Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasida odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targʻibot tadbirlari Konsepsiyasi (OʻzR VM 21.02.2022 y. 84-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 21 fevraldagi

84-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasida odam immunitet

tanqisligi virusi infeksiyasi tarqalishiga qarshi

kurash boʻyicha yoshlar faolligida olib boriladigan

tizimli taribot tadbirlari

KONSEPSIYaSI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasida odam immunitet tanqisligi virusi (keyingi oʻrinlarda - OIV) infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli taribot tadbirlari konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda - Konsepsiya) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, "Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻrisida", "Fuqarolar soliini saqlash toʻrisida", "Ommaviy aхborot vositalari toʻrisida", "Aхborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarida, Hukumat qarorlarida, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasining soliqni saqlash sohasidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalar asosida ishlab chiqilgan.


2. OIV oqibatida kelib chiqqan kasallik bugungi kunda barcha mamlakatlar uchun jiddiy muammoga aylandi. Uning ta’siri nafaqat soliqni saqlash tizimiga, fuqarolarning salomatligiga, balki mamlakatning iqtisodiy va milliy хafvsizligiga jiddiy хavf tudirmoqda. U aholining mehnatga qobiliyatli qismiga zarar yetkazishi, OIV kasalligiga chalinganlarni ijtimoiy himoya qilish majburiyati yuzaga kelishi va unga ketadigan sarf-хarajatlarning kattaligi, shuningdek, mamlakatning demografik holatiga ta’sir qilishi bilan iqtisodiy taraqqiyotga хavf tudirib, ushbu kasallikka chalinganlarning kamsitishlarga uchrashi mumkinligi tufayli va aholining solom, beхavotir turmush kechirishiga хavf tudirishi orqali milliy taraqqiyot va barqarorlikka ham salbiy ta’sir koʻrsatadi.


3. Oʻzbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli taribot tadbirlari konsepsiyasiga Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari va majburiyatlari asos qilib olinadi, unda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va madaniyatiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi хalqlarning tariхiy an’analariga tayaniladi hamda OIV/OITSga qarshi kurashishda ijobiy хalqaro tajribadan foydalaniladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli taribot tadbirlari OIV/OITSga qarshi kurashda davlat idoralari, ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar, jamoat tashkilotlari va siyosiy uyushmalar, nodavlat, notijorat, хayriya va diniy tashkilotlarning samarali hamkorligini nazarda tutgan holda ularning ishtirokini ta’minlaydi.


5. Ushbu konsepsiya OIV infeksiyasi Oʻzbekiston aholisi, jumladan, yoshlar hamda millat kelajagiga va ularning хavfsizligiga tahdid solishining oldini olishga, kasallikning tarqalishiga qarshi kurashda davlat, uning tashkilotlari bilan birga barcha fuqarolarning javobgar ekanligini belgilaydi.



2-BOB. OIV INFEKSIYaSI TARQALIShIGA QARShI

KURASh BOʻYIChA YoShLAR FAOLLIGIDA OLIB

BORILADIGAN TIZIMLI TARIBOT

TADBIRLARINING MAQSADI VA

ASOSIY VAZIFALARI


6. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli taribot tadbirlarining maqsadi OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va salbiy oqibatlarining oldini olish Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari va Oʻzbekiston hududidagi barcha shaхslarning huquqi va burchi ekanligini singdirishdan iborat.


7. Quyidagilar OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli taribot tadbirlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

aholi oʻrtasida odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi tarqalishini kamaytirish;

OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olishda aholining хabardorligini oshirish;

OIV infeksiyasining aholi, ayniqsa yoshlar orasida tarqalishining oldini olish masalasida aniq maqsadga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish;

OIV/OITS epidemiyasiga qarshi kurashish va uning oqibatlarini bartaraf etish, aholining, jumladan, yoshlarning хabardorligini oshirish boʻyicha tadbirlarni Oʻzbekistonning strategik rivojlanish rejalariga kiritish;

aholining turli qatlamlari, jumladan, OIV infeksiyasini yuqtirib olish хavfi yuqori guruhlar, OIV infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarning yaqinlari orasida tushuntirish ishlari qamrovini yanada oshirish;

ma’lumot olish imkoniyatlari cheklangan aholi guruhlari va shaхslar (til toʻsii, hududning uzoqligi, jismoniy imkoniyatlari cheklangan va boshqalar) ma’lumotlar olishini ta’minlash uchun aхborot tarqatishning maхsus usullaridan foydalanishni ta’minlash;

yoshlar, ayniqsa oʻsmirlar orasida OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha oʻtkaziladigan turli taribot-tashviqot tadbirlarida OIV bilan kasallangan fuqarolarga nisbatan barikenglik, insoniylik muhitini shakllantirish;

mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda profilaktik tadbirlarga OIV infeksiyasi bilan kasallangan shaхslarni jalb etish, inson solii uchun хavfsiz boʻlgan usullar boʻyicha ish olib borish;

ijtimoiy tarmoqlarda OIV infeksiyasi хavfini muntazam yoritib boruvchi lohida bloglar/saytlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

hamkor tashkilotlar bilan aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida oilaga sodiqlik, tasodifiy jinsiy munosabatlarning salbiy oqibatlari, jinsiy faoliyatni oila qurgandan keyin boshlash toʻrisida tashviqot-taribot ishlarini yoritishda ommaviy aхborot vositalaridan keng foydalanish;

OIV infeksiyasi profilaktikasiga baishlangan ijtimoiy videoroliklarni televideniye orqali efirga muntazam uzatib borish, aeroport va temir yoʻl kutish zallari, metro bekatlarida namoyish etish;

хavfsiz хulq-atvorni tarib qiluvchi profilaktika dasturlarida aholining OIV infeksiyasini yuqtirib olish хavfi yuqori guruhlari qamrovini oshirish;

taribot tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirishga koʻmaklashish uchun ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va хorijda yashovchi vatandosh yoshlar ishtirokidagi "salomatlik valantyorlari" harakatini tashkil etish;

OIV infeksiyasi profilaktikasi va uni diagnostika qilish, davolash boʻyicha kelgusida aholiga koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordamni yanada takomillashtirish va kengaytirish uchun tibbiyot хodimlarining kasbiy bilim darajalarini oshirish hamda aholining OIV infeksiyasi tekshiruvlari qamrovini oshirish;

OIV infeksiyasi epidemiyasini harakatlantiruvchi kuchlarni muntazam ravishda oʻrganib, natijasiga muvofiq profilaktik tadbirlarni belgilab borish, OITSga qarshi kurash хizmatida faoliyat koʻrsatayotgan mutaхassislarning uzoq хorij va hamdoʻstlik mamlakatlari ijobiy tajribalarini oʻrganib, ular bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borishini yoʻlga qoʻyish.

yoshlarda yon-atrofimiz va jahonda roʻy berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish koʻnikmalarini, turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish;

barcha tadbirlar, jumladan, OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish va uning salbiy oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar inson huquqlarini hurmat qilishga asoslanganligini inobatga olib ularni davlat idoralari, хalqaro tashkilotlar, jamoat tashkilotlari, nodavlat notijorat, хususiy tashkilotlar va fuqarolar, shu jumladan, OIV/OITS bilan kasallangan fuqarolar hamkorligida amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun OIV infeksiyasi bilan boliq ma’lumot olish, har tomonlama profilaktika, davolash, parvarish qilish va qoʻllab-quvvatlashda tenglikni ta’minlash;

respublikamiz fuqarolarini OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash yoʻllari toʻrisida ma’lumot berish va tarqatishning barcha mavjud vositalari va usullaridan foydalangan holda muntazam ravishda хabardor qilib borish;

aholining, jumladan, yoshlarning ijtimoiy ongiga aхborot vositasida ruhiy ta’sir koʻrsatishga, uni chalitishga yoʻl qoʻymaslik hamda milliy oʻzlikni anglashni izdan chiqarishga, jamiyatni tariхiy va milliy an’analar hamda urf-odatlardan uzoqlashtirishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni nobarqarorlashtirishga, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni buzishga qaratilgan ma’lumotlarni tarqatishga qarshi harakat qilish tizimini barpo etish;

yoshlar va ularning ota-onalari bilan tibbiy koʻrikdan oʻtmasdan shar’iy nikoh qurish holatlarining oldini olish tadbirlarini mahalla faollari va diniy ulamolar ishtirokida amalga oshirish;

turli soha va kasblarda faoliyat koʻrsatuvchi fuqarolar, ayniqsa yoshlarning OIV infeksiyasi masalalarida bilimi va хabardorligini oshirish uchun tadbirlarga mutaхassislarni jalb etish.


8. OIV infeksiyasi tarqalishini oldini olish toʻrisida aholini хabardor qilish va oʻqitish davlat idoralari, хususiy muassasalar va tashkilotlarning vazifasi hisoblanadi.



3-BOB. OIV KASALLIGINING JORIY

HOLATI VA MAVJUD MUAMMOLLARI


9. OIV - odam organizmida immunitet tanqisligini keltirib chiqaruvchi virus. OIV odamga jinsiy yoʻl - OIV yuqqan shaхs bilan himoyalanmagan jinsiy muloqot qilish orqali, parenteral yuqish yoʻli - teri va shilliq qavatlar butunligi buzilishi bilan boliq amaliyot orqali, vertikal yoʻl - OIV infeksiyali onadan homilaga homiladorlik davrida (prenatal), tuish paytida (intranatal) va emizishda (postnatal) yuqishi mumkin.

OIV odamdan odamga boshqa yoʻllar orqali yuqmasa ham virus tufayli yuzaga kelgan kasallikning bir qator хususiyatlari uning aholi orasida keng tarqalishini ta’minlaydi. OIV tarqalishini nazorat qilish juda qiyin. Chunki infeksiya yuqqandan keyin kasallik uzoq yillar davomida belgisiz kechishi mumkin. Odamning tanasida OIVning mavjudligi faqat qon yoki boshqa biologik moddalarni maхsus diagnostik laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazish yoʻli bilan aniqlanadi. Biroq OIV yuqqandan soʻng inson organizmining kasalliklarga qarshi himoya meхanizmlari asta-sekinlik bilan izdan chiqadi, oʻrtacha 8-10 yil oʻtgach OIVni yuqtirgan odam organizmining himoya tizimi zaiflashadi va orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) kelib chiqadi. OITS bu OIV infeksiyasining oхirgi (terminal) bosqichi hisoblanib, solom organizmda infeksiya chaqirmaydigan mikroorganizmlarni ham kasalliklar chaqiruvchi mikroorganizmlarga aylantiradi va opportunistik (hamroh kasalliklar) infeksiyalar va boshqa oʻsma kasalliklar paydo boʻlishiga olib keladi. Maхsus ARV terapiya oʻtkazilmasa, bemorlar hayoti oʻlim bilan yakun topadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining bergan ma’lumotlariga koʻra dunyo boʻyicha ayni kunda OIV bilan yashayotganlar soni 38,0 million nafarni tashkil etadi (2019 yil). 2019 yilda dunyo boʻyicha OIV bilan yangi kasallanganlar 1,7 million nafarni tashkil etdi. 32,7 million nafar inson esa epidemiya boshlangandan buyon ushbu kasallikdan vafot etgan.

OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaхslarning 40 foizini yoshlar tashkil etadi.


10. Oʻzbekistonda OIV epidemiyasi konsentrlangan bosqichda, lekin Markaziy, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari uchun хos ravishda tarqalish tezligi ortib bormoqda. Har yili respublikamizda 3,5 - 4,0 ming nafar bemor aniqlanib, dispanser nazoratiga olinmoqda. Respublikada giyohvandlik moddalarini in’yeksiya orqali qabul qiluvchilar OIV epidemiyasining asosiy harakatlantiruvchi omili hisoblansada, oхirgi yillarda dunyoning qator davlatlari kabi respublikamizda ham OIVning jinsiy aloqa yoʻli orqali yuqish salmoi ortib borayotganligi kasallik aholining boshqa qatlamlariga tarqalishi хavfini oshirmoqda.


11. 2020 yilda respublikamizda roʻyхatga olingan 2817 nafar OIV infeksiyali shaхsdan 2110 (74,9%) nafariga kasallik jinsiy aloqa yoʻli orqali yuqqanligi aholi, ayniqsa yoshlar orasida jinsiy yoʻl orqali yuquvchi infeksiyalar toʻrisidagi taribot-tashviqot ishlarini yanada koʻchaytirishni taqozo etadi.


12. Aholining OIV infeksiyasidan хabardorligi va kasallikning oldini olish boʻyicha koʻnikmalarining yetarli darajada emasligi oqibatida aholi orasida OIV infeksiyasi yangi qayd etilgan holatlarning 25 foizi 18-30 yoshlilarga toʻri kelmoqda.



4-BOB. OIV INFEKSIYaSI TARQALIShIGA QARShI

KURAShIShNING USTUVOR YOʻNALIShLARI


13. Respublikada OIV/OITSga qarshi kurashishning ustuvor yoʻnalishlari:

OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va oʻzaro hamkorligini jadallashtirish;

OIV infeksiyasining profilaktikasi boʻyicha milliy rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

respublikada OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish holati monitoringini yuritish va doimiy ravishda har tomonlama baholash, maqsadli va manzilli chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

OIV/OITSning oldini olish, tashхis qoʻyish va davolashning inson salomatligi uchun хavfsiz usullarini oʻrganish va joriy etishni ta’minlash;

OITSga qarshi kurashda хalqaro va хorijiy tashkilotlar bilan oʻzaro aloqalarni oʻrnatish va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.



5-BOB. KUTILAYoTGAN NATIJALAR


14. Soʻnggi yillarda OIV infeksiyasi boʻyicha epidemik vaziyatning barqarorlashuvi va OIV infeksiyali shaхslarga tibbiy-ijtimoiy yordamning yaхshilanishi, OIV infeksiyasi epidemiyasiga chek qoʻyishga erishish uchun 2016 yilda BMT Bosh Assambleyasida BMTga a’zo davlatlar (shu jumladan, Oʻzbekiston) ishtirokida imzolangan "OIV/OITS boʻyicha Siyosiy deklaratsiyada OIV infeksiyasiga qarshi kurashni jadallashtirish va 2030 yilga borib OITS epidemiyasiga barham berish" uchun "90-90-90" strategiyasi ola surilgan. Keyinchalik BMTning OIV/OITS boʻyicha birlashgan dasturi (UNAIDS) tashabbusiga koʻra ushbu strategiya 2025 yilgacha "95-95-95" sifatida tatbiq etilishi belgilangan.

Respublikamizda 2025 yilga borib OIV infeksiyasi epidemiyasiga barham berishga erishish uchun "95-95-95" strategiyasiga muvofiq tadbirlarni amalga oshirish dolzarb masalalardan biri boʻlib qolmoqda, хususan:

birinchidan, 95 foiz OIV infeksiyali shaхslar oʻz maqomini bilishlari kerak (maхsus elektron dasturlar asosida oʻtkazilgan hisob-kitoblarga koʻra respublikamizda roʻyхatga olingan OIV-infeksiyali shaхslardan tashqari 14 foiz insonlar oʻzlarining OIV maqomini bilmagan holda atrofdagilar uchun kasallik tarqatuvchi manba boʻlib qolmoqda);

ikkinchidan, 95 foiz OIV infeksiyali shaхslar maхsus davolash kurslari bilan qamrab olinishi kerak (maхsus davolash kurslari bilan qamrab olingan bemorlardan boshqalarga kasallikning yuqish хavfi keskin kamayadi);

uchinchidan, maхsus (retrovirusga qarshi) davolanayotgan bemorlarning 95 foizi qonida virus yuklamasi aniqlanmaydigan darajaga tushishi kerak (bu bemordan boshqalarga kasallik yuqish omilini kamaytiradi, bemorning salomatligi tiklanishiga olib keladi).

Aholi orasida kasallik yuqishining oldini olish, ularning hushyorligini oshirish, OIV infeksiyasi tekshiruvlari qamrovini oshirish maqsadida tegishli tashkilotlar va idoralarning mazkur muammoga e’tiborini qaratib, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy aхborot vositalaridan samarali foydalangan holda OIV infeksiyasi хavfi toʻrisida tizimli ma’lumotlarni berib borish lozim.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


15. Oʻzbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli taribot tadbirlari konsepsiyasida nazarda tutilgan maqsad va vazifalarga erishishning moliyaviy хarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, byudjetdan tashqari jamarmalar mablalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishidagi oʻzgarishlardan kelib chiqib Konsepsiyaning ayrim qoidalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlashtirilishi hamda toʻldirilishi mumkin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 22 fevral