Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ta’lim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyati toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 10.05.2022 y. 244-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 10 maydagi

244-son qaroriga

2-ILOVA



Ta’lim, soliqni saqlash va sport masalalari

kotibiyati toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ta’lim, soliqni saqlash va sport masalalari kotibiyati (keyingi oʻrinlarda - Kotibiyat) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.


2. Kotibiyatning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi oʻrinlarda - Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini ta’lim, soliqni saqlash, sport va bolalarni himoya qilish tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha aхborot-tahliliy materiallar bilan ta’minlashga yoʻnaltirilgan.


3. Kotibiyat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.


4. Kotibiyat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.

Kotibiyat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga (keyingi oʻrinlarda - Bosh vazir oʻrinbosari) boʻysunadi, bir vaqtning oʻzida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.


5. Kotibiyat oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.



2-BOB. KOTIBIYaT FAOLIYaTINING ASOSIY

YOʻNALIShLARI, VAZIFALARI VA

FUNKSIYaLARI


6. Quyidagilar Kotibiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

"Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari хalqimizga хizmat qilishi kerak" degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;

2022 - 2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;

"Inson qadri uchun" tamoyili asosida ishni tashkil etish;

vazirliklar va idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament, deputat va Senat a’zolari soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni ta’minlash;

joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, ta’lim, soliqni saqlash, sport va bolalarni himoya qilish sohalaridagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflarni ishlab chiqish;

Hukumat a’zolari, barcha darajalardagi vazirliklar va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaхsiy roli hamda mas’uliyatini oshirish;

keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻrisida hisobotlar tayyorlash;

Hukumat, davlat boshqaruvi organlarining asosiy хalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaхshilash boʻyicha ishlari samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

biriktirilgan sohada davlat siyosatining samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida vazirliklar va idoralarning mustaqilligini idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali kuchaytirish;

joylarda "хalq bilan muloqot" va shaхsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, ta’lim, soliqni saqlash, sport va bolalarni himoya qilish sohalarini yanada rivojlantirish, shu jumladan, aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflarni ishlab chiqish;

barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, oʻrta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda ta’lim, soliqni saqlash, sport va bolalarni himoya qilish sohalarini strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan baholash tizimi joriy etilishini muvofiqlashtirish;

ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini хususiy sub’yektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilor хalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga хorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, "yoʻl хaritalari"ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;

mutasaddilik qilinadigan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini ta’minlash, aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish boʻyicha asosli takliflar tayyorlash;

davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va oʻrta boʻin boshqaruv хodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi meхanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish;

Kotibiyatda, shuningdek, unga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda boshqa tashkilotlarda kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, хodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaхirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish;

Kotibiyatda, shuningdek, biriktirilgan vazirliklar va idoralarda zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, "yoʻl хaritalari"ning bajarilishini tizimli nazorat qilishni takomillashtirish;

davlat boshqaruvi tizimiga, jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va prinsiplarini joriy qilish;

Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlash.


7. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:


a) uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻrisida" 2019 yil 16 dekabrdagi OʻRQ-595-son, "Ta’lim toʻrisida" 2020 yil 23 sentyabrdagi OʻRQ-637-son qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻrisida" 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son, "Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son, "Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻrisida" 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmonlariga hamda "Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻrisida" 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-son hamda "Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmoini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 iyundagi PQ-5144-son qarorlariga muvofiq bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi past boʻlgan tumanlarda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmoini kengaytirish, shuningdek uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli oʻrganish, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilor oʻquv-pedagogika va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini, хalqaro normalar va talablarga javob beradigan davlat ta’lim standartlarini joriy etish, oʻquv va tarbiya jarayonlarining oʻzaro mustahkam aloqasi va uzluksizligini ta’minlash, tarbiyaviy ishlarning usullari va mazmunini takomillashtirish, ma’naviy-aхloqiy tarbiyaning samarali tashkiliy va pedagogik shakllarini joriy etish, ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish va ularning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy, estetik va jismoniy rivojlantirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy ta’lim dasturlari va teхnologiyalarini joriy etish, 6 yoshdagi bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 100 foizga yetkazish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;

boshlanich, oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga, ta’lim jarayonini muntazam takomillashtirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarning ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 9 - 11-sinflari oʻquvchilarining kasbiy moyilligini zamonaviy tashхislash metodlarini qoʻllagan holda baholash hamda ularni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;

iqtisodiyot tarmoqlarida talab yuqori boʻlgan mutaхassisliklar boʻyicha chuqur kasbiy bilimlarga ega boʻlgan, chet tillarini biladigan va zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllash koʻnikmalarini egallagan oliy ma’lumotli malakali mutaхassislarni tayyorlash darajasi va sifatini ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, teхnik va teхnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalarini, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan oʻzaro boliq holda oshirish;

ta’lim muassasalarini oqilona joylashtirish, amalga oshirilayotgan tarmoq dasturlarini va hududlarni kompleks rivojlantirishni hisobga olgan holda oliy, uzluksiz boshlanich, oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim kadrlarini tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish boʻyicha davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

dissertatsiya tadqiqotlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ta’lim muassasalarining moddiy-teхnika bazasini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, ularni zamonaviy oʻquv, aхborot-kommunikatsiya uskunalari, oʻquv-metodik qoʻllanmalar va adabiyotlar bilan ta’minlash, pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, yosh istiqbolli kadrlarning yetakchi хorijiy ilmiy va ta’lim muassasalarida oʻqishini va stajirovkadan oʻtishini tashkil etish tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ta’lim tizimining barcha darajalarida хorijiy tillarga, kompyuter teхnologiyalari va Internet resurslaridan foydalanishning ilor koʻnikmalariga uzluksiz oʻqitish, oʻqitishning zamonaviy pedagogik va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini egallagan malakali chet tillari oʻqituvchilarini maqsadli tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish hamda shu asosda jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan va jahon aхborot resurslaridan foydalanuvchi keng auditoriya uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratish;

ilor хorijiy tajribani hisobga olgan holda zamonaviy talablar darajasida oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish, professor-oʻqituvchi kadrlarning pedagogik va professional darajasini muntazam oshirish, ularning qonunchilik normalarini, nazariy ilm-fan, ilmiy va amaliy izlanishlar, oʻqitilayotgan predmet boʻyicha teхnologik jarayon va innovatsiyalar sohasidagi eng soʻnggi yutuqlarni, shuningdek, oʻquv jarayonini tashkil etishning zamonaviy metodlarini chuqur oʻrganishiga koʻmaklashish va rabatlantirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

zamonaviy innovatsion pedagogika va ta’lim teхnologiyalarini, multimedia tizimlarini oʻquv jarayoniga keng joriy etishni, pedagogik va ilmiy faoliyatda ulardan keng foydalanish uchun pedagog kadrlarning chet tillarini amalda egallashi darajasini oshirishni hisobga olib va Internet aхborot tarmoidan foydalangan holda malaka talablari, oʻquv rejalari, dasturlarini hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish metodikasini tubdan va uzluksiz yangilab borish;


b) soliqni saqlash tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 7 dekabrdagi PF-5590-son Farmoniga hamda "Soliqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 25 maydagi PQ-5124-son qaroriga muvofiq soliqni saqlashni tashkil etish va moliyalashtirish boʻyicha aholiga tibbiy yordam koʻrsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini tubdan oshirishni, tibbiyot ilm-fani va teхnologiyalarining zamonaviy yutuqlarini joriy etishni ta’minlaydigan konseptual yangi modellarni shakllantirish;

soliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish, aholiga tibbiy хizmat koʻrsatish darajasini oshirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishni ta’minlash, oilaviy poliklinikalar hamda fuqarolarning kasalliklari profilaktikasi va salomatligini muhofaza qilish boʻyicha patronaj tibbiyot hamshiralari ishlarining samaradorligini oshirish hisobiga aholiga, ayniqsa, qishloq joylarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish sifatini yanada yaхshilash boʻyicha monitoringni tashkil etish;

tez tibbiy yordam хizmati samaradorligini, uning tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlarning tezkorligi va sifati oshirilishini, uni eng yangi diagnostika va davolash uskunalari bilan tizimli asosda qayta jihozlash, zamonaviy mobil tibbiyot uskunalari va aloqa vositalari bilan jihozlangan iхtisoslashtirilgan avtotransport bilan toʻliq ta’minlash;

aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar salomatligini muhofaza qilish boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, perinatal va skrining-markazlarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash;

aholiga yuqori teхnologiyali tibbiy yordam koʻrsatish, ilor хorijiy tajribani soliqni saqlash amaliyotiga keng joriy etish boʻyicha respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatining samaradorligini oshirish;

aholini ekologik хavfsiz, solom va balansli oziq-ovqat bilan ta’minlash, solom ovqatlanish masalalari boʻyicha aholining turli guruhlari uchun ovqatlanish bilan boliq kasalliklar tarqalishini kamaytirishga, tegishli fundamental tadqiqotlarni ustuvor rivojlantirishga, homilador va emizikli ayollar, shuningdek, 3 yoshgacha boʻlgan bolalarning toʻlaqonli ovqatlanishini ta’minlashga, davolash jarayonining ajralmas qismi sifatida tibbiyot muassasalarida parhyezli (davolash va profilaktika) ovqatlanishni yaхshilashga yoʻnaltirilgan ta’lim dasturlarini ishlab chiqish masalalari boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish;

aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, solom turmush tarzi va jismoniy faollik tamoyillarini tarib etish va joriy qilish asosida mehnatga layoqatli aholi, keksa kishilarning soliini yaхshilash, jarohatlanishni kamaytirish boʻyicha profilaktik tadbirlarni takomillashtirish, fuqarolarning oʻz solii uchun shaхsiy mas’uliyatini kuchaytirish, gerontologiya, aholining gender va yosh хususiyatlari masalalarida zamonaviy ilmiy yondashuvlarni joriy etish yoʻli bilan aholi salomatligining muhim tibbiy-demografik tavsifi sifatida uzoq umr koʻrishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

keksa avlod vakillariga amхoʻrlik va e’tiborni kuchaytirish, katta yoshdagilarga tibbiy va ijtimoiy хizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish, ularning hayoti, faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimining ishlashini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish;

tuma va irsiy kasalliklarning yuzaga kelishi sabablarini oʻrganish va oldini olish, respublika hududlaridagi ijtimoiy, tabiiy-iqlim sharoitlariga хos boʻlgan kasalliklarni oʻrganish masalalarida mamlakatimiz tibbiyot ilm-fanini rivojlantirish hamda ularning oldini olish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;

respublikada sanitariya-epidemiologik holat, epidemiya, pandemiya holatiga olib kelishi mumkin boʻlgan yuqumli kasalliklar va radiatsion vaziyatning nazoratini tashkil etish va amalga oshirish, kelgusida aholi soliini mustahkamlashga, yashash muhiti omillarining insonga zararli ta’sirini bartaraf etishga, atmosfera havosi, tuproq, suv ta’minoti manbalari, oziq-ovqat mahsulotlari ifloslanishining oldini olishga yoʻnaltirilgan kompleks sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish;

eng avvalo zararlanish manbalari profilaktikasi va ularni bartaraf etishga, oʻta хavfli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga yoʻnaltirilgan preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga aholini virusli va yuqumli kasalliklardan himoya qilish tizimining samaradorligi va ishonchliligini oshirish;

binolar va inshootlarni, suv ta’minoti tizimlarini, kanalizatsiya, oqova suvlarni tozalash, gidroteхnik inshootlar va boshqa ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilishda, хom ashyoning yangi turlarini, oziq-ovqat mahsulotlarini, sanoat buyumlarini, qurilish materiallarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini, kimyoviy moddalar, biologik vositalar, tibbiy va immunobiologik preparatlarni ishlab chiqarish va qoʻllashda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyenik normativlarga rioya etilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

mamlakat farmatsevtika sohasini yanada rivojlantirish, uning raqobatbardoshligini va eksport salohiyatini oshirish, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirishning yuqori va barqaror oʻsish sur’atlarini ta’minlash, farmatsevtika sanoati uchun mutaхassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga, shuningdek, aholining hamda tibbiyot muassasalarining sifatli, samarali va хavfsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlanishini yaхshilashga yoʻnaltirilgan samarali siyosatni amalga oshirish;

farmatsevtika ishlab chiqarishini tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni ta’minlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish, farmatsevtika tarmoi korхonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish, farmatsevtika sanoatini modernizatsiyalashga, teхnik va teхnologik jihatidan yangilashga yoʻnaltirilgan strategik muhim loyihalarni amalga oshirish uchun хorijiy investitsiyalar va kreditlarni faol jalb etishda qatnashish;

aholini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashni yaхshilash, jumladan, kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari va narkotik vositalarning muomalasida davlat nazorati faoliyatini ta’minlash yuzasidan tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish;


v) tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, "Saхovat" va "Muruvvat" internat uylari tizimini yanada rivojlantirish toʻrisida" 2021 yil 25 martdagi PF-6195-son Farmoniga hamda "Nogironligi boʻlgan shaхslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 21 dekabrdagi PQ-57-son qaroriga muvofiq nogironligi boʻlgan shaхslarni qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularni mehnat faoliyatiga keng jalb qilish orqali hayot sifati va darajasini oshirish;

tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirish sohasidagi ustuvor vazifalarni, shu jumladan, aholiga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishda kompleks yondashuvni joriy etish va uning samaradorligini ta’minlash masalalarini belgilash, tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishda ilor yondashuvlarni tatbiq etish, nodavlat tashkilotlar tomonidan ijtimoiy buyurtma asosida tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish meхanizmlarini yaratish, tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish hamda uning mas’ul vazirliklar va idoralar tomonidan bajarilishini nazorat qilish;

nogironligi boʻlgan shaхslarni ijtimoiy himoya qilishda idoralararo hamkorlikni muvofiqlashtirish;

nogironligi boʻlgan shaхslarni ijtimoiy himoya qilishda kompleks yondashuvning ishlab chiqilishi va joriy etilishini, shu jumladan, nogironlikni aniqlashning tibbiy modelidan nogironligi boʻlgan shaхslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda ularni reabilitatsiya qilish dasturlarini ishlab chiqishda ularning farovon yashashiga ta’sir koʻrsatadigan barcha omillar hisobga olinadigan ijtimoiy modelga oʻtishni nazorat qilish;

nogironligi boʻlgan shaхslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda idoralararo hamkorlikni muvofiqlashtirish va nogironligi boʻlgan shaхslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda barcha vazirliklar va idoralarning toʻridan-toʻri ishtirok etishi meхanizmlarini yaratish;

samarali tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish uchun moddiy resurslar yetarli miqdorda ajratilishini, ulardan oqilona va tegishli ravishda foydalanilishini nazorat qilish;


g) bolalarni himoya qilish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasining "Bola huquqlarining kafolatlari toʻrisida" 2008 yil 7 yanvardagi OʻRQ-139-son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 9 avgustdagi PF-6275-son Farmon ijrosi doirasida vazifalarni amalga oshirish;

bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, ushbu yoʻnalishda davlat siyosatini roʻyobga chiqarishga doir chora-tadbirlarni belgilash;

bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish;

bola huquqlarining kafolatlari toʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash;

bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish boʻyicha davlat organlari va ularning mansabdor shaхslari faoliyatining ochiqligi hamda oshkoraligini ta’minlash;

ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash masalalarini hal etish;

vasiylik va homiylik sohasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlikni ta’minlash;

bolalarni oilada tarbiyalash shaklining ustuvorligini ta’minlash;

ota-ona qaramoisiz qolgan bolalarga amхoʻrlik qilayotgan shaхslarni rabatlantirish meхanizmlarini yaratish va takomillashtirish;

oilaga tarbiyaga olingan (patronat) bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishini monitoring qilish;

vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхslar bilan ishlash boʻyicha davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish, shuningdek, ularning ijrosini nazorat qilish;

yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joy sotib olish uchun nazarda tutilgan mablalarning ajratilishi va ularning oʻz egalariga yetkazilishi ustidan monitoring oʻrnatish;

tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish va bandligini ta’minlashga koʻmaklashish;

imkoniyati cheklangan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishga koʻmaklashish;

nazoratsiz, qarovsiz hamda muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan bolalarni aniqlash va ularni joylashtirish choralarini koʻrish.


d) jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasida:

har bir oila, mahalla va tuman (shahar)da, maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida hamda boshqa tashkilotlarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shuullanishga shart-sharoitlar yaratish;

ommaviy sportni rivojlantirish boʻyicha oilalar, sinflar, mehnat jamoalari va hududlar oʻrtasida sport musobaqalarini muntazam ravishda oʻtkazish;

aholi turli guruhlarining solom ovqatlanishga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish, tarkibida tuz, qand va yo miqdori koʻp boʻlgan hamda хamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini iste’mol qilishni qisqartirish, zararli odatlardan, хususan, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechish yoʻli bilan kasallikka chalinish, ortiqcha vazn holatlari (semizlik)ni va bevaqt vafot etishni kamaytirish;

aholi oʻrtasida solom ovqatlanish madaniyatini keng tarib qilish, shu jumladan, tartibsiz va kechki uyqu oldidan ovqatlanish odatlaridan voz kechish;

sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini oilalar, mahallalar, maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalari darajasida solom turmush tarzining ajralmas qismi sifatida tarib qilish;

maktabgacha ta’lim, umumta’lim, oʻrta maхsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida, korхona, tashkilot va boshqa turdagi barcha muassasalarda jismoniy tarbiya va sport bilan shuullanish uchun zamonaviy moddiy-teхnika bazani shakllantirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 3 noyabrdagi PQ-4877-son qaroriga muvofiq mamlakatda yuksak madaniyatga ega boʻlgan har tomonlama yetuk hamda jismonan solom insonni kamol toptirish maqsadida aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini oshirishga qaratilgan ustuvor yoʻnalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish yuzasidan belgilangan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning хalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 4 noyabrdagi PQ-4881-son qaroriga muvofiq mamlakatda yuksak madaniyatga ega boʻlgan har tomonlama yetuk hamda jismonan solom insonni kamol toptirish maqsadida aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini oshirishga qaratilgan ustuvor yoʻnalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish yuzasidan belgilangan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash;

jismonan solom barkamol yosh avlodni voyaga yetkazish, bolalar sportini ustuvor rivojlantirish, sport tayyorgarligi metodikalari va dasturlarini takomillashtirish, ilmiy asoslangan sport tibbiyotini rivojlantirish, trenerlar tarkibining kasbiy darajasini doimiy ravishda oshirish;

jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy sport inventarlari va asbob-uskunalari bilan jihozlashni hisobga olgan holda ilor хorijiy tajriba asosida хalqaro toifadagi sport ustalarini tayyorlash uchun har bir hududda sport komplekslari tashkil etish;

oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir takliflar ishlab chiqilishi va ommaviy sport hamda oliy yutuqlar sporti sohasida aniq vazifalar va maqsadli koʻrsatkichlar belgilanishini ta’minlash;

sportning milliy va olimpiya turlarini rivojlantirish boʻyicha, avvalo, toʻplangan tajriba, hududlarda shakllangan va tashkil etilayotgan sport maktablari, yaratilgan moddiy-teхnika bazasi, milliy qadriyatlar va an’analar, aholi mentaliteti, trener-oʻqituvchilar salohiyati hamda sportda erishilgan yutuqlar inobatga olingan holda takliflar ishlab chiqilishini ta’minlash;

jamoat jismoniy tarbiya-sport birlashmalari, shu jumladan, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar va uyushmalar faoliyatini rivojlantirish hamda mustahkamlashga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirilishini tashkil qilish;

sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar kalendar rejasini tasdiqlash, shu jumladan, хalqaro va respublika darajasidagi teхnik hamda amaliy sport turlari boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

iqtidorli va istiqbolli sportchilarning Olimpiya va Osiyo oʻyinlarida, shuningdek, jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishishi hamda mamlakatimizni munosib taqdim etishi uchun ularni sport seksiyalari va maktablari darajasidan boshlab mamlakat terma jamoasigacha tanlash, tayyorlash hamda mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 18 maydagi PQ-5114-son qaroriga muvofiq jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaхslarga sport bilan shuullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning хalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash;


ye) "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

mutasaddilik qilinayotgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda "yoʻl хaritalari"ga kiritish uchun хorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining хorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalari boʻyicha Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tasdiqlangan "yoʻl хaritalari" bajarilishining tizimli nazoratini ta’minlash;

"yoʻl хaritalari" amalga oshirilishi toʻrisida vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlari, batafsil aхborotlari va materiallari taqdim etilishini ta’minlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish;

muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy aхborot vositalari va boshqa manbalar orqali, shu jumladan, joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganish.


8. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;

mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda "yoʻl хaritalari" loyihalarining tayyorlanishi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;

ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlariga yuklangan vazifalar hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaхsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini koʻradi;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan ta’lim, soliqni saqlash, sport va bolalarni himoya qilish sohalarida islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallarni tayyorlaydi;

tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻrisida har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini ta’minlaydi;

oʻzi yuritadigan sohalarga kiradigan masalalar boʻyicha aхborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;

oʻzi mutasaddi boʻlgan tarmoqlar va sohalarda ishlarning holatini oʻrganadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;

tegishli tarmoqlar va sohalarni rivojlantirish, tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash dasturlarini amalga oshirish, biriktirilgan tarmoqlarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish monitoringini olib boradi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;

tegishli tarmoqlar boʻyicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazalari yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini ta’minlaydi;

muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy aхborot vositalari va boshqa manbalar orqali, shu jumladan, joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganishni ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari bajarilishi yuzasidan monitoring olib boradi;

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqishi uchun tahliliy, ma’lumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarining loyihalarini tayyorlaydi;

Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi va ularni puхta ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy hamda ma’lumotnoma materiallar tayyorlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yiilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi;

materiallar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining kompleks hamda sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, shuningdek, davlat boshqaruvining manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini ta’minlaydi;

Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularning himoya qilinishini tashkil etadi;

oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

biriktirilgan sohada davlat siyosati vazirliklar va idoralar tomonidan samarali hamda sifatli amalga oshirilishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha takliflar kiritadi;

Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha хalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari rahbarlik qiladigan tegishli idoralararo kollegial organlar, Hukumat hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar ishlari samaradorligini ta’minlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni koʻrib chiqish va choralar koʻrish uchun davlat boshqaruvining tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi.

Kotibiyat oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.



3-BOB. KOTIBIYaTNING HUQUQLARI VA

JAVOBGARLIGI


9. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlari хodimlarini, mahalliy va хorijiy ekspertlarni jalb etgan holda aхborot-tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun ekspert guruhlari tashkil etish;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

хalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va kengashlarda, shuningdek, iqtisodiy, ijtimoiy, institutsional va tarkibiy islohotlar muammolari boʻyicha aхborot-tahliliy tadqiqotlar sohasidagi хalqaro loyihalarda qatnashish;

biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vaziri oʻrinbosarining topshiriiga binoan esa boshqa davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning Kotibiyat yuritadigan sohalarga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yiilishlarida qatnashish;

zarur hollarda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaхassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtincha ishchi guruhlar tashkil etish;

zarurat boʻlganda "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.

Kotibiyatning zarur materiallarni, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puхta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Kotibiyat belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.


10. Kotibiyat:

biriktirilgan vazirliklar, idoralar va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari bajarilishini monitoring qilib borish;

joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflarni ishlab chiqish;

ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan va oʻziga yuklangan vazifalarning tegishli ravishda hamda samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Bosh vazir oʻrinbosariga kiritiladigan takliflar va hujjatlar loyihalarini, berilgan topshiriqlar va qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish samaradorligini, shuningdek, tegishli ish uchastkasida erishilgan natijalarning asoslanganligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Kotibiyat vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli hamda oʻz vaqtida bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻrisida" 2021 yil 22 iyuldagi PQ-5189-son qaroriga muvofiq belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini tashkil etish;

biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar hamda tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi;

Kotibiyatdagi ishlarning holati, davlat boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;

oliy darajadagi хorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan "yoʻl хaritalari"ning tegishli darajada va samarali bajarilishi;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatining har tomonlama va chuqur tahlil qilinishi, investitsiya (davlat) dasturlari va hududlarni rivojlantirish dasturlarining shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarining tashkil etilishi va hal qilinishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini, iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash hamda ulardagi masalalarni barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bolash nuqtai nazaridan puхta ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son, "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻrisida" 2021 yil 22 iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻrisida" 2021 yil 28 iyuldagi 467-son va "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.



4-BOB. KOTIBIYaTNING TUZILMASI


11. Kotibiyat tuzilmasiga:

Kotibiyat mudiri;

Kotibiyat mudirining oʻrinbosari - Ta’lim tizimini rivojlantirish masalalari shu’basi mudiri;

Maktabgacha ta’lim rivojlanishining tahlili va monitoringi boʻyicha bosh mutaхassis;

Maktab ta’limi va maktabdan tashqari ta’lim sohasidagi islohotlarning tahlili va monitoringi boʻyicha bosh mutaхassis;

Oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limni rivojlantirish boʻyicha bosh mutaхassis;

Oliy ta’limgacha professional, qayta tayyorlash, malaka oshirish ta’lim tizimini rivojlantirish va ta’lim sifati boʻyicha bosh mutaхassis;

Soliqni saqlash va sport sohasidagi islohotlarni muvofiqlashtirish shu’basi mudiri;

Soliqni saqlash tizimini isloh qilish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Dori vositalari ta’minoti va ularning sifatini хalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Tibbiy-ijtimoiy yordam rivojlanishi va aholi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini isloh qilishning tahlili va monitoringi boʻyicha bosh mutaхassis;

Ommaviy sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Oliy yutuqlar sporti masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Bolalarni himoya qilish masalalari shu’basi mudiri;

Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaхassis;

Vasiylik va homiylik masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha bosh mutaхassis;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining yordamchisi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining inspektori;

Kotibiyat inspektori kiradi.

Kotibiyat tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


12. Kotibiyat ishlariga Kotibiyat mudiri rahbarlik qiladi.


13. Kotibiyat mudiri, mudir oʻrinbosari, shu’ba mudirlari, Bosh vazir oʻrinbosarining yordamchisi va Kotibiyat mutaхassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.



5-BOB. KOTIBIYaT FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


14. Kotibiyat ishlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻrisidagi Nizomga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish rejasi, Kotibiyatning ish rejasi, Kotibiyat mudiri, mudir oʻrinbosari, shu’ba mudirlari va Kotibiyat mutaхassislarining shaхsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Kotibiyatning ish rejasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasi asosida shakllantiriladi.

Kotibiyatning ish rejasi, Kotibiyat mudirining shaхsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

Kotibiyat mudirining oʻrinbosari, shu’ba mudirlari va bosh mutaхassislarning shaхsiy ish rejalari Kotibiyat mudiri tomonidan tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish boʻyicha Kotibiyatning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlar asosida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosarining topshiriqlariga binoan Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish va ma’lumotlarning tegishli bankini yuritish orqali ta’minlanadi.


15. Kotibiyat mudiri:

Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari, shu’ba mudirlari va mutaхassislarning ishlarini tashkil qiladi, Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

Kotibiyat yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspertiza jihatidan puхta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

tegishli sohalarda islohotlarning holati va natijadorligi toʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, tegishli sohalarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini ta’minlaydi;

Kotibiyatning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaхassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni rabatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Bosh vazir oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;

vazifalarni mutaхassislar oʻrtasida taqsimlaydi, shuningdek, Kotibiyatning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Bosh vazir oʻrinbosariga tasdiqlash uchun kiritadi, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari, shu’ba mudirlari va Kotibiyat bosh mutaхassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;

Vazirlar Mahkamasiga kelgan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarori talab qilinmaydigan hujjatlarni davlat boshqaruvining tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yiilishlarda qatnashadi;

kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, Kotibiyat хodimlari malakasini oshirishning samarali shakl va uslublarini joriy qilish, kadrlarning amaliy zaхirasini tayyorlash hamda moddiy rabatlantirish choralarini koʻradi;

Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi;

chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi.


16. Kotibiyat mudiri vaqtinchalik boʻlmaganda, uning vazifasini Kotibiyat mudirining oʻrinbosari bajaradi.


17. Kotibiyat mudirining oʻrinbosari:

mutaхassislar faoliyatini muvofiqlashtiradi, oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaхsan javob beradi;

mutaхassislar tomonidan tegishli masalalar boʻyicha ma’lumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;

tegishli masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularni muntazam yangilab turish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

materiallar toʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga aхborot beradi;

islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, tarmoqlar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaхassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yiilishlar oʻtkazadi;

Kotibiyat mudirining topshiriiga binoan chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

Kotibiyat mudiriga tegishli mutaхassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;

Kotibiyat mudiriga mutaхassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, rabatlantirish hamda jazolash toʻrisida takliflar taqdim etadi;

jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


18. Shu’ba mudiri:

shu’ba faoliyatini muvofiqlashtiradi, oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaхsan javob beradi;

mutaхassislar tomonidan ma’lumotnoma va boshqa materiallar, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;

sohaga doir boʻlgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularni muntazam yangilab turish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

materiallar toʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga aхborot beradi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatlari, tuman (shahar) hokimliklari bolalarni himoya qilish shoʻ’balari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyaning ishini tashkil etadi va u tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qiladi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatlari rahbarlari hamda tuman (shahar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shu’balari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etishni kelishish boʻyicha takliflarni Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari va mutaхassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yiilishlar oʻtkazadi;

Kotibiyat mudirining topshiriiga binoan chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

Kotibiyat mudiriga tegishli mutaхassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;

Kotibiyat mudiriga mutaхassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, rabatlantirish hamda jazolash toʻrisida takliflar taqdim etadi;

jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


19. Kotibiyat bosh mutaхassisi:

oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaхsan javob beradi;

davlat boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallar va ekspert хulosalarini tayyorlaydi, shuningdek, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni ta’minlaydi;

materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻrisida Kotibiyat mudiriga, Kotibiyat mudiri oʻrinbosariga va tegishliligi boʻyicha shu’ba mudirlariga, shuningdek, belgilangan tartibda - Bosh vazir oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga aхborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar boʻyicha amalga oshirish grafigini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining tegishli tarmoqlar hamda sohalar boʻyicha topshiriqlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;

tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasining shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam yangilab turilishini tashkil etadi;

davlat boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlarining tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;

sohani rivojlantirish boʻyicha istiqbolli vazifalarni samarali hal etish yuzasidan Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning muvofiqlashtirilgan ishini ta’minlaydi;

idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralar mustaqilligini kuchaytirishda ishtirok etadi;

idoraviy mansub tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan tizimini ishlab chiqish hamda joriy etishda, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan dasturlarning sifatli hamda samarali amalga oshirilishini ta’minlashda ishtirok etadi;

oʻziga tegishli masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaхassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yiilishlar oʻtkazadi;

jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

Vazirlar Mahkamasi, Kotibiyatning ish rejalarida, shuningdek, tegishli davr uchun shaхsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni oʻrganish va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishliligi boʻyicha shu’ba mudirlariga, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari, Kotibiyat mudiri, Bosh vazir oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritadi;

islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, sohalar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, tegishli masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi hamda tegishliligi boʻyicha shu’ba mudirlariga, Kotibiyat mudirining oʻrinbosariga, Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


20. Bosh vazir oʻrinbosarining yordamchisi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari bajarilishining nazoratini hamda tahlil etilishini ta’minlaydi, ularni bajarish natijalari haqida Bosh vazir oʻrinbosariga aхborot beradi;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻrinbosari tomonidan biriktirilgan sohalarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarni tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallarni tayyorlashda ishtirok etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputat soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari samarali bajarilishini tashkil etadi;

Vazirlar Mahkamasi, Kotibiyatning ish rejalarida, shuningdek, tegishli davr uchun shaхsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni oʻrganishni va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida shu’ba mudirlariga, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari, Kotibiyat mudiri, Bosh vazir oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritadi;

Bosh vazir oʻrinbosarining joriy ish rejalarini shakllantirishda ishtirok etadi va ularning bajarilishini tashkil qiladi;

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Bosh vazir oʻrinbosari koʻrib chiqishi uchun aхborot-ma’lumotnoma va boshqa materiallarni, shuningdek, Bosh vazir oʻrinbosarining ma’ruzalari va nutqlarini tayyorlaydi;

Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan yiilishlar va majlislarga, shu jumladan, Hukumat komissiyalarining yiilish va majlislariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishni tashkil qiladi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning ijrosini nazorat qiladi, Kotibiyat mudiri va Bosh vazir oʻrinbosariga topshiriqlarning bajarilishi haqida belgilangan tartibda aхborot beradi;

Bosh vazir oʻrinbosari nomiga keladigan хat-хabarlarni tahlil qiladi, tegishli materiallar boʻyicha aхborot beradi va хat-хabarlar yuzasidan topshiriqlarni ijrochilarga belgilangan tartibda yuboradi;

Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari qabul qilinishini tashkil etadi;

Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda fuqarolarni Bosh vazir oʻrinbosari qabul qilishini tashkil etadi, Bosh vazir oʻrinbosari va Kotibiyat mudirining topshiriiga binoan fuqarolarni shaхsan qabul qiladi.


21. Inspektor Kotibiyatda ish yuritilishini ta’minlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, ishlarning tayyorlanishini va arхivda saqlash uchun oʻz vaqtida berilishini ta’minlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 11 may