Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 28.02.2022 y. 312/7-son "Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 38-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 07.03.2022 y. 2793-8-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

07.03.2022 y.

N 2793-8




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

OLIY ATTESTATsIYa KOMISSIYaSI

RAYoSATINING

28.02.2022 y.

N 312/7


QARORI



Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻrisidagi

nizomning 38-bandiga oʻzgartirish

kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 iyuldagi PF-6269-son "Davlat хizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat хizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016 yil 28 apreldagi 224/8-son qarori (roʻyхat raqami 2793, 2016 yil 3 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016 y., 22-son, 260-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻrisidagi nizomning 38-bandidagi "bir oy muddatda" degan soʻzlar "bir ish kunida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Raisi                                                                              A. Yusupov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 7 mart