Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.05.2022 y. 258-son "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi - Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisining funksional vazifalari hamda Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.05.2022 y.

N 258




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh

VAZIRINING GEOLOGIYa, ENERGETIKA, SANOAT

VA UNING BAZAVIY TARMOQLARINI RIVOJLANTIRISh

MASALALARI BOʻYIChA MASLAHATChISI - DAVLAT

GEOLOGIYa VA MINERAL RESURSLAR QOʻMITASI

RAISINING FUNKSIONAL VAZIFALARI HAMDA

GEOLOGIYa,  ENERGETIKA,  SANOAT  VA  UNING

BAZAVIY TARMOQLARINI RIVOJLANTIRISh

MASALALARI DEPARTAMENTI TOʻRISIDAGI

NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 6 apreldagi PQ-195-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi - Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisining funksional vazifalari toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi - Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi oʻn kun muddatda Departament rahbarlari va mutaхassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi - Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshliining funksional vazifalari hamda Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2021 yil 6 iyuldagi 422-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi - Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B. Islamov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                        A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 16 may