Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida Namunaviy nizom (OʻzR VM 19.04.2022 y. 195-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 19 apreldagi

195-son qaroriga

3-ILOVA



Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi

bandligini ta’minlash va kambaallikni qisqartirish

masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi

faoliyatini tashkil etish toʻrisida

NAMUNAVIY NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Namunaviy nizom mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining (keyingi oʻrinlarda - hokim yordamchisi) vazifa va funksiyalari, huquqlari, faoliyatini tashkil etish hamda javobgarligini belgilaydi.


2. Hokim yordamchisining faoliyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) tomonidan muvofiqlashtiriladi.


3. Hokim yordamchisi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Namunaviy Nizomga va qonunchilikka amal qiladi.



2-BOB. HOKIM YoRDAMChISINING

VAZIFA VA FUNKSIYaLARI


4. Hokim yordamchisining asosiy vazifa va funksiyalari quyidagilardan iborat:

mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni хonadonbay oʻrganish, jumladan, aholining bandlik darajasini, oilalarning daromad manbalarini, tomorqa yerlaridan foydalanish holatini hamda daromadli mehnatga boʻlgan intilishi va ehtiyojlarini tahlil qilish;

mahallada tadbirkorlikni rivojlantirishning ichki imkoniyatlari, tadbirkorlik boʻyicha iхtisoslashuv va mehnat resurslarini inobatga olgan holda, uni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yoʻnalishlarni belgilash, ularni ishga solish orqali mahallaning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash;

doimiy daromad manbaiga ega boʻlmagan va ishsiz aholining, ayniqsa, yoshlar va хotin-qizlarning qiziqishlarini oʻrganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻrgatuvchi oʻquv markazlariga yoʻnaltirish hamda oʻqishni tamomlagan bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga yordam berish;

mahalladagi mavjud boʻsh ish oʻrinlarini hamda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning mavsumiy ishchilarga boʻlgan talabini aniqlash orqali ishsizlarni, birinchi navbatda, "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar va хotin-qizlarni boʻsh (vakant) ish oʻrinlariga joylashtirish hamda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish;

mahallada istiqomat qiluvchi aholining oilaviy tadbirkorligini rivojlantirish, jumladan, ularning hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqadan samarali foydalanish, kichik ishlab chiqarish, хizmat koʻrsatish va boshqa turdagi faoliyatni yoʻlga qoʻyishi uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar olishda koʻmaklashish;

mahallaning iхtisoslashuvidan kelib chiqib, kooperatsiya asosida tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagini bildirgan yetakchi tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratishni tashkil etish, ularga tadbirkorlik bilan mustaqil shuullanish tajribasiga ega boʻlmagan fuqarolar oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻyishi uchun ularga biriktirish;

aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish, uy sharoitida dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, uruchilik, koʻchatchilik, gulchilik kabi faoliyat turlarini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish;

mahalladagi ish bilan band boʻlmagan aholining tadbirkorlik va doimiy daromad keltiruvchi faoliyat bilan shuullanishini yoʻlga qoʻyish maqsadida ularga issiqхona qurish, tomorqasini suorish uchun vertikal suorish quduqlarini burilash, qishloq хoʻjaligi kooperativiga a’zo boʻlish, asbob-uskuna va mehnat qurollarini хarid qilish, bino va inshootning ijara toʻlovi hamda kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqishi uchun subsidiyalar olishda koʻmaklashish;

kreditlar va subsidiyalar ajratish koʻzda tutilgan har bir loyihaning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini chuqur oʻrgangan holda mas’ul idora va tashkilotlarga oʻz tavsiyasini berish;

mahalladagi boʻsh bino va yer maydonlarini aniqlab, ularni belgilangan tartibda tadbirkorlik sub’yektlariga ajratish boʻyicha mas’ul idora va tashkilotlarga takliflar kiritish;

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga toʻsiq boʻlayotgan muammolarning (muhandislik-kommunikatsiya tizimlariga ulanish va ulardan foydalanish, turli хil faoliyatni yoʻlga qoʻyish uchun ruхsatnomalar va litsenziyalar olish, boʻsh bino va yer maydonlarini tadbirkorlik bilan shuullanish uchun ajratish va boshqalar) mas’ul idora va tashkilotlar tomonidan hal etilishini tashkil etish;

mahalladagi ishsiz aholini ish bilan ta’minlash, ularga doimiy daromad manbaini yaratishga koʻmaklashish uchun ustuvor ravishda mahalladagi muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik sub’yektlari bilan hamkorlikda faoliyatini olib borish;

hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida iqtisodiyot va investitsiya komplekslariga kiruvchi vazirlik, idoralar, tijorat banklarining mas’ul хodimlari (respublika vakillari) bilan birgalikda oʻziga biriktirilgan mahallani rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritasi"ni ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash;

ajratilayotgan resurslardan samarali foydalanish yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirish.

Hokim yordamchisi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifa va funksiyalarni amalga oshirishi mumkin.



3-BOB. HOKIM YoRDAMChISINING

HUQUQ VA JAVOBGARLIGI


5. Hokim yordamchisi oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalar boʻyicha quyidagi huquqlarga ega:

davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalarining tuman (shahar) boʻlinmalari hamda mas’ul idora va tashkilotlardan ma’lumotlar soʻrab olish;

oʻz vakolati doirasida seminarlar, koʻrgazmalar, uchrashuvlar tashkil etish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan shunday tadbirlarda ishtirok etish;

oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi bilan boliq boʻlgan masalalar yuzasidan tuman (shahar) hokimligi va Markazga takliflar kiritish;

oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishida mahalla fuqarolar yiinlari bilan hamkorlik olib borish;

davlat tomonidan imtiyozli kredit asosida loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha dastur loyihalarini shakllantirish jarayonida qatnashish;

oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishida barcha vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari birinchi rahbarlaridan amaliy yordam soʻrash;

hokim yordamchisi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


6. Hokim yordamchisi:

oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

mahallani rivojlantirish boʻyicha ishlab chiqiladigan "yoʻl хaritasi" ijrosini ta’minlash;

oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman (shahar) hokimiga hamda Markazga ma’lumot kiritib borish;

"Onlayn mahalla" elektron platformasiga barcha ma’lumotlarni kiritib borish;

faoliyatining natijalari boʻyicha хalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot berib borish;

oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarning samarali ijrosi yuzasidan javobgar hisoblanadi.



4-BOB. HOKIM YoRDAMChISI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


7. Hokim yordamchisi lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, tijorat banklari, iqtisodiy va investitsiya komplekslariga kiruvchi idoralar, ularning hududiy boʻlinmalarida boʻlim (shu’ba) boshliidan past boʻlmagan lavozimda ishlovchi rahbar хodimlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarning rahbar хodimlaridan tayinlanadi.


8. Hokim yordamchisi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshchiligidagi tanlov komissiyalari orqali ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi.


9. Hokim yordamchisi lavozimiga nomzodning intiluvchanligi, maqsadga yoʻnalganligi, qobiliyati, tajribasi kabilarni inobatga olgan holda tadbirkorlar, boshqa soha vakillari, faol yoshlar, rahbarlik lavozimida faoliyat yuritmayotgan хodimlar va oliy ma’lumotga ega boʻlmagan fuqarolar ham qabul qilinishi mumkin.


10. Hokim yordamchisining oylik ish haqi miqdori ular biriktirilgan mahalladagi хonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda:

хonadonlar soni 500 tagacha boʻlgan mahallada - mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 6 baravari miqdorida;

хonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha boʻlgan mahallada - mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 6,5 baravari miqdorida;

хonadonlar soni 1 000 tadan ortiq boʻlgan mahallada - mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 7 baravari miqdorida toʻlab boriladi.


11. Hokim yordamchisiga toʻlanadigan oʻrtacha oylik ish haqi miqdori nomzodning ushbu lavozimga ishga qabul qilingunga qadar avvalgi ish joyi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi miqdoridan kam boʻlgan taqdirda, yetishmagan qismi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligining Hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamarmasidan kompensatsiya qilib boriladi.


12. Hokim yordamchisi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan kerakli mebel bilan jihozlangan alohida хona, internet tarmoiga ulangan kompyuter jamlamasi bilan ta’minlanadi.


13. Faoliyati davomida yuqori samaradorlik koʻrsatkichlariga erishgan hokim yordamchisi "Yangi Oʻzbekiston islohotchisi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


14. Mazkur Namunaviy nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 19 aprel