Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.05.2022 y. 235-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.05.2022 y.

N 235




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI APPARATINING

MAHALLA VA NURONIYLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASh

MASALALARI BOʻLIMI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oila va хotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 1 martdagi PF-81-son Farmoni, "Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2022 yil 1 martdagi PQ-147-son, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 6 apreldagi PQ-195-son qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tuzilmasini tasdiqlash toʻrisida" 2022 yil 22 fevraldagi 85-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻlimi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻlimi mudiri bir hafta muddatda boʻlim mudiri va bosh mutaхassislarining funksional vazifalari taqsimoti tasdiqlanishini ta’minlasin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi apparatining Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻlimiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 6 may