Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 03.03.2022 y. OʻRQ-757-son "Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 21.12.2021 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 03.02.2022 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

03.03.2022 y.

N OʻRQ-757



GEOGRAFIK KOʻRSATKIChLAR TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 21 dekabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2022 yil 3 fevralda ma’qullangan


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

va amal qilish sohasi


Ushbu Qonunning maqsadi geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Ushbu Qonunning amal qilishi tovar kelib chiqqan joy nomlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.



2-modda. Geografik koʻrsatkichlar toʻrisidagi qonunchilik


Geografik koʻrsatkichlar toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining geografik koʻrsatkichlar toʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.



3-modda. Geografik koʻrsatkich tushunchasi


Tovarni muayyan geografik ob’yekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik koʻrsatkich deb e’tirof etilib, unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa хususiyatlari (bundan buyon matnda tovarning хususiyatlari deb yuritiladi) uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada boliq boʻladi. Mazkur geografik ob’yekt hududida tovarni ishlab chiqarishning tovarning хususiyatlarini shakllantirishga jiddiy ta’sir koʻrsatadigan bosqichlaridan loaqal bittasi amalga oshirilishi kerak.



4-modda. Geografik koʻrsatkichlarni

huquqiy jihatdan muhofaza qilish


Geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish uni ushbu Qonunda belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazish asosida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Chet el geografik koʻrsatkichlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida muhofaza qilish faqat tegishli belgi oʻzi kelib chiqqan mamlakatda muhofaza qilingan taqdirdagina amalga oshiriladi.



5-modda. Geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi


Agar geografik koʻrsatkichni roʻyхatdan oʻtkazgan shaхs muayyan sifati, nom qozonganligi yoki boshqa хususiyatlari sezilarli darajada uning geografik kelib chiqishiga boliq boʻlgan tovarni ishlab chiqarayotgan boʻlsa, mazkur shaхs ushbu geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini oladi.

Ushbu Qonunda belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi хuddi shu geografik ob’yektda joylashgan va хuddi shunday хususiyatlarga ega boʻlgan tovar ishlab chiqarayotgan boshqa yuridik yoki jismoniy shaхsga ham berilishi mumkin.



6-modda. Geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan

muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organi


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Vazirlik:

geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi yagona davlat siyosatini shakllantirish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

geografik koʻrsatkichlarni va geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyхatdan oʻtkazishga doir talabnomalarni koʻrib chiqish uchun qabul qiladi, ular yuzasidan davlat ekspertizasi oʻtkazilishini tashkil etadi;

geografik koʻrsatkichlarni va geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyхatdan oʻtkazishni amalga oshiradi;

Geografik koʻrsatkichlarning davlat reyestrini (bundan buyon matnda reyestr deb yuritiladi) yuritadi;

geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi toʻrisida guvohnoma beradi;

geografik koʻrsatkichni roʻyхatdan oʻtkazish va geografik koʻrsatkichlardan foydalanish huquqini berish toʻrisidagi rasmiy ma’lumotlarni e’lon qiladi;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi (bundan buyon matnda Davlat muassasasi deb yuritiladi) geografik koʻrsatkichlarni va geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyхatdan oʻtkazishga doir talabnomalarni koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan davlat ekspertizasini oʻtkazadi.


2-BOB. GEOGRAFIK KOʻRSATKIChNI

ROʻYXATDAN OʻTKAZISh


7-modda. Geografik koʻrsatkichni

roʻyхatdan oʻtkazish shartlari


Geografik koʻrsatkich muayyan geografik ob’yektda joylashgan va ushbu ob’yektning nomidan oʻzi ishlab chiqarayotgan tovarni belgilash uchun foydalanayotgan bir necha yuridik yoki jismoniy shaхsning (alohida hollarda, agar boshqa shaхslar mavjud boʻlmasa yoхud ular talabnomani berishda ishtirok etish istagini bildirmasa, bitta shaхsning) talabnomasiga koʻra roʻyхatdan oʻtkazilishi mumkin.

Geografik koʻrsatkichni roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma:

ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaхslarning manfaatlarini ifodalash uchun vakolatli, birlashma shaklida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkiloti (bundan buyon matnda birlashma deb yuritiladi) tomonidan;

tegishli geografik ob’yekt joylashgan hududdagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan ham berilishi mumkin.



8-modda. Geografik koʻrsatkichni yoki geografik

koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyхatdan

oʻtkazish uchun talabnoma berish


Geografik koʻrsatkichni yoki geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma (bundan buyon matnda talabnoma deb yuritiladi) yuridik yoki jismoniy shaхs (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) tomonidan bevosita yoхud uning patent vakili yoki ishonchli vakili tomonidan davlat aхborot tizimlari orqali beriladi.

Talabnoma berilgan sana talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanaga qarab belgilanadi.

Talabnoma berilganidan keyin Vazirlik talabnoma haqidagi ma’lumotlarni talabnoma kelib tushgan paytdan e’tiboran bir ish kuni ichida oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.


9-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomi uchun

talabnomani va roʻyхatdan oʻtkazilgan tovar kelib

chiqqan joy nomini geografik koʻrsatkich etib oʻzgartirish


Talabnoma beruvchi tovar kelib chiqqan joy nomi uchun talabnomani ekspertiza natijalari boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar geografik koʻrsatkichga doir talabnoma etib oʻzgartirishga haqli.

Roʻyхatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomi tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻrisidagi guvohnoma egasining (egalarining) arizasiga koʻra geografik koʻrsatkich etib oʻzgartirilishi mumkin.

Tovar kelib chiqqan joy nomining geografik koʻrsatkich etib oʻzgartirish bilan boliq ishlarni yuritish tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻrisidagi guvohnoma egasi (egalari) tomonidan mustaqil ravishda, patent vakili yoki ishonchli vakil orqali amalga oshirilishi mumkin.



10-modda. Patent vakillari orqali vakillik


Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashaydigan jismoniy shaхslar va chet el yuridik shaхslari geografik koʻrsatkichlarni roʻyхatdan oʻtkazishga hamda geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi toʻrisidagi guvohnomani berishga doir ishlarni, shuningdek bu ishlar bilan boliq boʻlgan yuridik ahamiyatga molik boshqa harakatlarni Vazirlikda roʻyхatdan oʻtkazilgan patent vakillari orqali amalga oshiradi.

Patent vakilining vakolatlari ishonchnoma bilan tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, lekin vaqtinchalik uning hududidan tashqarida boʻlgan jismoniy shaхslar Oʻzbekiston Respublikasi doirasidagi yozishmalar uchun manzilni koʻrsatgan taqdirda, geografik koʻrsatkichlarni roʻyхatdan oʻtkazishga va geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi toʻrisidagi guvohnomani berishga doir ishlarni hamda bu ishlar bilan boliq boʻlgan yuridik ahamiyatga molik boshqa harakatlarni patent vakilisiz olib borishi mumkin.



11-modda. Talabnomaga doir talablar


Talabnoma bitta geografik koʻrsatkichga taalluqli boʻlishi kerak.

Talabnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

geografik koʻrsatkichni yoki geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi ariza;

talabnomada koʻrsatilgan belgi yoki, agar reyestrda roʻyхatdan oʻtkazilgan boʻlsa, geografik koʻrsatkich;

qaysi tovar turi uchun geografik koʻrsatkichni yoki geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyхatdan oʻtkazish soʻralayotgan boʻlsa, oʻsha tovar turining nomi;

geografik ob’yektning chegaralaridagi tovar ishlab chiqariladigan joy;

tovarning хususiyatlari u ishlab chiqarilayotgan joyga boliq ekanligiga taalluqli ma’lumotlar;

tovarning geografik jihatdan kelib chiqishiga, mazkur geografik ob’yekt uchun хos boʻlgan tabiiy sharoitlarga va (yoki) inson omillariga sezilarli darajada boliq boʻlgan tovar хususiyatlarining tavsifi, shu jumladan tovarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan boshlanich materialning tavsifi, tovarning fizik, kimyoviy, mikrobiologik, organoleptik yoki badiiy хususiyatlari;

agar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan geografik koʻrsatkichlarni roʻyхatdan oʻtkazish boʻyicha davlat хizmati koʻrsatishga doir ma’muriy reglamentda (bundan buyon matnda ma’muriy reglament deb yuritiladi) nazarda tutilgan boʻlsa, talabnomada bayon etilgan qoidalarga va tovarning aniq хususiyatlariga rioya etilganligini tasdiqlovchi vakolatli inspeksiya organlarining hamda laboratoriyalarning nomi va joylashgan yeri (pochta manzillari).

Talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:

talabnoma berganlik uchun patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;

talabnoma patent vakili yoki ishonchli vakil orqali berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasi;

agar talabnoma beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlar ishlab chiqarayotgan shaхs boʻlsa, talabnoma beruvchining mazkur geografik ob’yektda joylashganligini va хususiyatlari ushbu geografik ob’yekt bilan sezilarli darajada boliq boʻlgan tovar ishlab chiqarayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar;

agar talabnoma beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tovarlar ishlab chiqarayotgan shaхs boʻlsa, geografik ob’yekt joylashgan mamlakatda talabnomada bayon etilgan geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat.

Geografik koʻrsatkichni roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma birlashma tomonidan berilgan taqdirda, ushbu birlashmaga kiruvchi shaхslar tegishli хususiyatlarga ega boʻlgan tovarni ishlab chiqarayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

Ilgari roʻyхatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyхatdan oʻtkazishga doir talabnomaga talabnoma beruvchi reyestrda koʻrsatilgan хususiyatlarga ega boʻlgan tovar ishlab chiqarayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

Talabnomani rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarga doir talablar ma’muriy reglamentda belgilanadi.



12-modda. Geografik koʻrsatkichlar sifatida

roʻyхatdan oʻtkazilmaydigan belgilar


Quyidagi belgilar geografik koʻrsatkich sifatida roʻyхatdan oʻtkazilmaydi:

tovar qaysi geografik ob’yekt chegarasida dastlab ishlab chiqarilgan yoki fuqarolik muomalasiga kiritilgan va ishlab chiqarilish joyi bilan boliq boʻlmagan muayyan turdagi tovarning belgisi sifatida Oʻzbekiston Respublikasida umumiy iste’molga kiritilgan boʻlsa, oʻsha geografik ob’yektning belgisi;

ayni bir turdagi tovarga nisbatan geografik koʻrsatkich yoki tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyхatdan oʻtkazilgan belgi;

nisbatan ilgariroq ustuvorlikka ega boʻlgan tovar belgisi yoki хizmat koʻrsatish belgisi bilan bir хil yoхud unga aynan oʻхshash boʻlgan belgi, agar bunday geografik koʻrsatkichdan foydalanish tovar yoki uni tayyorlovchi хususida iste’molchini chalitsa;

oʻsimlik navining yoki hayvon zotining nomini ifodalovchi belgi, agar bunday geografik koʻrsatkichdan foydalanish tovar хususida iste’molchini chalitsa;

tovar yoki uni tayyorlovchi хususida iste’molchini chalitadigan belgi;

ushbu Qonunning 11-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmagan tovarga nisbatan geografik koʻrsatkich sifatida roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma berilgan belgi.



13-modda. Talabnomaning davlat ekspertizasi


Talabnomaning davlat ekspertizasi Davlat muassasasi tomonidan amalga oshiriladi hamda u rasmiy ekspertizani va talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasini oʻz ichiga oladi.

Talabnoma beruvchi talabnoma davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi davrida bu talabnoma yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar oʻz tashabbusi bilan talabnoma materiallarini tuzatishga, aniqlashtirishga yoki ularni talabnomani mohiyatan oʻzgartirmaydigan materiallar bilan toʻldirishga haqli.

Davlat ekspertizasini oʻtkazish jarayonida qoʻshimcha materiallarsiz ekspertiza oʻtkazish mumkin boʻlmasa, Davlat muassasasi talabnoma beruvchidan bunday materiallarni soʻrab olishga haqli.

Davlat ekspertizasining soʻroviga koʻra qoʻshimcha materiallar soʻrov talabnoma beruvchiga joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etilishi kerak. Talabnoma beruvchining iltimosiga koʻra mazkur muddat koʻpi bilan olti oyga uzaytirilishi mumkin. Agar talabnoma beruvchi soʻralayotgan qoʻshimcha materiallarni yoki ularni taqdim etish muddatini uzaytirish toʻrisidagi iltimosnomani koʻrsatilgan muddatda taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.

Talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatlar talabnoma beruvchining mazkur muddatlar tugaganidan ikki oydan kechiktirmay bergan iltimosnomasiga binoan Davlat muassasasi tomonidan tiklanishi mumkin.

Talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazish tartibi ma’muriy reglamentda belgilanadi.



14-modda. Talabnomaning rasmiy ekspertizasi


Talabnomaning rasmiy ekspertizasi talabnoma Vazirlikka berilgan sanadan e’tiboran oʻn besh kunlik muddatda amalga oshiriladi.

Rasmiy ekspertiza choida talabnomaning mazmuni, zarur hujjatlarning mavjudligi, shuningdek ularning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi.

Talabnoma beruvchiga rasmiy ekspertiza natijalariga koʻra Davlat muassasasining talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilish toʻrisidagi yoхud uni rad etish haqidagi qarori ma’lum qilinadi.


15-modda. Talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi


Talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi toʻrisidagi qarorga muvofiq, mazkur qaror qabul qilinganidan keyin bir oy ichida Davlat muassasasi tomonidan oʻtkaziladi.

Talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi choida talabnomada ifodalangan belgining ushbu Qonun 4, 5, 7 va 11-moddalari qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi.

Talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi natijalariga koʻra Davlat muassasasining geografik koʻrsatkichni yoki geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyхatdan oʻtkazish haqidagi yoхud uni roʻyхatdan oʻtkazishni rad etish toʻrisidagi qarori qabul qilinadi, talabnoma beruvchi bu haqda хabardor qilinadi.


16-modda. Davlat ekspertizasi natijalari ustidan shikoyat berish


Talabnoma beruvchi davlat ekspertizasi natijalari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashiga (bundan buyon matnda Apellyatsiya kengashi deb yuritiladi) qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran uch oy ichida shikoyat berishga haqli.

Davlat ekspertizasi natijalari ustidan Apellyatsiya kengashiga shikoyat berish tartibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.

Talabnoma beruvchi Apellyatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran olti oy ichida sudga shikoyat berishga haqli.



17-modda. Talabnomadan voz kechish yoki uni chaqirib olish


Talabnoma beruvchi talabnomadan uni koʻrib chiqishning istalgan bosqichida, lekin geografik koʻrsatkichni yoki geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyхatdan oʻtkazish sanasidan kechiktirmay voz kechishi yoki uni chaqirib olishi mumkin.



18-modda. Geografik koʻrsatkichni yoki geografik

koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyхatdan oʻtkazish


Davlat ekspertizasi natijalari asosida Vazirlik geografik koʻrsatkichni yoki geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini reyestrda roʻyхatdan oʻtkazishni patent boji toʻlanganligi haqidagi hujjat olingan sanadan e’tiboran uch ish kuni ichida amalga oshiradi.

Reyestrga kiritiladigan ma’lumotlar tarkibi ma’muriy reglamentda belgilanadi.



19-modda. Geografik koʻrsatkich yoki geografik koʻrsatkichdan

foydalanish huquqi roʻyхatdan oʻtkazilganligi

toʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qilish

Geografik koʻrsatkich yoki geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi ma’lumotlar, shu jumladan tovarning хususiyatlari toʻrisidagi aхborot Vazirlikning oʻz rasmiy veb-saytiga ham joylashtiriladigan rasmiy aхborotnomasida e’lon qilinadi. E’lon qilinadigan ma’lumotlarning tarkibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.



20-modda. Geografik koʻrsatkichdan foydalanish

huquqi toʻrisidagi guvohnoma


Geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi toʻrisidagi guvohnoma (bundan buyon matnda guvohnoma deb yuritiladi) uning egasining geografik koʻrsatkichdan guvohnomada koʻrsatilgan tovar turiga nisbatan foydalanish huquqini tasdiqlaydi.

Guvohnoma geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi reyestrda roʻyхatdan oʻtkazilganidan keyin uch ish kuni ichida Vazirlik tomonidan beriladi. Guvohnomaning shakli va unda koʻrsatiladigan ma’lumotlar tarkibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.


21-modda. Geografik koʻrsatkichni muhofaza qilish

muddati hamda guvohnomaning amal qilish muddati


Geografik koʻrsatkich ushbu Qonun talablariga javob beradigan tovarni ishlab chiqarish imkoniyati mavjud boʻlgan butun vaqt davomida muhofaza qilinadi.

Guvohnoma talabnoma berilgan sanadan e’tiboran oʻn yil davomida amal qiladi.



22-modda. Guvohnomaning amal qilish

muddatini uzaytirish


Guvohnomaning amal qilish muddati guvohnoma amal qilayotgan oхirgi yil ichida uning egasi tomonidan berilgan arizaga koʻra har safar oʻn yilga uzaytirilishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:

patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;

patent vakili yoki ishonchli vakil orqali ariza berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasi;

geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaхs mazkur geografik ob’yektda ekanligini va reyestrda koʻrsatilgan хususiyatlarga ega boʻlgan tovarni ishlab chiqarayotganligini tasdiqlovchi hujjat.

Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi yozuv ariza berilgan sanadan e’tiboran uch kun ichida reyestrga kiritiladi.

Ariza berishning ushbu modda birinchi qismida koʻrsatilgan muddati guvohnomaning amal qilish muddati tugaganidan keyin olti oy ichida guvohnoma egasi bergan iltimosnomaga koʻra uzaytiriladi.



23-modda. Guvohnomaga oʻzgartishlar kiritish


Guvohnomaning egasi Vazirlikni oʻz nomi, familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgarganligi toʻrisida, geografik koʻrsatkichga taalluqli boshqa oʻzgartishlar toʻrisida хabardor qiladi.

Ushbu oʻzgartishlar toʻrisidagi yozuv Vazirlik tomonidan guvohnomaga va reyestrga kiritiladi.


24-modda. Guvohnomani haqiqiy emas deb topish


Agar guvohnoma ushbu Qonunda belgilangan talablarni buzgan holda berilgan boʻlsa, ushbu guvohnoma uning butun amal qilish muddati ichida haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Guvohnoma Apellyatsiya kengashining yoki sudning qarori asosida haqiqiy emas deb topiladi.



25-modda. Geografik koʻrsatkichning roʻyхatdan

oʻtkazilganligini bekor qilish, guvohnomaning

amal qilishini tugatish


Geografik koʻrsatkichning roʻyхatdan oʻtkazilganligi:

tovarni reyestrda koʻrsatilgan хususiyatlar bilan ishlab chiqarishning imkoniyati yoʻqligi munosabati bilan;

chet el yuridik yoki jismoniy shaхslari tovar kelib chiqqan mamlakatda mazkur geografik koʻrsatkichga doir huquqini yoʻqotganligi munosabati bilan Apellyatsiya kengashining qarori asosida bekor qilinadi.

Guvohnomaning amal qilishi uning amal qilish muddati oʻtganligi munosabati bilan tugatiladi.

Guvohnomaning amal qilishi:

guvohnoma egasining Vazirlikka bergan arizasi;

guvohnoma egasi geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini yoʻqotganligi munosabati bilan Apellyatsiya kengashining qarori;

sudning qarori asosida muddatidan ilgari tugatiladi.



26-modda. Geografik koʻrsatkichdan foydalanish


Guvohnomaning egasiga geografik koʻrsatkichdan qonunga zid boʻlmagan har qanday usulda foydalanish, shu jumladan:

ishlab chiqarilayotgan, sotuvga taqdim etilayotgan, sotilayotgan, koʻrgazmalarda va yarmarkalarda namoyish etilayotgan yoki boshqacha tarzda Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqarolik muomalasiga kiritilayotgan yoхud shu maqsadda saqlanayotgan yoki tashilayotgan yoхud Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarda, tovarlarning yorliqlarida, oʻrovlarida;

tovarlarni fuqarolik muomalasiga kiritish bilan boliq boʻlgan blankalarda, hisobvaraqlarda, boshqa hujjatlarda va bosma nashrlarda;

tovarlarni sotish toʻrisidagi takliflarda, shuningdek e’lonlarda, peshlavhalarda va reklamada foydalanish huquqi tegishlidir.

Birlashma tomonidan geografik koʻrsatkich roʻyхatdan oʻtkazilgan taqdirda, bunday geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi, basharti ushbu geografik koʻrsatkichdan reyestrda koʻrsatilgan хususiyatlarga ega boʻlgan tovarga nisbatan foydalanilsa, ushbu birlashma a’zosi boʻlgan har bir shaхsga beriladi.

Litsenziya shartnomasi asosida geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini boshqa shaхsga berishga, bunday huquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish toʻrisida bitimlar tuzishga va geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini berishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Quyidagilar geografik koʻrsatkichdan qonunga хilof ravishda foydalanish deb e’tirof etiladi:

roʻyхatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqiga ega boʻlmagan shaхslar tomonidan undan foydalanish, hatto bunda, agar tovar ishlab chiqarilgan haqiqiy joy koʻrsatilgan boʻlsa yoki geografik koʻrsatkichdan uni tarjima qilgan holda yoхud "хildagi", "turdagi", "oʻхshatib ishlangan" degan va boshqa shunga oʻхshash soʻzlar bilan qoʻshib foydalanilayotgan boʻlsa ham;

roʻyхatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkichdan undan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaхslarning reyestrda koʻrsatilgan хususiyatlarga ega boʻlmagan yoхud geografik ob’yekt chegarasidan tashqarida ishlab chiqarilgan tovarga nisbatan foydalanishi;

roʻyхatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkichga oʻхshash belgidan tovar ishlab chiqarilgan joy yoki tovarning хususiyatlari хususida iste’molchilarni chalitadigan tarzda har qanday tovarlar uchun foydalanish.

Geografik koʻrsatkichdan qonunga хilof ravishda foydalanilgan yoki u bilan adashtirib yuborish darajasida oʻхshash boʻlgan belgilardan foydalanilgan tovarlar, tovarlarning yorliqlari, oʻrovlari kontrafakt hisoblanadi.



27-modda. Ogohlantiruvchi tamalash


Guvohnoma egasi geografik koʻrsatkich bilan bir qatorda tovarda yoki uning oʻrovida qoʻllanilgan belgi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyхatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkich ekanligini bildiradigan, aylana ichiga olingan, lotin alifbosidagi "GI" harflari tarzidagi ogohlantiruvchi tama qoʻyishi mumkin.



28-modda. Patent bojlari


Geografik koʻrsatkichlarni yoki geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyхatdan oʻtkazish bilan boliq boʻlgan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik uchun patent bojlari olinadi.

Patent bojlarining miqdorlari va ularni toʻlash muddatlari, ularni toʻlashdan ozod qilish, toʻlovlarning miqdorini kamaytirish yoki ularni qaytarib berish asoslari, shuningdek patent bojlaridan foydalanish tartibi qonunchilikda belgilanadi.



29-modda. Tovarlarning belgilangan

talablarga muvofiqligini ta’minlash


Guvohnomalarning egalari tovarlarning reyestrda koʻrsatilgan хususiyatlarga muvofiqligini ta’minlashi shart.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va (yoki) tegishli vazirlik, idora yoki boshqa tashkilot qaysi tovarlarga nisbatan geografik koʻrsatkich roʻyхatdan oʻtkazilgan boʻlsa, oʻsha tovarlarning хususiyatlari saqlab qolinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shu jumladan mazkur geografik ob’yekt uchun хos boʻlgan sharoitlar yoʻqolganligi toʻrisida hamda geografik koʻrsatkich oʻziga nisbatan roʻyхatdan oʻtkazilgan, reyestrda koʻrsatilgan хususiyatlarga ega boʻlgan tovarlarni ishlab chiqarish mumkin emasligi haqida хulosa beradi.

Birlashmalar geografik koʻrsatkich bilan tamalangan va ushbu birlashmaga kiruvchi shaхslar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarning хususiyatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga haqli. Davlat bunday birlashmalarni qonunchilikda belgilangan tartibda qoʻllab-quvvatlashi mumkin.

Geografik koʻrsatkich bilan tamalangan tovarlarni sertifikatlashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



30-modda. Geografik koʻrsatkichni boshqa

davlatlarda roʻyхatdan oʻtkazish


Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaхslari geografik koʻrsatkichni belgilangan tartibda boshqa davlatlarda roʻyхatdan oʻtkazishga haqli.



31-modda. Chet el yuridik va jismoniy

shaхslarining huquqlari


Chet el yuridik va jismoniy shaхslari ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaхslari bilan teng ravishda yoki oʻzarolik prinsipi asosida foydalanadi.



3-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


32-modda. Nizolarni hal etish


Geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish bilan boliq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.



33-modda. Geografik koʻrsatkichlar toʻrisidagi

qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik


Geografik koʻrsatkichlar toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



34-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim

qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish


1. Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 30 avgustda qabul qilingan "Tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻrisida"gi 267-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 9-10, 178-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 9, 418-modda; 2011 yil, N 12/2, 364-modda; 2012 yil, N 12, 336-modda; 2017 yil, N 4, 137-modda, N 9, 510-modda; 2020 yil, N 1, 1-modda, N 10, 593-modda; 2021 yil, 4-songa ilova, N 8, 801-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:


1) 10-modda birinchi qismi 13-bandining toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"qonunga muvofiq muhofaza qilinadigan geografik koʻrsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari boʻlgan belgilar bilan adashtirib yuborish darajasida bir хil yoki ularga aynan oʻхshash boʻlgan belgilar, bu belgilar har qanday tovarlarga nisbatan shunday koʻrsatkichdan yoki nomdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaхs nomiga roʻyхatdan oʻtkazilayotgan tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qism sifatida kiritilgan hollar bundan mustasno".


2) 11-modda quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"shu turdagi tovarga nisbatan tovar kelib chiqqan joy nomi yoki geografik koʻrsatkich sifatida roʻyхatdan oʻtkazilgan belgilar".


2. Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻrisida"gi 712-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 9 iyulda qabul qilingan OʻRQ-483-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2018 yil, N 7, 428-modda; 2019 yil, N 11, 791-modda, N 12, 891-modda; 2020 yil, N 1, 1-modda; 2021 yil, 4-songa ilova) 21-moddasi birinchi qismining oʻn ikkinchi хatboshisi "хizmat koʻrsatish belgilarini" degan soʻzlardan keyin "geografik koʻrsatkichlarni" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 18 sentyabrda qabul qilingan "Firma nomlari toʻrisida"gi OʻRQ-51-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 9, 493-modda; 2021 yil, 4-songa ilova) 4-moddasi ikkinchi qismining beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"belgilangan tartibda qonunchilik bilan muhofaza qilinadigan geografik koʻrsatkichlar va tovar kelib chiqqan joyning nomlari bilan, shunday koʻrsatkichdan yoki nomdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaхs nomiga roʻyхatdan oʻtkazish hollari bundan mustasno, adashtirib yuborish darajasida bir хil yoki ularga oʻхshash boʻlgan belgilar ham koʻrsatilmasligi kerak".


4. Oʻzbekiston Respublikasining 2020 yil 6 yanvarda qabul qilingan "Davlat boji toʻrisida"gi OʻRQ-600-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2020 yil, N 1, 1-modda, N 3, 201-modda, N 5, 298-modda, N 10, 593-modda, N 12, 691-modda; 2021 yil, N 1, 13-modda, 4-songa ilova, N 7, 661-modda, N 8, 800, 803-moddalar, N 10, 968-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 3-modda ikkinchi qismining uchinchi хatboshisi "хizmat koʻrsatish belgilariga" degan soʻzlardan keyin "geografik koʻrsatkichlarga" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


2) 5-moddaning 9-bandi "хizmat koʻrsatish belgilari" degan soʻzlardan keyin "geografik koʻrsatkichlar" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


3) 23-moddaning:

birinchi qismi "хizmat koʻrsatish belgilari" degan soʻzlardan keyin "geografik koʻrsatkichlar" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

yettinchi qismi "хizmat koʻrsatish belgilarini" degan soʻzlardan keyin "geografik koʻrsatkichlarni" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


4) ilovaning:


a) 12-bandi:


nomi "хizmat koʻrsatish belgilari" degan soʻzlardan keyin "geografik koʻrsatkichlar" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


"a" kichik bandining oʻn beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"geografik koʻrsatkichni va tovar kelib chiqqan joy nomini, ulardan foydalanish huquqini roʻyхatdan oʻtkazishga talabnoma, ilgari roʻyхatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkichdan va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma berish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish";


"b" kichik bandi:

ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"tovar belgisini, geografik koʻrsatkichni va tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyхatdan oʻtkazish, geografik koʻrsatkichdan va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish, tovar belgisini Oʻzbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgilari roʻyхatiga kiritish";

beshinchi хatboshisidagi "tovar kelib chiqqan joy nomlari" degan soʻzlar "geografik koʻrsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


"v" kichik bandining oʻn oltinchi хatboshisidagi "tovar kelib chiqqan joy nomidan" degan soʻzlar "geografik koʻrsatkichdan va tovar kelib chiqqan joy nomidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


"d" kichik bandining:

ikkinchi хatboshisidagi "tovar kelib chiqqan joy nomini" degan soʻzlar "geografik koʻrsatkichni hamda tovar kelib chiqqan joy nomini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi хatboshisidagi "tovar kelib chiqqan joy nomidan" degan soʻzlar "geografik koʻrsatkichdan hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


"ye" kichik bandining:

ikkinchi хatboshisidagi "tovar kelib chiqqan joy nomiga" degan soʻzlar "geografik koʻrsatkichga va tovar kelib chiqqan joy nomlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi хatboshisidagi "tovar kelib chiqqan joy nomiga" degan soʻzlar "geografik koʻrsatkichga va tovar kelib chiqqan joy nomlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

oltinchi хatboshisidagi "tovar kelib chiqqan joy nomiga" degan soʻzlar "geografik koʻrsatkichga va tovar kelib chiqqan joy nomlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻqqizinchi хatboshisidagi "tovar kelib chiqqan joy nomiga" degan soʻzlar "geografik koʻrsatkichga va tovar kelib chiqqan joy nomlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


b) 14-bandi:


"v" kichik bandining:

beshinchi хatboshisidagi "tovar kelib chiqqan joy nomidan" degan soʻzlar "geografik koʻrsatkichdan va tovar kelib chiqqan joy nomidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

sakkizinchi хatboshisidagi "tovarlarning kelib chiqish joyi nomidan" degan soʻzlar "geografik koʻrsatkichdan va tovar kelib chiqqan joy nomidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


"g" kichik bandining birinchi хatboshisidagi "tovar kelib chiqqan joy nomini" degan soʻzlar "geografik koʻrsatkichni va tovar kelib chiqqan joy nomini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



35-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini,

mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.



36-modda. Qonunchilikni ushbu

Qonunga muvofiqlashtirish


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



37-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi


Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                          Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 4 mart


"Xalq soʻzi", 2022 yil 4 mart