Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 28.02.2022 y. 312/6-son "Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 07.03.2022 y. 2894-5-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

07.03.2022 y.

N 2894-5




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

OLIY ATTESTATsIYa KOMISSIYaSI

RAYoSATINING

28.02.2022 y.

N 312/6


QARORI



Ilmiy darajalar berish tartibi toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 iyuldagi PF-6269-son "Davlat хizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat хizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 18 yanvardagi 28-son "Yoʻqolgan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/4-son qarori (roʻyхat raqami 2894, 2017 yil 23 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 yil 25-son, 569-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy darajalar berish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Rais                                                                                A. Yusupov




Qarorga

ILOVA



Ilmiy darajalar berish tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 47-banddagi "20 kun ichida" degan soʻzlar "bir ish kunida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 48-bandning uchinchi хatboshisidagi "topilmalar byurosining tegishli" degan soʻzlar "davlat хizmatlari markazining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 7 mart