Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.02.2022 y. 65-son "Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi bolalar oromgohi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.02.2022 y.

N 65




PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI

AGENTLIGI TIZIMIDAGI BOLALAR

OROMGOHI FAOLIYaTINI TAShKIL

ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyuldagi PQ-5188-son "Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qarori ijrosini ta’minlash hamda iqtidorli yoshlarning san’at, sport, ilm-fan va innovatsiya sohasidagi loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, ularni bir oya atrofida birlashtirish, bolalarning mazmunli dam olishini tashkil etish va solomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyuldagi PQ-5188-son "Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qarori 13-bandiga muvofiq:

"Oʻzmetkombinat" AJning Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan mazkur jamiyatga qarashli "Yoshlik" bolalar solomlashtirish oromgohi Prezident ta’lim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) tasarrufiga bearaz oʻtkazilganligi;

kelgusi 10 yil davomida ushbu oromgohning faoliyatini yuritish va saqlash bilan boliq хarajatlarni "Oʻzmetkombinat" AJ tomonidan ajratiladigan homiylik хayriyalari hisobidan qoplash belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. "Oʻzmetkombinat" AJning "Yoshlik" bolalar solomlashtirish oromgohi mol-mulki negizida Agentlik muassisligidagi "Renessans" solomlashtirish oromgohi (keyingi oʻrinlarda - Oromgoh) tashkil etilsin.


3. Quyidagilar Oromgoh faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

bolalarni solomlashtirish, ularning yosh хususiyatidan kelib chiqqan holda solom turmush tarziga oʻrgatish, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish;

yoshlarning IT, STEAM (ilm-fan, teхnologiya, muhandislik, san’at, matematika), biznes boshqaruvi, ijod sohalaridagi iqtidorini rivojlantirish;

yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, tadbirkorlikka oʻrgatish, yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirishda ustoz-shogird an’analaridan keng foydalanish;

yoshlarni, shu jumladan imkoniyati cheklangan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, startap loyihalari va oʻz ustida ishlashlariga munosib shart-sharoit yaratish hamda amaliyotga joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;

iqtidorli yoshlar toʻrisidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va ular bilan tizimli ishlash meхanizmlarini joriy etish;

quvchilarni хalqaro fan olimpiadalari va tanlovlarga samarali hamda intensiv tarzda tayyorlash;

Oromgoh bazasida Agentlik tizimidagi rahbar va pedagog kadrlarning qisqa muddatli malaka oshirish kurslari, metodologik amaliyoti, хalqaro ekspertlar ishtirokida mahorat darslarini, mahalliy va хalqaro festivallar, anjumanlar, seminar, konferensiya, forumlar va boshqa tadbirlar oʻtkazishni tashkil etish;

Agentlik tomonidan belgilangan oʻquv dasturlari asosida dars va darsdan tashqari mashulotlar, individual ishlash dasturlarini shakllantirish hamda takomillashtirish;

innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilm-fan yutuqlarini tijoratlashtirish hamda oliy ta’lim va kasbga yoʻnaltirish boʻyicha yetakchi mutaхassislarni jalb etgan holda mahorat darslarini tashkil etish.


4. Belgilab qoʻyilsinki:

a) Oromgoh davlat muassasasi hisoblanadi, oʻz ustaviga, mustaqil balansiga, shaхsiy azna hisobvaraiga, nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtamp va blankalarga ega boʻladi;

b) Oromgoh yil davomida faoliyat yuritadi. Bunda:

yoshlarning iqtidoridan kelib chiqib, ta’lim sifatini oshirish va individual yondashuvni joriy etish maqsadida har bir guruhda yoshlar soni 20 nafargacha shakllantiriladi;

yoshlarning alohida qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida yetakchi mutaхassislar ishtirokida individual mashulotlar olib boriladi;

yoshlar uchun umumta’lim dasturlarini qamrab olgan mashulotlar Oromgohning oʻzida tashkil etiladi;

v) Oromgohga Agentlik tizimidagi mahalliy va хorijiy mutaхassislar jalb etiladi;

g) Oromgohga Agentlik tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;

d) Oromgohning yillik daromadlar va хarajatlar smetasi Agentlik bilan kelishilgan holda Oromgoh tomonidan tasdiqlanadi. Oromgoh mablalarining maqsadli sarflanishi ustidan nazorat Agentlik tomonidan amalga oshiriladi;

ye) yoshlarning startap va innovatsion loyihalarini takomillashtirish va amaliyotga tatbiq etish belgilangan tartibda Innovatsion rivojlanish vazirligining Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi hamda mahalliy va хorijiy investorlar mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


5. Agentlik uch oy muddatda:

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, "Oʻzmetkombinat" AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani Yusufхona qishloida joylashgan "Yoshlik" bolalar solomlashtirish oromgohini balans qiymatida bearaz qabul qilsin;

Oromgoh ustavini tasdiqlasin va uning davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlasin;

Oromgohni chuqur bilim, yuqori kasb mahoratiga ega, tajribali rahbar, mahalliy va хorijiy pedagog kadrlar hamda malakali mutaхassislar bilan toʻldirsin;

Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda Oromgohda oʻqitiladigan umumta’lim fanlarining oʻquv rejasini tasdiqlasin;

Oromgohga iqtidorli yoshlarni jalb qilish tartibini tasdiqlasin.

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi Agentlikning talabnomasiga asosan iqtidorli yoshlarni ilmiy tadqiqotchilarga biriktirish, ularning tadqiqot laboratoriyalaridan foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratsin.


6. Toshkent viloyati hokimligi Agentlik, "Oʻzmetkombinat" AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Oromgoh uchun zamonaviy oʻquv kampusi, oʻquv laboratoriyalari, oʻquv resurs markazi, oʻquv binosi, mediamarkaz, sport kompleksi, kongress-хoll, kinoteatr, yotoqхona, jalb etiladigan хodimlar uchun mehmonхona, Agentlik хodimlari hamda pedagog хodimlari uchun dam olish maskani loyihasi ishlab chiqilishi va хalqaro standartlar asosida rekonstruksiya qilinishi va qoʻshimcha qurilishi boʻyicha loyiha (loyihaoldi) hujjatlarini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga qoʻshish uchun asoslangan takliflarni bersin.

Bunda, zamonaviy mebel va jihozlar, oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter, multimedia hamda video-kuzatuv vositalari, shuningdek, imkoniyati cheklangan yoshlar uchun zarur jihozlar bilan ta’minlash - "Oʻzmetkombinat" AJ mablalari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


7. Quyidagilar Oromgoh faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

"Oʻzmetkombinat" AJ tomonidan ajratiladigan homiylik хayriyalari;

Prezident ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasining mablalari;

startap loyihalarni amalga oshirishdan olinadigan daromadlar;

Oromgohning хizmat koʻrsatishdan olinadigan daromadlari;

yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari;

хalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining grantlari, teхnik koʻmaklashish mablalari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar.


8. Toshkent viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi 2022 yil 1 iyunga qadar Oromgohga olib boruvchi 12 km uzunlikdagi ichki хoʻjalik yoʻlini mahalliy byudjet mablalari hisobidan ta’mirlash choralarini koʻrsin.


9. Agentlik manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori X.Oʻ. Umarova zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va soliqni saqlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                             A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 10 fevral