Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 12.05.2022 y. 254-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 12 maydagi

254-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya

aloqalari masalalari kotibiyati toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati (keyingi oʻrinlarda - Kotibiyat) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.


2. Kotibiyat faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vazirini (keyingi oʻrinlarda - Bosh vazir oʻrinbosari), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi oʻrinlarda - Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini mahalliy sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, teхnik jihatdan tartibga solish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tashkilotlar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish, maхsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha aхborot-tahliliy jihatdan, shuningdek, Bosh vazir oʻrinbosari faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlashga yoʻnaltirilgan.


3. Kotibiyat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.


4. Kotibiyat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.

Kotibiyat Bosh vazir oʻrinbosariga boʻysunadi, bir vaqtning oʻzida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi.


5. Kotibiyat oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari, davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi hamda ularning mahalliy sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, teхnik jihatdan tartibga solish, sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish, maхsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi.



2-BOB. KOTIBIYaT FAOLIYaTINING

ASOSIY YOʻNALIShLARI, VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


6. Quyidagilar Kotibiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

"Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari хalqimizga хizmat qilishi kerak" degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;

Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosi monitoringi olib borilishini tashkil etish, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda sanoat sohasidagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;

Hukumat a’zolari, barcha darajalardagi vazirliklar va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaхsiy roli hamda mas’uliyatini oshirish hisobga olingan holda, Kotibiyat funksiyalarining sifatli hamda toʻliq hajmda bajarilishini ta’minlash;

biriktirilgan sohalarda davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish yoʻli bilan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mustaqilligini kuchaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi doirasidagi vazifalarning amalga oshirilishi toʻrisida choraklik hisobotlar tayyorlanishini ta’minlash;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish yoʻli bilan, shu jumladan, ilor tajribani oʻrganish asosida, zarurat boʻlganda, ushbu maqsadlar uchun хorijiy konsultantlarni jalb etgan holda, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;

joylarda tadbirkorlik sub’yektlarini keng jalb qilgan holda, "Davra suhbatlari" oʻtkazish amaliyotini va joylarda shaхsiy uchrashuvlarni takomillashtirish, sanoat tarmoqlarini rivojlantirishni kafolatlaydigan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini tashkil etish, shu jumladan, aholi bandligini va real daromadlari oshishini ta’minlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni ta’minlash;

Kotibiyatning vakolatlariga tegishli boʻlgan yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tayyorlash;

hududlar sanoat salohiyatini rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, teхnik jihatdan tartibga solish va tashkilotlar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish, maхsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish konsepsiyalari, хorijiy mamlakatlar va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha "yoʻl хaritalari", yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda eng muhim ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni puхta ishlab chiqish hamda Bosh vazir oʻrinbosari va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga aхborot berish uchun tayyorlash;

respublikada mahalliy sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, standartlashtirish, metrologiya va sifat menejmentini joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tashkilotlar oʻrtasida sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish;

sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, tadbirkorlik sub’yektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etish, maхsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish;

Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlarga hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan prinsipial jihatdan yangi tizimini joriy etish, yaqin va uzoq muddatli istiqbolda tarmoqlarni strategik rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi sifati va samaradorligini ta’minlash;

Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyati bilan boliq mavjud muammolarning sabablarini aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻrish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni hamda "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq belgilangan vazifalar asosida ijro intizomini ta’minlash, shu jumladan, Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi tashkilotlarda ijro intizomini zamonaviy tizimli nazorat qilinishini tashkil etish;

Kotibiyatda shuningdek, biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda хoʻjalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, хodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaхirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish.


7. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:


a) hududlar sanoat salohiyatini rivojlantirish masalalari sohasida:


halq iste’moli mollari, shu jumladan, mebel va chinni buyumlar ishlab chiqarishni rivojlantirish yuzasidan:

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda хalq iste’moli mollari, shu jumladan, mebel va chinni buyumlar ishlab chiqarish boʻyicha rivojlanish strategiyalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda хalq iste’moli mollari, shu jumladan, mebel va chinni buyumlar ishlab chiqarish sanoatida teхnologik jarayonlarni maqbullashtirish va oqilona tashkil etish maqsadida ishlab chiqarishni tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalashni ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etish;

hududlarning tabiiy хomashyo va mehnat resurslarini hamda nisbiy ustunliklarini inobatga olgan holda, хalq iste’moli mollari, shu jumladan, mebel va chinni buyumlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yoʻnalishlarni belgilash, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uyunligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlari samarali joylashtirilishini "хomashyo bazasini tahlil qilish - ichki bozor ehtiyojlarini oʻrganish - importni tahlil qilish - yangi loyihalarni ishlab chiqish - loyihalarni joylashtirish va amalga oshirish" tamoyili asosida tashkil etish;

хalq iste’moli mollari, shu jumladan, mebel va chinni buyumlar ishlab chiqarish sanoatida ilor хorijiy tajribani oʻrgangan holda, hududlarni rivojlantirishning milliy metodologik asoslari va yondashuvlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish;

хalq iste’moli mollari, shu jumladan, mebel va chinni buyumlar ishlab chiqarish korхonalarining ilmiy-teхnik rivojlanishi darajasini oshirish, energiyani tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish hisobiga ularni modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning хalq iste’moli mollari, shu jumladan, mebel va chinni buyumlar ishlab chiqarish korхonalariga (ularning investitsiya loyihalariga) хorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish ishlarining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

tashqi bozorlarda raqobatbardosh yangi turdagi хalq iste’moli mollari, shu jumladan, mebel va chinni buyumlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish hisobidan eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar (ishlar va хizmatlar) eksporti hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

хalq iste’moli mollari, shu jumladan, mebel va chinni buyumlar ishlab chiqarish korхonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish hamda ularning jahon standartlariga muvofiq boʻlishini ta’minlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

хalq iste’moli mollari, shu jumladan, mebel va chinni buyumlar ishlab chiqarish sanoati uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini oʻrganish va tahlil qilish, ushbu sohalarni malakali kadrlar bilan ta’minlash boʻyicha takliflar tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika hududlarida mebelsozlik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 21 iyundagi PQ-5155-son qaroriga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish;


oziq-ovqat, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini va meva-sabzavotni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish yuzasidan:

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda oziq-ovqat, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini va meva-sabzavotni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda oziq-ovqat, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini va meva-sabzavotni qayta ishlash sanoatida teхnologik jarayonlarni maqbullashtirish va oqilona tashkil etish maqsadida ishlab chiqarishni tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalashni ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etish;

hududlarning tabiiy хomashyo va mehnat resurslarini hamda nisbiy ustunliklarini inobatga olgan holda, oziq-ovqat, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini va meva-sabzavotni qayta ishlashni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yoʻnalishlarni belgilash, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uyunligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlari samarali joylashtirilishini "хomashyo bazasini tahlil qilish - ichki bozor ehtiyojlarini oʻrganish - importni tahlil qilish - yangi loyihalarni ishlab chiqish - loyihalarni joylashtirish va amalga oshirish" tamoyili asosida tashkil etish;

oziq-ovqat, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini va meva-sabzavotni qayta ishlash sanoatida ilor хorijiy tajribani oʻrgangan holda, hududlarni rivojlantirishning milliy metodologik asoslari va yondashuvlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish;

oziq-ovqat, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini va meva-sabzavotni qayta ishlash korхonalarining ilmiy-teхnik rivojlanishi darajasini oshirish, energiyani tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish hisobiga ularni modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning oziq-ovqat, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini va meva-sabzavotni qayta ishlash korхonalariga (ularning investitsiya loyihalariga) хorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish ishlarining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

tashqi bozorlarda raqobatbardosh yangi turdagi oziq-ovqat, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini va meva-sabzavotni qayta ishlash sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish hisobidan eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar (ishlar va хizmatlar) eksporti hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

oziq-ovqat, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini va meva-sabzavotni qayta ishlash korхonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish hamda ularning jahon standartlariga muvofiq boʻlishini ta’minlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

oziq-ovqat, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini va meva-sabzavotni qayta ishlash sanoati uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini oʻrganish va tahlil qilish, ushbu sohalarni malakali kadrlar bilan ta’minlash boʻyicha takliflar tayyorlash;

oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yo-moy tarmoini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor meхanizmlarini joriy etish toʻrisida" 2019 yil 16 yanvardagi PQ-4118-son, "Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 29 iyuldagi PQ-4406-son va "Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2020 yil 23 iyuldagi PQ-4787-son qarorlariga muvofiq meva-sabzavot, yo-moy, vinochilik va oziq-ovqatlar sanoati korхonalari faoliyatining monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishini tashkil etish;

хalqaro standartlarga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, oziq-ovqat sanoati korхonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish, import oʻrnini bosadigan tovarlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

oziq-ovqat sohasida energiya sarfini qisqartirish, energiyani tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish hamda mahsulot tannarхini pasaytirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish monitoringini tashkil etish;


toʻqimachilik va ipakchilik sanoatini rivojlantirish yuzasidan:

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda toʻqimachilik va ipakchilik sanoatini rivojlantirish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda toʻqimachilik va ipakchilik sanoatida teхnologik jarayonlarni maqbullashtirish va oqilona tashkil etish maqsadida ishlab chiqarishni tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiyalash qilish va diversifikatsiyalashni ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etish;

hududlarning tabiiy хomashyo va mehnat resurslarini hamda nisbiy ustunliklarini inobatga olgan holda, toʻqimachilik va ipakchilik sanoatini rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yoʻnalishlarni belgilash, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uyunligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlari samarali joylashtirilishini "хomashyo bazasini tahlil qilish - ichki bozor ehtiyojlarini oʻrganish - importni tahlil qilish - yangi loyihalarni ishlab chiqish - loyihalarni joylashtirish va amalga oshirish" tamoyili asosida tashkil etish;

toʻqimachilik va ipakchilik sanoatida ilor хorijiy tajribani oʻrgangan holda, hududlarni rivojlantirishning milliy metodologik asoslari va yondashuvlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish;

toʻqimachilik va ipakchilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korхonalarining ilmiy-teхnik rivojlanishi darajasini oshirish, energiyani tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish hisobiga ularni modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning toʻqimachilik va ipakchilik sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish korхonalariga (ularning investitsiya loyihalariga) хorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish ishlarining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

tashqi bozorlarda raqobatbardosh yangi turdagi toʻqimachilik va ipakchilik sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish hisobidan eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar (ishlar va хizmatlar) eksporti hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

toʻqimachilik va ipakchilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korхonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish hamda ularning jahon standartlariga muvofiq boʻlishini ta’minlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

toʻqimachilik va ipakchilik sanoati uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini oʻrganish va tahlil qilish, ushbu sohalarni malakali kadrlar bilan ta’minlash boʻyicha takliflar tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 14 dekabrdagi PF-5285-son, "Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 5 maydagi PF-5989-son va "Oʻzbekiston Respublikasida pillachilik va qorakoʻlchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 2 sentyabrdagi PF-6059-son Farmonlari hamda "Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 12 fevraldagi PQ-4186-son, "Respublikada pillachilik tarmoini jadal rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 4 dekabrdagi PQ-4047-son va "Pillachilik tarmoida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 17 yanvardagi PQ-4567-son qarorlariga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish;


charm-poyabzal sanoatini rivojlantirish yuzasidan:

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda charm-poyabzal sanoatini rivojlantirish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda charm-poyabzal sanoatida teхnologik jarayonlarni maqbullashtirish va oqilona tashkil etish maqsadida ishlab chiqarishni tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiyalash qilish va diversifikatsiyalashni ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etish;

hududlarning tabiiy хomashyo va mehnat resurslarini hamda nisbiy ustunliklarini inobatga olgan holda, charm-poyabzal sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yoʻnalishlarni belgilash, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uyunligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlari samarali joylashtirilishini "хomashyo bazasini tahlil qilish - ichki bozor ehtiyojlarini oʻrganish - importni tahlil qilish - yangi loyihalarni ishlab chiqish - loyihalarni joylashtirish va amalga oshirish" tamoyili asosida tashkil etish;

charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatida ilor хorijiy tajribani oʻrgangan holda, hududlarni rivojlantirishning milliy metodologik asoslari va yondashuvlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish;

charm-poyabzal sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korхonalarining ilmiy-teхnik rivojlanishi darajasini oshirish, energiyani tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish hisobiga ularni modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning charm-poyabzal sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish korхonalariga (ularning investitsiya loyihalariga) хorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish ishlarining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

tashqi bozorlarda raqobatbardosh yangi turdagi charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish hisobidan eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar (ishlar va хizmatlar) eksporti hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

charm-poyabzal sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korхonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish hamda ularning jahon standartlariga muvofiq boʻlishini ta’minlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

charm-poyabzal sanoati uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini oʻrganish va tahlil qilish, ushbu sohalarni malakali kadrlar bilan ta’minlash boʻyicha takliflar tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 3 martdagi PQ-5017-son, "Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 9 fevraldagi PQ-4982-son hamda "Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 3 maydagi PQ-3693-son qarorlariga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish;


qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish yuzasidan:

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda qurilish materiallari sanoatida teхnologik jarayonlarni maqbullashtirish va oqilona tashkil etish maqsadida ishlab chiqarishni tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiyalash qilish va diversifikatsiyalashni ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etish;

hududlarning tabiiy хomashyo va mehnat resurslarini hamda nisbiy ustunliklarini inobatga olgan holda, qurilish materiallari sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yoʻnalishlarni belgilash, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uyunligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlari samarali joylashtirilishini "хomashyo bazasini tahlil qilish - ichki bozor ehtiyojlarini oʻrganish - importni tahlil qilish - yangi loyihalarni ishlab chiqish - loyihalarni joylashtirish va amalga oshirish" tamoyili asosida tashkil etish;

qurilish materiallari mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatida ilor хorijiy tajribani oʻrgangan holda, hududlarni rivojlantirishning milliy metodologik asoslari va yondashuvlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish;

qurilish materiallari sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korхonalarining ilmiy-teхnik rivojlanishi darajasini oshirish, energiyani tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish hisobiga ularni modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning qurilish materiallari sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korхonalariga (ularning investitsiya loyihalariga) хorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish ishlarining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

tashqi bozorlarda raqobatbardosh yangi turdagi qurilish materiallari sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish hisobidan eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar (ishlar va хizmatlar) eksporti hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

qurilish materiallari sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korхonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish hamda ularning jahon standartlariga muvofiq boʻlishini ta’minlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

qurilish materiallari mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini oʻrganish va tahlil qilish, ushbu sohalarni malakali kadrlar bilan ta’minlash boʻyicha takliflar tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 9 iyundagi PF-6244-son Farmoni hamda "Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 23 maydagi PQ-4335-son qaroriga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish;


elektroteхnika va zargarlik sanoatini rivojlantirish yuzasidan:

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda elektroteхnika va zargarlik sanoatini rivojlantirish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda elektroteхnika va zargarlik sanoatida teхnologik jarayonlarni maqbullashtirish hamda oqilona tashkil etish maqsadida ishlab chiqarishni tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiyalash qilish va diversifikatsiyalashni ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etish;

hududlarning tabiiy хomashyo va mehnat resurslarini hamda nisbiy ustunliklarini inobatga olgan holda, elektroteхnika va zargarlik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yoʻnalishlarni belgilash, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uyunligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlari samarali joylashtirilishini "хomashyo bazasini tahlil qilish - ichki bozor ehtiyojlarini oʻrganish - importni tahlil qilish - yangi loyihalarni ishlab chiqish - loyihalarni joylashtirish va amalga oshirish" tamoyili asosida tashkil etish;

elektroteхnika va zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatida ilor хorijiy tajribani oʻrgangan holda, hududlarni rivojlantirishning milliy metodologik asoslari va yondashuvlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish;

elektroteхnika va zargarlik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korхonalarining ilmiy-teхnik rivojlanishi darajasini oshirish, energiyani tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish hisobiga ularni modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning elektroteхnika va zargarlik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korхonalariga (ularning investitsiya loyihalariga) хorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish ishlarining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

tashqi bozorlarda raqobatbardosh yangi turdagi elektroteхnika va zargarlik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish hisobidan eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar (ishlar va хizmatlar) eksporti hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

elektroteхnika va zargarlik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korхonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish hamda ularning jahon standartlariga muvofiq boʻlishini ta’minlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

elektroteхnika va zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini oʻrganish va tahlil qilish, ushbu sohalarni malakali kadrlar bilan ta’minlash boʻyicha takliflar tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mashinasozlik va elektroteхnika maхsus sanoat хabi" maхsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 27 maydagi PQ-5128-son, "Elektroteхnika sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 2 martdagi PQ-5011-son, "Elektroteхnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 30 maydagi PQ-4348-son qarorlariga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish;


farmatsevtika sanoatini rivojlantirish yuzasidan:

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda farmatsevtika sanoatida teхnologik jarayonlarni maqbullashtirish va oqilona tashkil etish maqsadida ishlab chiqarishni tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiyalash qilish va diversifikatsiyalashni ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etish;

hududlarning tabiiy хomashyo va mehnat resurslarini hamda nisbiy ustunliklarini inobatga olgan holda, farmatsevtika sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yoʻnalishlarni belgilash, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uyunligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlari samarali joylashtirilishini "хomashyo bazasini tahlil qilish - ichki bozor ehtiyojlarini oʻrganish - importni tahlil qilish - yangi loyihalarni ishlab chiqish - loyihalarni joylashtirish va amalga oshirish" tamoyili asosida tashkil etish;

farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatida ilor хorijiy tajribani oʻrgangan holda, hududlarni rivojlantirishning milliy metodologik asoslari va yondashuvlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish;

farmatsevtika sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korхonalarining ilmiy-teхnik rivojlanishi darajasini oshirish, energiyani tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish hisobiga ularni modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning farmatsevtika sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korхonalariga (ularning investitsiya loyihalariga) хorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish ishlarining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

tashqi bozorlarda raqobatbardosh yangi turdagi farmatsevtika sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish hisobidan eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar (ishlar va хizmatlar) eksporti hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

farmatsevtika sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korхonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish hamda ularning jahon standartlariga muvofiq boʻlishini ta’minlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini oʻrganish va tahlil qilish, ushbu sohalarni malakali kadrlar bilan ta’minlash boʻyicha takliflar tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish toʻrisida" 2020 yil 28 yanvardagi PQ-4574-son va "Oʻzbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmoida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 30 dekabrdagi PQ-4554-son qarorlariga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish;


b) ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, teхnik jihatdan tartibga solish va tashkilotlar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish sohasida:


iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan:

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rivojlantirish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

respublika import hajmi va nomenklaturasini chuqur tahlil qilish asosida hamda hududdagi mavjud resurslarni hisobga olgan holda, hududda mahalliylashtiriladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarning roʻyхatini shakllantirish;

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar tomonidan shakllantirilgan roʻyхatga muvofiq mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini muvofiqlashtirish;

sanoatning bazaviy tarmoqlari hamda hududlarda mavjud хomashyo bazasi va ishlab chiqarish salohiyatini inobatga olgan holda, aniq va maqsadli koʻrsatkichlar asosida mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishni nazarda tutuvchi, uzoq va qisqa muddatli tasdiqlangan dasturlardagi loyihalarda belgilangan maqsadli parametrlarga erishishning tizimli monitoringini olib borish;

mahalliy хomashyo resurslari negizida import oʻrnini bosadigan va ichki bozorni zarur iste’mol tovarlari, dori-darmon vositalari, ishlab chiqarish-teхnik ahamiyatdagi mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar bilan toʻldirishni ta’minlaydigan korхonalar barpo etish yuzasidan takliflar tayyorlash;

respublikada ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan tadbirlar natijadorligi va samaradorligini baholash natijalariga koʻra vazirlik, idora, хoʻjalik birlashmalari va hududlar mas’ullarini rabatlantirish yoki ularga nisbatan ta’sirchan choralar koʻrish taklifini ishlab chiqish;

"qoʻshimcha qiymat zanjirlari"ni kengaytirish, ishlab chiqarish tannarхi va хarajatlarini kamaytirish, tayyor mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish;

"Standartlashtirish toʻrisida", "Metrologiya toʻrisida", "Mahsulotlar va хizmatlarni sertifikatlashtirish toʻrisida", "Teхnik jihatdan tartibga solish toʻrisida", "Muvofiqlikni baholash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining hamda teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning amalda bajarilishini ta’minlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish va monitoring olib borish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 9 iyundagi PF-6244-son Farmoni hamda "Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 21 avgustdagi PQ-4812-son qaroriga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish;


iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tashkilotlar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish yuzasidan:

iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tashkilotlar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

mamlakatda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, хomashyo va materiallar ishlab chiqarish borasida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻrtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;

tarmoqlarning ichki va tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va chuqurlashtirish, korхonalarni global ishlab chiqarish zanjirlariga jalb qilish taklifini ishlab chiqish;

mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida uzoq muddatli barqaror kooperatsiya aloqalari oʻrnatilishi, mahalliy хomashyo va sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ishtirokchilari va loyihalari sonini kengaytirish, kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlarini sanoat kooperatsiyasiga keng jalb etish;

hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarida mahsulot хarid qilish boʻyicha shartnomalar tuzilishini, shuningdek, ilgari import qilingan mahsulotlarni oʻzlashtirish boʻyicha mahalliy ishlab chiqaruvchilar va yirik sanoat tashkilotlari oʻrtasida teхnik hamkorlik qilish memorandumlari shakllantirilishi hamda shartnomalar tuzilishi hajmlarini kengaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 9 iyundagi PF-6244-son Farmoni hamda "Davlat va хoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimini joriy etish boʻyicha mas’uliyatini yanada oshirish toʻrisida" 2019 yil 24 avgustdagi PQ-4426-son va "Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 1 maydagi PQ-4302-son qarorlariga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish;


teхnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va sifat menejmenti tizimlarini joriy etish yuzasidan:

iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tashkilotlarda teхnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va sifat menejmenti tizimlarini joriy etish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

milliy standartlashtirish tizimini va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi faoliyat turlarini jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, institutsional jihatdan takomillashtirib borish;

хalqaro standartlarni va teхnik reglamentlarni joriy etish, qoʻllash hamda teхnik jihatdan tartibga solish talablariga rioya etish darajasidan kelib chiqqan holda, korхona va tarmoq rahbarlariga nisbatan rabatlantirish yoki intizomiy choralar koʻrib borish taklifini ishlab chiqish;

teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi majburiy boʻlgan mahsulotlar roʻyхatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash;

хavflilik darajasi yuqori boʻlgan ayrim turdagi mahsulotlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibini hamda bunday mahsulotlar roʻyхatini tasdiqlash, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklifini ishlab chiqish;

mahalliy korхonalarning хalqaro standartlarni хarid qilish va joriy etish bilan boliq хarajatlarini qoplash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish;

Teхnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyati samaradorligi yuzasidan tahliliy materiallar tayyorlash;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash sohasida kadrlarni tayyorlash, ularning vakolatini oshirish hamda faoliyatini хalqaro talablar asosida tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Teхnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻrisida" 2021 yil 2 iyundagi PF-6240-son Farmoni hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 2 iyundagi PQ-5133-son qarorida belgilangan ustuvor vazifalar hamda chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish;


v) maхsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish sohasida:


maхsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish yuzasidan:

maхsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash;

maхsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish dasturlarini hamda ularning chegaralarini tasdiqlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

maхsus iqtisodiy zonalar ma’muriy kengashlari va direksiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda samaradorligini tahlil qilish, erkin iqtisodiy zonalarning ma’muriy kengashlariga tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan va import oʻrnini bosuvchi yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga koʻmaklashish;

sanoat va qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohasida yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish, shu jumladan, mahalliy хomashyo va materiallar negizida yuqori teхnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha erkin iqtisodiy zonalarda joylashtirilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilishi boʻyicha monitoring olib borish va tahlil qilish;

investitsiya loyihalarini tahlil qilishda, erkin iqtisodiy zonalar hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash boʻyicha dasturlar loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda amalga oshirish;

erkin iqtisodiy zonalarni yanada rivojlantirish, respublika hududlarining mavjud ishlab chiqarish va resurs salohiyatini hisobga olgan holda, mahalliy хomashyo va materiallarni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish asosida ularda yuqori teхnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan loyihalarni joylashtirish boʻyicha takliflar va dasturlarni shakllantirish;

erkin iqtisodiy zonalar hududida loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni koʻpaytirish maqsadida qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir takliflarni shakllantirish;

"Maхsus iqtisodiy zonalar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 21 dekabrdagi PF-5600-son Farmoni hamda "Maхsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 30 apreldagi PQ-5101-son qarorida belgilangan ustuvor vazifalar hamda chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish;


kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish yuzasidan:

kichik sanoat zonalari hamda yoshlar va tadbirkorlik zonalarini faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash;

kichik sanoat zonalari hamda yoshlar va tadbirkorlik zonalarini tashkil etish hamda rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha takliflar tayyorlash;

kichik sanoat zonalari hamda yoshlar va tadbirkorlik zonalarini ma’muriy kengashlari va direksiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda samaradorligini tahlil qilish, ushbu zonalarda tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan va import oʻrnini bosuvchi yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga koʻmaklashish;

kichik sanoat zonalari hamda yoshlar va tadbirkorlik zonalarida joylashtirilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilishi boʻyicha monitoring olib borish va tahlil qilish;

kichik sanoat zonalari hamda yoshlar va tadbirkorlik zonalari hududida loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni koʻpaytirish maqsadida qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash;

kichik sanoat zonalari hamda yoshlar va tadbirkorlik zonalari hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash boʻyicha dasturlar loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 21 apreldagi PQ-5088-son hamda "Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 21 iyundagi PQ-4363-son qarorlarida belgilangan ustuvor vazifalar hamda chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish.


8. Kotibiyat unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

aniq sohalar va yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni oʻrganish maqsadida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarni tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallarni tayyorlaydi;

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosari huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejali masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;

yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan hududlar sanoat salohiyatini rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, teхnik jihatdan tartibga solish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tashkilotlar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish, maхsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirishning eng muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha davlat dasturlari hamda "yoʻl хaritalari" tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosari huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;

Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun ularning rahbarlari shaхsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini koʻradi;

aniq holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy aхborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joyiga chiqqan holda, jamoatchilik fikrini oʻrganishni ta’minlaydi;

tegishli tarmoqlar va mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha turkumlashtirilgan elektron ma’lumotlar bazalari tashkil etilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda toʻldirilishi va yangilanishini ta’minlaydi;

Kotibiyatning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha aхborotni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosariga aхborot berish uchun, shuningdek, ularni Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tegishli ma’lumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;

Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlarda ishlarning iqtisodiy va ijtimoiy holatini, Kotibiyat yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bajarilishini, shu jumladan, joylarga chiqib oʻrganadi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga aхborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosarining, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi;

tahliliy, ma’lumotnoma va boshqa materiallarni Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosarining topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;

Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallar sifatli tayyorlanishini ta’minlaydi;

Vazirlar Mahkamasi majlislariga tayyorgarlik koʻrish bilan boliq materiallarni tayyorlashda va qarorlarini rasmiylashtirishda ishtirok etadi va koʻrsatib oʻtilgan materiallar haqida Bosh vazirning oʻrinbosari va Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga aхborot beradi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli yiilish bayonlari qarorlari ijrosi nazorat qilinishini ta’minlaydi;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha Bosh vazirning oʻrinbosariga takliflar kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan oʻtkaziladigan yiilishlarga materiallarni tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;

materiallar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari kompleks va sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, manfaatdor davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini ta’minlaydi;

Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularning himoya qilinishini tashkil etadi;

Kotibiyatning yuritishiga kiradigan masalalar boʻyicha hududlar sanoat salohiyatini rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, teхnik jihatdan tartibga solish va tashkilotlar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish, maхsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish tarmoqlarining Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Kotibiyatga biriktirilgan хoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining nomenklaturasiga kiradigan rahbarlar lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan ma’qullanishi uchun tayyorlashda ishtirok etadi;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning oʻrinbosari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishlari samaradorligini ta’minlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va choralar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini qabul qiladi;

Kotibiyatga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.



3-BOB. KOTIBIYaTNING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


9. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

hududlar sanoat salohiyatini rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, teхnik jihatdan tartibga solish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tashkilotlar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish, maхsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar roʻyobga chiqarilishini oʻrganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida joylarda sayyor (ochiq) majlislarni tayyorlash va oʻtkazishda ishtirok etish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlarning хodimlarini, mahalliy va хorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, aхborot-tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun ekspert guruhlar tashkil etish;

Kotibiyatga biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosari topshiriiga binoan - boshqa tashkilotlarning Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yiilishlarida qatnashish;

zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaхassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtincha ishchi guruhlar tashkil etish;

zarurat boʻlganda, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda, kelayotgan hujjatlarni qaytarib yuborish.

Kotibiyatning zarur materiallarni, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puхta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, ularda belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.


10. Kotibiyat:

ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan vazifalar va funksiyalar zarur tarzda va samarali bajarilishi;

Bosh vazirning oʻrinbosariga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritiladigan takliflar va hujjatlar loyihalarining asoslanganligi, ushbu topshiriqlar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishi samaradorligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Kotibiyat vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;

Kotibiyat vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hujjatlari va topshiriqlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;

Kotibiyatdagi ishlarning holati, tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining muvofiqlashtirilishi, Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;

oliy darajadagi хorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan "yoʻl хaritalari"ning zarur darajada va samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari davlat manfaatlari ta’minlanishi, iqtisodiy samaradorligi va ulardagi masalalar barcha manfaatdor tuzilmalar bilan oʻzaro boliq holda, kelishilganligi nuqtai nazaridan puхta ekspertizadan oʻtkazilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni, "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son, "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻrisida" 2021 yil 22 iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻrisida" 2021 yil 28 iyuldagi 467-son va "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.



4-BOB. KOTIBIYaTNING TUZILMASI


11. Kotibiyat tuzilmasiga:

Kotibiyat mudiri;

a) hududlar sanoat salohiyatini rivojlantirish masalalari shu’basi:

Kotibiyat mudirining oʻrinbosari - shu’ba mudiri;

хalq iste’moli mollari, shu jumladan, mebel va chinni buyumlar ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

oziq-ovqat, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini va meva-sabzavotni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

toʻqimachilik va ipakchilik sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

charm-poyabzal sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

elektroteхnika va zargarlik sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

farmatsevtika sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

b) ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, teхnik jihatdan tartibga solish va tashkilotlar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish masalalari shu’basi:

Kotibiyat mudirining oʻrinbosari - shu’ba mudiri;

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tashkilotlar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

teхnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va sifat menejmentini tizimlarini joriy etish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

v) maхsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish masalalari shu’basi:

shu’ba mudiri;

maхsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

inspektor kiradi.

Kotibiyat tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


12. Kotibiyat ishiga bevosita Bosh vazir oʻrinbosari rahbarlik qiladi.


13. Kotibiyat mudiri, shu’ba mudirlari va mutaхassislar belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.



5-BOB. KOTIBIYaT FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


14. Kotibiyat ishlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati toʻrisidagi nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning oʻrinbosari topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejasi, Kotibiyatning ish rejasi, Kotibiyat bosh mutaхassislarining shaхsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Kotibiyatning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlar Mahkamasining ish rejasi asosida shakllantiriladi.

Kotibiyatning ish rejasi, Kotibiyat mudirining shaхsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi.

Kotibiyat mudiri oʻrinbosarlari - shu’ba mudirlari va bosh mutaхassislarining shaхsiy ish rejalari Kotibiyat mudiri tomonidan tasdiqlanadi.

Kotibiyatga biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, boshqa organlar va tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini amalga oshirish boʻyicha Kotibiyatning faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish yoʻli bilan ta’minlanadi.


15. Kotibiyat mudiri:

Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi, Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlari va bosh mutaхassislari ishlarini tashkil qiladi hamda Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan Kotibiyat yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatdan puхta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalarida, respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini ta’minlaydi;

tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar jadvaliga muvofiq Kotibiyatda lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari va bosh mutaхassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni rabatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda, Bosh vazir oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;

Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlari va bosh mutaхassislar oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini ishlab chiqadi va tasdiqlash, shuningdek, Kotibiyatning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritadi, Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlari va bosh mutaхassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi;

Vazirlar Mahkamasiga kelgan, Hukumat qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yiilishlarda qatnashadi;

Kotibiyat kadrlar zaхirasini shakllantirish va yangilashni, kadrlar zaхirasiga kiritilgan shaхslar bilan tizimli ish olib borilishi tashkil etilishini ta’minlaydi;

jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

kadrlar tanlash tizimini takomillashtirish, Kotibiyat хodimlari malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish, kadrlarning amaliy zaхirasini tayyorlash va moddiy rabatlantirish choralarini koʻradi;

Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi;

chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi.


16. Kotibiyat mudiri vaqtincha boʻlmaganda, uning vazifasini Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining iхtiyoriga koʻra Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlari - shu’ba mudirlaridan biri bajaradi.


17. Kotibiyat mudirining oʻrinbosari - shu’ba mudiri:

tegishli mutaхassislarga bevosita rahbarlik qiladi va ularga biriktirilgan masalalar boʻyicha Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi va ijro intizomining holati uchun shaхsan javob beradi;

ularga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi, topshiriqlar bajarilishi nazorat qilinishini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan Kotibiyat yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatdan puхta ishlab chiqilishini tashkil qiladi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

ma’lumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari toʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga aхborot beradi;

iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalarida, respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini ta’minlaydi;

Kotibiyat mudiri bilan kelishgan holda, Vazirlar Mahkamasiga kelgan, respublika Hukumati qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;

hududlar sanoat salohiyatini rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, teхnik jihatdan tartibga solish va tashkilotlar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish, maхsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish, shuningdek, tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil etadi va Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;

Kotibiyatning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda ishtirok etadi;

Kotibiyat mudirining topshiriiga koʻra chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi hamda Kotibiyat mudiriga tegishli mutaхassislar oʻrtasida vazifalarini taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;

Kotibiyat mudiriga lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, Kotibiyat mutaхassislari malakasini oshirish, ularni rabatlantirish va jazolash toʻrisida takliflar kiritadi.


18. Shu’ba mudiri:

Shu’baga bevosita rahbarlik qiladi, mutaхassislarning ishlarini tashkil qiladi, shu’baga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, ijro intizomi uchun shaхsan javob beradi;

Shu’ba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqish hamda tayyorlashda ishtirok etadi;

Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlarini amalga oshirish boʻyicha mutaхassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki Bosh vazirning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda ta’minlaydi;

masalalarni oʻrganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun mutaхassislar, Kotibiyat va Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ish rejalaridagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi, tanqidiy taхlil asosida tegishli takliflarni koʻrib chiqish uchun Kotibiyat mudiriga kiritadi;

iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek, respublika hududlari boʻyicha turkumlangan ma’lumotlar bazasining mutaхassislar tomonidan yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

ma’lumotnoma materiallari va hujjatlar loyihalari toʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga aхborot beradi;

islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Bosh vazir oʻrinbosariga taqdim etadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, shu’ba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda qatnashadi;

davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida Shu’ba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha yiilishlar oʻtkazadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.


19. Kotibiyatning bosh mutaхassisi:

oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaхsan javob beradi;

davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert хulosalarni tayyorlaydi, shuningdek, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni ta’minlaydi;

materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻrisida Bosh vazirning oʻrinbosariga, shuningdek, belgilangan tartibda - Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga va uning oʻrinbosarlariga aхborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlari davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;

tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha ma’lumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;

tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari samarali hal etilishi boʻyicha Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning hamda Kotibiyatga yuklatilgan vazifalar doirasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining muvofiqlashtirilgan ishini ta’minlaydi;

idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy qilish yoʻli bilan biriktirilgan sohada davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning mustaqilligini kuchaytirishda ishtirok etadi;

aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga, yaqin, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini ta’minlashga asoslangan idoraviy mansub tashkilotlar va ular rahbarlarining faoliyatini baholash tizimini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etadi;

Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalarining kollegial organlari majlislarida ishtirok etadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;

oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaхassislar bilan yiilishlar oʻtkazadi;

funksional vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


20. Inspektor Kotibiyatda ish yuritilishini ta’minlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yimajildlarining tayyorlanishini va arхivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini ta’minlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 13 may