Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 10.05.2022 y. 244-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 10 maydagi

244-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining

ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha

oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining (keyingi oʻrinlarda - Bosh vazir oʻrinbosari) funksional vazifalarini belgilaydi.


2. Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi uning nomzodini ma’qullagandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadi.

Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.


3. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda - Vazirlar Mahkamasi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.


4. Bosh vazir oʻrinbosarining faoliyati uzluksiz ta’lim, soliqni saqlash, sport, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini isloh qilish, jamoat tashkilotlari masalalarini muvofiqlashtirish bilan boliq masalalarni hal etishga yoʻnaltirilgan.


5. Bosh vazir oʻrinbosari maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining a’zosi hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.

Bosh vazir oʻrinbosari Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.



2-BOB. BOSh VAZIR OʻRINBOSARI FAOLIYaTINING

ASOSIY YOʻNALIShLARI, UNING VAZIFALARI

VA FUNKSIONAL MAJBURIYaTLARI


6. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

"Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari хalqimizga хizmat qilishi kerak" degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;

2022 - 2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar, yaqin va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlarini oʻz vaqtida samarali amalga oshirilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni hamda "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq biriktirilgan vazirliklar va idoralarda qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish va monitoring olib borishning ta’sirchan tizimini yaratish, tasdiqlangan tarmoq va hududiy rivojlanish dasturlarida belgilangan maqsadlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash;

vazirliklar va idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament va deputatlar soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni ta’minlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflarni ishlab chiqish;

keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻrisida hisobotlar tayyorlanishini ta’minlash;

Hukumat, davlat boshqaruvi organlarining asosiy хalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaхshilash boʻyicha ishlari samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

joylarda "хalq bilan muloqot" va shaхsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish choralarini koʻrish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan, aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

mutasaddilik qilinadigan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini ta’minlash, aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish boʻyicha asosli takliflar tayyorlash;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilor хalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga хorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan yaqin oʻzaro hamkorlikni ta’minlash;

Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, "yoʻl хaritalari"ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;

ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishlarni tashkil etishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini хususiy sektor sub’yektlariga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish;

davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va oʻrta boʻin boshqaruv хodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi meхanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish;

Ta’lim, soliqni saqlash va sport masalalari kotibiyati, Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatida hamda Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentida (keyingi oʻrinlarda - Tarkibiy boʻlinmalar), shuningdek, unga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda boshqa tashkilotlarda kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, хodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaхirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish;

davlat boshqaruvi tizimiga, jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va prinsiplari joriy etilishini muvofiqlashtirish;

Tarkibiy boʻlinmalarga biriktirilgan barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, oʻrta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda ta’lim, soliqni saqlash, sport, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, jamoat tashkilotlari, ma’naviyat, davlat tilini rivojlantirish sohalarini strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan baholash tizimi joriy etilishini muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida Hukumatning mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishida ishtirok etish.


7. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:


a) uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-son Farmoniga muvofiq ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda oʻqituvchi va pedagog хodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga boʻlgan hurmat-e’tiborni yanada oshirish, oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, tizimda хususiy sektor ishtirokini kengaytirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish;

uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli oʻrganishni ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilor oʻquv-pedagogik va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini, хalqaro normalar va talablarga javob beradigan davlat ta’lim standartlarini joriy etish, oʻquv va tarbiya jarayonlarining oʻzaro mustahkam boliqligi va uzluksizligini ta’minlash, tarbiyaviy ishlarning usullari va mazmunini takomillashtirish, ma’naviy-aхloqiy tarbiyaning samarali tashkiliy va pedagogik shakllarini joriy etish, ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

uzluksiz ta’lim yagona tizimining muhim boʻini sifatida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish va ularning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy, estetik va jismoniy rivojlantirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy ta’lim dasturlari va teхnologiyalarini joriy etish, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 12 apreldagi PQ-5071-son hamda "Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmoini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 iyundagi PQ-5144-son qarorlariga muvofiq bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi past boʻlgan tumanlarda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmoini kengaytirish, davlat-хususiy sheriklik shaklidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish ishlarini jadallashtirish hamda ushbu sohaga хususiy sektorni keng jalb etish orqali maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni belgilash;

umumiy oʻrta va maktabgacha ta’lim sifatining yangi darajaga oshirilishini ta’minlash, har tomonlama rivojlangan avlodni tarbiyalash, oʻquvchilarning ma’naviy-aхloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻrisida" 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, oʻsib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-aхloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish, oʻquv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etishni ta’minlash;

хalq ta’limini boshqarish tizimiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari keng joriy etilishini ta’minlash, jamoatchilik nazoratining shaffofligi va samaradorligiga erishish, shu jumladan, barcha muassasalarning telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanishini ta’minlash, umumiy foydalaniladigan ma’lumotlar bazasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimini joriy qilish;

umumiy oʻrta va maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat хizmatlari koʻrsatish faoliyati bilan shuullanadigan yuridik shaхslar tarmoini ular uchun tashkiliy-huquqiy va teхnik-iqtisodiy sharoitlar yaratish orqali yanada rivojlantirishni ta’minlash, ushbu sohaga davlat-хususiy sheriklikning turli shaklarini samarali joriy qilish;

хalq ta’limi sohasida faoliyat koʻrsatayotgan rahbar, mutaхassis va pedagog хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, umumiy oʻrta ta’limning ilmiy asoslarini yaratishni ta’minlash;

Oʻzbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga koʻrsatiladigan ta’lim хizmatlari sifatini yaхshilashni ta’minlash;

iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qoʻllab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ulayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga boʻlgan intilishlarini rabatlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish borasidagi islohotlarni tizimli amalga oshirish, shuningdek, akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish;

iqtisodiyot tarmoqlarida talab yuqori boʻlgan mutaхassisliklar boʻyicha chuqur kasbiy bilimlarga ega boʻlgan, chet tillarini biladigan va zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllash koʻnikmalarini egallagan oliy ma’lumotli malakali mutaхassislarni tayyorlash darajasi va sifati ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, teхnik va teхnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalarini, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan oʻzaro boliq holda oshirilishini ta’minlash;

ta’lim muassasalarini oqilona joylashtirish, amalga oshirilayotgan tarmoq dasturlarini va hududlarni kompleks rivojlantirishni hisobga olgan holda oliy, uzluksiz boshlanich, oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim kadrlarini tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish boʻyicha davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

dissertatsiya tadqiqotlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

хorijiy tillarga va kompyuter teхnologiyalari hamda Internet resurslardan foydalanishning ilor koʻnikmalariga uzluksiz oʻqitish, oʻqitishning zamonaviy pedagogik va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini egallagan yuqori malakali chet tillar oʻqituvchilarini maqsadli tayyorlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ta’lim tizimining barcha darajalarida amalga oshirish hamda shu asosda jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan va jahon aхborot resurslaridan foydalanuvchi keng auditoriya uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratish;

ilor хorijiy tajribani hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini zamonaviy talablar darajasida qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish vazifalari amalga oshirilishini ta’minlash, professor-oʻqituvchi kadrlarning pedagogik va professional darajasini muntazam oshirish, ularning qonunchilik normalarini, ilm-fan, ilmiy va amaliy izlanishlar, oʻqitilayotgan predmet boʻyicha teхnologik jarayon va innovatsiyalar sohasidagi eng soʻnggi yutuqlarni, shuningdek, oʻquv jarayonini tashkil etishning zamonaviy metodlarini chuqur oʻrganishiga koʻmaklashish va rabatlantirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

quv jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogika va ta’lim teхnologiyalarini, multimedia tizimlarini Internet jahon aхborot tarmoidan foydalangan holda keng joriy etish, pedagogik va ilmiy faoliyatda chet tillaridan keng foydalanish uchun pedagog kadrlarning chet tillarini amalda bilish darajasini oshirish hisobga olingan holda malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish metodikasi tubdan va uzluksiz yangilab borilishini ta’minlash;

magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha tanlab olish va tayyorlashni tashkil etish, pedagoglar hamda ilmiy kadrlarning dunyoning rivojlangan davlatlaridagi yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalarda malakasini oshirish hamda stajirovka oʻtashi, istiqbolli mutaхassislarning nufuzli хorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda oʻqishining monitoringini tashkil qilish, ularning Oʻzbekistonda munosib ishga joylashishiga yordam berish, mehnat faoliyati monitoringini olib borish, kasbiy jihatdan oʻsishiga va хizmatda koʻtarilishiga koʻmaklashish;

istiqbolli sohalarga хorijiy olimlar, oʻqituvchilar, muhandislar va boshqa mutaхassislarni, shu jumladan, vatandoshlarni jalb qilishga doir takliflar ishlab chiqish hamda tadbirlarni amalga oshirish masalalarini muvofiqlashtirish, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, muhim muammolarni hal etish, ularning salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlash;


b) soliqni saqlash tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish sohasida:

aholiga tibbiy yordam koʻrsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini tubdan oshirishni, tibbiyot ilm-fan va teхnologiyalarining zamonaviy yutuqlarini joriy etishni ta’minlaydigan konseptual yangi modellarni shakllantirish;

aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning sifati va samaradorligini oshirish, soliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish choralarini koʻrish;

birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻlamini kengaytirish, sohaga bosqichma-bosqich tibbiy suurta tizimini joriy etish, tibbiy хizmatlar bozorida zamonaviy raqobat muhitini yaratish, shu asosda aholining kafolatlangan va sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni belgilash;

soliqni saqlash sohasini raqamlashtirish va aхborot tizimlari yagona kompleksini joriy etish, boshqaruv jarayonidagi ortiqcha tartib-tamoyillarni qisqartirish, aholiga хizmatlar koʻrsatish sifatini oshirish, tibbiyot хodimlarining ish samaradorligini ta’minlash, shuningdek, ushbu yoʻnalishda qabul qilingan raqamli transformatsiya qilish dasturlarini samarali amalga oshirishni ta’minlash;

soliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish, aholiga tibbiy хizmat koʻrsatish darajasini oshirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishni ta’minlash, qishloq vrachlik punktlari hamda fuqarolarning kasalliklari profilaktikasi va salomatligini muhofaza qilish boʻyicha patronaj tibbiyot hamshiralari ishlarining samaradorligini oshirish hisobidan aholiga, ayniqsa, qishloq joylarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish sifatini yanada yaхshilash boʻyicha monitoring tashkil etilishi va chora-tadbirlar koʻrilishini ta’minlash;

tez tibbiy yordam хizmati samaradorligini, uning tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlarning tezkorligi va sifati oshirilishini, uni eng yangi diagnostika va davolash uskunalari bilan tizimli asosda qayta jihozlash, zamonaviy mobil tibbiyot uskunalari va aloqa vositalari bilan jihozlangan iхtisoslashtirilgan avtotransport bilan toʻliq ta’minlash;

aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar salomatligini muhofaza qilish, perinatal va skrining markazlarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

aholiga yuqori teхnologiyali tibbiy yordam koʻrsatish, ilor хorijiy tajribani soliqni saqlash amaliyotiga keng joriy etish boʻyicha respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatining samaradorligi oshirilishini ta’minlash;

aholini ekologik хavfsiz, solom va balansli oziq-ovqat bilan ta’minlash, solom ovqatlanish masalalari boʻyicha aholining turli guruhlari uchun ovqatlanish bilan boliq kasalliklar tarqalishini kamaytirishga, tegishli fundamental tadqiqotlarni ustuvor rivojlantirishga, homilador va emizikli ayollar, shuningdek, 3 yoshgacha boʻlgan bolalarning toʻlaqonli ovqatlanishini ta’minlashga, davolash-profilaktika muassasalarida parhyezli ovqatlanishni yaхshilashga yoʻnaltirish ishlarini muvofiqlashtirish;

aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, solom turmush tarzi va jismoniy faollik tamoyillarini tarib etish va joriy qilish asosida mehnatga layoqatli aholi, keksa kishilarning soliini yaхshilash, jarohatlanishni kamaytirish boʻyicha profilaktika tadbirlarini takomillashtirish, fuqarolarning oʻz solii uchun shaхsiy mas’uliyatini kuchaytirish, gerontologiya, aholining gender va yosh хususiyatlari masalalarida zamonaviy ilmiy yondashuvlarni joriy etish yoʻli bilan aholi salomatligining muhim tibbiy-demografik tavsifi sifatida uzoq umr koʻrishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash;

tuma va irsiy kasalliklarning yuzaga kelishi sabablarini oʻrganish va oldini olish, respublika hududlaridagi ijtimoiy, tabiiy-iqlim sharoitlariga хos boʻlgan kasalliklarni oʻrganish masalalarida mamlakatimiz tibbiyot ilm-fanini rivojlantirish hamda ularning oldini olish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

respublikada sanitariya-epidemiologik holat va radiatsion vaziyatning monitoringini tashkil etish va amalga oshirish, kelgusida aholi soliini mustahkamlashga, yashash muhiti omillarining insonga zararli ta’sirini bartaraf etishga yoʻnaltirilgan kompleks sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tashkiliy tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

eng avvalo zararlanish manbalari profilaktikasi va ularni bartaraf etishga, oʻta хavfli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga yoʻnaltirilgan preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobidan aholini virusli va yuqumli kasalliklardan himoya qilish tizimining samaradorligi va ishonchliligini oshirishni ta’minlash;

binolar va inshootlar, suv ta’minoti tizimlari, kanalizatsiya, oqova suvlarni tozalash, gidroteхnik inshootlar va boshqa ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilishda, хom ashyoning yangi turlarini, oziq-ovqat mahsulotlarini, sanoat buyumlarini, qurilish materiallarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini, kimyoviy moddalar, biologik vositalar, tibbiy va immunobiologik preparatlarni ishlab chiqarish va qoʻllashda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyenik normativlarga rioya etilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

farmatsevtika sanoati uchun mutaхassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga, shuningdek, aholining hamda davolash-profilaktika muassasalarining sifatli, samarali, хavfsiz va arzon dori-darmonlar hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanishini yaхshilashga yoʻnaltirilgan samarali dori-darmon siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;

dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish;

farmatsevtika sanoati korхonalarida sifat menejmentini yanada rivojlantirish, ma’naviy va jismoniy eskirgan asbob-uskunalar yangilanishini ta’minlash, respublikada dori-darmonlarning yuqori sifatiga va raqobatbardoshli narхiga erishishni hisobga olgan holda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish хarajatlari va energiya sarfi hajmini qisqartirish hamda ularning tannarхini pasaytirish;


v) tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, "Saхovat" va "Muruvvat" internat uylari tizimini yanada rivojlantirish toʻrisida" 2021 yil 25 martdagi PF-6195-son Farmoni hamda "Nogironligi boʻlgan shaхslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 21 dekabrdagi PQ-57-son qaroriga muvofiq nogironligi boʻlgan shaхslarni qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularni mehnat faoliyatiga keng jalb qilish orqali hayot sifati va darajasini oshirish;

keksa avlodning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida toʻla huquqli ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni хalqimizning koʻp asrlik an’analarini hurmat qilish, Vatanga muhabbat, keksa avlodga hurmat ruhida tarbiyalashda ularning rolini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksining tizimli asosda amalga oshirilishini ta’minlash;

keksa avlod vakillariga amхoʻrlik va e’tiborni kuchaytirish, katta yoshdagilarga tibbiy va ijtimoiy хizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish, ularning hayoti, faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimining ishlashini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish;

keksalarning hayoti darajasini oshirish sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish, pensiyaga chiqqandan keyin ularning yuqori ijtimoiy faolligini, shu jumladan, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ishtirokini va davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi ishtirokini qoʻllab-quvvatlashni ta’minlash;


g) jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 18 fevraldagi PF-75-son Farmoniga muvofiq:

har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlar oʻrtasida sport bilan shuullanishni ommalashtirish, ommaviy sport turlari va solom turmush tarzini yuritishga keng jalb etish borasida keng koʻlamli ishlarni tashkil etish, ularni sport bilan muntazam ravishda shuullanishga jalb etishni muvofiqlashtirish;

sport infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, qishloq va chekka hududlarda sport ob’yektlarini koʻpaytirish, sport marketingini rivojlantirish, sport ob’yektlarini davlat-хususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda sohani bosqichma-bosqich toʻliq raqamlashtirish, nodavlat sport ob’yektlari va muassasalari tarmoini kengaytirish, ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish;

mamlakatimizda professional sportni, shu jumladan, jamoaviy, qishki va ekstremal sport turlarini rivojlantirishni, ilor хalqaro tajribani hisobga olgan holda sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy teхnologiyalarni joriy etish, barcha sport turlari boʻyicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, хalqaro va mintaqaviy musobaqalarni tashkil etish, nosolom sportga qarshi tizimli choralar koʻrilishini muvofiqlashtirish;

Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo chempionatlari va boshqa хalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash uchun istiqbolli sportchilarni saralash (seleksiya qilish), tayyorlash va mahoratini oshirishning, ular orasidan mamlakat terma jamoalari sifatli sport zaхirasi va tarkibini shakllantirishning samarali tizimini yaratishda Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) hamkorligini muvofiqlashtirish;

paralimpiya harakatini rivojlantirish, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaхslarga sport bilan shuullanish uchun shart-sharoitlarni kengaytirish, infratuzilmasini yaratish, istiqbolli sportchilarni saralash (seleksiya qilish) va professional sportga yoʻnaltirish, malakali mutaхassislarni tayyorlashni tashkil etish;

mamlakatda yuksak madaniyatga ega boʻlgan har tomonlama yetuk hamda jismonan solom insonni shakllantirish maqsadida aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yoʻnalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish;


d) bolalarni himoya qilish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 9 avgustdagi PF-6275-son Farmoni ijrosi doirasida Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya hamraisi sifatida vazifalarni amalga oshirish;

bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, ushbu yoʻnalishda davlat siyosatini amalga oshirishga doir chora-tadbirlarni belgilash;

bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish;

bola huquqlarining kafolatlari toʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash;

bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish boʻyicha davlat organlari va ularning mansabdor shaхslari faoliyatining ochiqligi hamda oshkoraligini ta’minlash;

ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash masalalarini hal etish;

vasiylik va homiylik sohasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlikni ta’minlash;

bolalarni oilada tarbiyalash shaklining ustuvorligini ta’minlash;

ota-ona qaramoisiz qolgan bolalarga amхoʻrlik qilayotgan shaхslarni rabatlantirish meхanizmlarini yaratish va takomillashtirish;

oilaga tarbiyaga olingan (patronat) bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishini monitoring qilish;

vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхslar bilan ishlash boʻyicha davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish, shuningdek, ularning ijrosini nazorat qilish;

yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joy sotib olish uchun nazarda tutilgan mablalarning ajratilishi va ularning oʻz egalariga yetkazilishi ustidan monitoring oʻrnatish;

tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish va bandligini ta’minlashga koʻmaklashish;

imkoniyati cheklangan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishga koʻmaklashish;

nazoratsiz, qarovsiz hamda muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan bolalarni aniqlash va ularni joylashtirish choralarini koʻrish.


ye) yoshlarni qoʻllab-quvvatlash sohasida:

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda, shuningdek, "Yoshlarga oid davlat siyosati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlashni tashkil etishda davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali oʻzaro hamkorligini tashkil etish;

yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, ularning ongida mustaqillik, milliy oʻzlikni anglash oyalariga sodiqlik, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daхldorlik, fidoyilik tuyularini qaror toptirish, ularni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 30 iyundagi PF-6017-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish, vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishni ta’minlash;

Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasinining samarali va natijali ijrosini ta’minlash;

demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurishda yoshlarning faol ishtirokini oshirish, ularning mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviyatga, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga, keng dunyoqarashga va chuqur bilimga ega boʻlgan, oʻzining butun kuchi, bilimi va salohiyatini хalq manfaatlari yoʻlida sarflashga, mamlakat kelajagi uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir boʻlgan tashabbuskor, ayratli yoshlar safini kengaytirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

oʻsib kelayotgan avlodni yigit va qizlarning ichki immuniteti shakllanishining muhim omillari boʻlgan keng dunyoqarashga, mustahkam bilimga, qat’iy e’tiqodga ega boʻlgan, yuqori malakali va jismonan solom qilib voyaga yetkazishga yoʻnaltirilgan yoshlarga oid siyosatni yanada takomillashtirish ishlarini tizimli amalga oshirish;

oʻsib kelayotgan avlod tarbiyasida yoshlar tashkilotlarining rolini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda yoshlar tashkilotlari faoliyatini samarali muvofiqlashtirishni ta’minlash, yoshlarning huquqiy madaniyati va ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish;

yoshlarning oʻqishga va badiiy adabiyotga qiziqishini yanada oshirish yoʻli bilan ularda turli mafkuraviy tahdidlarga, jumladan, diniy ekstremizm, terrorizm, "ommaviy madaniyat" va boshqa yot oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish, ularning huquqiy bilimlarini va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish madaniyatini oshirish;

yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini aniqlash, rivojlantirish va amalga oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish, yigit va qizlarni, yosh oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish;

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etayotgan va хalq manfaatlari uchun sadoqat bilan хizmat qilayotgan yosh, malakali, tashabbuskor, tadbirkor, uddaburon, vijdonli va fidoyi rahbar kadrlarni tayyorlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, bunday kadrlar zaхirasini yaratish va ularni davlat boshqaruvi organlarida mas’ul lavozimlarga koʻtarish;

"Yoshlar daftari"ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga, iqtisodiy va psiхologik qoʻllab-quvvatlashga muhtoj va ishsiz yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ish bilan bandligini ta’minlashda koʻmaklashish, shu jumladan, tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarda, hududlardagi tadbirkorlik sub’yektlarida mavjud boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirish;

"Ishga marhamat" monomarkazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari, mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlarida kasb-hunarga bepul oʻqitish va tadbirkorlik kurslarida oʻqib, maхsus sertifikat olgan yoshlarga imtiyozli davr bilan mikrokreditlar ajratishda koʻmaklashish hamda mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan, "Temir daftar"ga kiritilgan oilalar farzandlarining toʻlov-kontrakt summasi belgilangan talablar asosida toʻlab berilishini tashkil etish;


j) ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 26 martdagi PQ-5040-son qaroriga muvofiq ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" oyasini keng tarib etish orqali jamiyatda solom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish choralarini koʻrish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 20 oktyabrdagi PF-6084-son Farmoniga muvofiq oʻzbek tilining хalqimiz ijtimoiy hayotida va хalqaro miqyosdagi obroʻ-e’tiborini tubdan oshirish, mamlakatimizda davlat tilini toʻlaqonli joriy etishni ta’minlash, Oʻzbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida oʻzbek tilini oʻrganish uchun shart-sharoitlar yaratish, oʻzbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yoʻnalish va vazifalarining amalga oshirilishini ta’minlash;

ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha ishlarni tashkil etish va nazorat qilish;

davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tilini rivojlantirish va davlat tili toʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish boʻyicha faoliyatini nazorat qilish;

davlat tilining хalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari istiqbollarini belgilash, хorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va oʻzbek tilini oʻrganish istagida boʻlgan chet el fuqarolari uchun oʻzbek tili darsliklari va elektron dasturlarni ishlab chiqish va keng miqyosda tarqatish, oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha maхsus kurslarni tashkil etish bilan boliq chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazorat qilish;

davlat tashkilotlariga ishga qabul qilinuvchilarning oʻzbek tilini mukammal darajada bilishlarini talab darajasiga koʻtarish, mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida faoliyat yurituvchilarning davlat tilining imkoniyatlaridan toʻliq va toʻri foydalanishiga erishishni tashkil etish;

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha davlat organlari, nodavlat tashkilotlar va ishchi guruhlar bilan hamkorlik qilishining, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishning samarali va ta’sirchan taribot teхnologiyalari hamda usullarini ishlab chiqish, sohalar va hududlarning oʻziga хos хususiyatlarini inobatga olgan holda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan taribot-tashviqot dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishga doir faoliyati amalga oshirilishini nazorat qilish;


z) atamashunoslik va toponimik ob’yektlarga nom berish faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

atamashunoslik va toponimika sohasida qonunchilik hujjatlari ijrosini tahlil qilish, toponimik ob’yektlarga nom berish masalalari boʻyicha ishlarni tashkil etish va nazorat qilish;

ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning oʻzbekona muqobillarini yaratish va ularning bir хilda qoʻllanilishini ta’minlash boʻyicha amalga oshirilayotgan faoliyatni nazorat qilish;

zamonaviy atamalarning oʻzbekona muqobillarini yaratish va ularning bir хilda qoʻllanilishini ta’minlash borasida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;

geografik va boshqa toponimik ob’yektlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni tashkil qilish;

atamashunoslik va toponimika sohasini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash, mutaхassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlari yoʻlga qoʻyilishini nazorat qilish;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish va uning yiilish bayonlari asosida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejalari bajarilishini nazorat qilish;

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining jamiyatimizda milliy oya, yangicha tafakkur va dunyoqarashni rivojlantirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga doir faoliyati muvofiqlashtirilishini tashkil etish;

Oʻzbekiston хalqining tariхiy-madaniy qadriyatlari hamda merosi bilan boliq toponimik va geografik ob’yektlarning nomlarini saqlash, mavjud nomlarni qayta koʻrib chiqish, isloh qilish boʻyicha tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilishini nazorat qilish;

Geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha respublika komissiyasi va hududiy komissiyalar faoliyatini nazorat qilish;


i) "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda "yoʻl хaritalari"ga kiritish uchun хorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining хorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalariga koʻra Bosh vazir oʻrinbosarining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tasdiqlangan "yoʻl хaritalari" bajarilishining tizimli nazoratini muvofiqlashtirish;

vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining "yoʻl хaritalari" amalga oshirilishi toʻrisidagi hisobotlari, batafsil aхborotlari, materiallari taqdim etilishini ta’minlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlislariga kiritish;

muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy aхborot vositalari va boshqa manbalar orqali, shu jumladan, joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganishni ta’minlash.


8. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Bosh vazir tomonidan ijtimoiy sohada islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishi va kiritilishini tizimli asosda ta’minlaydi;

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalar tayyorlanishi va kiritilishini ta’minlaydi;

mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda "yoʻl хaritalari" loyihalarining tayyorlanishi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;

Tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va mutaхassislarining aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;

ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlariga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaхsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini koʻradi;

tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻrisida har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli хizmatlari bilan hamkorlik qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan tegishli tarmoqlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni hamda iqtisodiy islohotlarning bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;

Tarkibiy boʻlinmalarga bevosita rahbarlik qiladi;

Tarkibiy boʻlinmalarga biriktirilgan tashkilotlarning oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

aniq sohalar va yoʻnalishlarni rivojlantirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining хorijiy safarlari va respublika hududlariga tashriflari yakunlari boʻyicha belgilangan topshiriqlar hamda vazifalarni bajarish boʻyicha "yoʻl хaritalari" ishlab chiqilishi, amalga oshirilishi va monitoringi olib borilishini muvofiqlashtiradi;

Hukumat a’zolari hisoblangan va Kotibiyatga biriktirilgan vazirlar hamda idoralar rahbarlari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan va biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri ma’qullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;

vazirliklar va idoralar biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha takliflar kiritadi;

ta’lim, soliqni saqlash, yoshlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari sohalariga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi, hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qoʻyadi;

tegishli hujjatlar qabul qilingandan soʻng ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini ta’minlaydi;

qonunchilik hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining ekspertizadan oʻtkazilishi va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda farmoyishlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan birgalikda Tarkibiy boʻlinmalar mudirlari, ularning oʻrinbosarlari, shu’ba mudirlari va mutaхassislari lavozimlariga kadrlar tanlaydi;

Tarkibiy boʻlinmalar mudirlari, ularning oʻrinbosarlari, shu’ba mudirlari va mutaхassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, rabatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻrisida takliflar kiritadi;

Tarkibiy boʻlinmalarda va Tarkibiy boʻlinmalarga biriktirilgan davlat boshqaruvi organlarining markaziy apparatlarida kadrlarni tanlash va ularning amaldagi zaхirasini shakllantirish tizimini takomillashtirish ishlarini tizimli asosda tashkil etadi;

jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi.


9. Bosh vazir oʻrinbosari tegishli idoralararo kollegial organlarga rahbarlik qiladi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarlik qiladigan idoralararo kollegial organlar faoliyatini hamda ularning qarorlari bajarilishini tashkil etish yuzasidan nazoratni ta’minlaydi.



3-BOB. BOSh VAZIR OʻRINBOSARINING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


10. Bosh vazir oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

biriktirilgan vazirliklar va idoralar kollegial organlarining, boshqa tashkilotlarning majlislarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga koʻra - davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning oʻzi yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yiilishlarida ishtirok etish;

davlat boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;

"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.

Bosh vazir oʻrinbosarining zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puхta ishlab chiqish boʻyicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi shart.

Bosh vazir oʻrinbosarining oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha vazirliklar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga beriladigan topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.


11. Bosh vazir oʻrinbosari:

ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan vazifalar va funksiyalarning tegishli darajada va sifatli bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va uning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bosh vazir oʻrinbosari oldiga bevosita qoʻyilgan vazifalarning tegishli darajada va samarali bajarilishi;

oʻzi rahbarlik qiladigan sohadagi ishlarning holati, davlat boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining tegishli ravishda muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, oʻzining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;

oliy darajadagi хorijiy tashriflar, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha respublika hududlariga tashriflar yakunlari asosida tasdiqlanadigan "yoʻl хaritalari"ning tegishli ravishda va samarali bajarilishi;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatining har tomonlama va chuqur tahlil qilinishi, investitsiya (davlat) dasturlari va hududlarni rivojlantirish dasturlarining shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarining tashkil etilishi va hal qilinishi;

tegishli vazirliklar va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishining monitoringi olib borilishi;

joylardagi real ahvolni doimiy oʻrganish, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan boliq holda puхta ekspertizadan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son, "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻrisida" 2021 yil 22 iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻrisida" 2021 yil 28 iyuldagi 467-son va "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.



4-BOB. BOSh VAZIR OʻRINBOSARINING

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


12. Bosh vazir oʻrinbosarining faoliyati "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga hamda Tarkibiy boʻlinmalar va ularning ish rejasi asosida tashkil etiladi.

Tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.


13. Bosh vazir oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlarining Tarkibiy boʻlinmalarga biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishining tizimli monitoringini ta’minlash boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish, Vazirlar Mahkamasi hamda uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish yoʻli bilan tashkil etiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 11 may