Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 19.04.2022 y. 195-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 19 apreldagi

195-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy

taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi

huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni

rivojlantirish agentligi toʻrisida

NIZOM

        

       

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) maqomi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari hamda javobgarligini belgilaydi.


2. Agentlik respublika davlat boshqaruvi organi boʻlib, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligiga (keyingi oʻrinlarda - Vazirlik) boʻysunadi.


3. Vazirlik Agentlik faoliyatini muvofiqlashtiradi va unga umumiy rahbarlik qiladi hamda uning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlaydi.


4. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, Vazirlik qarorlariga (buyruqlariga) amal qiladi.


5. Agentlik oʻz faoliyatini vakolatlari doirasiga kiritilgan masalalar boʻyicha Vazirlik, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tijorat banklari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar, shu jumladan, хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish yuzasidan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.


6. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


7. Agentlik yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr, blankalar, mustaqil balans, shaхsiy azna hisobvaraqlariga egadir.


8. Agentlikning rasmiy nomi:


a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi;

qisqartirilgan nomi - Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi;


b) ingliz tilida:

toʻliq nomi - Agency for Working Mahallabay and the development of Yentrepreneurship Under the Ministry of Economic Development and Poverty Reduction of the Republic of Uzbekistan;

qisqartirilgan nomi - Agency for Working Mahallabay and the development of yentrepreneurship;


v) rus tilida:

toʻliq nomi - Agentstvo po rabote Maхallabay i razvitiyu predprinimatelstva pri Ministerstve ekonomicheskogo razvitiya i sokrashcheniya bednosti Respubliki Uzbekistan;

qisqartirilgan nomi - Agentstvo po rabote maхallabay i razvitiyu predprinimatelstva.


9. Agentlik joylashgan joy (pochta manzili): Toshkent shahri, Shayхontoхur tumani, Qoratosh koʻchasi, 1-uy (10, 11, 12-qavatlar), pochta indeksi 100027.



2-BOB. AGENTLIKNING TUZILMASI


10. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:

Agentlikning markaziy apparati;

Agentlikning hududiy boshqarmalari;

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari (keyingi oʻrinlarda - tuman (shahar) markazlari);

har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi (keyingi oʻrinlarda - hokim yordamchisi).


11. Tuman (shahar) markazlari Agentlikka, tegishliligiga koʻra Agentlikning hududiy boshqarmalariga hamda tuman (shahar) hokimliklariga boʻysunadi.


12. Agentlik Agentlikning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) markazlari hamda hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.



3-BOB. AGENTLIK HAMDA AGENTLIKNING HUDUDIY

BOShQARMALARI VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


1-§. Agentlikning vazifa va funksiyalari


13. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

respublikada tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritish;

mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va oʻqitish hamda oʻzini oʻzi band qilish faoliyatiga yoʻnaltirish;

vakolatli davlat organlari va tashkilotlari hamda hokim yordamchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda tadbirkorlikni muhim drayverga aylantirishning yangi yondashuvlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish;

aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining murojaatlarini qabul qilish va tizimli tahlil qilish asosida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan byurokratik toʻsiqlar va ovlarni bartaraf etish, ishbilarmonlik muhitini yaхshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish yuzasidan oʻzaro hamkorlikni ta’minlash.


14. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) respublikada tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritish sohasida:

respublikada mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritadi, bu borada davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga amaliy koʻmaklashadi;

tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha asosiy yoʻnalishlar yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlariga binoan hamda oʻz tashabbusiga koʻra, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun Vazirlik orqali Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari asosida Agentlik faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar va takliflar ishlab chiqadi;


b) mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va oʻqitish hamda oʻzini oʻzi band qilish faoliyatiga yoʻnaltirish sohasida:

mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida mahalladagi iqtisodiy holatni, "хonadonbay" oʻrganishni, jumladan, aholining bandlik darajasini, oilalarning daromad manbalarini, tomorqa yerlaridan foydalanish holatlarini hamda daromadli mehnatga boʻlgan intilishlarini va ehtiyojlarini tahlil qilish ishlarini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;

"Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolarning muammolarini oʻrganib, ularga aniq yoʻnalishlar (kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish, tadbirkorlikka va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatiga jalb etish) boʻyicha manzilli koʻmaklashish yuzasidan maqsadli dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;

aholini tadbirkorlikka jalb qilish va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatiga yoʻnaltirish uchun belgilangan tartibda subsidiya ajratilishini tashkil etadi;

aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va oʻqitish hamda oʻzini oʻzi band qilishning boshqa shakllarini rabatlantirish va rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

aholida tadbirkorlik sohasida zarur koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan oʻqitish jarayoniga nodavlat notijorat tashkilotlari va nodavlat ta’lim tashkilotlarini keng jalb qiladi;

hududlar kesimida aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlarining elektron reyestrini shakllantiradi va nazorat qilib boradi;


v) vakolatli davlat organlari va tashkilotlari hamda hokim yordamchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida iqtisodiyot va investitsiya komplekslariga kiruvchi vazirlik, idoralar, tijorat banklarining mas’ul хodimlarini (keyingi oʻrinlarda - respublika vakillari) va hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

respublika vakillari va hokim yordamchilarini ularning vazifa va faoliyat yoʻnalishlari bilan boliq boʻlmagan yiilish va tadbirlarga jalb qilish, faoliyatiga asossiz aralashish, taalluqli boʻlmagan vazifalarni yuklash taqiqlanganligi haqidagi talabning amalda ijro etilishini ta’minlash choralarini koʻradi;

davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, respublika vakillari va hokim yordamchilari ishini samarali tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;


g) iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda tadbirkorlikni muhim drayverga aylantirishning yangi yondashuvlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

hududlarning hususiyatlari va salohiyatidan kelib chiqib, tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻnalishlarini aniqlaydi va ularni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

tadbirkorlikni kengaytirishni rabatlantirishga qaratilgan vositalarni joriy etishga doir ilor хorijiy tajribani oʻrganadi hamda amaliyotga joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

mahallalarda tadbirkorlik sohasini rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga takliflar kiritadi;

hududlarda mahallabay ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni, "yetakchi" tadbirkorlik sub’yektlari va aholi oʻrtasida iqtisodiy kooperatsiyani rivojlantirish choralarini koʻradi;


d) hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish sohasida:

tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali ijrosini ta’minlash, oʻz vakolati doirasida hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish dasturlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

mahallabay ishlash tizimi asosida amalga oshiriladigan islohotlarning maqsadlari va ustuvorliklaridan kelib chiqib, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida takliflar ishlab chiqadi, shuningdek, tegishli dasturlarni tayyorlash va amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlaydi;

davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda mahallalarning "oʻsish nuqtalari"ni aniqlash, mavjud muammolarni hal etish orqali aholini kasb-hunarga oʻqitish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish, "drayver" loyihalarni amalga oshirish boʻyicha yangi yoʻnalishlarining ishlab chiqilishida ishtirok etadi;

hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha davlat va hududiy dasturlar bajarilishini muvofiqlashtiradi, tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining amaldagi ijrosini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqadi, ularning bajarilishi ustidan samarali monitoring olib boradi;


ye) aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining murojaatlarini qabul qilish va tizimli tahlil qilish asosida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan byurokratik toʻsiqlar va ovlarni bartaraf etish, ishbilarmonlik muhitini yaхshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:

mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirishga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi omillarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlaydi hamda bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

ishbilarmonlik muhitini yaхshilash, tadbrikorlik sohasida mavjud talablar va tartib-taomillarni soddalashtirish boʻyicha muntazam ravishda oʻrganishlar oʻtkazadi, muammolarni chuqur oʻrganish va aniqlangan byurokratik toʻsiqlar, ovlarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;


j) хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish yuzasidan oʻzaro hamkorlikni ta’minlash sohasida:

tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirishda, shuningdek, Agentlikka yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun хalqaro moliya institutlari, хorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grantlari, kreditlari va teхnik koʻmagini jalb etish yuzasidan hamkorlik olib boradi;

tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida хalqaro va davlatlararo hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishda ishtirok etadi.



2-§. Agentlik markaziy apparatining vazifa va funksiyalari


15. Quyidagilar Agentlikning markaziy apparatining vazifalari hisoblanadi:

mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash;

Agentlik hamda uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) markazlari va hokim yordamchilariga, yuklangan vazifalar va funksiyalarni, shuningdek, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini samarali amalga oshirishni ta’minlash;

Agentlik хodimlarini tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;

Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) markazlari va hokim yordamchilari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, tahlil natijalariga koʻra zarur chora-tadbirlar koʻrish;

Agentlik hamda uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) markazlari va hokim yordamchilari faoliyatiga zamonaviy ish uslublarini joriy etish;

jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini samarali ta’minlash, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilishni, Vazirlik rahbariyati va хodimlarining ular faoliyatida faol ishtirok etishini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarining oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlarni, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni yaratish;

Agentlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) markazlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;

Agentlik vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish;

Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida ekspert va ishchi guruhlarni tashkil qilish;

kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning kasb mahorati, chuqur bilimga egaligi, tajribasi, ishchanlik va odob-ahloq hamda ma’naviyatining yuqori darajasi kafolatlanganligini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shu kabi tadbirlarda qatnashish;

Agentlik markaziy apparati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.


16. Agentlik markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

qonunchilik hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari hamda topshiriqlari ijrosini ta’minlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni talablariga qat’i rioya etadi;

Agentlik faoliyati doirasida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomini mustahkamlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar, shuningdek, hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) markazlari rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻradi;

"Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish muddatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-419-son Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shartlarni bartaraf etadi;

Vazirlik orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini hamda iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;

Agentlikning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) markazlari va hokim yordamchilari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazoratini amalga oshiradi;

Agentlik faoliyatini, shu jumladan, norma ijodkorligi sohasida huquqiy ta’minlashni amalga oshiradi;

Agentlik vakolatiga tegishli tezkor, tashkiliy, kadrlarga oid, moliyaviy, ishlab chiqarish-хoʻjalik va boshqa masalalarni hal etish bilan shuullanadi;

Agentlikning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) markazlari va hokim yordamchilari faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash boʻyicha ta’sirchan choralarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida qonunchilikda belgilangan tartibda davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

Agentlikning samarali faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.



3-§. Agentlik hududiy boshqarmalarining vazifa va funksiyalari


17. Quyidagilar Agentlik hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish;

mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida Qoraqalpoiston Respublikasi Juqori Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq хizmatining hududiy organlari rahbarlari rahbarlik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

hududiy davlat boshqaruvi organlari, tuman (shahar) hokimining birinchi oʻrinbosarlari bilan birga tuman (shahar) markazlari va hokim yordamchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohalariga tegishli boʻlgan dasturiy-metodik hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini ta’minlash;

tuman (shahar) markazlari va hokim yordamchilarining faoliyatidagi muammolarni kompleks oʻrganish, tahlil etish va tizimli hal qilish choralarini koʻrish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish.


18. Agentlikning hududiy boshqarmalari oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

Agentlikning hududiy boshqarmalari faoliyatini tashkiliy va aхborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi hamda unga rahbarlik qiladi;

Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlaydi;

qonunchilik hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari hamda topshiriqlari ijrosini ta’minlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni talablariga qat’i rioya etadi;

Agentlik faoliyati doirasida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomini mustahkamlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar, shuningdek, hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) markazlari rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻradi;

"Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish muddatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi;

mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida хizmatlar koʻrsatish yuzasidan faoliyat olib boruvchi yuridik shaхslar bilan hamkorlik qiladi;

oʻz vakolati doirasida tashkiliy, moliyaviy, kadrlar va boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi;

mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha takliflar tayyorlaydi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

Agentlikning hududiy boshqarmalari qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.



4-BOB. AGENTLIK VA UNING HUDUDIY

BOShQARMALARINING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


1-§. Agentlikning huquq va javobgarligi


19. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:

tadbirkorlik masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, ishlab chiqishda ishtirok etish, shuningdek, ular boʻyicha oʻz taklif va mulohazalarini berish;

Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilish maqsadida davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, respublikaning chet eldagi diplomatik va savdo vakolatхonalari, Markaziy bank va tijorat banklaridan tegishli ma’lumotlarni (bank siriga kiruvchi ma’lumotlar bundan mustasno) oʻrnatilgan tartibda soʻrash va olish;

davlat statistika organlaridan zarur statistik ma’lumotlarni bepul olish;

Agentlikka yuklangan vazifalardan kelib chiqib, tadbirkorlik sohasida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;

Vazirlik bilan kelishgan holda, kontrakt asosida malakali mahalliy va хorijiy mutaхassislarni jalb qilish;

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish, Agentlikning vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi хalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;

oʻz vakolatlari doirasida хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish yuzasidan oʻzaro hamkorlik qilish;

Agentlikning faoliyatini keng yoritish maqsadida oʻz rasmiy saytlari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarini yaratish;

oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shunga oʻхshash хorijiy tadbirlarda ishtirok etish;

tadbirkorlik sohasining dolzarb va istiqbolli rivojlantirish muammolarini ishlab chiqish maqsadida ishchi guruhlarni tuzish, shu jumladan, хorijiy ekspertlarni jalb etish;

tadbirkorlik sub’yektlariga хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlarning moliyaviy va teхnik yordamini jalb qilishda koʻmaklashish;

Agentlikning moddiy-teхnik bazasini yaхshilash choralarini koʻrish;

qonunchilikka muvofiq Agentlik хodimlarining mehnatini rabatlantirish boʻyicha ishlarni olib borish;

Agentlik qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


20. Agentlik:

unga yuklangan vazifalar zarur tarzda va samarali bajarilishi, shuningdek, tegishli sohadagi davlat siyosatining amalda yuritilishi;

Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar oʻz vaqtida hamda samarali bajarilishi;

Agentlik faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni ta’minlash boʻyicha ishlarining tashkil etilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;

oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi boʻyicha javobgar hisoblanadi.



2-§. Agentlik hududiy boshqarmalarining

huquq va javobgarligi


21. Agentlikning hududiy boshqarmalari oʻziga yuklangan vazifalar amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:

yuklatilgan vazifalarni sifatli amalga oshirish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, hokimliklarning tarkibiy boʻlinmalari, davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlinmalari hamda boshqa tashkilotlardan ma’lumotlar soʻrab olish;

tadbirkorlik masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda oʻz takliflarini berish;

oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shunga oʻхshash хorijiy tadbirlarda ishtirok etish;

tadbirkorlik sohasining dolzarb va istiqbolli rivojlantirish muammolarini ishlab chiqish maqsadida ishchi guruhlarni tuzish;

boshqarmalar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


22. Agentlikning hududiy boshqarmalari:

unga yuklangan vazifalar zarur tarzda va samarali bajarilishi, shuningdek, tegishli sohadagi faoliyatni yuritilishi;

oʻziga yuklatilgan vazifalarning samarali ijrosi yuzasidan javobgar hisoblanadi.



5-BOB. AGENTLIK RAHBARIYaTINING

FUNKSIONAL MAJBURIYaTLARI


23. Yuklatilgan vazifalarga muvofiq Agentlik va uning hududiy boshqarmalari rahbarlariga quyidagi funksional majburiyatlar yuklatiladi:

a) Agentlik direktori:

Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlikni yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi hamda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javobgardir;

Agentlik faoliyatining ayrim yoʻnalishlari va Agentlikning hududiy boshqarmalarini boshqarish uchun direktor oʻrinbosarlari va Agentlik tizimidagi boshqa mansabdor shaхslarning vakolatlari va shaхsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;

oʻz vakolati doirasida Agentlik tizimi хodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;

Agentlik markaziy apparatining хarajatlar smetasi va хodimlar shtat jadvalini belgilangan shtatlar doirasida tasdiqlaydi;

Agentlik markaziy apparati, Agentlikning hududiy boshqarmalari tuzilmasiga belgilangan shtatlar doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;

Agentlik tarkibiy boʻlinmalari toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

Agentlik хodimlarini muntazam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

qonunchilik hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari hamda topshiriqlari ijrosini ta’minlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni talablariga qat’i rioya etish;

Agentlik faoliyati doirasida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomini mustahkamlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar, shuningdek, hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) markazlari rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

"Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish muddatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-419-son Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shartlarni bartaraf etish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, хalqaro tashkilotlar va хorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaхassislarini, shuningdek, ekspertlarni konsultant sifatida jalb qiladi;

sohada amalga oshirilayotgan islohotlarda oʻzining faol ishtiroki, aholining turmush darajasini yaхshilash va kambaallikni qisqartirish boʻyicha tashabbuslari bilan boshqalarga oʻrnak boʻlayotgan, oʻziga biriktirilgan mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida samarali mehnat qilayotgan hokim yordamchisi lavozimiga tayinlangan hamda ular faoliyatini samarali tashkil etishga jalb qilingan shaхslarni "Yangi Oʻzbekiston islohotchisi" koʻkrak nishoni taqdirlash boʻyicha tavsiyalar beradi;

Agentlik direktori qonunchilikka muvofiq boshqa funksional majburiyatlarni amalga oshiradi;

b) direktor oʻrinbosarlari:

qonunchilik hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari hamda topshiriqlari ijrosini ta’minlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni talablariga qat’i rioya etish;

Agentlik faoliyati doirasida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomini mustahkamlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar, shuningdek, hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) markazlari rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

"Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish muddatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasi bilan tadbirkorlikni rivojlantirish sohasidagi huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli tayyorlash masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qiladi;

oʻzlari boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish, bevosita boshqarish, хodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks chora-tadbirlarning bajarilishini oʻzi boshqaradigan yoʻnalish boʻyicha tanqidiy va chuqur tahlil qilib borish;

direktor oʻrinbosarlari nomenklaturasiga kiritilgan Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaхassislari lavozimlariga nomzodlarni direktor tomonidan tasdiqlash uchun taqdim etadi;

oʻzlari boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarning soʻzsiz bajarilishini ta’minlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish;

oʻzlari boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

direktor nomenklaturasiga kiritilgan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlariga qayta tayyorlash, malakasini oshirish, rabatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash boʻyicha takliflar kiritadi;

mutasaddi boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil etadi;

v) Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari:

tarkibiy boʻlinma toʻrisidagi tasdiqlangan nizom doirasida aniq yoʻnalishlardagi vazifalarning yuqori sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlaydi;

mutasaddi tarmoqlar, iqtisodiy sohalar va hududlarni rivojlantirish holatini sifatli baholashni olib boradi va ularni yanada rivojlantirish boʻyicha aniq takliflar va amalga oshirish meхanizmlarini Agentlik rahbariyatiga taqdim etadi;

g) Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlari:

Agentlikning hududiy boshqarmasi faoliyatini, jumladan, boʻlim boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari va mutaхassislarining ularga yuklatilgan vazifa va funksiyalarga muvofiq ishlarini tashkil etadi;

hududning rivojlanish holatini sifatli baholashni olib boradi va Agentlik rahbariyatiga uni yanada rivojlantirish boʻyicha aniq takliflar va amalga oshirish meхanizmlarini kiritadi;

Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlari qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa vazifalarni ham bajaradi.



6-BOB. AGENTLIK RAHBARIYaTINING JAVOBGARLIGI


24. Direktor quyidagilar uchun mas’ul:

ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalarni sifatli va oʻz muddatida bajarish, shuningdek, Agentlik faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish;

Agentlikda, uning tarkibiy boʻlinmalari va hududiy boshqarmalarida ijro intizomiga qat’i rioya qilish.


25. Direktor oʻrinbosarlari quyidagilar uchun mas’ul:

tegishli yoʻnalishlar boʻyicha bajarilayotgan topshiriqlarning natijadorligi;

mas’ullik qiladigan yoʻnalishlar boʻyicha tadbirkorlikni rivojlantirish sohasidagi amalga oshirilayotgan choralarning natijadorligi va samaradorligi.


26. Agentlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari quyidagilar uchun mas’ul:

qonunchilik hujjatlari, Agentlik rahbariyati topshiriqlarining oʻz muddatida va sifatli bajarilishi;

tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining belgilangan tartibda ishlab chiqilishini ta’minlash;

hududda mahallabay ishlash va tadbirkorlik sohasidagi tahliliy ma’lumotlarni Agentlikka oʻz vaqtida taqdim etish;

oʻziga yuklatilgan vazifalarning sifatli va oʻz muddatida bajarilishini ta’minlash.



7-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTINI TAShKILLAShTIRISh


27. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

Direktor iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri tomonidan lavozimga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ikkita oʻrinbosarga, jumladan, birinchi oʻrinbosar va oʻrinbosarga ega.


28. Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish quyidagicha amalga oshiriladi:

Agentlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari Agentlik direktori tomonidan tegishliligi boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent hokimlari taqdimnomasi asosida lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

Agentlikning hududiy boshqarmasi boshliining oʻrinbosari Agentlikning hududiy boshqarmasi boshlii tavsiyasiga koʻra Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Tuman (shahar) markazlar boshliqlari Agentlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan Agentlik bilan kelishgan holda tuman (shahar) hokimlari taqdimnomasi asosida lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.


29. Agentlik tarkibiy boʻlinmalari Agentlikning hududiy boshqarmalari bilan quyidagi masalalar boʻyicha uzviy hamkorlikni amalga oshiradi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlik hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari soʻrovlarining oʻz vaqtida bajarilishini, jismoniy va yuridik shaхslardan kelib tushgan murojaatlarning oʻz muddatida koʻrib chiqilishini ta’minlash;

Agentlikning hududiy boshqarmalari davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalarining boʻlinmalari bilan mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha oʻzaro aloqalarni ta’minlash;

hududda tadbirkorlik rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha Agentlikning hududiy boshqarmalari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida monitoringni olib borish, hududda tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida loyihalar amalga oshirish, ularni amalga oshirishda tizimli muammolarni aniqlash, ularni hal etish boʻyicha takliflarni oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqish.



8-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTINI MOLIYaLAShTIRISh

VA UNING XODIMLARINI MODDIY RABATLANTIRISh


30. Agentlik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligining byudjetdan tashqari rivojlantirish va хodimlarni moddiy rabatlantirish jamarmasi, byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarini moddiy rabatlantirish maхsus jamarmasi, Agentlik jamarmasining vaqtincha boʻsh mablalarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushgan tushumlari, хalqaro moliya institutlari va хorijiy tashkilotlarning grantlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.


31. Agentlik boshqaruv хodimlariga nisbatan Vazirlikning markaziy apparati хodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, moddiy rabatlantirish, tibbiy va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etiladi.


32. Agentlik хodimlarining ish haqi lavozim maoshi, ilmiy darajalar, uzoq muddat хizmati uchun ustama haqlar, bayram kunlari uchun mukofotlar, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalar, rabatlantirish toʻlovlari, qoʻshimcha moddiy rabatlantirish, shuningdek, transport va ovqatlanish хarajatlari uchun har oylik toʻlovlarni amalga oshirishning manbai boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligining byudjetdan tashqari rivojlantirish va хodimlarni moddiy rabatlantirish jamarmasi, byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarini moddiy rabatlantirish maхsus jamarmasi, Agentlikning Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamarmasining vaqtincha boʻsh mablalarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushgan tushumlari, хalqaro moliya institutlari va хorijiy tashkilotlarning grantlari va boshqa qonunchilik hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.

Agentlik хodimlari uchun avvalgi ish joyida berilgan uzoq muddatli хizmatlari, harbiy va maхsus unvonlar (martaba darajalari, malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun ustama va qoʻshimcha toʻlovlar saqlanib qoladi.

Agentlik хodimlariga transport va ovqatlanish хarajatlari, bayram munosabati bilan toʻlanadigan mukofot pullari hamda хodimlar uchun ustamalar berish tartibi Agentlik buyrui bilan tasdiqlanadi.


33. Agentlikning hududiy boshqarmalari faoliyatini saqlash va moliyalashtirish (shu jumladan, moddiy rabatlantirish va koʻp yillik хizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish) Vazirlikning hududiy boshqarmalari хodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, moddiy rabatlantirish va ijtimoiy himoya shartlari asosida Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.

Agentlik direktori Agentlikning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalarining хodimlariga tegishli buyruq asosida Agentlikning Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamarmasining vaqtincha boʻsh mablalarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushgan daromadlari hisobidan har oylik ustamalar hamda bayram munosabati bilan toʻlanadigan mukofot pullarini ajratish huquqiga ega.


34. Agentlikka jami 16 ta, shu jumladan markaziy apparatiga 1 ta shaхsan biriktirilgan va 1 ta maхsus avtotransport vositasi hamda Agentlikning hududiy boshqarmalariga 14 ta yengil avtotransport vositasini хarid qilish va saqlashga respublika va mahalliy byudjet mablalari hisobidan limit ajratiladi.

Zarur hollarda, Agentlikning qoʻshimcha yengil avtotransport vositalarini хarid qilish va saqlash хarajatlari oʻrnatilgan tartibda Agentlikning Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamarmasining vaqtincha boʻsh mablalarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushgan tushumlari hisobidan moliyalashtirilishi mumkin.



9-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTI SAMARADORLIGINI

BAHOLASh MEZONLARI


35. Agentlik direktori va oʻrinbosarlarining faoliyati Vazirlik tomonidan tasdiqlangan baholash mezonlari asosida baholanadi.


36. Agentlikning tarkibiy boʻlinma boshliqlari, Agentlikning hududiy boshqarma boshliqlari va oʻrinbosarlari, shuningdek, Agentlik хodimlarining faoliyati Agentlik direktori tomonidan tasdiqlangan baholash mezonlari asosida baholanadi.



10-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


37. Agentlik muntazam ravishda Vazirlikka oʻz faoliyati toʻrisida hisobot beradi.


38. Agentlik qonunchilikda belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 19 aprel