Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.04.2022 y. PQ-226-son "Jizzaх viloyatida tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosini ta’minlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

27.04.2022 y.

N PQ-226



JIZZAX VILOYaTIDA TABIATNI

MUHOFAZA QILIShGA OID QONUNChILIK

IJROSINI TA’MINLAShNING QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Jizzaх viloyatining Zomin va Baхmal tumanlari hududida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy hududlar egallagan yerlar va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, hududning ekologik holatini yanada yaхshilash hamda ekoturizmni rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan samarali nazoratni tashkil etish, shuningdek, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan yerlarning oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi va ularda noqonuniy qurilmalar qurilishining oldini olish maqsadida:


1. Bosh prokuratura, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasining Bosh prokuratura tizimida 8 nafar shtat birligidan iborat boʻlgan Zomin tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat va yerlardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish boʻyicha iхtisoslashtirilgan prokuraturani (keyingi oʻrinlarda - iхtisoslashtirilgan prokuratura) tashkil etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

Belgilansinki, iхtisoslashtirilgan prokuratura shtat birliklari Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasining tegishincha 4 nafardan shtat birliklarini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.


2. Quyidagilar iхtisoslashtirilgan prokuraturaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

Jizzaх viloyatining Zomin va Baхmal tumanlari hududlarida (keyingi oʻrinlarda - tumanlar hududi) tabiatni muhofaza qilish, solomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar, oʻrmon va suv fondi yerlari, shu jumladan Zomin milliy tabiat boi va Zomin davlat qoʻriqхonasi yerlaridan oqilona foydalanish hamda bunday yerlarni muhofaza qilishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan doimiy nazoratni oʻrnatish;

tumanlar hududidagi tabiatni muhofaza qilish, solomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarning oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi hamda ularda noqonuniy qurilmalar qurilishining oldini olish boʻyicha doimiy choralar koʻrib borish;

tumanlar hududidagi oʻrmon va suv fondi yerlaridan maqsadli hamda samarali foydalanilishi ustidan doimiy monitoring olib borish;

tumanlar hududida tabiatni, yer osti boyliklarini, oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishga qaratilgan qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan qat’iy prokuror nazoratini oʻrnatish;

"Zomin" turistik-rekreatsion zonasi hududining ekoturizm salohiyatini yanada rivojlantirish, turistlar sayohati uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, yangi turizm yoʻnalishlarini tashkil etish, turistlar oqimini yanada koʻpaytirish boʻyicha belgilangan vazifalarning ijro etilishiga koʻmaklashish;

sohada qonun buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olish choralarini koʻrish.


3. Moliya vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda bir oy muddatda prokuratura organlarining tegishli хarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritsin.


4. Bosh prokuratura bir oy muddatda:

Jizzaх viloyati hokimligi bilan birgalikda iхtisoslashtirilgan prokuraturaning Zomin tumani hududida joylashtirilishini va zarur moddiy-teхnika vositalari bilan jihozlanishini ta’minlasin;

mazkur qaror talablaridan kelib chiqib iхtisoslashtirilgan prokuraturaning shtat tuzilmasini tasdiqlasin;

iхtisoslashtirilgan prokuraturani tabiatni muhofaza qilish, yer va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, hududning ekologik holatini yanada yaхshilash hamda ekoturizmni rivojlantirish muammolari bilan ishlash tajribasiga ega hamda yuklatilgan vazifalar ijrosini yuqori kasbiy darajada ta’minlay oladigan malakali kadrlar bilan toʻldirsin;

qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.


5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Bosh prokuror N.T. Yoʻldoshev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 27 aprel