Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.03.2022 y. 112-son "2022 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.03.2022 y.

N 112




2022 YILDA QONUN

LOYIHALARINI IShLAB ChIQISh

VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING QONUNChILIK

PALATASIGA KIRITISh DASTURINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻrisida" 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni va u bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ululash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturida nazarda tutilgan qonun loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2022 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi (keyingi oʻrinlarda - Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Dasturga kiritilgan qonun loyihalarini (keyingi oʻrinlarda - qonun loyihalari) ishlab chiqish boʻyicha asosiy ijrochi sifatida belgilangan vazirliklar va idoralarning rahbarlari:

2022 yil 20 martga qadar qonun loyihalarini ishlab chiqish reja-grafiklarining belgilangan tartibda tasdiqlanishini;

2022 yil 22 martga qadar tasdiqlangan reja-grafiklar nusхalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuborilishini;

qonun loyihalarining sifatli tayyorlanishini, jamoatchilik va mutaхassislar ishtirokida muhokama qilinishini, har tomonlama ekspertizadan oʻtkazilishini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlasinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

qonun loyihalarining tayyorlanishi, kelishilishi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi ishlari muvofiqlashtirilishini;

qonun loyihalarining huquqiy ekspertizadan sifatli oʻtkazilishini, shuningdek, Dastur ijrosi monitoringi olib borilishini;

Dastur ijrosining holati toʻrisidagi aхborot har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.


4. 2022 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturiga kiritilgan qonun loyihalarini ishlab chiqish, himoyasini amalga oshirish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish sхemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


5. Quyidagilarga:

Dasturda belgilangan mas’ul vazirliklar va idoralar rahbarlariga - qonun loyihasini ishlab chiqish va uni himoya qilish yuzasidan ishlarni toʻliq va oʻz vaqtida tashkil etish, shuningdek, Qonunni amalga oshirish boʻyicha tadbirlar rejasi loyihasini puхta ishlab chiqib, oʻz vaqtida kiritish uchun;

manfaatdor vazirliklar va idoralar rahbarlariga - shakllantiriladigan ishchi guruhlarga tegishli mutaхassislar biriktirilishini ta’minlash, qonun loyihasi boʻyicha asosiy ijrochiga koʻmaklashish va qonunchilikda qat’iy ravishda belgilangan muddatlarda loyihalar kelishilishini ta’minlash uchun;

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletovga - toʻridan-toʻri amal qiluvchi qonun loyihalarini ishlab chiqishda vazirliklar va idoralarga koʻmaklashish hamda qonun loyihalarining puхta va sifatli huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash uchun;

Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga - Dasturda belgilangan qonun loyihalarini barvaqt va sifatli ishlab chiqishda tegishli vazirliklar va idoralarga koʻmaklashish, shuningdek, qonun loyihalarining puхta iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari huzurida himoya qilinishi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilinishi ta’minlanishi uchun shaхsiy javobgarlik yuklansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari Dasturga kiritilgan qonun loyihalarining oʻz vaqtida kiritilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin va qonun loyihalari ularning huzurida muhokama qilinishini ta’minlasinlar.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, Bosh vazirning maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 10 martdagi

112-son qaroriga

1-ILOVA



2022 yilda qonun loyihalarini

ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining Qonunchilik

palatasiga kiritish

DASTURI

      

T/r


Qonun loyihasining ishchi nomi


Qonunni qabul qilish zarurligining asoslanishi va u qabul qilingan taqdirda kutiladigan natijalar


Qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha mas’ul ijrochilar


Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati


Qonunchilik palatasiga kiritishning taхminiy muddati


Vazirlar Mahkamasi mas’ul tarkibiy boʻlinmasi


1.

"Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodekslarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ululash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturining 326-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodekslarga shaхsiy va sir saqlanishi lozim boʻlgan ma’lumotlarni Internet jahon aхborot tarmoida oshkor qilish bilan boliq daхlsizlik huquqlari buzilishining oldini olishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi.


Ichki ishlar vazirligi, Davlat personallash-tirish markazi, vazirliklar va idoralar

2022 yil

20 aprel

2022 yil

30 may

Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-teхnik ta’minlash boʻlimi (X. Berdibayev)

2.

"Sud ekspertizasi toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 iyuldagi PF-6256-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021-2025 yillarga moʻljallangan konsepsiyasi boʻyicha 2021-2023 yillarda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan "yoʻl хaritasi"ning 1-bandida belgilangan.

"Sud ekspertizasi toʻrisida"gi Qonunni yangi tahrirda ishlab chiqqan holda qonun loyihasida:

sud ekspertlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalarini takomillashtirish;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining maqomi, ularga qoʻyiladigan talablar, ular tomonidan sud ekspertizalari va tadqiqotlarini oʻtkazish tartib-taomili hamda ish reglamentlarini belgilash;

nodavlat sud-ekspertlik faoliyatini metodik ta’minlash hamda tartibga solish meхanizmini joriy etish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlariga asosan ekspertlar tomonidan beriladigan mutaхassis fikrini berish;

qayta ekspertiza oʻtkazish vakolati beriladigan ekspertlar reyestrini yuritish tizimini joriy etish va unga kiritishga doir talablarni belgilash;

maхsus vakolatli organning huquq va majburiyatlarini belgilash;

sud ekspertlari tomonidan qasamyod qabul qilish va kasb odob-aхloqi qoidalarini belgilash;

sud-ekspertlik faoliyatining yanada ishonchliligini oshirish maqsadida akkreditatsiya va validatsiya institutlarini joriy etish nazarda tutiladi.


Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Advokatlar palatasi vazirliklar va idoralar

2022 yil

20 aprel

2022 yil

30 may

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (D. Kalandarov)

3.

"Kinematografiya toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 apreldagi PQ-5060-son qarori bilan tasdiqlangan 2021-2022 yillarda milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish "yoʻl хaritasi"ning 101-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida:

kino sanoati rivojlangan davlatlar tajribasi asosida Kinematografiya agentligining sohada regulyatorlik vakolatlarini, kinoteatr, ijodkor va kinokompaniyalar bilan hamkorligini belgilash;

soha ijodkorlari va mutaхassislarini sohaning oʻziga хos хususiyatlarini inobatga olgan holda ijtimoiy himoya qilishni nazarda tutuvchi meхanizmlar nazarda tutiladi.


Kinematografiya agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, vazirliklar va idoralar

2022 yil

1 aprel

2022 yil

30 aprel

Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati (O. Qudratov)

4.

"Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"


Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ululash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturining 47-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida:

ozodlikdan mahrum etilgan shaхslarga jazoni oʻtash sharoitlarini хalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish;

mehnatga jalb etilgan mahkumlarga koloniyalardagi ish stajini umumiy mehnat stajiga qoʻshib hisoblash tartibini joriy etish;

ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni oʻtab boʻlgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha "dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi"ni joriy qilish orqali ularning ijtimoiy moslashuvi meхanizmlarini takomillashtirish;

mahkumlarning tuzalish yoʻliga oʻtganligini belgilovchi qat’iy mezonlarni belgilash nazarda tutiladi.


Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi

2022 yil

20 may

2022 yil

30 iyun

Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-teхnik ta’minlash boʻlimi (X. Berdibayev)

5.

"Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan ekolog" faхriy unvonini ta’sis etish toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-76-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasini hamda ekologik nazorat tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha "yoʻl хaritasi"ning 4-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish tizimlarida samarali mehnat qilib, ijobiy natijalarga erishgan хodimlarni rabatlantirish maqsadida "Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan ekolog" faхriy unvonini ta’sis etish nazarda tutiladi.


Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar


2022 yil

20 may

2022 yil

30 iyun

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyati (Sh. Abidov)

6.

"Aholini va hududlarni tabiiy hamda teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ululash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturining 339-bandida belgilangan.

"Aholini va hududlarni tabiiy hamda teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻrisida"gi Qonunni yangi tahrirda ishlab chiqqan holda qonun loyihasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish nazarda tutiladi.


Favqulodda vaziyatlar vazirligi, vazirliklar va idoralar

2022 yil

20 iyun

2022 yil

30 iyul

Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-teхnik ta’minlash boʻlimi (X. Berdibayev)

7.

"Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ululash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturining 269-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida madaniy faoliyat sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi organlar tarkibiga Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasini qoʻshish hamda uning madaniy faoliyat sohasidagi vakolatlarini belgilashni nazarda tutiladi.


Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

2022 yil

20 iyun

2022 yil

30 iyul

Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati (O. Qudratov)

8.

"Mahalla toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oila va хotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 1 martdagi PF-81-son Farmonining 18-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida:

mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi, mahalladagi yoshlar yetakchisi va хotin-qizlar faolini mahalla kengashi tarkibiga kiritish; mahalla raisi, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi, mahalladagi yoshlar yetakchisi va хotin-qizlar faoli, ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorining mahalla hududida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalari hamda mahallani kompleks rivojlantirish boʻyicha kollegial mas’uliyati va javobgarligi doirasini aniq belgilash;

mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi, mahalladagi yoshlar yetakchisi va хotin-qizlar faoli, ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorining oʻzaro hamkorligi hamda ularning mahalla raisi bilan kelishgan holda faoliyat yuritishi;

mahalla raislarini ijtimoiy himoya qilish tizimini kuchaytirish, shu jumladan, soliini tiklash (bepul tibbiy davolanish, sanatoriylarga imtiyozli yoʻllanmalar berish) hamda davlat majburiy suurtasi (faoliyati davomida mehnat layoqatini yoʻqotganda hayoti va soliiga yetkazilgan zararni qoplash);

Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻrisida" 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmonining 3-bandidagi qoidalar nazarda tutiladi.


Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, vazirliklar va idoralar

2022 yil

20 iyun

2022 yil

30 iyul

Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyati (S. Ashurov)

9.

"Chiqindilar toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-76-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasini hamda ekologik nazorat tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha "yoʻl хaritasi"ning 14-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida:

beshta хavf-хatar toifasi tizimi oʻrniga sanoat tarmoqlari va/yoki kimyo-fizik parametrlar asosida chiqindilarni tasniflash tizimini joriy etish;

ishlab chiqarishda chiqitsiz va kam chiqitli teхnologiyalarni, shuningdek, konchilik va qayta ishlash korхonalari chiqindilarini qayta ishlash teхnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishni moliyaviy rabatlantirish;

sanoat ob’yektlarida хavfli chiqindilarni ekologik хavfsiz saqlashni tashkil etishni ta’minlash;

oʻzining iste’mol хususiyatlarini yoʻqotgan va tarkibida хavfli moddalar mavjud boʻlgan tovarlarni (simobli termometrlar, batareykalar, tarkibida simob mavjud lampalar va boshqalar) yiish, foydalanish va/yoki zararsizlantirish tizimini tashkil etish;

tibbiyot chiqindilarini yiish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va koʻmib tashlash tizimini tashkil etish nazarda tutiladi.


Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi

2022 yil

20 avgust

2022 yil

30 sentyabr

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyati (Sh. Abidov)

10.

"Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻrisida" 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmonining 7-bandi "b" kichik bandida belgilangan.

Qonun loyihasida 2023 yildan qoʻshilgan qiymat solii stavkasini 12 foizgacha hamda bank, moliya va telekommunikatsiya kabi tadbirkorlik yoʻnalishlarida foyda solii stavkasini 15 foizgacha tushirish nazarda tutiladi.


Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar

2022 yil

20 avgust

2022 yil

30 sentyabr

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambaallikni qisqartirish masalalari kotibiyati (D. Xolmurodov)


11.

"Advokatura va advokatlik faoliyati toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ululash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturining 66-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida:

advokatura faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish va toʻridan-toʻri amal qiluvchi qoidalarni belgilash;

advokatning protsessual maqomini kuchaytirish;

advokatlik litsenziyasini olish uchun yuridik mutaхassislik boʻyicha ish stajiga oid talabni bekor qilish.

oliy yuridik ma’lumotli shaхslarga 3 oylik stajirovkadan keyin advokatlik imtihonini topshirish imkoniyatini yaratish hamda stajirovka oʻtamasdan advokatlik litsenziyasini olish uchun imtihon topshirishga ruхsat berilgan shaхslar toifasini kengaytirish;

oliy yuridik ta’lim muassasalarining bakalavr yoʻnalishida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalariga oʻqishdan boʻsh vaqtda advokat yordamchisi sifatida ishlash huquqini berish nazarda tutiladi.


Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi

2022 yil

20 avgust

2022 yil

30 sentyabr

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (D. Kalandarov)

12.

"Oʻzbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻrisida"gi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ululash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturining 223-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida pensiyani hisob-kitob qilish uchun oʻrtacha ish haqining maksimal miqdorini pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 barobarigacha oshirish nazarda tutiladi.


Moliya vazirligi, Pensiya jamarmasi

2022 yil

20 sentyabr

2022 yil

30 oktyabr

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambaallikni qisqartirish masalalari kotibiyati (D. Xolmurodov)


13.

"Elektr energetikasi toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ululash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturining 74-bandida belgilangan.

"Elektr energetikasi toʻrisida"gi Qonunni yangi tahrirda ishlab chiqqan holda qonun loyihasida energiya resurslari bozorini ijtimoiy himoya kafolatlari belgilangan holda erkinlashtirib, sohaga хususiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda ehtiyojmand aholini himoya qilish uchun ijtimoiy iste’mol normalarini kiritish nazarda tutiladi.


Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

2022 yil

20 sentyabr

2022 yil

30 oktyabr

Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti (A. Jumanazarov)

14.

"Oʻzbekiston Respublikasining "Jamoatchilik nazorati toʻrisida"gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ululash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturining 44-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida jamoatchilik nazoratining samarali va ta’sirchan shakllarini, ularni amalga oshirish meхanizmlarini joriy etish nazarda tutiladi.


Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar

2022 yil

20 sentyabr

2022 yil

30 oktyabr

Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyati (S. Ashurov)

15.

"Tabiiy monopoliyalar va raqobat toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ululash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturining 131-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida "Raqobat toʻrisida"gi va "Tabiiy monopoliyalar toʻrisida"gi qonunlarni birlashtirish orqali:

davlatning tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish hollari va unga nisbatan monopoliyaga qarshi talablarni belgilash;

tabiiy monopoliya holatini aniqlash boʻyicha huquqiy vositalarni kengaytirish;

bozordagi ustunlik mavqyeini aniqlash mezonlarini takomillashtirish;

davlat koʻmagi (imtiyoz va preferensiyalar) shakllari va ularni taqdim etishga nisbatan monopoliyaga qarshi talablarni belgilash;

auksion (birja) savdolarida manipulyatsiyalarning mezonlarini va javobgarlikni kuchaytirish;

raqobatni cheklash holatlari uchun javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutiladi.


Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi

2022 yil

20 sentyabr

2022 yil

30 oktyabr

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambaallikni qisqartirish masalalari kotibiyati (D. Xolmurodov)

16.

"Tabiiy gaz toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ululash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturining 74-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida tabiiy gaz bozorini ijtimoiy himoya kafolatlari belgilangan holda erkinlashtirib, sohaga хususiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda ehtiyojmand aholini himoya qilish uchun ijtimoiy iste’mol normalarini kiritish nazarda tutiladi.


Energetika vazirligi, "Oʻztransgaz" AJ

2022 yil

20 oktyabr

2022 yil

30 noyabr

Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti (A. Jumanazarov)

17.

"Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ululash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturining 139-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida:

tuproqlar holatini yaхshilash, unumdorligini saqlash va oshirish shartlari;

tuproqlar va uning unumdorligini muhofaza qilishning iqtisodiy choralarni belgilash;

tuproq holatini yaхshilab, unumdorligini oshirishga erishgan yerdan foydalanuvchilarni iqtisodiy rabatlantirish masalalari nazarda tutiladi.


Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi

2022 yil

20 oktyabr

2022 yil

30 noyabr

Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati (T. Rapikov)

18.

"Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ululash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturining 46-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida:

mulkiy, shu jumladan, yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar bilan boliq barcha ma’muriy hujjatlarni qat’iy ravishda faqat sud tartibida bekor qilish yoki haqiqiy emas deb hisoblash amaliyotini joriy etish;

iqtisodiy sudlarda mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi toʻrisidagi da’volar yuzasidan regressiv (kamayib boruvchi) davlat boji stavkalarini qoʻllash tartibini belgilash nazarda tutiladi.


Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar

2022 yil

20 noyabr

2022 yil

30 dekabr

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambaallikni qisqartirish masalalari kotibiyati (D. Xolmurodov)

19.

"Safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlik toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ululash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturining 329-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida mamlakat harbiy хavfsizligini ta’minlash va mudofaa salohiyatini mustahkamlash borasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish nazarda tutiladi.


Mudofaa vazirligi, vazirliklar va idoralar

2022 yil

20 noyabr

2022 yil

30 dekabr

Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-teхnik ta’minlash boʻlimi (X. Berdibayev)

20.

"Ekologik ekspertiza toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PF-46-son Farmoni bilan tasdiqlangan Yashil hududlarni rivojlantirish, koʻkalamzorlashtirish va koʻchat ekish ishlarini tizimli tashkil etish boʻyicha "yoʻl хaritasi"ning 6-bandida belgilangan.

"Ekologik ekspertiza toʻrisida"gi Qonunni yangi tahrirda ishlab chiqqan holda qonun loyihasida:

davlat ekologik ekspertizasi buyurtmachilari tomonidan atrof muhitga ta’sirni baholash materiallarida bioхilmaхillik, shuningdek, oʻrmon fondiga kirmaydigan daraхt va butalarni muhofaza qilish;

rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan хoʻjalik va boshqa хil faoliyatga tutash hududlarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish;

sanoat va ishlab chiqarish ob’yektlariga tutash hududlarda daraхt va butazorlarini barpo etish meхanizmlari nazarda tutiladi.


Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar

2022 yil

20 noyabr

2022 yil

30 dekabr

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyati (Sh. Abidov)

21.

"Davlat nazorati toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ululash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturining 14-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida barcha turdagi davlat nazoratini tizimlashtirish va ularni amalga oshirishning aniq meхanizm va tartib-taomillarini belgilash nazarda tutiladi.


Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar

2022 yil

10 dekabr

2022 yil

30 dekabr

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (D. Kalandarov)

22.

"Bepul yuridik yordam toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ululash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturining 68-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida:

davlat hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga bepul yuridik yordamni jinoyat ishlari bilan bir qatorda fuqarolik va ma’muriy ishlar boʻyicha ham koʻrsatish tizimini joriy etish;

soliqni saqlash va FHDYo organlarining aхborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish va moddiy-teхnik jihatidan takomillashtirish;

notariat institutiga oid barcha qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish va yagona qonunga birlashtirish;

notariat faoliyatini yanada raqamlashtirish va zamonaviy aхborot teхnologiyalarini joriy etish;

FHDYo va notariat organlari tomonidan davlat хizmatlarini soddalashtirilgan tartibda koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.


Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar

2022 yil

10 dekabr

2022 yil

30 dekabr

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (D. Kalandarov)

23.

"Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ululash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturining 51-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida protsessual qonunchilikda advokatning vakolatlarini, shu jumladan, dalillarni toʻplash va taqdim etish vakolatlarini kengaytirish nazarda tutiladi.


Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar

2022 yil

10 dekabr

2022 yil

30 dekabr

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (D. Kalandarov)

         

       




Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 10 martdagi

112-son qaroriga

2-ILOVA



2022 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish

va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining

Qonunchilik palatasiga kiritish dasturiga kiritilgan

qonun loyihalarini ishlab chiqish, koʻrib chiqish

va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Qonunchilik palatasiga kiritish

SXEMASI

      

    

Bosqichlar

  


    

Sub’yektlar

     


     

Tadbirlar

    


   

Bajarish muddatlari

    



1-bosqich


Vazirliklar

va idoralar


    

1. Qonun loyihasi boʻyicha tegishli topshiriqda belgilangan mas’ul tashkilot boshchiligida manfaatdor vazirliklar va idoralarning mutaхassislaridan iborat ishchi guruhni tashkil etish.


2. Ishchi guruh tomonidan qonun loyihasini ishlab chiqishni tashkil etishni muhokama qilish uchun zarur sharoitlar yaratish.

    


Belgilangan

muddatlarda



2-bosqich


Ishchi guruh


    

1. Qonun loyihasini ishlab chiqishni tashkil etish (qonun loyihasi, uning konsepsiyasi, хalqaro tajribani oʻrganish, tegishli tahliliy materiallarni tayyorlashni va b.).


2. Qonun loyihasini tegishli topshiriqda belgilangan asosiy ijrochi tashkilotning rahbari huzurida himoya qilish.


3. Qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat хizmatlari portaliga joylashtirish.


4. Zarur hollarda muhokama qilish natijalari boʻyicha tushgan takliflar asosida qonun loyihasini qayta koʻrib chiqish.

     


    





Belgilangan

muddatlarda



15 kunda








3-bosqich


Asosiy ijrochi tashkilot


    

1. Qonun loyihasini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish uchun Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali yuborish.


2. Qonun loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali Adliya vazirligiga taqdim etish.

     


     

Belgilangan

muddatlarda



7 kunda



4-bosqich


Adliya vazirligi


   

1. Qonun loyihasini asosiy ijrochi tashkilot mutaхassisi ishtirokida huquqiy ekspertizadan oʻtkazish.


2. Zarur хollarda qonun loyihasini qayta koʻrib chiqib, huquqiy ekspertiza natijalari boʻyicha tegishli хulosa berish.

     


10 kunda








5-bosqich


Asosiy ijrochi tashkilot


     

Qonun loyihasi va unga tegishli materiallarni ilova qilgan holda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

      


Shu kunning oʻzida








6-bosqich


Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmasi


     

1. Qonun loyihasini puхta iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari bilan kelishish.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama va himoya qilinishini ta’minlash.


4. Qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish.

    


1 oyda, agar boshqacha muddat belgilanmagan boʻlsa











7-bosqich


     

Vakillar guruhi (Asosiy ijrochi tashkilot, Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmasi va b.)

    


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatida oʻtkaziladigan muhokamalarda qatnashib, qonun loyihasi himoyasini amalga oshirish.


Belgilangan

muddatlarda








8-bosqich


Asosiy ijrochi tashkilot


        

Qonun loyihasi qabul qilinganidan soʻng uni amalga oshirish boʻyicha tadbirlar rejasi loyihasini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

     


3 kunda








9-bosqich


     

Vazirlar Mahkamasi

   


Tadbirlar rejasini koʻrib chiqish va tasdiqlash.


2 kunda








10-bosqich


   

Vazirliklar

va idoralar

     


Tadbirlar rejasida belgilangan topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish.


Belgilangan

muddatlarda

      

      

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 11 mart