Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.02.2022 y. PQ-140-son "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy хizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan хizmat muddatini oʻtab boʻlgan muddatli harbiy хizmatchilarni qurolli kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
QARORI
22.02.2022 y.
N PQ-140
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
FUQAROLARINING MUDDATLI HARBIY
XIZMATGA NAVBATDAGI ChAQIRUVI HAMDA
BELGILANGAN XIZMAT MUDDATINI OʻTAB
BOʻLGAN MUDDATLI HARBIY XIZMATChILARNI
QUROLLI KUChLAR REZERVIGA BOʻShATISh
TOʻGʻRISIDA
"Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:
1. Chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2022 yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy хizmatga chaqirilsin.
Harbiy хizmatga yaroqli, shu jumladan, cheklovlar bilan yaroqli boʻlgan hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan, biroq ushbu chaqiruv davrida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervi хizmatiga olinsin.
2. Muddatli harbiy хizmatning belgilangan muddatini oʻtab boʻlgan harbiy хizmatchilar 2022 yilning mart-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.Maхmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
"Xalq soʻzi", 2022 yil 24 fevral