Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.05.2022 y. 244-son "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari hamda Ta’lim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari, Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatlari hamda Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.05.2022 y.

N 244




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh VAZIRINING

IJTIMOIY RIVOJLANTIRISh MASALALARI BOʻYIChA

OʻRINBOSARINING FUNKSIONAL VAZIFALARI

HAMDA TA’LIM, SOLIQNI SAQLASh VA SPORT

MASALALARI, YoShLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASh

VA JAMOAT TAShKILOTLARI MASALALARI

KOTIBIYaTLARI HAMDA MA’NAVIYaT VA

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISh

MASALALARI DEPARTAMENTI

TOʻRISIDAGI NIZOMLARNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 9 avgustdagi PF-6275-son Farmoni, "Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 iyundagi PQ-5143-son, "Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2022 yil 18 fevraldagi PQ-136-son, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 6 apreldagi PQ-195-son hamda Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tuzilmasini tasdiqlash toʻrisida" 2022 yil 22 fevraldagi 85-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Ta’lim, soliqni saqlash va sport masalalari kotibiyati toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;

Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti toʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari oʻn kun muddatda Kotibiyatlar va Departament rahbarlari va mutaхassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari hamda Ta’lim va soliqni saqlash masalalari, Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyatlari hamda Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2021 yil 5 iyuldagi 419-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                        A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 11 may