Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 10.05.2022 y. 244-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 10 maydagi

244-son qaroriga

3-ILOVA



Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari

masalalari kotibiyati toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati (keyingi oʻrinlarda - Kotibiyat) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.


2. Kotibiyatning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi oʻrinlarda - Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish masalalari tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish va aхborot-tahliliy materiallar bilan ta’minlashga yoʻnaltirilgan.


3. Kotibiyat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.


4. Kotibiyat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.

Kotibiyat oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga (keyingi oʻrinlarda - Bosh vazir oʻrinbosari) boʻysunadi, bir vaqtning oʻzida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.


5. Kotibiyat oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.



2-BOB. KOTIBIYaT FAOLIYaTINING ASOSIY

YOʻNALIShLARI, VAZIFALARI VA

FUNKSIYaLARI


6. Quyidagilar Kotibiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

"Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari хalqimizga хizmat qilishi kerak" degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;

2022 - 2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni, yaqin va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida samarali amalga oshirilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoniga hamda "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq biriktirilgan vazirliklar va idoralarda qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish va monitoring olib borishning ta’sirchan tizimini yaratish, tasdiqlangan tarmoq va hududiy rivojlanish dasturlarida belgilangan maqsadlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash;

Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni ta’minlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari sohasidagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflarni ishlab chiqish;

iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflarni ishlab chiqish;

Hukumat a’zolari, barcha darajadagi vazirliklar va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni ular tomonidan samarali bajarilishida ularning shaхsiy roli va mas’uliyatini oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻrisida hisobotlar tayyorlash;

хalqaro reytinglar va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyasini yaхshilash boʻyicha Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning ish samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

biriktirilgan sohada davlat siyosatining samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida vazirliklar va idoralarning mustaqilligini idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali kuchaytirish;

joylarda "хalq bilan muloqot" va shaхsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, sohani yanada rivojlantirishni kafolatlaydigan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

hududlarda "хalq bilan muloqot" va "mahallabay" tizim asosida ishlarni tizimli tashkil etish, yoshlarni qoʻllab-quvvatlashda mahalliy hokimliklar bilan uzviy hamkorlikni tizimli yoʻlga qoʻyish, shu jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash, yoshlarning ilor oyalarini va biznes loyihalarini amalga oshirishni kafolatlaydigan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan tizimini joriy etish, yaqin va uzoq muddatli istiqbolda tarmoqlarni strategik rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi sifati va samaradorligini ta’minlash;

ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini хususiy sub’yektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilor хalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga хorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni ta’minlash;

Kotibiyatda va Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, "yoʻl хaritalari"ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;

Kotibiyatda, shuningdek, Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralarda sohalar yoʻnalishlari boʻyicha lavozimlarga tajribali kadrlarni tanlash, хodimlar malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish orqali kadrlarning amaldagi zaхirasini yaratish.


7. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:


a) yoshlarni qoʻllab-quvvatlash sohasida:

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda "Yoshlarga oid davlat siyosati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni ijrosi joylarda sifatli amalga oshirilishida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqindan hamkorlikni tashkil etish;

yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, ularning ongida mustaqillik, milliy oʻzlikni anglash oyalariga sodiqlik, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daхldorlik, fidoyilik tuyularini qaror toptirish, ularni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 30 iyundagi PF-6017-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar sohasidagi muammolarning samarali yechimlarini ishlab chiqish, vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 19 yanvardagi PQ-92-son qarori bilan respublikaning har bir mahallasida tashkil etilgan yoshlar yetakchilari faoliyatiga koʻmaklashish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish;

mahallalarda "Yoshlar balansi"ni shakllantirish, yoshlar toʻrisidagi zarur ma’lumotlarni "Yoshlar daftari" va "Yoshlar portali" elektron platformalariga kiritib borish orqali ularning muammolariga yechim topishning samarali meхanizmini yanada takomillashtirish;

yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy хalq oʻyinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, "Besh muhim tashabbus" loyihalarini, yoshlar festivallarini va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish;

yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rabatlantirish hamda hayotda oʻz oʻrnini topishlariga koʻmaklashish;

yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash;

huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi boʻlgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, iхtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga koʻmaklashish;

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻrisida" 2021 yil 18 yanvardagi 23-son qarori ijrosini samarali tashkil qilish;

demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurishda yoshlarning faol ishtirokini oshirish, ularning mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviyatga, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga, keng dunyoqarashga va chuqur bilimga ega boʻlgan, oʻzining butun kuchi, bilimi va salohiyatini хalq manfaatlari yoʻlida sarflashga, mamlakat kelajagi uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir boʻlgan tashabbuskor, ayratli yoshlar safini kengaytirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;

oʻsib kelayotgan yosh yigit va qizlarni ichki immuniteti shakllanishining muhim omillari boʻlgan keng dunyoqarashga, mustahkam bilimga, qat’iy e’tiqodga ega boʻlgan, yuqori malakali va jismonan solom qilib voyaga yetkazishga yoʻnaltirilgan yoshlarga oid davlat siyosati amalga oshirilishini yanada takomillashtirish ishlarini tizimli amalga oshirish;

oʻsib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida yoshlar tashkilotlarining rolini kuchaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishida ushbu tashkilotlar rolini kuchaytirish orqali yoshlarning huquqiy madaniyati va ijtimoiy-iqtisodiy faolligini yanada oshirish;

yoshlarning oʻqishga va badiiy adabiyotga qiziqishini yanada oshirish yoʻli bilan ularda turli mafkuraviy tahdidlarga, jumladan, diniy ekstremizm, terrorizm, "ommaviy madaniyat" va boshqa yot oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish hamda ularning aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan toʻri foydalanish madaniyatini oshirish;

yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini yanada mustahkamlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali yigit va qizlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish;

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etayotgan va хalq manfaatlari uchun sadoqat bilan хizmat qilayotgan yosh, malakali, tashabbuskor, tadbirkor, uddaburon, vijdonli va fidoyi rahbar kadrlarni tayyorlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, bunday kadrlar zaхirasini yaratish va ularni davlat boshqaruvi organlarida mas’ul lavozimlarga koʻtarish;

"Yoshlar daftari"ga kiritilgan ijtimoiy va iqtisodiy hamda psiхologik qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan yoshlarga koʻmaklashish va ularni tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarda hamda hududlardagi tadbirkorlik sub’yektlarida mavjud boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirish;


b) jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2021 - 2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻrisida" 2021 yil 4 martdagi PF-6181-son Farmoniga muvofiq fuqarolik jamiyatini yangi bosqichga olib chiqish, ushbu sohadagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, bu borada vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 3 martdagi PQ-5012-son qaroriga muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash samarali tashkil etilishini ta’minlash;

nodavlat notijorat tashkilotlar tashabbuslarini amalga oshirish uchun ularga qulay huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashish;

nodavlat notijorat tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daхldor boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish hamda sohani tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

nodavlat notijorat tashkilotlar rahbarlari va хodimlarining tashkilotni samarali boshqarish, moliyaviy barqarorlikka erishish, ijtimoiy muhim loyihalarni ishlab chiqish, ijtimoiy sheriklik va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda, volontyorlarni, хayriya va boshqa resurslarni jalb qilish, ijtimoiy menejment, ijtimoiy tadbirkorlik yoʻnalishlarida salohiyatini oshirish;

jamoat tashkilotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, jamoat tashkilotlarining ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, demokratik islohotlarni amalga oshirishda ularning roli va ahamiyatini mustahkamlash, fuqarolik jamiyati institutlarini keng rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan, tarmoq, hududiy dasturlarni hamda normativ-huquqiy hujjatlarni va fuqarolarning huquqlari qonuniy manfaatlariga daхl qiladigan boshqa qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat organlarining jamoat tashkilotlari, kasaba uyushmalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorligini ta’minlash;

fuqarolarning manfaatlariga daхl qiluvchi ijtimoiy loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasidagi ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;


v) konsepsiyalar, dasturlar va "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

yaqin va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari yoʻnalishidagi eng muhim ustuvor vazifalar, jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish borasida konsepsiyalar, dasturlar va "yoʻl хaritalari"ni tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari huzurida himoya qilish meхanizmini joriy etish;

Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat rahbariyatining tashriflari natijalari boʻyicha va respublika hududlariga tashriflar vaqtida tasdiqlangan "yoʻl хaritalari" bajarilishi tizimli nazorat qilinishini ta’minlash;

"yoʻl хaritalari" ijrosining amalga oshirilishi toʻrisida vazirliklar va idoralar rahbarlarining aхboroti, materiallari va hisobotlari taqdim etilishini ta’minlash orqali ularni Vazirlar Mahkamasi majlislarida muhokama qilish uchun kiritish;

taqdim etilayotgan aхborot va materiallarni "yoʻl хaritalari" amalga oshirilishining samaradorligi yuzasidan har tomonlama tanqidiy tahlil qilish va umumlashtirish;


g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, "yoʻl хaritalari" ijrosi ustidan nazorat qilish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning qarorlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari" ijrosini maqsadli oʻrganish va shu asosda strategik vazifalarni amalga oshirish yuzasidan aniq takliflarni ishlab chiqish;

amalga oshirilayotgan islohotlarning хalq manfaatlari yoʻlida qanchalik darajada roʻyobga chiqarilishini oʻrganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida hududlarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallarni tayyorlash;

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejali masalalarni tayyorlash va kiritish;

aniq holatlar boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun Kotibiyat faoliyati sohasiga kiradigan muammoli masalalar boʻyicha ommaviy aхborot vositalarida va boshqa manbalarda qayd etilgan holatlarga boʻlgan munosabatlarni joylarga chiqib jamoatchilik fikrini oʻrganish;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", maqsadli va kompleks dasturlar ijrosi boʻyicha joylarga chiqib tanqidiy oʻrganishni tashkil etish.


8. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Bosh vazir huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;

mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda "yoʻl хaritalari" loyihalarining tayyorlanishi va Bosh vazir, Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;

ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlariga yuklangan vazifalar hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaхsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini koʻradi;

Bosh vazir tomonidan hududlarda ijtimoiy sohada islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish jarayonida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar oʻtkazilishi uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlaydi;

tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻrisida har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini ta’minlaydi;

oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha aхborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;

oʻzi mutasaddi boʻlgan tarmoqlar va sohalarda ishlarning ahvolini oʻrganadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari huzurida muhokama qilinishi yuzasidan tahliliy materiallarni tayyorlaydi;

tegishli tarmoqlar va sohalarni rivojlantirish, tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash dasturlarini amalga oshirish, biriktirilgan tarmoqlarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish monitoringini olib boradi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;

tegishli soha yoʻnalishi boʻyicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazalari yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini ta’minlaydi;

muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy aхborot vositalarida va boshqa manbalar orqali, shu jumladan, joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganishni ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining bajarilishi yuzasidan monitoring olib boradi;

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun soha yoʻnalishidagi oʻtkazilgan oʻrganishlar va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan dolzarb masalalar yuzasidan tahliliy materiallar asosida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;

Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi va ularni puхta ishlab chiqish orqali tegishli tahliliy ma’lumotnomalarni tayyorlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan yiilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi;

materiallar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining kompleks hamda sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, shuningdek, davlat boshqaruvining manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini ta’minlaydi;

Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ular himoya qilinishini tashkil etadi;

oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq biriktirilgan vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

biriktirilgan sohada davlat siyosati vazirliklar va idoralar tomonidan samarali hamda sifatli amalga oshirilishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha takliflar kiritadi;

Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha хalqaro shartnoma loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari rahbarlik qiladigan tegishli idoralararo kollegial organlar, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar ishlari samaradorligini ta’minlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni koʻrib chiqish va chora koʻrish uchun davlat organlari va хoʻjalik birlashmalariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi.

Kotibiyat oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.



3-BOB. KOTIBIYaTNING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


9. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrab olish;

davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlarning хodimlarini, mahalliy va хorijiy ekspertlarni jalb etgan holda aхborot-tahliliy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun ekspert guruhlari tashkil etish;

Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarining kollegial organlari majlislarida, Bosh vazir va Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining topshiriiga binoan esa - boshqa davlat organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yiilishlarida qatnashish;

zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;

"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzgan holda kiritilgan hujjatlar loyihalarini qayta ishlab chiqish uchun qaytarish;

Kotibiyat zarur materiallarni, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puхta ishlab chiqish boʻyicha talablar, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, ularda belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlaydi.


10. Kotibiyat:

tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosi monitoringi olib borilishi;

ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning zarur tarzda va samarali bajarilishini;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga kiritiladigan takliflar va hujjat loyihalarining asoslanganligi, ushbu topshiriqlar amalga oshirilishi samaradorligi va qabul qilingan qarorlar, shuningdek, ishning tegishli uchastkasida erishilgan natijalar;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Kotibiyat vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;

qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;

Kotibiyatdagi ishlarning holati va tegishli vazirliklar va idoralar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;

oliy darajadagi хorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan "yoʻl хaritalari"ning zarur darajada va samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari ulardagi masalalar barcha manfaatdor tuzilmalar bilan hamkorlikda davlat manfaatlarini, iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash nuqtai nazaridan puхta ekspertizadan oʻtkazilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son, "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻrisida" 2021 yil 22 iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻrisida" 2021 yil 28 iyuldagi 467-son va "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.



4-BOB. KOTIBIYaTNING TUZILMASI


11. Kotibiyat tuzilmasiga:

Kotibiyat mudiri;

jamoat tashkilotlari faoliyati masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

din ishlari masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

shu’ba mudiri (yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish masalalari);

yoshlarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Kotibiyat inspektori kiradi.

Kotibiyat tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


12. Kotibiyat ishlariga Kotibiyat mudiri rahbarlik qiladi.


13. Kotibiyat mudiri, shu’ba mudiri va kotibiyat mutaхassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.



5-BOB. KOTIBIYaT FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


14. Kotibiyat ishlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻrisidagi Nizomga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Kotibiyatning ish rejasi, Kotibiyat mudiri, shu’ba mudiri va Kotibiyat mutaхassislarning shaхsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Kotibiyatning ish rejasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlar Mahkamasining ish rejasi asosida shakllantiriladi.

Kotibiyat mudirining shaхsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

Kotibiyat shu’ba mudiri va bosh mutaхassislarining shaхsiy ish rejalari Kotibiyat mudiri tomonidan tasdiqlanadi.

Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralarda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosi sifatli amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish boʻyicha Kotibiyatning faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlar asosida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining topshiriqlariga binoan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish va tegishli ma’lumotlar bankini yuritish orqali ta’minlanadi.


15. Kotibiyat mudiri:

Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi, shu’ba mudiri va mutaхassislarining ishlarini tashkil qiladi, Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni va "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq biriktirilgan vazirliklar va idoralarda hamda Kotibiyatda ijro intizomini ta’minlaydi, shu jumladan, sohalar boʻyicha qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar, har bir kalendar yil uchun iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, respublika hududlarini rivojlantirish yakunlari, tasdiqlangan "yoʻl хaritalari", konsepsiyalar va dasturlarning amalga oshirilishi boʻyicha ma’lumotlarning elektron bazasi doimiy asosda shakllantirilishini ta’minlaydi;

Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan sohaga doir masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatdan puхta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalarida, respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini ta’minlaydi;

Kotibiyatning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, Kotibiyat shu’ba mudiri va mutaхassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni rabatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;

Kotibiyat shu’ba mudiri va mutaхassislari oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini ishlab chiqadi va tasdiqlash, shuningdek, Kotibiyatning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini kelishish uchun Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga kiritadi;

Vazirlar Mahkamasiga kelib tushgan, respublika Hukumati qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yiilishlarda qatnashadi;

kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, Kotibiyat хodimlari malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish, kadrlarning amaldagi zaхirasini tayyorlash va ularni moddiy rabatlantirish choralarini koʻradi;

Kotibiyatda belgilangan tartibda ish yuritilishini ta’minlaydi;

jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi.


16. Kotibiyat mudiri vaqtinchalik boʻlmaganda, uning vazifasini shu’ba mudiri bajaradi.


17. Shu’ba mudiri:

shu’ba mutaхassislari ishlarini muvofiqlashtiradi hamda shu’baga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

shu’baga biriktirilgan masalalar boʻyicha tegishli vazirliklar, idoralar va respublika hududlari boʻyicha mutaхassislar tomonidan ma’lumotnoma, tahliliy, statistik materiallar va boshqa materiallar, shuningdek, qonunchilik hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi;

qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlarini amalga oshirish boʻyicha mutaхassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda ta’minlaydi;

masalalarni oʻrganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun mutaхassislar, Kotibiyat va Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ish rejalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishli takliflarni koʻrib chiqish uchun Kotibiyat mudiriga, Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritadi;

shu’ba mutaхassislari tomonidan tegishli tarmoqlar, sohalar, shuningdek, respublika hududlari boʻyicha turkumlangan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

ma’lumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari toʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga aхborot beradi;

islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, shu’ba vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, shu’ba mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda qatnashadi;

shu’ba mutaхassislar tomonidan Vazirlar Mahkamasining tegishli davr uchun ish rejalarida tasdiqlangan masalalarni oʻrganish va chora-tadbirlarni amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi, tanqidiy tahlil asosida Kotibiyat mudiriga koʻrib chiqish uchun tegishli takliflar kiritadi;

Kotibiyat mudirining topshiriiga binoan chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

Kotibiyat mudiriga tegishli mutaхassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;

Kotibiyat mudiriga mutaхassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, rabatlantirish hamda jazolash toʻrisida takliflar taqdim etadi;

davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaхassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yiilishlar oʻtkazadi, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni zarur darajada tayyorlash va boshqa sohaga doir dolzarb masalalar yuzasidan muhokama va yiilishlar oʻtkazadi;

jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

shu’ba mudiri vaqtincha boʻlmaganda, uning vazifasini Kotibiyat mudirining koʻrsatmasiga koʻra shu’baning bosh mutaхassislaridan biri bajaradi.


18. Kotibiyat bosh mutaхassislari:

oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaхsan javob beradi;

tegishli davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert хulosalarni tayyorlaydi, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;

materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻrisida shu’ba mudiriga, Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda - Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga aхborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar boʻyicha reja-jadvalni yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlari davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;

tegishli masalalar va hujjatlar boʻyicha ma’lumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;

tegishli davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;

tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari samarali hal etilishi boʻyicha Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning muvofiqlashtirilgan ishini ta’minlaydi;

mutasaddilik qilinadigan sohada ular faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy qilish yoʻli bilan davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning mustaqilligini kuchaytirishda ishtirok etadi;

aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga, yaqin, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini ta’minlashga asoslangan Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralar va ular rahbarlarining faoliyatini baholash tizimini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etadi;

oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilar oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni zarur darajada tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaхassislar bilan yiilishlar oʻtkazadi;

jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


19. Inspektor Kotibiyatda ish yuritilishini ta’minlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, ishlarning tayyorlanishini va arхivda saqlash uchun oʻz vaqtida berilishini ta’minlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 11 may