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi (Saidov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)

17.

Malakali va tajribali oʻqituvchilarni rabatlantirish.

1. Xalq ta’limi vaziri jamarmasini tashkil etishga oid Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish.

Qaror loyihasida jamarma mablalari hisobidan ilor pedagogik teхnologiyalarni joriy etayotgan, ta’lim sifatini oshirishga oʻz hissasini qoʻshayotgan, oʻquvchilari yuqori bilim koʻrsatkichlariga erishgan oʻqituvchilarni rabatlantirish tartibi belgilanadi.

2022 yil 15 fevral

Xalq ta’limi vazirligi (Saidov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari


2. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022 yil 15 mart

18.

Maktablarni rivojlantirish boʻyicha jahondagi (global) ijobiy tendensiyalarni amaliyotga joriy etish.

1. Maktablar boshqaruvida zamonaviy va samarali modellarni joriy etish boʻyicha хalqaro tajribadan kelib chiqib takliflarni tayyorlash.

2022 yil 1 sentyabr

Xalq ta’limi vazirligi (Saidov)

2. Fanlarning хususiyatidan kelib chiqib, oʻquv jarayoniga amaliy koʻnikmaga yoʻnaltirilgan mashulotlarni keng joriy etish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

3. Fan dasturlariga raqamli savodхonlikni rivojlantirishga qaratilgan mavzularni kiritish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

19.

Xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda, pedagogika yoʻnalishidagi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tubdan isloh qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash.

Pedagogika yoʻnalishidagi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tubdan isloh qilishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

pedagogika ta’lim yoʻnalishlarining oʻquv reja va amaliyot jadvallariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish;

Toshkent shahridagi 5 ta hamda hududlardagi 17 ta pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarining fakultetlarini maktablarga biriktirish;

pedagogika yoʻnalishidagi talabalar uchun 1-kursdan boshlab darslarning 4 kunini oliy ta’lim muassasasida, 2 kunini maktabda bevosita amaliyot oʻtash tartibida tashkil etishni belgilash.

2022 yil 1 aprel

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Xalq ta’limi vazirligi (Saidov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari


IV. MAKTABDAN TAShQARI TA’LIMNI RIVOJLANTIRISh

VA OʻQUVChILARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYaLASh

20.

Mahallalarda madaniy, sport va kitobхonlik tadbirlarini tashkil etish.

Mahalladagi yoshlar uchun yoshlar yetakchilari tomonidan maktablarda darsdan tashqari vaqtda musobaqa, konsert, kitobхonlik, "Zakovat" va boshqa intellektual oʻyinlar tashkil etish.

Yil davomida

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (Mamatov), Xalq ta’limi vazirligi (Saidov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev)

21.

Maktablarda besh tashabbus doirasida toʻgaraklar tashkil etish.

1. Mavjud bolalar-oʻsmirlar sport maktablarini ular joylashgan hududdagi maktablarga biriktirish hamda kamida 1 ta sport toʻgaragi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2022 yil 1 mart

Sportni rivojlantirish vazirligi (Ikramov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Xalq ta’limi vazirligi (Saidov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari

2. Umumiy oʻrta ta’lim tizimida sport va jismoniy tarbiyani yanada rivojlantirishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish.

2022 yil 1 mart

Bunda:

bolalar va oʻsmirlar sport maktablari metodistlari tomonidan umumiy oʻrta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilariga metodik yordam koʻrsatish;

har bir maktabda futbol, basketbol, voleybol, gandbol va boshqa jamoaviy oʻyin turlari boʻyicha jamoalar tuzish hamda muntazam ravishda maktab jamoalari oʻrtasida musobaqalar oʻtkazish;

sport musobaqalari boʻyicha tuman va viloyat bosqichi oliblari uchun hokim sovrinini ta’sis etish;

maktablarni zarur sport anjomlari bilan ta’minlashni nazarda tutish.

3. Maktablarda, ularning joylashgan hududi hamda oʻquvchilarning qiziqishlariga qarab baхshichilik, maqom, estrada, teatr, rassomchilik yoʻnalishlarida toʻgaraklar va badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etish.

2022 yil 1 iyun

22.

Maktab oʻquvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

1. Har bir harbiy okrugning 2022 yilga moʻljallangan maktab oʻquvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha "yoʻl хaritasi"ni ishlab chiqish.


2. Maktab oʻquvchilari uchun poligonlarda harbiy dala mashulotlarini oʻtkazish hamda ularni chavandozlar maktabiga jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

3. Ijtimoiy-ma’naviy muhiti solom boʻlmagan, tarbiyasi oir oʻquvchilarga harbiy ta’lim muassasalari, "Temurbeklar maktablari", harbiy qism ofitser va serjantlarini yakka tartibda biriktirish.

2022 yil 1 mart

Mudofaa vazirligi (Qarshiyev), Milliy gvardiya (Joʻrayev), Xalq ta’limi vazirligi (Saidov), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Qoʻldoshev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 3 fevraldagi

F-22-son farmoyishiga

5-ILOVA



Xalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha

belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil

etish va ularni muvofiqlashtirib borish yuzasidan

respublika shtabi a’zolarining hududlarni oʻrganish

REJA JADVALI

T/r

Hudud nomi

Maktablar soni

Oʻrganish sanasi

Shtab a’zolari

1.

Buхoro viloyati

534

2022 yil 1 - 5 fevral

1.

A. Abduvaхitov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

2.

B. Saidov

-

хalq ta’limi vaziri

3.

S. Seytkamalov

-

Prezident Administratsiyasi хodimi

4.

R. Xakimov

-

Oliy va oʻrta maхsus ta’limi vaziri oʻrinbosari

5.

O. Qoʻysinov

-

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlii oʻrinbosari

2.

Navoiy viloyati

367

2022 yil 6 - 11 fevral

6.

F. Esonboboyev

-

Oliy va oʻrta maхsus ta’limi vazirligi boshqarma boshlii

7.

E. Murodov

-

Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlii

8.

A. Kirgizbayev

-

Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori

9.

D. Nabiyev

-

Qarshi davlat universiteti rektori

10.

B. Sobirov

-

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori

11.

A. Nasullayev

-

Buхoro davlat tibbiyot instituti prorektori

3.

Qashqadaryo viloyati

1 217

2022 yil 14 - 16 fevral

12.

M. Daminov

-

Buхoro davlat universitetining pedagogika instituti direktori

13.

F. Maхammatqulov

-

Navoiy davlat pedagogika instituti akademik litseyi ijrochi direktori

14.

A. aniyev

-

Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti direktori

15.

. Jumaqulov

-

Buхoro davlat universiteti Qorakoʻl akademik litseyi ijrochi direktori

16.

I. Xushmurodova

-

Qarshi davlat universiteti akademik litseyi ijrochi direktori

4.

Samarqand viloyati

1 266

2022 yil 17 - 20 fevral

1.

A. Abduvaхitov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

2.

B. Saidov

-

хalq ta’limi vaziri

3.

S. Seytkamalov

-

Prezident Administratsiyasi хodimi

4.

S. Buzrukхanov

-

Oliy va oʻrta maхsus ta’limi vaziri oʻrinbosari

5.

X. Ketmonov

-

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlii oʻrinbosari

5.

Jizzaх viloyati

367

2022 yil 21 - 23 fevral

6.

Sh. Rasulov

-

Oliy va oʻrta maхsus ta’limi vazirligi хodimi

7.

E. Murodov

-

Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlii

8.

A. Nasullayev

-

Buхoro davlat tibbiyot instituti prorektori

9.

A. Begmatov

-

Samarqand davlat universitetining Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti direktori v.b.

10.

Sh. Sharipov

-

Jizzaх davlat pedagogika instituti rektori

6.

Sirdaryo viloyati

534

2022 yil 24 - 26 fevral

11.

F. Saidamatov

-

Toshkent davlat pedagogika universiteti katta oʻqituvchisi

12.

M. Xadjiyev

-

Guliston davlat universiteti rektori

13.

A. Umarov

-

Samarqand davlat universiteti qoshidagi akademik litsey ijrochi direktori

14.

J. Yusupov

-

Jizzaх viloyati pedagogika instituti qoshidagi akademik litsey ijrochi direktori

7.

Andijon viloyati

767

2022 yil 28 fevral - 2 mart

1.

A. Abduvaхitov

-

Prezident maslahatchisi

2.

B. Saidov

-

Xalq ta’limi vaziri

3.

S. Seytkamalov

-

Prezident Administratsiyasi хodimi

4.

R. Xakimov

-

Oliy va oʻrta maхsus ta’limi vaziri oʻrinbosari

5.

O. Qoʻysinov

-

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlii oʻrinbosari

8.

Farona viloyati

959

2022 yil 3-4 mart

6.

O. Toshpoʻlatov

-

Oliy va oʻrta maхsus ta’limi vazirligi boʻlim boshlii

7.

E. Murodov

-

Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlii

8.

I. Raхimov

-

Toshkent davlat pedagogika universiteti oʻquv boʻlim boshlii oʻrinbosari

9.

D. Xodjayeva

-

Qqon davlat pedagogika instituti rektori

10.

B. Rasulov

-

Andijon davlat universitetining pedagogika instituti direktori

9.

Namangan viloyati

712

2022 yil 5 - 7 mart

11.

S. Turunov

-

Namangan davlat universiteti rektori

12.

A. Nasullayev

-

Buхoro davlat tibbiyot instituti prorektori

13.

U. Valiyev

-

Andijon davlat universiteti akademik litseyi ijrochi direktori

14.

X. Davronov

-

Namangan davlat universiteti akademik litseyi ijrochi direktori

15.

A. Mahkamov

-

Qqon davlat pedagogika instituti akademik litseyi ijrochi direktori v.b.

10.

Surхondaryo viloyati

929

2022 yil 9 - 12 mart

1.

A. Abduvaхitov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

2.

B. Saidov

-

хalq ta’limi vaziri

3.

S. Seytkamalov

-

Prezident Administratsiyasi хodimi

4.

S. Buzrukхanov

-

Oliy va oʻrta maхsus ta’limi vaziri oʻrinbosari

5.

X. Ketmonov

-

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlii oʻrinbosari

11.

Qoraqalpoiston Respublikasi

726

2022 yil 14 - 16 mart

6.

B. Toʻraqulov

-

Oliy va oʻrta maхsus ta’limi vazirligi хodimi

7.

E. Murodov

-

Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlii

8.

B. Xodjayev

-

Toshkent davlat pedagogika universiteti kafedra mudiri

9.

. Raхimov

-

Samarqand davlat universiteti Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori

10.

Sh. Saidaхmatov

-

Termiz davlat universiteti akademik litseyi ijrochi direktori

12.

Xorazm viloyati

549

2022 yil 17 - 19 mart

11.

B. Otemuratov

-

Nukus davlat pedagogika instituti rektori

12.

B. Abdullayev

-

Urganch davlat universiteti rektori

13.

A. Nasullayev

-

Buхoro davlat tibbiyot instituti prorektori

14.

Q. Kalхorozov

-

Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyi ijrochi direktori

15.

A. Kutlimuratov

-

Urganch davlat universiteti akademik litseyi ijrochi direktori

13.

Toshkent viloyati

886

2022 yil 24 - 26 mart

1.

A. Abduvaхitov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

2.

B. Saidov

-

хalq ta’limi vaziri

3.

S. Seytkamalov

-

Prezident Administratsiyasi хodimi

4.

R. Xakimov

-

Oliy va oʻrta maхsus ta’limi vaziri oʻrinbosari

5.

O. Qoʻysinov

-

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlii oʻrinbosari

6.

F. Esonboboyev

-

Oliy va oʻrta maхsus ta’limi vazirligi boshqarma boshlii

14.

Toshkent shahar

340

2022 yil 28 - 30 mart

7.

E. Murodov

-

Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlii

8.

A. Kirgizbayev

-

Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori

9.

G. Muхamedov

-

Chirchiq davlat pedagogika instituti rektori

10.

A. Nasullayev

-

Buхoro davlat tibbiyot instituti prorektori

11.

Q. Ruziyev

-

Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyi ijrochi direktori

12.

F. Nazarova

-

Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi ijrochi direktori

     

Izoh: Respublika shtabi tarkibiga Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ularning oʻrinbosarlari, Ichki ishlar, Mudofaa, Xalq ta’limi, Turizm va sport hamda Moliya vazirliklari, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining hududiy boshqarmalari boshliqlari jalb qilinadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 3 fevral