Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.04.2022 y. 178-son "Vazirlar Mahkamasining "Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2017 yil 2 martdagi 116-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.04.2022 y.

N 178




VAZIRLAR MAHKAMASINING

"MILLIY HAYDOVChILIK GUVOHNOMASINING

HAMDA  AVTOMOTOTRANSPORT  VOSITASI

ROʻYXATDAN OʻTKAZILGANLIGI TOʻRISIDAGI

GUVOHNOMANING YaNGI NAMUNALARINI

JORIY ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA"

2017 YIL 2 MARTDAGI 116-SON QARORIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA



Fuqarolarga eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini hamda avtomototransport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomalarni yangi namunadagi guvohnomalarga almashtirish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatish uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 2 martdagi 116-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 9-son, 135-modda) 3-bandida:

"v" kichik bandning toʻrtinchi-yettinchi хatboshilaridagi "2022" raqami "2023" raqami bilan almashtirilsin;

"g" kichik bandda:

ikkinchi-toʻrtinchi хatboshilardagi "2022" raqami "2023" raqami bilan almashtirilsin;

beshinchi хatboshidagi "2023" raqami "2024" raqami bilan almashtirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                    A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 13 aprel