Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.05.2022 y. 256-son "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - turizm va madaniy meros vazirining funksional vazifalari, Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati hamda Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.05.2022 y.

N 256




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BOSh VAZIRINING OʻRINBOSARI - TURIZM

VA MADANIY MEROS VAZIRINING FUNKSIONAL

VAZIFALARI, TURIZM, MADANIYaT VA OMMAVIY

KOMMUNIKATsIYaLAR MASALALARI KOTIBIYaTI

HAMDA MADANIY MEROSNI HIMOYa QILISh

INSPEKSIYaSI TOʻRISIDAGI NIZOMLARNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 18 fevraldagi PF-75-son Farmoni, "Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2022 yil 18 fevraldagi PQ-135-son, "Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 iyundagi PQ-5143-son qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tuzilmasini tasdiqlash toʻrisida" 2022 yil 22 fevraldagi 85-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - turizm va madaniy meros vazirining funksional vazifalari toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduхakimov oʻn kun muddatda Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati hamda Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi rahbarlari va mutaхassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini tasdiqlasin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - turizm va sport vazirining funksional vazifalari, Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati hamda Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2021 yil 7 iyuldagi 427-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduхakimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 13 may