Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.05.2022 y. 253-son "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining funksional vazifalari hamda Oila va хotin-qizlar masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.05.2022 y.

N 253




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BOSh VAZIRINING OʻRINBOSARI - OILA

VA  XOTIN-QIZLAR  DAVLAT  QOʻMITASI

RAISINING FUNKSIONAL VAZIFALARI

HAMDA OILA VA XOTIN-QIZLAR MASALALARI

KOTIBIYaTI TOʻRISIDAGI NIZOMLARNI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oila va хotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 1 martdagi PF-81-son Farmoni hamda "Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2022 yil 1 martdagi PQ-146-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining funksional vazifalari toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Oila va хotin-qizlar masalalari kotibiyati toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Z.B. Maхkamova bir hafta muddatda Oila va хotin-qizlar masalalari kotibiyatining mudiri va mutaхassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini tasdiqlasin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Z.B. Maхkamova zimmasiga yuklansin



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                    A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 13 may