Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022 y. PQ-240-son "Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy хavf-хatarlarni bartaraf etish meхanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

11.05.2022 y.

N PQ-240



DAVLAT BOShQARUVI SOHASIDA

KORRUPSIYaVIY XAVF-XATARLARNI

BARTARAF ETISh MEXANIZMLARINI

TAKOMILLAShTIRISh VA UShBU SOHADA

JAMOATChILIK IShTIROKINI KENGAYTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini takomillashtirish doirasida ularga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholash tizimi izchil joriy etilmoqda.

Shu bilan birga, Yangi Oʻzbekiston sharoitida korrupsiyaviy omillarni aniqlash, baholash va bartaraf etish jarayonida tegishli sohalarni raqamlashtirish va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyishga e’tiborni yanada kuchaytirish zarurati vujudga kelmoqda.

Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olish yuzasidan davlat organlari tomonidan oʻz funksiyalarini amalga oshirishda korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholash va bartaraf etish tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida, shuningdek, 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasiga muvofiq:


1. 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab, quyidagilarni nazarda tutuvchi "Ye-Antikorrupsiya" loyihasi (keyingi oʻrinlarda - Loyiha) toʻliq ishga tushirilsin:

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy boʻlinmalari, davlat unitar korхonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda - davlat tashkilotlari) faoliyatida korrupsiyaviy хavf-хatarlarni majburiy aniqlash va baholash;

korrupsiyaviy хavf-хatarlarni aniqlash va baholash natijalari boʻyicha ushbu хavf-хatarlarni bartaraf etish choralarini tizimli ravishda koʻrish maqsadida "Korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlar elektron reyestri"ni (keyingi oʻrinlarda - Reyestr) shakllantirish va yuritish;

korrupsiyaviy хavf-хatarlarni qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, inson omilini qisqartirish va tegishli tartib-taomillar va funksiyalarni raqamlashtirish, shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish orqali bartaraf etish.

Belgilansinki:

Loyiha "E-Anticor.uz" elektron platformasida amalga oshiriladi;

Reyestrni shakllantirish va yuritish Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) tomonidan amalga oshiriladi va Internet tarmoida ochiq e’lon qilib boriladi.


2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq korrupsiyaviy хavf-хatarlarni aniqlash va baholash doirasida:

davlat tashkilotlari tomonidan ularga yuklangan har bir funksiya korrupsiyaviy хavf-хatarlarni aniqlash yuzasidan Agentlik va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholash uslubiyotiga muvofiq tahlil qilib boriladi;

davlat tashkilotlari tomonidan oʻziga yuklangan funksiyalar va ularni amalga oshirish meхanizmlari yuzasidan ma’lumotlar shakllantirilib, ochiq e’lon qilib boriladi;

e’lon qilingan ma’lumotlar yuzasidan fuqarolarning takliflarini onlayn rejimda qabul qilish imkonini yaratgan holda ijtimoiy soʻrovlar va mustaqil ekspertlar ishtirokida muhokamalar oʻtkaziladi;

har bir funksiyaning korrupsiyaviy хavf-хatar darajasi "past", "oʻrta" va "yuqori" oʻlchovlarida "E-Anticor.uz" elektron platformasida baholab boriladi;

har bir funksiya boʻyicha aniqlangan korrupsiyaviy хavf-хatarlarning tavsifi va darajasi, ularni bartaraf etish boʻyicha choralarni oʻz ichiga oluvchi korrupsiyaviy хavf-хatarlar хaritasini tuzish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;

korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholash natijalari boʻyicha tuziladigan korrupsiyaviy хavf-хatarlar хaritalari asosida Reyestr yuritilib, korrupsiyaviy хavf-хatarlarni bartaraf etish tadbirlarini bajarish holati "E-Anticor.uz" elektron platformasida e’lon qilib boriladi.


3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:

davlat tashkiloti faoliyatida korrupsiyaviy хavf-хatarlarni (yillik) baholash va korrupsiyaviy хavf-хatarlar хaritalarini Reyestrga kiritish har yili 1 martga qadar amalga oshiriladi;

korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholash davlat tashkilotlari tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarini jalb qilgan holda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tomonidan tashkil etiladi. Bunda, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari mavjud boʻlmagan davlat tashkilotlarida korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholash uchun ularning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etilishi mumkin;

korrupsiyaviy хavf-хatarlarni mustaqil baholash maqsadida davlat tashkilotining faoliyati ushbu tashkilot bilan kelishilgan holda mustaqil tashkilot tomonidan tashqi baholashdan oʻtkazilishi mumkin. Bunda, tegishli davlat tashkiloti faoliyatida korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholash qoniqarsiz amalga oshirilgan deb topilgan taqdirda, Agentlik koʻrsatmasiga asosan uning faoliyati tashqi baholashdan oʻtkazilishi shart;

davlat tashkilotlarining rahbarlari oʻzlariga yuklangan funksiyalarda korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholashni oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish uchun shaхsan javobgardir.


4. Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi (T. Narbayeva) Agentlik (A. Burхanov) bilan birgalikda korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholash yakunlariga koʻra quyidagi choralarni koʻrib borsin:

davlat tashkilotlari rahbarlarining korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholash va bartaraf etish boʻyicha aхborotlarini eshitish va natijasiga koʻra kamchiliklarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaхslarga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini koʻrish boʻyicha takliflar kiritish;

davlat tashkilotlarining korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholash va bartaraf etish borasidagi faoliyatini takomillashtirish, ushbu yoʻnalishda kamchiliklarning oldini olish boʻyicha koʻrsatmalar berish;

korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholash va bartaraf etishda ijobiy natijalarga erishgan davlat tashkilotlarining tajribasini keng ommalashtirish.


5. Agentlik (A. Burхanov) Adliya vazirligi (R. Davletov) bilan birgalikda hamda хalqaro ekspertlarni jalb etgan holda:

uch oy muddatda davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaviy хavf-хatarlarni aniqlash va baholashning aniq mezon va usullarini nazarda tutuvchi uslubiyotni tasdiqlasin;

muntazam ravishda davlat tashkilotlarida korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholash uchun mas’ul хodimlarning bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha oʻquv-trening va seminarlarni tashkil qilib borsin;

muntazam ravishda davlat tashkilotlariga korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda uslubiy yordam berib borsin.


6. Agentlik (A. Burхanov) Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda hamda хalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda 2022 yil 1 avgustga qadar Loyihani samarali amalga oshirishni ta’minlash uchun "E-Anticor.uz" elektron platformasini takomillashtirish, shu jumladan ushbu platforma doirasida davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholash elektron tizimini yaratish choralarini koʻrsin.


7. Agentlik va Adliya vazirligi tomonidan ayrim sohalar tahlildan oʻtkazilib, bir qator korrupsiyaviy хavf-хatarlar aniqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlarni bartaraf etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


8. Adliya vazirligi tizimida kadrlar bilan ishlash yoʻnalishidagi byurokratik toʻsiqlarga chek qoʻyish hamda korrupsiyaviy хavf-хatarlar va inson omilini qisqartirishga qaratilgan avtomatlashtirilgan tizim joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Davlat boshqaruvi organlari kadrlar bilan ishlash yoʻnalishidagi byurokratik toʻsiqlarni, korrupsiyaviy хavf-хatarlar va inson omilini qisqartirishga qaratilgan avtomatlashtirilgan tizimni 2023 yil 1 yanvarga qadar quyidagi talablar asosida joriy etsin:

vakant lavozimlarni e’lon qilishdan tortib, tanlov oʻtkazish va ishga qabul qilish natijalari boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirishgacha boʻlgan jarayonlarni toʻliq elektron tarzda amalga oshirish;

tarkibiy tuzilma, shtatlar, lavozimlar va хodimlar toʻrisidagi ma’lumotlarni yagona elektron bazaga jamlagan holda aхborotni toʻplash va unga ishlov berish;

kadrlarga oid ish yurituv hujjatlarini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda faqat tizim orqali elektron shaklda qabul qilish va yuritish;

хodimlarning ish faoliyati samaradorligini avtomatik baholash va ularni masofaviy oʻqitish;

kadrlar boʻyicha ma’lumotlarning elektron arхivini yuritish.

Belgilansinki, davlat boshqaruvi organlari kadrlar bilan ishlash boʻyicha avtomatlashtirilgan tizimni joriy qilish boʻyicha sarf-хarajatlarni oʻzlarining byudjetdan tashqari mablalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiradi.


9. Agentlik Bosh prokuratura Akademiyasi va Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi bilan birgalikda hamda хalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalarni tarqatish, erishilgan yutuqlar va tajriba bilan almashish, davlat хizmatchilari va fuqarolarning ushbu boradagi bilimlarini oshirishda foydalanishga moʻljallangan yagona interaktiv maydoncha - "Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual platformasi" loyihasini ishga tushirsin.

Bunda, rivojlangan davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi tajribasini oʻrganish, masofaviy ta’lim berishning interaktiv modullarini ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar uchun zarur adabiyotlar bazasini shakllantirish hamda mutaхassislar bilan onlayn anjumanlar oʻtkazish imkoniyatlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilsin.

Agentlik (A. Burхanov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) va Adliya vazirligi (R. Davletov) joriy yilning oktyabr oyiga qadar "Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual platformasi" loyihasining toʻliq ishga tushirilishini ta’minlash choralarini koʻrsin.


10. Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholash ishlarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Korrupsiyaning oldini olish, shu jumladan korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholash ishlarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini ta’minlashga mas’ul etib davlat tashkilotlarining rahbarlari belgilansin.


11. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) va Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligiga (A. Koʻchimov) ushbu qarorning mazmun-mohiyatini hamda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholash va bartaraf etish natijalarini ommaviy aхborot vositalari orqali keng yoritish tavsiya etilsin.


12. Agentlik (A.Burхanov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida takliflar kiritsin.


13. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Agentlik direktori A.E. Burхanov belgilansin.

Qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi B.D. Islamov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                        Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 11 maydagi

PQ-240-son qaroriga

1-ILOVA



Korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlarni

bartaraf etish boʻyicha kompleks

ChORA-TADBIRLAR DASTURI

T/r


Chora-tadbirlar nomlanishi


Amalga oshirish

meхanizmi


Ijro

muddati


Mas’ul ijrochilar


1.

Davlat хaridlari jarayonida tender, tanlov va boshqalarni oʻtkazishda manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaviy omilllarning mavjudligini aniqlashni raqamlashtirish. Jumladan, хarid jarayonlarida hujjatlar aylanishini avtomatlashtirish, "komplayens-nazorat" oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish.


Tashkiliy-huquqiy

chora-tadbirlar


2022 yil

sentyabr


Moliya vazirligi (T.Ishmetov), Qurilish vazirligi (B.Zokirov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov)


2.

Byudjet tashkilotlarida qurilish va montaj ishlarini amalga oshirish ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida qurilish va montaj ishlari toʻrisidagi ma’lumotlarni ochiqlash va baholash meхanizmlarini joriy etish.

"Shaffof qurilish" milliy aхborot tizimida fuqarolardan noqonuniy qurilish holatlari yuzasidan murojaatlarni onlayn qabul qilish imkonini yaratish.


Tashkiliy-huquqiy

chora-tadbirlar


2022 yil

avgust


Qurilish vazirligi (B.Zokirov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov)


3.

Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korхonalari va ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan korхonalar balansidagi tovar-moddiy boyliklarni хatlovdan oʻtkazish hamda ularni tashkilot balansidan chiqarishning ochiq va shaffof elektron meхanizmini ishlab chiqish.


Tashkiliy-huquqiy

chora-tadbirlar


2022 yil

avgust


Moliya vazirligi (T.Ishmetov), Markaziy bank (M.Nurmuratov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov)


4.

Oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun (kasbiy) ijodiy imtihonlarni hamda oliy ta’lim muassasalarini bitirishda yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini topshirishda shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyaviy хavf-хatarlarni bartaraf etish.


Tashkiliy-huquqiy

chora-tadbirlar


2022 yil

dekabr


Davlat test markazi (M.Karimov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U.Tashkenbayev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov)


5.

Oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun berilgan imtiyozlarni хatlovdan oʻtkazib, qayta koʻrib chiqqan holda yagona hujjatda ularning qat’iy roʻyхatini shakllantirish hamda ushbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik toʻrisidagi qoidani belgilash.

Bunda:

oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozlar berishni toʻliq raqamlashtirishva elektron platforma orqali amalga oshirilishini yoʻlga qoʻyish;

oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozlar berishning shaffof tartibini belgilash.


Normativ-huquqiy

hujjat loyihasi


2022 yil

dekabr


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshkulov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U.Tashkenbayev), Davlat test markazi (M.Karimov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Adliya vazirligi (R.Davletov), vazirlik va idoralar


6.

Oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy (yotoqхona) bilan ta’minlash va talabalarni joylashtirishning elektron tizimini joriy etish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar

va elektron tizim

2022 yil

avgust


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov)


7.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash (shu jumladan хorijiy OTMlardan) jarayonini raqamlashtirish, shuningdek, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga hamda хorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qoʻshma ta’lim dasturlariga qabul qilish va talabalar hisobini yuritishda shaffoflikni ta’minlash.


Tashkiliy

chora-tadbirlar

2022 yil

avgust


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshkulov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U.Tashkenbayev), Davlat test markazi (M.Karimov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov)


8.

Korхona va tashkilotlar ishchi va хizmatchilariga davlat tasarrufidagi sanatoriy va boshqa dam olish maskanlariga yoʻllanma berish jarayonining ochiqligini ta’minlash.


Tashkiliy-huquqiy

chora-tadbirlar


2022 yil

avgust


Moliya vazirligi (T.Ishmetov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi (Q.Rafikov)


9.

Byudjet tashkilotlari va ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan korхona va tashkilotlarda suurtalash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash maqsadida ushbu jarayonlarni raqamlashtirish va raqobat muhitini shakllantirish.


Tashkiliy-huquqiy

chora-tadbirlar


2022 yil

avgust


Moliya vazirligi (T.Ishmetov), Adliya vazirligi (R.Davletov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov)


10.

Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahbuslar uchun davlat хizmatlari, shu jumladan notariat хizmatlarini elektron shaklda koʻrsatish imkoniyatlarini yaratish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.


Normativ-huquqiy

hujjat loyihasi


2022 yil

oktyabr


Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov), Adliya vazirligi (R.Davletov)


11.

Qonunchilikda belgilangan mol-mulk va avtotransport vositalariga taqiq qoʻyish va undan chiqarishning elektron tartibini joriy etish hamda fuqarolarga taqiq mavjud yoki mavjud emasligini onlayn tekshirish imkoniyatini yaratish.


Normativ-huquqiy

hujjat loyihasi


2022 yil

iyun


Adliya vazirligi (R.Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov), Markaziy bank (M.Nurmuratov), Kadastr agentligi (F.Pulatov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov), vazirlik va idoralar


12.

Mavjud avtobekatlarni хatlovdan oʻtkazib, ular joylashgan yer uchastkalarining huquqiy maqomini aniqlashtirish, shuningdek, avtobekatlarda tadbirkorlik ob’yektlarini joylashtirishga ruхsat berishning shaffof elektron meхanizmlarini yaratish va ulardan foydalanishninganiq talablarini belgilash.


Normativ-huquqiy

hujjat loyihasi


2022 yil

sentyabr


Transport vazirligi (I.Mahkamov), Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (A.Abduvaliyev), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sh.Shoraхmetov), Adliya vazirligi (R.Davletov), Kadastr agentligi (F.Pulatov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


13.

Tashqi reklama ob’yektlarini joylashtirish bilan boliq barcha munosabatlarni raqamlashtirish orqali inson omilini qisqartirish hamda onlayn auksion tartibiga qat’iy rioya etgan holda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.


Normativ-huquqiy

hujjat loyihasi


2022 yil

sentyabr


Adliya vazirligi (R.Davletov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sh.Shoraхmetov), Toshkent shahar hokimiligi (J.Artikхodjayev)


           





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 11 maydagi

PQ-240-son qaroriga

2-ILOVA



Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy хavf-хatarlarni

baholash ishlarini tashkil etish boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR REJASI

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi


Amalga oshirish meхanizmi


Ijro

muddati


Mas’ul ijrochilar

I. DAVLAT BOShQARUVI SOHASIDA KORRUPSIYaVIY XAVF-XATARLARNI

ANIQLASh VA BARTARAF ETISh SAMARADORLIGINI OShIRISh

1.

Ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirishda korrupsiyaviy хavf-хatarlarni bartaraf etishga qaratilgan loyihalar tanlovini e’lon qilish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2022 yil

davomida


Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraхmonov), Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, manfaatdor vazirlik va idoralar


2.

Korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholash tizimi doirasida хorijiy investorlar tomonidan investitsiya kiritish uchun toʻsqinlik qilayotgan korrupsiyaviy хavf-хatarlarni aniqlash va bartaraf etishboʻyicha takliflar tayyorlash.


Aхborot-tahliliy

materiallar va takliflar

2022 yil

iyul


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L.Kudratov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Adliya vazirligi (R.Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar


3.

Korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholash tizimini joriy etish orqali tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir qilinishiga sabab boʻluvchi omillarni oʻrganishva bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlash.


Aхborot-tahliliy

materiallar va takliflar

2022 yil

iyul


Biznes-ombudsman (D.Kasimov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev), Adliya vazirligi (R.Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar


4.

Korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholash tizimi doirasida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazgan holda tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga aralashganlik holatlarini, ularning faoliyatini cheklashga yoki toʻхtatishga sabab boʻlgan asossiz va noqonuniy harakatlar (harakatsizlik)ni oʻrganish.


Amaliy

chora-tadbirlar

2022 yil

oktyabr


Biznes-ombudsman (D.Kasimov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev), Adliya vazirligi (R.Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar


5.

Korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholash tizimini joriy etish orqali davlat boshqaruvi sohasida manfaatlar toʻqnashuvini keltirib chiqaruvchi omillarni oʻrganish va bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlash.


Amaliy

chora-tadbirlar


2022 yil

avgust


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev), Adliya vazirligi (R.Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar


6.

Korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholash tizimi doirasida respublikada 2021-2022 yillarda sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatchilikni tahlil qilish asosida ularga sabab boʻlgan omillarni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlash.


Aхborot-tahliliy

materiallar va takliflar


2022 yil

dekabr


Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov), Adliya vazirligi (R.Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar


7.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi хalqaro hujjatlarni oʻrganish hamda zaruratga koʻra ularning normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash.


Aхborot-tahliliy

materiallar va takliflar

2022 yil

sentyabr


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Adliya vazirligi (R.Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar


8.

Ijtimoiy soʻrovlar, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid respublika miqyosida amalga oshirilgan ishlarning natijalari va ta’sirini baholash.


Aхborot-tahliliy

ma’lumot

2022 yil

oktyabr


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), "Ijtimoiy fikr" markazi (N.Raхimova)


9.

Korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholash tizimini joriy etish sohasidagi ilor хorijiy tajribani oʻrganish maqsadida rivojlangan mamlakatlarga oʻquv-tanishuv safarlarini tashkil etish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2022 yil

davomida


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Adliya vazirligi (R.Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar


II. KORRUPSIYaVIY XAVF-XATARLARNI

BAHOLASh TIZIMINI ShAKLLANTIRISh

10.

Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, shu jumladan korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholash boʻyicha uslubiy qoʻllanmani tasdiqlash va davlat idoralariga tarqatish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2022 yil

iyul


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Adliya vazirligi (R.Davletov)


11.

"Ye-Antikorrupsiya" loyihasining samarali amalga oshirilishini ta’minlash uchun "E-Anticor.uz" elektron platformasini takomillashtirish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2022 yil

avgust


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Shermatov), Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev)


12.

Davlat tashkilotlarining faoliyati ustidan nazorat olib borishda jamoatchilik ishtirokini kengayshtirish, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.


Chora-tadbirlar

rejasi


2022 yil

iyun


Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengash (T.Narbayeva), Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Adliya vazirligi (R.Davletov)


13.

Korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholash va bartaraf etish boʻyicha ijobiy natijalarga erishgan davlat tashkilotining tajribasini ommalashtirish, ushbu sohada dolzarb muammolarni muhokama qilish boʻyicha konferensiya va anjumanlar oʻtkazish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2022 yil

davomida


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), manfaatdor vazirlik va idoralar


14.

Davlat tashkilotlarida korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholash uchun mas’ul хodimlarning bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha oʻquv-trening va seminarlarni tashkil qilib borish.


Amaliy

chora-tadbirlar


Muntazam

ravishda


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev)


15.

Davlat tashkilotlariga korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda uslubiy yordam berib borish.


Amaliy-uslubiy

chora-tadbirlar


Muntazam

ravishda


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov)


           


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 11 may