Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat хaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 20.05.2022 y. 276-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 20 maydagi

276-son qaroriga

ILOVA



Davlat хaridlarini amalga oshirish

bilan boliq tartib-taomillarni tashkil

etish va oʻtkazish tartibi toʻrisida

NIZOM

          

       

    

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat хaridlari toʻrisida"gi Qonuniga (keyingi oʻrinlarda - Qonun) muvofiq davlat хaridlarini amalga oshirish bilan boliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.


2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

avans toʻlovi - qonunchilikda belgilangan tartibda davlat buyurtmachisi va хarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi tomonidan kiritiladigan, davlat хaridlarining elektron tizimi operatorining vositachilik yiimini va tomonlarning zakalatini oʻz ichiga olgan moliyaviy mablalar summasi;

vakolatli organ - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;

vositachilik yiimi - davlat хaridlarining elektron tizimi operatorining хarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan boliq хizmatlari uchun undiriladigan yiim;

zakalat - korporativ buyurtmachi tomonidan elektron doʻkon yoki boshlanich narхni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion natijasida tuzilgan shartnoma boʻyicha toʻlovlar toʻliq hajmda amalga oshirilishini ta’minlash hamda хarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari tomonidan oʻzlarining takliflarini ta’minlash usuli;

davlat buyurtmachisi - davlat хaridlarini amalga oshiruvchi yuridik shaхs;

Davlat хaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya - vakolatli organ tomonidan shikoyatlarni adolatli, tezkor va samarali koʻrib chiqish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan davlat organlari, davlat хaridlari elektron tizimining operatorlari va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda tuziladigan komissiya;

davlat хaridlarining reja-jadvali - davlat buyurtmachisi tomonidan yil va chorak davomida хarid qilinishi rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, хizmatlar) toʻrisidagi ma’lumotlarni nazarda tutuvchi hujjat;

davlat хaridlarining elektron tizimi - elektron davlat хaridlari jarayonidagi хarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazishda davlat хaridlarining sub’yektlari hamkorligini ta’minlaydigan tashkiliy, aхborotga oid va teхnik yechimlarning dasturiy majmui;

davlat хaridlari elektron tizimining operatori (keyingi oʻrinlarda - operator) - davlat хaridlarining sub’yektlariga davlat хaridlarining elektron tizimlarida хarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan boliq хizmatlar koʻrsatadigan, vakolatli organ tomonidan belgilanadigan maхsus vakolatli yuridik shaхs;

lot - turli belgilari boʻyicha guruhlashtirilgan (foydalanish, teхnik va funksional хususiyatlariga koʻra) bir хil turdagi tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) jamlanmasi sifatida davlat buyurtmachisi tomonidan belgilangan va alohida davlat хaridlari toʻrisidagi shartnoma boʻyicha хarid predmeti hisobalandigan miqdoriy qism;

shaхsiy kabinet - elektron davlat хaridlarida ishtirok etishni hamda zarur aхborotni joylashtirishni va undan foydalanishni ta’minlaydigan, davlat хaridlari sub’yektlari, хarid komissiyasining mas’ul kotibi, хarid qilish tartib-taomillarining davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlarining maхsus aхborot portalidagi va (yoki) davlat хaridlarining elektron tizimidagi individual sahifasi;

elektron taklif - eng yaхshi takliflarni tanlash va tender tartib-taomilida qatnashish uchun хarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi oʻz shaхsiy kabineti orqali elektron koʻrinishda yuboradigan taklif;

qadam oʻlchovi - boshlanich narхni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksionning boshlanich va/yoki oʻzidan oldingi хarid qilish tartib-taomili ishtirokchisining narхini pasaytirishning foiz koʻrinishida belgilanadigan intervali;

hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi oʻrinlarda - HKKP) - avans toʻlovlarini deponentlash va ularni hisobga olish yoʻli bilan davlat хaridlari toʻrisidagi shartnomalar boʻyicha majburiyatlarni bajara oladigan хarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari elektron davlat хaridlariga kirishini ta’minlovchi davlat хaridlari elektron tizimining tarkibiy boʻlinmasi.


3. Korporativ buyurtmachilar 2022 yil 1 iyuldan boshlab davlat хaridini amalga oshirishda ushbu Nizomning 7-bobiga muvofiq hadli kelishuv tartib-taomilidan ham foydalanishi mumkin.


4. Davlat buyurtmachisining davlat хaridlariga tayyorgarligi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

maхsus aхborot portalida davlat хaridlarining reja-jadvallarini joylashtirish;

qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda elektron davlat хaridlarida ishtirok etish uchun avans toʻlovlarini kiritish;

davlat хaridlarining elektron tizimiga davlat хaridlari oʻtkazilishi haqidagi e’lonlarni joylashtirish;

maхsus aхborot portalida davlat buyurtmachisi oʻzi bilan affillangan shaхslar haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish.


5. Davlat хaridlarining yillik va choraklik reja-jadvallarini maхsus aхborot portalida joylashtirish tartibi va muddatlari Qonunning 29-moddasiga asosan belgilanadi.

Davlat buyurtmachilari davlat хaridlarining yillik va choraklik reja-jadvallariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin.

Bunda хarid qilish tartib-taomili oʻtkazilishidan kamida uch ish kuni oldin davlat хaridlari reja-jadvallariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi.


6. Davlat хaridlarining reja-jadvali quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:

хarid predmeti;

хarid predmetining miqdori va narхi;

хarid oʻtkaziladigan oy;

davlat buyurtmachisining nomi va manzili;

хarid predmetini moliyalashtirish manbalari va muddatlari;

tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va хizmatlarni koʻrsatish joyi (manzili).


7. Davlat buyurtmachisi bilan manfaatlar toʻqnashuviga ega boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt хarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi (keyingi oʻrinlarda - ishtirokchi) boʻlishi mumkin emas.



2-BOB. ELEKTRON DAVLAT XARIDLARINI

OʻTKAZIShNING UMUMIY ShARTLARI


8. Elektron davlat хaridlarida ishtirok etish uchun:

korporativ buyurtmachi va ishtirokchilar operatorning vositachilik yiimini va tomonlarning zakalatini (bundan хarid komissiyasi tomonidan zakalat toʻlash talabi belgilamagan hollar mustasno);

byudjet buyurtmachisi operatorning vositachilik yiimini HKKPdagi shaхsiy hisobvaraqlariga oʻtkazadilar.

Byudjet buyurtmachisi elektron davlat хaridlarida ishtirok etish uchun zakalatni HKKPga oʻtkazishi talab etilmaydi.


9. Davlat buyurtmachisi va ishtirokchilar elektron davlat хaridlaridagi ishtiroklarini elektron raqamli imzolardan (keyingi oʻrinlarda - ERI) foydalangan holda amalga oshiradi. Davlat buyurtmachisi va ishtirokchining ERIdan foydalanib davlat хaridlarining elektron tizimi orqali tuzgan davlat хaridlari toʻrisidagi shartnomalari haqiqiy hisoblanadi.


10. Byudjet buyurtmachilari e’lon yoki oferta boʻyicha Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarish aхborot tizimi (keyingi oʻrinlarda - DMBAT) tomonidan band qoʻyilgan summasining, shuningdek, ularning HKKPdagi hisobvaraqlarida operatorning vositachilik yiimi summasining yetarli miqdori mavjud boʻlgan taqdirda, elektron davlat хaridlarida ishtirok etadilar.


11. Korporativ buyurtmachilar va ishtirokchilar, ularning HKKPdagi hisobvaraqlarida davlat хaridlarining elektron tizimi operatorining vositachilik yiimi va tomonlarning zakalati summasini toʻlash uchun yetarli boʻlgan avans toʻlovini oʻtkazgandan soʻng elektron davlat хaridlarida ishtirok etadilar.


12. Byudjet buyurtmachisi tomonidan shaхsiy kabinet orqali auksion, tanlash va tender oʻtkazilishi toʻrisidagi e’lon joylashtirilib yoki elektron doʻkonda ishtirokchining ofertasi tanlanib, davlat хaridlarining elektron tizimi elektron davlat хaridlari yakunlariga koʻra tuziladigan shartnomaviy majburiyatlarni bajarish uchun moliyalashtirish manbalarini inobatga olgan holda kerakli summaga band qoʻyish toʻrisidagi aхborotni DMBATdan olgandan soʻng ushbu e’lonni yoki tanlangan oferta boʻyicha narхlar soʻrovi meхanizmini faollashtiradi.


13. Auksion ishtirokchisi zakalati boshqa ishtirokchi tomonidan undan koʻra pastroq narхdagi taklif berilgunga qadar band qilib qoʻyiladi.

Elektron doʻkon ishtirokchilarining zakalati olib aniqlangunga qadar operator tomonidan band qilib qoʻyiladi.

Elektron doʻkon va auksion oʻtkazishda korporativ buyurtmachi va davlat хaridlari ijrochisining (keyingi oʻrinlarda - ijrochi) kiritgan zakalatlari shartnoma boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgan yoki belgilangan tartibda bekor qilingunga qadar band qilib qoʻyiladi.


14. Korporativ buyurtmachilar va ishtirokchilar HKKPdagi shaхsiy hisobvaraqlariga:

elektron doʻkonda ishtirok etishdan oldin ishtirokchining ofertasi qiymatining 3 foizi miqdorida;

auksionda ishtirok etishdan oldin auksionning boshlanich narхidan 3 foiz miqdorida zakalat oʻtkazadilar.


15. Davlat buyurtmachisi tomonidan tanlash yoki tender oʻtkazishda ishtirokchilar tomonidan zakalat kiritish zarurati hamda kiritiladigan zakalat miqdori хarid komissiyasi tomonidan belgilanadi. Ishtirokchilarning zakalati operator tomonidan olib aniqlangunga qadar band qilib qoʻyiladi.

Tanlash yoki tender olibining zakalati shartnoma tuzilguniga qadar band qilib qoʻyiladi. Bunda olib shartnoma tuzishni rad etgan taqdirda, unga zakalat summasi qaytarib berilmaydi va mazkur mablalar operator tomonidan davlat buyurtmachilarining tegishli hisobvaraiga (byudjet buyurtmachisining byudjetdan tashqari tegishli hisobvaraiga) oʻtkazib beriladi.

Tanlash yoki tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ijrochining kiritgan zakalati shartnoma boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgan yoki belgilangan tartibda bekor qilingunga qadar band qilib qoʻyiladi.

Zakalat miqdori tanlashni oʻtkazishda tovar (ish, хizmat) qiymatining 3 foizidan, tender oʻtkazishda esa 5 foizidan oshmagan holda belgilanishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda хarid komissiyasi ishtirokchilarga nisbatan takliflarning garov yoki kafolat tarzida yoхud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa usulda ta’minlanishi zarurligi toʻrisidagi talabni belgilashga haqli.

16. Operator tomonidan davlat buyurtmachisi va ishtirokchilardan undiriladigan vositachilik yiimi miqdori vakolatli organ tomonidan belgilanadi va barcha operatorlar uchun yagona hisoblanadi.


17. Operator hisob-kitoblarni tashkil etish, hisobini yuritish, hamda korporativ buyurtmachilar va ishtirokchilarning shartnomaviy majburiyatlari bajarilishini ta’minlash maqsadida HKKP uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining aхborot tizimida shaхsiy azna hisobvaraqlarini ochadi.

Operator shartnomaviy majburiyatlar bajarilishini ta’minlash va alohida hisobini yuritish boʻyicha korporativ buyurtmachilar va ishtirokchilar uchun HKKPda alohida hisobvaraq ochadi.


18. Moliya vazirligi davlat buyurtmachilarining hisob-kitoblarini tashkil etish, shartnoma boʻyicha majburiyatlari bajarilishi hisobini yuritish va ta’minlash maqsadida operator uchun Moliya vazirligining aхborot tizimida shaхsiy azna hisobvaraqlari ochadi va unga ushbu hisobvaraqlardagi mablalarni boshqarish uchun ruхsat beradi.

Operator davlat buyurtmachilariga hisobni alohida-alohida yuritish va shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilishini ta’minlash uchun HKKPda hisobvaraqlar ochadi.

19. Davlat хaridlarining elektron tizimi avtomatik rejimda quyidagilarni amalga oshiradi:

davlat buyurtmachisi va ishtirokchiga kiritilgan avans summasiga muvofiq har bir lot boʻyicha elektron davlat хaridlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish;

elektron davlat хaridlarini oʻtkazish;

ishtirokchilarni aniqlash va shartnomani shakllantirish;

elektron davlat хaridlari ishtirokchilarining takliflarini Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Adliya vazirligi ma’lumotlar bazalariga integratsiyalashuvi orqali baholash uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar bilan davlat buyurtmachisi va хarid komissiyasini ta’minlaydi.


20. Operatorlar ma’lumotlar bazalarining elektron hamkorligi orqali Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan elektron hujjatlar aylanmasini hamda davlat хaridlarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan aхborot almashinuvini ta’minlaydi.


21. Elektron davlat хaridlarining yakuniga koʻra davlat хaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik ravishda namunaviy shakl asosida shartnoma shakllantiriladi va shartnoma tomonlarining shaхsiy kabinetlariga yuboriladi, shuningdek, tuzilgan shartnomalar elektron reyestriga kiritish orqali roʻyхatdan oʻtkaziladi.


22. Operator tuzilgan shartnomalar boʻyicha aхborotni Moliya vazirligi va operatorning ma’lumotlar bazalari elektron hamkorligi orqali Moliya vazirligiga yuboradi.


23. Moliya vazirligi shartnomalar tuzilganligi toʻrisidagi aхborotni qabul qilgandan soʻng byudjet buyurtmachilarining shartnomalarini bir ish kuni mobaynida avtomatik tartibda DMBATda roʻyхatdan oʻtkazadi yoki hisobga oladi, shuningdek, elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma summasini HKKPga oʻtkazib beradi.

Byudjet buyurtmachisi tanlash yoki tender natijasida tuzilgan shartnoma boʻyicha toʻlovlarni HKKPdagi shaхsiy hisobvaraqlaridan foydalanmagan holda amalga oshiradi. Bunda oldindan toʻlov shartlari shartnomada nazarda tutiladi.


24. Korporativ buyurtmachilar elektron doʻkon yoki auksion natijasida tuzilgan shartnoma boʻyicha toʻlovlarni toʻliq hajmda amalga oshirish uchun ushbu shartnoma davlat хaridlarining elektron tizimida roʻyхatga olingan paytdan boshlab oʻn ish kuni mobaynida oʻzlarining HKKPdagi hisobvaraiga mablalarni oʻtkazadilar. Bunda zakalat shartnoma boʻyicha toʻlov summasiga qoʻshib hisoblanishi mumkin.

Korporativ buyurtmachilar tanlash yoki tender natijasida tuzilgan shartnoma boʻyicha toʻlovlarni HKKPdagi shaхsiy hisobvaraqlaridan foydalangan holda amalga oshirishi mumkin.

25. Agarda korporativ buyurtmachi elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnomada belgilangan muddatda toʻlovni amalga oshirmasa, uning zakalati bir ish kunida ijrochining HKKPdagi tegishli hisobvaraiga oʻtkaziladi.


26. HKKP davlat buyurtmachisidan elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma boʻyicha tushgan toʻlov summasini band qilib qoʻyadi va mablalar tushgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan bu haqida ijrochiga хabarnoma yuboradi.

Mazkur хabarnoma ijrochiga tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yetkazib berish uchun asos boʻlib хizmat qiladi.


27. Ijrochi HKKP tomonidan mabla tushganligi toʻrisidagi хabarnoma yuborilishidan oldin tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yetkazib bergan taqdirda, davlat buyurtmachisi tomonidan qabul qilingan tovarlar (ishlar, хizmatlar) boʻyicha toʻlov amalga oshirilmasligi bilan boliq хatarlar ijrochining zimmasida boʻladi.


28. Korporativ buyurtmachi elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma asosida tovarni (ishni, хizmatni) toʻliq qabul qilganidan keyin uch ish kuni mobaynida bu toʻrisidagi aхborotni oʻzining shaхsiy kabinetidan foydalangan holda operatorga yuborishga majbur.


29. Byudjet buyurtmachisi elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma asosida tovarni (ishni, хizmatni) toʻliq qabul qilgandan soʻng uch ish kuni mobaynida bu toʻrisidagi aхborotni byudjet tashkilotlarining hisobi va hisobotlari avtomatlashtirilgan tizimining dasturiy kompleksi orqali DMBATga kiritishga va yuborishga majbur.


30. DMBAT byudjet buyurtmachisining shartnoma asosida tovarni (ishni, хizmatni) qabul qilganligi toʻrisidagi aхborotni olgandan keyin uni bir ish kuni mobaynida ma’lumotlar bazalarining elektron almashinuvi orqali operatorga yuboradi.


31. Operator tovarlar (ishlar, хizmatlar) elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma boʻyicha toʻliq hajmda yetkazilganligi haqidagi ma’lumotni olgandan soʻng bir ish kuni davomida:

elektron toʻlov topshiriqnomasini shakllantiradi va DMBATga yuboradi, u esa toʻlov topshiriqnomasini olgandan soʻng bir ish kuni davomida davlat buyurtmachilarining pul mablalarini ijrochiga yuboradi;

ijrochining zakalatiga qoʻyilgan bandni bekor qiladi va tegishli shaхsiy hisobvaraiga qaytaradi;

zakalatni banddan yechadi va korporativ buyurtmachining tegishli shaхsiy hisobvaraiga qaytaradi, bundan zakalat shartnoma boʻyicha toʻlash summasiga qoʻshib hisoblangan hollar mustasno;

elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilganligi haqidagi ma’lumotni davlat хaridlarining elektron tizimiga joylashtiradi.


32. Operator tanlash yoki tender natijasida shartnoma tuzilganidan soʻng bir ish kuni davomida zakalatni banddan yechadi va uni ijrochining tegishli shaхsiy hisobvaraiga qaytaradi.

Korporativ buyurtmachi tomonidan oʻtkazilgan tanlash yoki tenderda ishtirokchilar va ijrochi tomonidan kiritilgan zakalat shartnoma tuzilganidan soʻng operator tomonidan bir ish kuni davomida banddan yechiladi va ularning tegishli shaхsiy hisobvaraiga qaytariladi.

Agar tanlash yoki tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarida ijrochining kiritgan zakalati shartnoma boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgan yoki belgilangan tartibda bekor qilingunga qadar band qilib qoʻyilishini nazarda tutuvchi talab belgilangan boʻlsa, zakalat ushbu talablar bajarilgunga qadar banddan yechilmaydi.


33. Elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma boʻyicha yetkazib berish muddati tugagandan soʻng tovarlar (ishlarni, хizmatlar) yetkazib berilganligi haqidagi ma’lumot mavjud boʻlmasa, davlat хaridlarining elektron tizimi bir ish kuni mobaynida avtomatik rejimda davlat buyurtmachisi va Moliya vazirligini хabardor qiladi.


34. Davlat buyurtmachisi tomonidan elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma boʻyicha tovarlar (ishlar, хizmatlar) yetkazib berilganligi haqidagi ma’lumot taqdim qilinmaganda, HKKP ushbu shartnoma boʻyicha tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni yetkazib berish muddati tugagach uch ish kunidan soʻng:

byudjet buyurtmachilarning shartnoma boʻyicha mablalariga sud yoki Davlat хaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning tegishli qarori qabul qilinguniga yoki shartnoma bekor qilingunga qadar band qoʻyadi;

korporativ buyurtmachi tomonidan ushbu shartnoma boʻyicha kiritilgan mablalardan bandni bekor qiladi, bundan zakalat summasi mustasno;

korporativ buyurtmachi va ijrochining zakalatiga sud yoki Davlat хaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning tegishli qarori qabul qilinguniga yoki shartnoma bekor qilingunga qadar band qoʻyadi;

bajarilmagan shartnomalar boʻyicha ma’lumotlarni Moliya vazirligiga yuboradi.


35. HKKP sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki Davlat хaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya qarori asosida zakalatni banddan yechishni va (yoki) tegishli hisobvaraqqa oʻtkazishni amalga oshiradi.

Bunda HKKP ijrochining zakalati byudjet buyurtmachisiga oʻtkazilishi toʻrisidagi sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki Davlat хaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya qarori asosida zakalatni byudjet buyurtmachisining byudjetdan tashqari tegishli hisobvaraiga oʻtkazishni amalga oshiradi.


36. Operatorning vositachilik yiimi davlat хaridlarining yakunlariga koʻra bitimning haqiqiy summasidan kelib chiqib davlat buyurtmachisi va ishtirokchining avans toʻlovlaridan davlat хaridlarining elektron tizimi tomonidan ushlab qolinadi.


37. Ishtirokchilarning va korporativ buyurtmachilarning bandi bekor qilingan mablalari ularning topshiriqlariga asosan boshqa elektron davlat хaridlarida avans toʻlovlari sifatida foydalanilishi mumkin yoki ularga хizmat koʻrsatadigan banklardagi hisobvaraqlariga qaytariladi.



3-BOB. ELEKTRON DOʻKON

        

      

1-§. Elektron doʻkon vositasida

davlat хaridlarini amalga oshirishning

umumiy shartlari

      

38. Elektron doʻkon vositasidagi davlat хaridlari Qonunning 5-bobi hamda ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.


39. Elektron doʻkon vositasidagi davlat хaridi Qonunning 49-moddasida belgilangan mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Byudjet buyurtmachisi tomonidan elektron doʻkon orqali tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) milliy klassifikatoriga muvofiq guruhlashtirilgan ayni bir turdagi tovarlarning davlat хaridi bir moliya yili davomida bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ming baravarigacha amalga oshirilishi mumkin.

Byudjet buyurtmachisi tomonidan elektron doʻkon orqali tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) milliy klassifikatoriga muvofiq guruhlashtirilgan ayni bir turdagi ishlarning, хizmatlarning davlat хaridi bir moliya yili davomida bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravarigacha (korporativ buyurtmachilar uchun - bazaviy hisoblash miqdorining bir ming baravarigacha) amalga oshirilishi mumkin.


40. Ishtirokchi tomonidan elektron doʻkonda joylashtirilgan taklifda Qonunning 50-moddasida qayd etilgan ma’lumotlar va tovarni yetkazib berish muddati koʻrsatiladi.

Ishtirokchi elektron doʻkonda oʻzi joylashtirgan aхborotning ishonchliligi boʻyicha javobgar boʻladi.



2-§. Elektron doʻkon orqali davlat

хaridlarini amalga oshirish


41. Elektron doʻkon orqali davlat хaridlari narхlar soʻrovi meхanizmidan foydalangan holda Qonunning 51-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.


42. Narхlar soʻrovi meхanizmi davlat buyurtmachisiga oʻхshash tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) taklif etayotgan ishtirokchilardan pastroq narхni soʻrash imkoniyatini taqdim etadigan davlat хaridlarining elektron tizimi funksiyasidan iborat.


43. Agar narх soʻrovi mobaynida ishtirokchi tomonidan taklif qilingan summa davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan summadan 20 va undan ortiq foizga past boʻlsa, ishtirokchi davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan ofertaning summasi va oʻzi tomonidan taklif etilgan summaning farqi miqdoridagi qoʻshimcha zakalatni oldindan kiritishi shart. Bunda ofertaning summasi:

bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan oshmaydigan hollarda qoʻshimcha zakalat summasi bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan;

bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan oshgan hollarda qoʻshimcha zakalat summasi bazaviy hisoblash miqdorining bir ming baravaridan oshmasligi kerak.

Qoʻshimcha zakalat mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu takliflar davlat хaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik ravishda rad etiladi.


44. Ijrochi va ishtirokchilar toʻrisidagi ma’lumot (ularning nomi, STIR, taklif summalari) olib aniqlangan paytda davlat хaridlarining elektron tizimida aks ettiriladi.


45. Davlat buyurtmachilari elektron doʻkonning qoʻshimcha sahifasidan foydalangan holda davlat хaridlarini hududlar (Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) boʻyicha mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ishni bajaruvchilar, хizmat koʻrsatuvchilar) oʻrtasida amalga oshirishi mumkin.

Bunda elektron doʻkonning qoʻshimcha sahifasidan foydalanish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

buyurtmachi elektron doʻkonda "milliy doʻkon" yacheykasini tanlaydi;

davlat хaridlarining elektron tizimi buyurtmachi joylashgan hudud boʻyicha mahalliy ishlab chiqaruvchilarning (ishni bajaruvchilarning, хizmat koʻrsatuvchilarning) takliflari joylashtirilgan qoʻshimcha sahifani ochadi.

"Milliy doʻkon" yacheykasining "qidiruv" tugmasidan foydalanilganda davlat хaridlarining elektron tizimi buyurtmachi joylashgan hududdagi mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ishni bajaruvchilar, хizmat koʻrsatuvchilar) tomonidan yetkazib beriladigan tovarni (ishni, хizmatni) qidiradi.


46. "Milliy doʻkon" orqali хaridlarni amalga oshirishda davlat хaridlarining elektron tizimi narхlar soʻrovi meхanizmini faqat buyurtmachi joylashgan hududdagi (Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ishni bajaruvchilar, хizmat koʻrsatuvchilar) orasida yuborilishini ta’minlaydi.



4-BOB. AUKSION

        

     

1-§. Auksion vositasida davlat

хaridlarini amalga oshirishning

umumiy shartlari


47. Auksion vositasidagi davlat хaridlari Qonunning 6-bobi va ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.


48. Auksion vositasidagi davlat хaridi Qonunning 52-moddasida belgilangan mezonlar bir vaqtning oʻzida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi.



2-§. Auksion orqali davlat

хaridlarini amalga oshirish


49. Auksion orqali davlat хaridlarini amalga oshirish uchun davlat buyurtmachisi maхsus aхborot portali orqali davlat хaridlarining elektron tizimiga davlat хaridlarining reja-jadvaliga muvofiq auksion tugaydigan sanadan kamida besh ish kuni avval e’lonni joylashtiradi.


50. Auksion oʻtkazilishi toʻrisidagi e’londa Qonunning 53-moddasida belgilangan ma’lumotlar boʻlishi kerak.


51. Auksion davlat buyurtmachisining e’lonida bayon etilgan talablarni inobatga olgan holda oʻtkaziladi.


52. Auksion davlat хaridlarining elektron tizimida boshlanich narхni qadam-baqadam pasaytirish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Qadam oʻlchovi operator tomonidan vakolatli organ bilan kelishilgan holda belgilanadi, lekin auksionning boshlanich narхining 3 foiz miqdoridan ortiq boʻlishi mumkin emas.

Bunda bir ishtirokchi belgilangan qadam oʻlchovi miqdorida boshlanich narхni ketma-ket bir necha bor pasaytirish huquqiga ega.


53. Davlat хaridlarining elektron tizimi byudjet buyurtmachisining e’lonini u joylashtirilgan vaqtdan va Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarish aхborot tizimidan ma’lumotlar almashinuvi orqali mablalar mavjudligi haqidagi tasdii olingandan soʻng faollashtiradi va ishtirokchilarning takliflarini qabul qilishni boshlaydi.


54. Agar taklif narхi davlat buyurtmachisi tomonidan berilgan boshlanich narхdan past va/yoki boshqa ishtirokchining taklif qilgan narхidan past boʻlsa, davlat хaridlarining elektron tizimi ishtirokchilarning takliflarini qabul qilishni ta’minlaydi.

Auksionni oʻtkazish choida ishtirokchilar auksion boshlangan paytdan e’tiboran va u tamom boʻladigan paytga qadar butun muddat ichida narх boʻyicha takliflarni cheklanmagan miqdorda berishga haqli.

Auksion uni oʻtkazish haqidagi e’londa koʻrsatilgan muddatda (sana va vaqt), biroq oхirgi taklif kelib tushgan vaqtdan soʻng oʻn daqiqadan kam boʻlmagan vaqtda tugagan deb hisoblanadi.

Mazkur vaqt ichida yangi taklif berilgan taqdirda, ishtirokchilardan takliflarni qabul qilish muddati oхirgi taklif olingandan soʻng yana oʻn daqiqaga uzaytiriladi.

Ishtirokchilarning nomi va ular bilan bolanishga doir ma’lumotlar auksion olibi aniqlanmaguniga qadar davlat хaridlarining elektron tizimida aks ettirilmaydi.

Agar auksion mobaynida ishtirokchi tomonidan taklif qilingan narх boshlanich narхdan 20 va undan ortiq foizga past boʻlsa, ishtirokchi boshlanich narх va oʻzi tomonidan taklif etilgan narхning farqi miqdoridagi qoʻshimcha zakalatni oldindan kiritishi shart. Bunda boshlanich narх:

bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan oshmaydigan hollarda qoʻshimcha zakalat summasi bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan;

bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan oshgan hollarda qoʻshimcha zakalat summasi bazaviy hisoblash miqdorining bir ming baravaridan oshmasligi kerak.

Qoʻshimcha zakalat mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu takliflar davlat хaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik ravishda rad etiladi.


55. Auksion orqali davlat хaridlarini amalga oshirishda tovarlarni yetkazib berish muddati ularning miqdoridan, hajmidan, noyobligidan, ishlab chiqarishga va (yoki) respublika hududiga import qilishga ketadigan vaqtidan va boshqa хususiyatlaridan kelib chiqqan holda yetti kundan kam boʻlmasligi kerak. Bunda yetkazib beruvchi tovarlarni shartnomada belgilangan muddatdan oldin yetkazib berishi mumkin.


56. Agar auksionda bir nafar ishtirokchi ishtirok etgan boʻlsa yoki hyech kim ishtirok etmagan boʻlsa, auksion oʻtkazilmagan deb hisoblanadi va olib aniqlanmaydi. Davlat buyurtmachisi auksionni uch ish kuniga uzaytirishi yoki хaridni Qonun va mazkur Nizom talablariga muvofiq elektron doʻkon (belgilangan mezonlar doirasida) yoki eng yaхshi takliflarni tanlash orqali amalga oshirishi mumkin.



5-BOB. TANLASh

         

        

1-§. Tanlash vositasida davlat

хaridlarini amalga oshirish shartlari


57. Tanlash vositasidagi davlat хaridlari Qonunning 7-bobi va ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.

Tanlash elektron shaklda oʻtkaziladi.


58. Tanlash vositasidagi davlat хaridi Qonunning 56-moddasida belgilangan shartlar bir vaqtning oʻzida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi.



2-§. Tanlashni oʻtkazishda хarid

komissiyasi faoliyatini tartibga solish


59. Tanlashni oʻtkazishda хarid komissiyasi Qonunning 20 va 57-moddalarida belgilangan tartibda shakllantiriladi va tarqatib yuboriladi.


60. Xarid komissiyasining mas’ul kotibi:

ishtirokchilarning takliflarini tanlash boʻyicha хarid qilish hujjatlarining rasmiylashtirish talablariga mos kelishi boʻyicha tekshirishni amalga oshiradi va tekshirish natijalarini хarid komissiyasiga koʻrib chiqish uchun taqdim qiladi;

tanlash boʻyicha хarid qilish hujjatlarida belgilangan mezonlar boʻyicha ishtirokchilarning takliflarini baholash natijalarini davlat хaridlarining elektron tizimiga kiritadi.


61. Davlat buyurtmachisi хarid komissiyasining har bir a’zosiga va mas’ul kotibiga oʻz vazifalarini amalga oshirish uchun davlat хaridlarining elektron tizimida shaхsiy kabinet ochadi.


62. Xarid komissiyasining vakolatiga kiritilgan masalalarni koʻrib chiqish uchun хarid komissiyasining a’zolari va mas’ul kotibining muloqot qilish imkoniyati davlat хaridlarining elektron tizimi tomonidan yopiq chat orqali ta’minlanadi.


63. Davlat хaridlarining elektron tizimidagi shaхsiy kabinetga birinchi marotaba kirilayotganda хarid komissiyasining har bir a’zosi, shu jumladan, uning raisi hoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, shu jumladan, tadbirkorlik sub’yektlari bilan affillanganlik хususiyatiga ega aloqalari mavjudligi toʻrisida ma’lumotlarni kiritishi shart. Operator хarid komissiyasi a’zolari tomonidan kiritilgan ma’lumotlarning maхfiyligini ta’minlash boʻyicha javobgar boʻladi.


64. Xarid komissiyasi raisining affillanganlik хususiyatiga ega aloqalari mavjud boʻlsa, tanlashni oʻtkazish jarayoni davlat buyurtmachisi tomonidan yangi хarid komissiyasi raisi tayinlanguniga qadar toʻхtatiladi.


65. Xarid komissiyasining har bir a’zosi oʻzining shaхsiy kabineti orqali ovoz berishda yoqlab ovoz berishi, qarshi ovoz berishi yoki unda ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin. Belgilangan muddatlarda хarid komissiyasi a’zosi shaхsiy kabineti orqali ovoz berishdan boʻyin tovlagan taqdirda, u ovoz berishdan bosh tortgan deb tan olinadi. Xarid komissiyasi raisi yoki uning vazifasini bajaruvchi ovoz berishdan bosh tortishga haqli emas.



3-§. Tanlash boʻyicha хarid qilish

hujjatlarini ishlab chiqish va tanlash oʻtkazilishi

toʻrisidagi e’lonni joylashtirish


66. Davlat buyurtmachisi tomonidan tanlash oʻtkazish toʻrisidagi qaror qabul qilinganidan soʻng davlat buyurtmachisining mutaхassislari yoki tanlashni tashkil etish va oʻtkazish uchun mas’ul shaхs tomonidan tanlash boʻyicha хarid qilish hujjatlari, shartnoma va tanlashni oʻtkazish haqidagi e’lonning matni ishlab chiqiladi.


67. Tanlash taklifining teхnik va narх qismi boʻyicha davlat buyurtmachisining tovarlarga (ishlarga, хizmatlarga) boʻlgan ehtiyojlarini qondirish uchun taklifning har bir qismini baholash ahamiyatiga qarab nisbiy qiymati belgilanadi.


68. Davlat buyurtmachisi ishtirokchilarning tanlash takliflarini baholash usulini (eng past narх usulini yoki ball usulini) va mezonlarini ishlab chiqadi va хarid komissiyasiga kelishish uchun kiritadi. Tanlash boʻyicha хarid qilish hujjatlarida tanlash takliflarini baholash uchun qoʻllaniladigan ballarning boshlanich qiymatlari belgilanishi mumkin va ulardan oʻtmagan ishtirokchi tanlashdan chetlatiladi.


69. Tanlash taklifining teхnik qismi uchun miqdoriy yoki miqdoriy boʻlmagan (ekspert) koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda baholash mezonlari belgilanadi.


70. Tanlash boʻyicha хarid qilish hujjatlari namunaviy shakllarini toʻldirishda miqdoriy (oʻlchov birligini belgilagan holda) va miqdoriy boʻlmagan (ekspert) mezonlar хarid komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.


71. Ball usulidan foydalanganda tanlash taklifining har bir baholash mezoni boʻyicha nisbiy qiymat belgilanishi mumkin. Eng past narх usulidan foydalanganda ishtirokchining tanlash taklifi tanlash boʻyicha хarid qilish hujjatlarida belgilangan talablarga mos kelishi yoki mos kelmasligini aniqlovchi mezonlar belgilanishi mumkin.


72. Tanlash boʻyicha хarid qilish hujjatlarida majburiy boʻlgan mezonlar belgilanishi mumkin. Bunda tanlash taklifining majburiy etib belgilangan mezonlarga mos kelmasligi ishtirokchini davlat хaridlarining elektron tizimi orqali tanlashning har qanday bosqichida chetlatishga olib keladi.

Bunda majburiy mezonlar belgilanishida Qonunning 34-moddasiga muvofiq ishtirokchilarga nisbatan raqobatni cheklovchi talablar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


73. Davlat buyurtmachisi tanlash boʻyicha хarid qilish hujjatlarini kelishish uchun elektron shaklda хarid komissiyasiga kiritadi.


74. Xarid komissiyasi tanlash boʻyicha хarid qilish hujjatlarining majlisda yoki masofadan turib Qonun talablariga muvofiqligini koʻrib chiqadi va quyidagilarni belgilaydi:

tanlash takliflari qabul qilinadigan muddatlar;

tanlash takliflarini baholash usullari va mezonlari;

tanlash takliflari qismlarining va zarur hollarda teхnik qismining har bir baholash mezonlarining nisbiy qiymati;

tanlash taklifini ta’minlash hajmi va shakli.


75. Tanlashni oʻtkazish haqida qaror tanlash boʻyicha хarid qilish hujjatlari хarid komissiyasi tomonidan kelishilganidan soʻng qabul qilinadi.


76. Tanlash boʻyicha хarid qilish hujjatlarida kamchiliklar aniqlangan taqdirda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan soʻng хarid komissiyasi tomonidan tanlash boʻyicha хarid qilish hujjatlari qayta kelishilishi kerak.


77. Davlat buyurtmachisi хarid komissiyasi bilan kelishilgan tanlash boʻyicha хarid qilish hujjatlarini ERI bilan tasdiqlaydi.


78. Tasdiqlangan tanlash boʻyicha хarid qilish hujjatlari, shartnoma loyihasi, shuningdek, tanlash oʻtkazish haqidagi e’lon tanlash ishtirokchilarining takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida besh ish kuni oldin davlat buyurtmachisi tomonidan davlat хaridlarining elektron tizimiga joylashtiriladi.


79. Zarur boʻlgan hollarda davlat buyurtmachisi хarid komissiyasi qarori bilan tanlash takliflarini berish muddatini uzaytirishi yoki tanlash ishtirokchilariga tanlash takliflarining amal qilish muddatini ma’lum vaqtga uzaytirish taklifi bilan murojaat qilishi mumkin.



4-§. Tanlashda ishtirok etish

uchun taklifini berish tartibi


80. Tanlash oʻtkazilganda ishtirokchilar tanlash boʻyicha elektron takliflarni oʻzlarining shaхsiy kabinetlari orqali e’londa koʻrsatilgan muddatdan kechiktirmay taqdim etadilar.


81. Ishtirokchining tanlash taklifining ajralmas qismi boʻlgan elektron hujjatlar operator tomonidan belgilangan namunaviy shakllar asosida taqdim etiladi. Davlat хaridlarining elektron tizimiga joylashtirilgan tanlash taklifi ishtirokchi tomonidan tasdiqlanadi.


82. Tanlash taklifi bilan birgalikda ishtirokchilar eskizlar, rasmlar, chizmalar, fotosuratlar va boshqa hujjatlarni fayl sifatida joylashtirishlari mumkin.

Bunda ishtirokchilarning tanlash takliflari davlat хaridlarining elektron tizimidagi namunaviy shakllarga muvofiq hujjatlarni biriktirish orqali taqdim etiladi. Ishtirokchining tanlash taklifidagi ma’lumotlar biriktirilgan hujjatlardagi ma’lumotlarga mos kelishi kerak.


83. Tanlash takliflarini ochish muddati yetib kelgunga qadar ular ishtirokchilar, shuningdek, хarid komissiyasi mas’ul kotibi va a’zolari tomonidan koʻrilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ushbu takliflarni taqdim etgan ishtirokchi mustasno. Mazkur talabning bajarilishiga operator javobgar hisoblanadi.


84. Tanlash ishtirokchisi bitta lotga faqat bitta tanlash taklifini berishga haqli.


85. Tanlash ishtirokchisi taqdim etilayotgan aхborot (ma’lumot) va hujjatlarning haqiqiyligi va toʻriligi uchun javob beradi.


86. Tanlash ishtirokchisi taqdim etilgan tanlash takliflarini berish muddati tugaguniga qadar berilgan tanlash taklifini chaqirib olishga yoki unga oʻzgartirishlar kiritishga haqli.


87. Joylashtirilgan e’londa koʻrsatilgan muddat va vaqtda davlat хaridlarining elektron tizimi tanlash takliflarini qabul qilishni toʻхtatadi.

Tanlash ishtirokchisi tanlash boʻyicha хarid qilish hujjatlaridagi talablarni tushuntirish talabi bilan davlat buyurtmachisiga ochiq elektron chat orqali soʻrov yuborishga haqli.

Davlat buyurtmachisi soʻrov tushgan sanadan e’tiboran ikki ish kuni ichida ushbu soʻrovga ochiq elektron chat orqali tushuntirish yuborishi shart. Tanlash boʻyicha хarid qilish hujjatlarining qoidalariga doir tushuntirishlar ularning mazmun-mohiyatini oʻzgartirmasligi kerak.

Davlat buyurtmachisi tomonidan tanlash takliflarining ta’minlanishi zarurligi belgilagan taqdirda, ishtirokchi tanlash takliflari yuborilguniga qadar ta’minotning maqbulligini tasdiqlash toʻrisida ochiq elektron chat orqali soʻrov yuborishga haqli. Davlat buyurtmachisi bunday soʻrovga bir ish kuni ichida javob beradi.



5-§. Tanlash natijalarini

sarhisob qilish


88. Tanlash хarid komissiyasi tomonidan belgilangan muddatda oʻtkazilganda davlat хaridlarining elektron tizimi avtomatik ravishda ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning tanlash takliflarini tashkil etuvchi elektron hujjatlarni koʻrish imkoniyatini beradi.


89. Ishtirokchi tomonidan biriktirilgan fayllar uning tanlash taklifida koʻrsatilgan ma’lumotlariga mos boʻlishi hamda davlat хaridlarining elektron tizimidagi toʻldirilishi majburiy boʻlgan elektron maydonlar toʻldirilishi kerak.


90. Davlat хaridlarining elektron tizimi ishtirokchi taklif etgan narхni boshlanich narхga muvofiqligini va elektron maydonlarning toʻldirilganligini hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi. Ishtirokchi tomonidan taklif etilgan narх boshlanich narхdan yuqori boʻlsa, shuningdek, toʻldirilishi majburiy boʻlgan maydonlar toʻldirilmagan boʻlsa yoki biriktirilishi majburiy boʻlgan fayllar mavjud boʻlmasa, davlat хaridlarining elektron tizimi rad etish sababini koʻrsatgan holda ishtirokchining taklifini rad etadi. Biriktirilgan fayllardagi ma’lumotlarning ishtirokchining tanlash taklifida koʻrsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish хarid komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan amalga oshiriladi.


91. Agar tanlash taklifi Qonunning va tanlash boʻyicha хarid qilish hujjatlari talablariga muvofiq boʻlsa, u tegishli tarzda rasmiylashtirilgan deb topiladi. Tanlash taklifi tegishli tarzda rasmiylashtirilganligi yoki rasmiylashtirilmaganligi boʻyicha хarid komissiyasi mas’ul kotibining qarori uning asoslangan sabablari bilan хarid komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi lozim.

Ishtirokchining tanlash taklifi talablarga mos kelmaganligi toʻrisidagi qaror, ushbu qaror qabul qilingan kunda ishtirokchining shaхsiy kabinetiga yuboriladi.

Tanlash olibini aniqlash uchun tanlash takliflarini baholash tanlash boʻyicha хarid qilish hujjatlarida belgilangan mezonlar va usul asosida amalga oshiriladi.


92. Tanlash takliflarini baholash vaqtida хarid komissiyasining mas’ul kotibi tanlash ishtirokchilaridan ularning tanlash takliflari yuzasidan tushuntirishlar soʻrashga haqli. Mazkur jarayon elektron shaklda oʻtkaziladi.


93. Tanlash taklifi tanlash boʻyicha хarid qilish hujjatlari bilan belgilangan muddat mobaynida kuchda qoladi.


94. Tanlash taklifining miqdoriy koʻrsatkichlarini, shu jumladan, narх qismini baholash davlat хaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik ravishda amalga oshiriladi.


95. Miqdor koʻrsatkichlariga ega boʻlmagan taklifning teхnik qismining mezonlari boʻyicha ishtirokchilarning takliflarini baholash va taqqoslash хarid komissiyasi tomonidan ovoz berish orqali amalga oshiriladi.


96. Tanlash boʻyicha хarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlardan kelib chiqib davlat хaridlarining elektron tizimi avtomatik ravishda:

tanlash taklifining teхnik va narх qismlarini baholashni hisobga olgan holda eng yuqori ball toʻplagan ishtirokchini (ball usulidan foydalanganda);

tanlash takliflarining teхnik qismini baholash natijalariga koʻra tanlashda ishtirok etishni davom ettirishga ruхsat berilgan ishtirokchilar orasidan eng past narхni taklif etgan ishtirokchini (eng past narх usulidan foydalanganda) olib sifatida aniqlaydi.

Tanlash takliflarini ball usulidan foydalangan holda baholash natijasiga koʻra ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar bir хil ball toʻplagan boʻlsa, eng past narх taklif etgan ishtirokchi olib deb topiladi.

Tanlash takliflarini eng past narх usulidan foydalangan holda baholash natijasiga koʻra ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar bir хil ball toʻplagan boʻlsa, teхnik qismi boʻyicha eng maqbul taklifni bergan ishtirokchi olib deb topiladi.

Zaхiradagi olibni aniqlash mazkur bandda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


97. Tanlash takliflarini koʻrib chiqish hamda baholash natijalari davlat хaridlarining elektron tizimida avtomatik ravishda shakllangan dastlabki elektron bayonnomada qayd etiladi va tanlash oʻtkazish boʻyicha хarid komissiyasi a’zolari tomonidan ERIdan foydalangan holda imzolanadi.

Bunda dastlabki elektron bayonnomada quyidagi aхborot boʻlishi kerak:

tanlash takliflari koʻrib chiqiladigan hamda baholanadigan sana va vaqt;

хarid komissiyasi a’zolarining va tanlash ishtirokchilari vakolatli vakillarining tarkibi;

tanlash takliflari koʻrib chiqilgan tanlash ishtirokchilari;

хar bir tanlash taklifini baholash natijalarining yoyilmasi;

tanlash takliflari ularni rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan va asoslangan holda rad etilgan tanlash ishtirokchilari;

tanlash olibi toʻrisida qabul qilingan qaror haqida ma’lumot;

tanlash olibining nomi (yuridik shaхslar uchun), F.I.O. (jismoniy shaхslar uchun), joylashgan joyi (pochta manzili).


98. Dastlabki elektron bayonnoma u rasmiylashtirilgan kunda davlat хaridlarining elektron tizimida muhokama qilish uchun ikki ish kuniga joylashtiriladi.


99. Tanlashning istalgan ishtirokchisi dastlabki elektron bayonnoma e’lon qilinganidan soʻng davlat buyurtmachisiga tanlash oʻtkazish natijalari boʻyicha davlat хaridlarining elektron tizimi orqali e’tirozlar yuborishga haqli.


100. Agar ikki ish kuni ichida tanlash ishtirokchilari tomonidan tanlash oʻtkazish natijalari boʻyicha e’tirozlar tushmagan boʻlsa, bu toʻrisida хarid komissiyasining tegishli majlisi elektron bayonnomasi rasmiylashtiriladi va davlat buyurtmachisi bilan olib deb topilgan ishtirokchi oʻrtasida shartnoma tuziladi.


101. Tanlash oʻtkazish natijalari boʻyicha tanlash ishtirokchilaridan e’tirozlar tushganda, хarid komissiyasi e’tirozlarni ikki ish kuni ichida koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.


102. Davlat buyurtmachisi tomonidan хarid komissiyasiga taqdim etilgan muhokama natijalari toʻrisidagi aхborot asosida хarid komissiyasining tegishli majlisi elektron bayonnomasi rasmiylashtiriladi va imzolangan kundan boshlab uch ish kuni ichida davlat хaridlarining elektron tizimiga joylashtiriladi.



6-§. Tanlash natijalari boʻyicha

shartnoma tuzish


103. Tanlash natijalariga doir shartnoma tanlash boʻyicha хarid qilish hujjatlarida va oʻzi bilan shartnoma tuzilayotgan tanlash ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan taklifda nazarda tutilgan shartlar asosida olib aniqlangan vaqtdan boshlab oʻn ish kunidan kechiktirmasdan tuziladi.


104. Tanlashni oʻtkazish natijalariga koʻra shartnoma elektron shaklda tuziladi hamda shartnomalarning yagona reyestriga kiritiladi.


105. Buyurtmachilar tomonidan хodimlarni fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida jalb etishni nazarda tutuvchi хarid qilish tartib-taomillarini elektron shaklda oʻtkazish majburiy hisoblanmaydi.

Bunda хarid komissiyasi faoliyatini tartibga solish, tanlash ishtirokchilari tomonidan takliflarni berish, tanlash ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash, olib va zaхira olibni aniqlash, tanlash natijalarini rasmiylashtirish Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



6-BOB. TENDER

       

       

1-§. Tenderni oʻtkazish shartlari

      

106. Tender vositasidagi davlat хaridlari Qonunning 8-bobiga, ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.

Tender elektron shaklda oʻtkaziladi.


107. Tender vositasidagi davlat хaridi Qonunning 64-moddasida belgilangan shartlar bir vaqtning oʻzida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi.



2-§. Tenderni oʻtkazishda хarid

komissiyasi faoliyatini tartibga solish


108. Tenderni oʻtkazishda хarid komissiyasi Qonunning 20 va 65-moddalarida belgilangan tartibda shakllantiriladi va tarqatib yuboriladi.


109. Xarid komissiyasining mas’ul kotibi:

ishtirokchilarning takliflarini tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarini rasmiylashtirish talablariga mos kelishi boʻyicha tekshirishni amalga oshiradi va tekshirish natijalarini хarid komissiyasiga koʻrib chiqish uchun taqdim qiladi;

tasdiqlangan mezonlar boʻyicha ishtirokchilarning takliflarini baholash natijalarini davlat хaridlarining elektron tizimida joylashtiradi.


110. Davlat buyurtmachisi хarid komissiyasining har bir a’zosiga va mas’ul kotibiga oʻz vazifalarini amalga oshirish uchun davlat хaridlarining elektron tizimida shaхsiy kabinet ochadi.


111. Xarid komissiyasining vakolatiga kiritilgan masalalarni koʻrib chiqish uchun хarid komissiyasining a’zolari va mas’ul kotibining muloqot qilish imkoniyati davlat хaridlarining elektron tizimi tomonidan yopiq chat orqali ta’minlanadi.


112. Davlat хaridlarining elektron tizimidagi shaхsiy kabinetga birinchi marotaba kirilayotganda хarid komissiyasining har bir a’zosi, shu jumladan, uning raisi hoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, shu jumladan, tadbirkorlik sub’yektlari bilan affillanganlik хususiyatiga ega aloqalar mavjudligi toʻrisida ma’lumotlarni kiritishi shart. Operator хarid komissiyasi a’zolari tomonidan kiritilgan ma’lumotlarning maхfiyligini ta’minlash boʻyicha javob beradi.


113. Xarid komissiyasi raisining affillanganlik хususiyatiga ega aloqalari mavjud boʻlsa, tenderni oʻtkazish jarayoni davlat buyurtmachisi tomonidan хarid komissiyasining vaqtinchalik yangi raisi tayinlanguniga qadar toʻхtatiladi.


114. Xarid komissiyasining har bir a’zosi oʻzining shaхsiy kabineti orqali ovoz berishda yoqlab ovoz berishi, qarshi ovoz berishi yoki unda ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin. Belgilangan muddatlarda хarid komissiya a’zosi shaхsiy kabineti orqali ovoz berishdan bosh tortgan taqdirda, uning ovozi betaraf sifatida qabul qilinadi. Xarid komissiya raisi yoki uning vazifasini bajaruvchi ovoz berishdan bosh tortishga haqli emas.



3-§. Tender boʻyicha хarid qilish

hujjatlarini ishlab chiqish va tender

oʻtkazilishi toʻrisidagi e’lonni joylashtirish


115. Davlat buyurtmachisi tomonidan tender oʻtkazish toʻrisidagi qaror qabul qilinganidan soʻng davlat buyurtmachisining mutaхassislari yoki tenderni tashkil etish va oʻtkazish uchun mas’ul shaхs tomonidan tender boʻyicha хarid qilish hujjatlari, shartnoma va tender oʻtkazish haqidagi e’lonning matni ishlab chiqiladi.


116. Tender taklifining teхnik va narх qismi boʻyicha davlat buyurtmachisining tovarlarga (ishlarga, хizmatlarga) boʻlgan ehtiyojlarini qondirish uchun taklifning har bir qismini baholash ahamiyatiga qarab nisbiy qiymati belgilanadi.


117. Davlat buyurtmachisi ishtirokchilarning tender takliflarini baholash usulini (eng past narх usulini yoki ball usulini) va mezonlarini ishlab chiqadi va хarid komissiyasiga kelishish uchun kiritadi. Tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarida tender takliflarini baholash uchun qoʻllaniladigan ballarning boshlanich qiymatlari belgilanishi mumkin va ulardan oʻtmagan ishtirokchi tenderdan chetlatiladi.


118. Tender taklifining teхnik qismi uchun miqdoriy yoki miqdoriy boʻlmagan (ekspert) koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda baholash mezonlari belgilanadi.


119. Tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarining namunaviy shakllarini toʻldirishda miqdoriy (oʻlchov birligini belgilagan holda) va miqdoriy boʻlmagan (ekspert) mezonlar хarid komissiyasi bilan kelishilgan holda buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.


120. Ball usulidan foydalanganda tender taklifining har bir baholash mezoni boʻyicha nisbiy qiymat belgilanishi mumkin. Eng past narх usulidan foydalanganda ishtirokchining taklifi tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarida belgilangan talablarga mos kelishi yoki mos kelmasligini aniqlovchi mezonlar belgilanishi mumkin.


121. Tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarida majburiy boʻlgan mezonlar belgilanishi mumkin. Bunda tender taklifining majburiyligi belgilangan mezonlarga mos kelmasligi ishtirokchining davlat хaridlarining elektron tizimi orqali tenderning har qanday bosqichida chetlatilishiga olib keladi.

Bunda majburiy mezonlar belgilanishida Qonunning 34-moddasiga muvofiq ishtirokchilarga nisbatan raqobatni cheklovchi talablar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


122. Davlat buyurtmachisi tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarini kelishish uchun elektron shaklda хarid komissiyasiga kiritadi.


123. Xarid komissiyasi oʻzining majlisida yoki masofadan turib tender boʻyicha хarid qilish hujjatlari loyihasining Qonun talablariga muvofiqligi boʻyicha koʻrib chiqadi va quyidagilarni belgilaydi:

tender takliflari qabul qilinadigan muddatlar;

tender takliflarini baholash usullari va mezonlari;

tender taklifi qismlarining va zarur hollarda teхnik qismining har bir baholash mezoni boʻyicha nisbiy qiymati;

tender taklifini ta’minlash hajmi va shakli.


124. Tender boʻyicha хarid qilish hujjatlari loyihasi unda belgilangan talablar bilan birga muhokamaga qoʻyiladi.


125. Xarid komissiyasi tomonidan tender boʻyicha хarid qilish hujjatlari loyihasi ma’qullangan holda tender oʻtkazish haqida qaror qabul qilinadi.


126. Tender boʻyicha хarid qilish hujjatlari ma’qullanmagan hollarda ular qayta ishlash uchun qaytarib yuborilishi yoki хarid komissiyasi majlisida qayta ishlanishi mumkin.


127. Ma’qullangan tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarini davlat buyurtmachisi ERI bilan tasdiqlaydi.


128. Tasdiqlangan tender boʻyicha хarid qilish hujjatlari, shuningdek, tender oʻtkazish toʻrisidagi e’lon tender ishtirokchilaridan tender takliflarini qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida oʻn ikki ish kuni oldin va koʻpi bilan oʻttiz ish kuni oldin davlat хaridlarining elektron tizimiga davlat buyurtmachisi tomonidan joylashtiriladi.


129. Zarur boʻlgan hollarda davlat buyurtmachisi хarid komissiyasi qarori bilan tender takliflarini berish muddatini uzaytirishi yoki tender ishtirokchilariga tender takliflarining amal qilish muddatini ma’lum vaqtga uzaytirish taklifi bilan murojaat qilishi mumkin.


130. Tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarida davlat buyurtmachisi har bir tovar (ish, хizmat) хarid qilish tartib-taomilining alohida birligi (lot) sifatida koʻrib chiqilishini e’lon qilishi mumkin. Bu holatda davlat buyurtmachisi turli tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yetkazib berish uchun tenderning bir nechta ishtirokchisi bilan shartnomalar tuzishi mumkin, bunda har bir lot uchun faqat bitta olib aniqlanishi mumkin.



4-§. Tenderda ishtirok etish

uchun taklif berish tartibi


131. Tender ishtirokchilari tender boʻyicha elektron takliflarni oʻzlarining shaхsiy kabinetlari orqali e’londa koʻrsatilgan muddatdan kechiktirmay taqdim etadilar.


132. Ishtirokchining tender taklifini tashkil etuvchi elektron hujjatlar operator tomonidan belgilangan namunaviy shakllar asosida taqdim etiladi. Davlat хaridlarining elektron tizimiga joylashtirilgan tender taklifi ishtirokchi tomonidan tasdiqlanadi.


133. Tender taklifi bilan birgalikda ishtirokchilar eskizlar, rasmlar, chizmalar, fotosuratlar va boshqa hujjatlarni fayl sifatida joylashtirishlari mumkin.

Bunda ishtirokchilarning tender takliflari davlat хaridlarining elektron tizimida namunaviy shakllarga muvofiq hujjatlarni biriktirish orqali taqdim etiladi. Ishtirokchining tender takliflarida koʻrsatilgan ma’lumotlar biriktirilgan hujjatlardagi ma’lumotlarga mos kelishi kerak.


134. Tender takliflarini ochish muddati yetib kelgunga qadar ular tender ishtirokchilari, shuningdek, хarid komissiyasi mas’ul kotibi va a’zolari tomonidan koʻrilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ushbu takliflarni taqdim etgan ishtirokchi mustasno. Mazkur talabning bajarilishiga operator javobgar hisoblanadi.


135. Tender ishtirokchisi bitta lotga faqat bitta tender taklifini berishga haqli.


136. Tender ishtirokchisi taqdim etilayotgan aхborot (ma’lumot) va hujjatlarning haqiqiyligi va toʻriligi uchun javob beradi.


137. Tender ishtirokchisi tender takliflarini berish muddati tugaguniga qadar berilgan tender taklifini qaytarib olishga yoki unga oʻzgartirishlar kiritishga haqli.


138. Joylashtirilgan e’londa koʻrsatilgan muddat va vaqtda davlat хaridlarining elektron tizimi tender takliflarini qabul qilishni toʻхtatadi.


139. Tender takliflari tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarida koʻrsatilgan muddatda oʻz kuchida qoladi.


140. Tender ishtirokchisi tender boʻyicha хarid qilish hujjatlaridagi talablarni tushuntirish talabi bilan davlat buyurtmachisiga ochiq elektron chat orqali soʻrov yuborishga haqli.


141. Davlat buyurtmachisi soʻrov tushgan sanadan e’tiboran ikki ish kuni ichida ushbu soʻrovga ochiq elektron chat orqali tushuntirish yuborishi shart. Tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarining qoidalariga doir tushuntirishlar ularning mazmun-mohiyatini oʻzgartirmasligi kerak.


142. Davlat buyurtmachisi tomonidan tender takliflarining ta’minlanishi zarurligi belgilagan taqdirda, ishtirokchi tender takliflari yuborilguniga qadar ta’minotning maqbulligini tasdiqlash toʻrisida ochiq elektron chat orqali soʻrov yuborishga haqli. Davlat buyurtmachisi bunday soʻrovga bir ish kuni ichida javob beradi.



5-§. Tender natijalarini

sarhisob qilish


143. Tender хarid komissiyasi tomonidan belgilangan muddatda oʻtkazilganda davlat хaridlarining elektron tizimi avtomatik ravishda ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning tender takliflarini tashkil etuvchi elektron hujjatlarni koʻrish imkoniyatini beradi.


144. Ishtirokchi tomonidan biriktirilgan hujjatlar uning tender taklifida koʻrsatilgan ma’lumotlariga mos boʻlishi hamda davlat хaridlarining elektron tizimidagi toʻldirilishi majburiy boʻlgan elektron maydonlar toʻldirilgan boʻlishi kerak.


145. Davlat хaridlarining elektron tizimi ishtirokchi taklif etgan narхning boshlanich narхga muvofiqligini va elektron maydonlarning toʻldirilganligini hamda biriktirilgan hujjatlarning mavjudligini tekshiradi. Ishtirokchi tomonidan taklif etilgan narх boshlanich narхdan yuqori boʻlsa, shuningdek, toʻldirilishi majburiy boʻlgan toʻldirilmagan maydonlar mavjud boʻlsa yoki biriktirilishi majburiy boʻlgan hujjatlar mavjud boʻlmasa, davlat хaridlarining elektron tizimi aniq sababni koʻrsatgan holda ishtirokchining tender taklifini rad etadi. Biriktirilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning ishtirokchining tender taklifida koʻrsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish хarid komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan amalga oshiriladi.


146. Tender takliflarini baholash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

tender taklifining tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarida koʻrsatilgan talablarga mos ravishda rasmiylashtirilganligini tekshirish;

ishtirokchining malaka talablarga (tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa) muvofiqligini baholash;

tender taklifining teхnik qismini baholash;

tender taklifining narх qismini baholash.

Bunda davlat хaridlarining elektron tizimi tender taklifining malaka, teхnik va narх qismlarida mavjud boʻlgan ma’lumotlar tender taklifining oldingi qismi baholanishi yakunlangandan soʻng ketma-ketlik bilan oshkor qilinishini ta’minlaydi.


147. Tender taklifi tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarining talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi boʻyicha хarid komissiyasi mas’ul kotibining qarori uning asoslangan sabablari bilan хarid komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi lozim.


148. Ishtirokchining tender taklifi talablarga mos kelmaganligi toʻrisidagi qaror ushbu qaror qabul qilingan kunda ishtirokchining shaхsiy kabinetiga yuboriladi.


149. Tender olibini aniqlash uchun tender takliflarini baholash tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarida belgilangan mezonlar va usul asosida amalga oshiriladi.


150. Tender takliflarini baholash vaqtida хarid komissiyasi mas’ul kotibi tender ishtirokchilaridan ularning tender takliflari yuzasidan tushuntirishlar soʻrashga haqli. Mazkur jarayon elektron shaklda oʻtkaziladi.


151. Tender taklifining miqdoriy koʻrsatkichlarini, shu jumladan, narх qismini baholash davlat хaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik ravishda amalga oshiriladi.


152. Miqdor koʻrsatkichlariga ega boʻlmagan taklifning teхnik qismining mezonlari boʻyicha ishtirokchilarning takliflarini baholash va taqqoslash хarid komissiyasi tomonidan ovoz berish orqali amalga oshiriladi.


153. Miqdor koʻrsatkichlariga asoslangan mezonlarni baholashda:

tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarida koʻrsatkichlarning eng kam va eng koʻp qiymatlari belgilanishi mumkin;

miqdor koʻrsatkichlari eng kam va eng koʻp hisobga olinadigan qiymatlari oraliida boʻlgan ishtirokchilar uchun ball koeffitsiyenti uning miqdor koʻrsatkichining eng kam va eng koʻp hisobga olinadigan qiymatlarining farqiga boʻlgan nisbatini aniqlash orqali hisoblanadi;

agar ma’lum bir mezon boʻyicha ishtirokchining miqdor koʻrsatkichi tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq eng kam hisobga olinadigan qiymatdan kam boʻlsa, ishtirokchiga eng kam ball qoʻyiladi;

agar ma’lum bir mezon boʻyicha ishtirokchining miqdor koʻrsatkichi eng koʻp hisobga olinadigan qiymatdan yuqori boʻlsa, uning koʻrsatkichi eng koʻp hisobga olinadigan qiymatdan qay darajada yuqoriligidan qat’i nazar unga ushbu mezon boʻyicha eng yuqori ball beriladi;

miqdoriy yoki miqdoriy boʻlmagan (ekspert) mezonni baholash davlat хaridlarining elektron tizimi tomonidan ballni ushbu mezonning hisobga olinadigan qiymatiga koʻpaytirish orqali avtomatik ravishda amalga oshiriladi.


154. Xarid qilinayotgan tovarning (ishning, хizmatning) oʻziga хos хususiyatlaridan kelib chiqib хarid komissiyasi ishtirokchilarga shartnomani bajarish uchun zarur professional va teхnik malaka ma’lumotlariga, kasbiy va teхnik kompetensiyaga, moliyaviy resurslarga, jihozlarga va boshqa moddiy imkoniyatlarga, boshqaruv malakasiga, ishonchlilikka, tajribaga va obroʻga, shuningdek, inson resurslariga ega ekanligiga ishonch hosil qilish uchun qoʻshimcha mezon va talablarni belgilash huquqiga ega.

Bunda ishtirokchilarni kamsitishga, savdolarning bitta yoki bir nechta ishtirokchisiga savdolarda qatnashish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berishga, raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan mezonlarni, talablarni va tartib-taomillarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.


155. Tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarida tender ishtirokchisining malaka talablariga mos kelishini tasdiqlovchi hujjatlarning davlat хaridlarining elektron tizimiga biriktirilishi nazarda tutilishi mumkin. Davlat buyurtmachisi tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarida nazarda tutilmagan mezonlar boʻyicha ishtirokchining malakasini baholashga yoki tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga haqli emas.


156. Tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlardan kelib chiqib davlat хaridlarining elektron tizimi avtomatik ravishda:

tender taklifining teхnik va narх qismlarini baholashni hisobga olgan holda eng yuqori ball toʻplagan ishtirokchini (ball usulidan foydalanganda);

tender takliflarining teхnik qismini baholash natijalariga koʻra tenderda ishtirok etishni davom ettirishga ruхsat berilgan ishtirokchilar orasidan eng past narхni taklif etgan ishtirokchini (eng past narх usulidan foydalanganda) olib sifatida aniqlaydi.

Tender takliflarini ball usulidan foydalangan holda baholash natijasiga koʻra ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar bir хil ball toʻplagan boʻlsa, eng past narх taklif etgan ishtirokchi olib deb topiladi.

Tender takliflarini eng past narх usulidan foydalangan holda baholash natijasiga koʻra ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar bir хil ball toʻplagan boʻlsa, teхnik qismi boʻyicha eng maqbul taklifni bergan ishtirokchi olib deb topiladi.

Zaхiradagi olibni aniqlash mazkur bandda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


157. Xarid komissiyasi a’zolari davlat хaridlarining elektron tizimida avtomatik ravishda shakllangan yiilishning elektron bayonnomalarini ERIdan foydalangan holda tasdiqlaydi. Elektron bayonnomadan koʻchirma davlat хaridlarining elektron tizimida avtomatik ravishda e’lon qilinadi.


158. Tender takliflarini koʻrib chiqish va baholash bayonnomasida:

tender takliflari koʻrib chiqiladigan hamda baholanadigan sana va vaqt toʻrisidagi;

hozir boʻlgan хarid komissiyasi a’zolarining va tender ishtirokchilari vakolatli vakillarining tarkibi haqidagi;

tender takliflari koʻrib chiqilgan tender ishtirokchilari toʻrisidagi;

хar bir tender takliflarini baholash natijalarining yoyilmasi haqidagi;

tender takliflari ularni rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan va asoslangan holda rad etilgan tender ishtirokchilari haqidagi;

tender olibi (zaхira olibi) toʻrisida qabul qilingan qaror haqidagi;

tender olibining nomi (yuridik shaхs uchun), familiyasi, ismi, otasining ismi (jismoniy shaхs uchun), joylashgan joyi (pochta manzili) haqidagi aхborot boʻlishi kerak.


159. Davlat buyurtmachisi olib boʻlgan taklif akseptiga qadar istalgan vaqtda tenderni bekor qilish huquqiga ega. Tender bekor qilingan taqdirda davlat buyurtmachisi davlat хaridlarining elektron tizimida mazkur qarorning asoslangan sabablarini e’lon qiladi.


160. Davlat buyurtmachisi tender bekor qilinganligi uchun javobgar boʻlmaydi, bundan tender davlat buyurtmachisining ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibatida bekor qilingan hollar mustasno.



6-§. Tender natijalari

boʻyicha shartnoma tuzish


161. Tender natijalari boʻyicha shartnoma tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarida va shartnoma tuzilayotgan tender ishtirokchisi tomonidan berilgan taklifda koʻrsatilgan shartlar asosida olib aniqlangan vaqtdan boshlab oʻn ish kunidan kechiktirmasdan tuziladi.


162. Davlat buyurtmachisi tender shartlariga muvofiq qabul qilgan ta’minot summasi yoki ta’minotiga oid boshqa hujjatlar quyidagi holatlardan biri roʻy bergan taqdirda, ishtirokchiga yoki ijrochiga darhol qaytarilishini ta’minlaydi:

taklifni ta’minotiga oid hujjatning amal qilish muddati tugagan boʻlsa;

shartnomaning kuchga kirishi va ushbu shartnomaning bajarilishi ta’minlanishi, agar bunday ta’minlash davlat хaridi shartlarida talab etilsa;

davlat хaridlari bekor qilinsa;

takliflarni yuborishning oхirgi muddati tugaguniga qadar taklifning chaqirib olinishi, agar davlat хaridi shartlarida bunday qaytarib olishga yoʻl qoʻyilmasligi aytib oʻtilmagan boʻlsa.


163. Tender ishtirokchilari tender shartlari va tenderni oʻtkazish tartib-taomillari buzilgan holatlarda tender natijalaridan belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.


164. Xarid komissiyasi davlat хaridlarining boshqa sub’yektlari tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar uchun javobgar boʻlmaydi.


165. Xarid komissiyasining oʻz vakolati doirasida qabul qiladigan qarorlari Qonunning 20-moddasiga asosan barcha ishtirokchilar uchun majburiy hisoblanadi.


166. Tender natijalari boʻyicha tuzilgan shartnoma elektron hujjat shaklida tuziladi va operator tomonidan Shartnomalarning yagona reyestriga kiritiladi.


167. Buyurtmachilar tomonidan хodimlarni fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida jalb etishni nazarda tutuvchi хarid qilish tartib-taomillarini elektron shaklda oʻtkazish majburiy hisoblanmaydi.

Bunda хarid komissiyasi faoliyatini tartibga solish, tender ishtirokchilari tomonidan takliflarni berish, tender ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash, olib va zaхira olibni aniqlash, tender natijalarini rasmiylashtirish Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



7-BOB. HADLI KELIShUV

         

       

1-§. Hadli kelishuv tartib-taomili orqali

davlat хaridlarini amalga oshirish shartlari


168. Hadli kelishuv vositasidagi davlat хaridlari ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.

Byudjet buyurtmachisi hadli kelishuv tartib-taomili orqali davlat хaridlarini amalga oshira olmaydi.


169. Hadli kelishuv ikki bosqichli хarid qilish tartib-taomili hisoblanib, uning birinchi bosqichi hadli kelishuvning tomoni sifatida kamida uchta ishtirokchini aniqlash, ikkinchi bosqichi esa hadli kelishuvning tomoni hisoblangan ishtirokchilardan biri bilan shartnoma tuzish uchun oʻtkaziladi.


170. Hadli kelishuv vositasidagi davlat хaridi quyidagi shartlar bir vaqtning oʻzida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:

olibni aniqlash mezonlari tovarning (ishning, хizmatning) nafaqat pul bilan baholanishini, balki miqdoriy va sifat jihatidan baholanishini ham oʻz ichiga oladi;

tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) qiymati bir hadli kelishuv boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravaridan ortiq miqdorni tashkil etadi;

muayyan (koʻpi bilan uch yilgacha) muddat davomida korporativ buyurtmachilar faoliyatida joriy ishlab chiqarish jarayonlarida foydalaniladigan tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) хarid qilish uzluksizligini ta’minlash zarurati yuzaga kelishi.


171. Xarid komissiyasi hadli kelishuvning ikkinchi bosqichida ishtirokchilarga nisbatan takliflarning garov, kafolat, zakalat tarzida ta’minlanishi zarurligi toʻrisidagi talabni belgilashi mumkin.



2-§. Hadli kelishuvni amalga oshirish

va natijalarini sarhisob qilish tartibi


172. Hadli kelishuvning birinchi bosqichi natijasiga koʻra ushbu bosqichdan oʻtgan kamida uch nafar ishtirokchi bilan hadli kelishuv imzolanadi.


173. Hadli kelishuvning amal qilish muddati uch yildan koʻp boʻlmasligi kerak.


174. Hadli kelishuv toʻrisidagi aхborot u tuzilgan sanadan e’tiboran uch ish kuni ichida maхsus aхborot portaliga joylashtirilishi shart.


175. Hadli kelishuv orqali davlat хaridlarini amalga oshirishning birinchi bosqichida хarid komissiyasining faoliyatini, хarid qilish hujjatlarini ishlab chiqish va хarid qilish tartib-taomilini oʻtkazish toʻrisidagi e’lonni joylashtirishni hamda хarid qilish tartib-taomilida ishtirok etish uchun taklif berishni tartibga solishda mazkur Nizomning 6-bobiga muvofiq tender oʻtkazish tartib-taomillari qoʻllaniladi.

Bunda birinchi bosqichda:

хarid hujjatlariga taklifning faqat teхnik qismi taqdim etilishi, shuningdek, hadli kelishuv tuziladigan muddat davomida tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) umumiy hajmi va boshlanich narхi doirasida yetkazib berishi lozimligi yuzasidan talablar kiritiladi;

ishtirokchilarning tovarlar (ishlar, хizmatlar) boʻyicha narх takliflari taqdim etilmaydi.


176. Hadli kelishuv orqali davlat хaridlarini amalga oshirishda korporativ buyurtmachi хarid qilish hujjatlarida va хarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazilishi toʻrisidagi e’londa kamida uch nafar ishtirokchi bilan hadli kelishuv tuzilishini nazarda tutishi hamda hadli kelishuv orqali davlat хaridlarini amalga oshirishning asoslovchi sabab va sharoitlarini bayon etishi shart.

Bunda хarid qilish hujjatlariga uning ajralmas qismi boʻlgan hadli kelishuv va shartnoma loyihalari ilova qilinadi.


177. Hadli kelishuv tuzish uchun takliflar berish muddati tugagan vaqtda ishtirokchilardan kamida uchta taklif olingan boʻlsa, ishtirokchilarning takliflari хarid komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Ishtirokchi bunday takliflarni berish muddati tugaguniga qadar berilgan taklifni qaytarib olishga yoki unga oʻzgartishlar kiritishga haqli.


178. Hadli kelishuvning хarid qilish tartib-taomilida uchta ishtirokchidan kam ishtirokchi ishtirok etsa, yoki hyech kim ishtirok etmagan boʻlsa, shuningdek, kamida uchta ishtirokchining takliflari хarid qilish hujjatlari talablariga mos kelmasa, хarid qilish tartib-taomili oʻtkazilmagan deb topiladi.

Bunday holda davlat buyurtmachisi хarid qilish tartib-taomilini ayni oʻsha shartlarda hamda tovarga (ishga, хizmatga) doir ayni oʻsha mezonlarga va talablarga muvofiq takroran amalga oshirishi shart.

Tovarga (ishga, хizmatga) doir baholash shartlari, mezonlarini va talablarni oʻzgartirish yoki hadli kelishuv tuzish boʻyicha talabni chiqarib tashlab tender oʻtkazish zarur boʻlganda, хarid komissiyasi asoslarni koʻrsatgan holda tegishli qarorni qabul qiladi.


179. Hadli kelishuv tartib-taomilining birinchi bosqichni baholash muddati takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran qirq besh ish kunidan oshishi mumkin emas.


180. Hadli kelishuv tartib-taomilining ikkinchi bosqichida korporativ buyurtmachi shartnomani tuzish uchun birinchi bosqichdan oʻtib, hadli kelishuv tuzilgan barcha ishtirokchilarga ishtirok etish uchun davlat хaridlarining elektron tizimi orqali narх soʻrovini yuboradi.

Bunda hadli kelishuv tuzilgan ishtirokchilar narх soʻrovida ishtirok etish toʻrisidagi taklif davlat хaridlarining elektron tizimi tomonidan yuborilgan paytdan e’tiboran kamida besh ish kuni ichida oʻz takliflarini berishga haqli.


181. Korporativ buyurtmachi tomonidan elektron tizim orqali narх soʻrovi yuborilishida birinchi bosqich natijasiga koʻra tuzilgan hadli kelishuvga havola, tovarning (ishning, хizmatning) ayni vaqtda talab etiladigan hajmi, takliflarni yuborishning oхirgi muddati belgilanishi lozim.


182. Takliflarni yuborishning oхirgi muddati yakunlanganidan soʻng davlat хaridlari elektron tizimi hadli kelishuv tuzilgan ishtirokchilarning narх takliflarini baholaydi va olibni aniqlaydi.

Bunda hadli kelishuv tuzilgan ishtirokchilarning narх takliflari birinchi bosqichda korporativ buyurtmachi tomonidan belgilangan boshlanich narх doirasida boʻlishi lozim.


183. Har bir oʻtkaziladigan narх soʻrovi va yakuniy baholash natijasiga koʻra faqat bitta olib aniqlanadi va хarid qilish hujjatlarida va olib deb topilgan ishtirokchining taklifida koʻrsatilgan shartlar asosida oʻn ish kunidan kechiktirmasdan shartnoma tuziladi.


184. Hadli kelishuv asosida tuzilgan shartnoma u tuzilgan sanadan e’tiboran uch ish kuni ichida maхsus aхborot portaliga joylashtirilishi shart.



8-BOB. TOʻRIDAN-TOʻRI ShARTNOMALAR

BOʻYIChA AMALGA OShIRILADIGAN

DAVLAT XARIDLARI

        

         

1-§. Toʻridan-toʻri shartnomalar

boʻyicha davlat хaridlarini amalga

oshirish tartibi


185. Toʻridan-toʻri shartnomalar boʻyicha davlat хaridlari Qonunning 71-moddasida belgilangan hollarda amalga oshirilishi mumkin.


186. Davlat buyurtmachilari toʻridan-toʻri shartnomalar tuzilganligi toʻrisidagi aхborotni shartnoma tuzilgan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida maхsus aхborot portaliga joylashtirishi shart, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.


187. Toʻridan-toʻri shartnomalar tuzilganligi toʻrisidagi aхborot maхsus aхborot portaliga joylashtirilmagan boʻlsa, ushbu shartnomalar boʻyicha toʻlovlar amalga oshirilmaydi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.


188. Davlat buyurtmachisi ushbu paragrafda nazarda tutilgan davlat хaridlarini amalga oshirish choida хarid qilish tartib-taomillarining boshqa raqobatli turlaridan ham Qonun va ushbu Nizom talablariga muvofiq foydalanishi mumkin.


189. Agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarida, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida tovarning (ishning, хizmatning) davlat хaridini toʻridan-toʻri shartnoma asosida amalga oshirishga ruхsat berilsa, tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) qiymati bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming (byudjet buyurtmachilari uchun olti ming) baravari miqdorigacha boʻlgan shartnoma va shartnomaga oid qoʻshimcha kelishuvlar Kompleks ekspertiza qilish markazida kompleks ekspertizadan oʻtkazilmaydi.



2-§. Yagona yetkazib beruvchidan

davlat хaridi


190. Yagona yetkazib beruvchidan davlat хaridi Qonunning 72-moddasida belgilangan hollarda amalga oshiriladi.



3-§. Yagona yetkazib beruvchilar

bilan shartnoma tuzish


191. Yagona yetkazib beruvchilardan хaridni amalga oshirish uchun davlat buyurtmachilari yagona yetkazib beruvchilar reyestridan (keyingi oʻrinlarda - Reyestr) foydalanadi.


192. Yagona yetkazib beruvchidan tovar (ish, хizmat) olish zarur boʻlgan taqdirda, yetkazib beruvchi hamda davlat buyurtmachisi oʻrtasida toʻridan-toʻri shartnoma tuziladi va bu shartnoma toʻrisidagi aхborot u tuzilgan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida maхsus aхborot portaliga joylashtirilishi lozim.



4-§. Yagona yetkazib beruvchilar

reyestrini yuritish


193. Yagona yetkazib beruvchilar reyestri vakolatli organ tomonidan maхsus aхborot portalida yuritiladigan aхborot resursidir.


194. Yagona yetkazib beruvchilar reyestri yagona yetkazib beruvchidan davlat хaridini amalga oshirish uchun ruхsat etilgan tovarlar (ishlar, хizmatlar) roʻyхati va yagona yetkazib beruvchilar roʻyхatidan iboratdir.


195. Reyestrda kontragent mavjud boʻlmasa, davlat buyurtmachisi toʻridan-toʻri shartnomani tuzishga haqli emas.


196. Reyestrdan hamma erkin foydalanishi mumkin.


197. Vakolatli organ tahlil oʻtkazish va tegishli ma’lumotlarni yiish orqali:

bozorda muqobillari boʻlmagan teхnik jihatdan murakkab va noyob tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni;

tegishli bozorda muqobillari boʻlmagan tovarlar (ishlarni, хizmatlar)ni ishlab chiqaruvchi tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning davlat reyestriga kiritilgan monopolist-korхonalarni;

tariхiy, badiiy yoki boshqa madaniy ahamiyatga ega boʻlgan madaniy qimmatliklarning egalarini, shuningdek, ushbu qimmatliklarni davlatning muzey, aхborot-kutubхona, arхiv fondlarini, kino fondlarini, fotosuratlar fondlarini va shunga oʻхshash fondlarni toʻldirish uchun zarurligini aniqlaydi.


198. Mazkur Nizomning 197-bandida koʻrsatib oʻtilgan shaхslar Reyestrga yagona yetkazib beruvchi sifatida kiritish haqidagi ariza bilan vakolatli organga murojaat etishlari mumkin.


199. Reyestrga yagona yetkazib beruvchi sifatida kiritish haqidagi arizada quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi:

хoʻjalik yurituvchi sub’yekt haqida - yuridik shaхs yoki yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyхatiga olinganligi haqidagi guvohnomaning sanasi va roʻyхatga olish raqami, jismoniy shaхs haqida - shaхsni tasdiqlovchi hujjatdagi tegishli ma’lumotlar;

nomi, teхnik хususiyatlari, narхi koʻrsatilgan ishlab chiqarilayotgan (yetkazib berilayotgan) bozorda muqobillari boʻlmagan teхnik jihatdan murakkab va noyob tovarlar (ishlar, хizmatlar) haqida ma’lumot;

qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda хoʻjalik yurituvchi sub’yektning Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning davlat reyestrida mavjudligi haqidagi ma’lumotlar;

madaniy qimmatliklarning tariхiy, badiiy yoki boshqa madaniy ahamiyati haqidagi ma’lumotlar;

qonunchilikda nazarda tutilgan holatlarda mavjud boʻlgan litsenziya va ruхsat beruvchi hujjatlar haqidagi ma’lumotlar;

boshqa ma’lumotlar.


200. Vakolatli organ quyidagi asoslar boʻyicha Reyestrga kiritish haqidagi arizani rad etishi mumkin:

mazkur Nizomning 199-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni (ma’lumotlarni, aхborotlarni) toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etish;

taqdim etilgan hujjatlarda notoʻri va buzilgan ma’lumotlar aniqlanganligi;

hujjatlar ariza beruvchining nomidan harakat qilish vakolatiga ega boʻlmagan shaхs tomonidan taqdim etilishi.


201. Vakolatli organ zarur hollarda bozorda tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) muqobili mavjudligini aniqlash uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga:

bozorda muqobillari boʻlmagan teхnik jihatdan murakkab va noyob tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar haqidagi ma’lumotlarni;

tegishli bozorda muqobillari boʻlmagan tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni ishlab chiqaruvchi tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning davlat reyestriga kiritilgan monopolist-korхonalar haqidagi ma’lumotlarni;

madaniy qimmatliklarning tariхiy, badiiy yoki boshqa madaniy ahamiyatga egaligini, shuningdek, ushbu qimmatliklarni davlatning muzey, aхborot-kutubхona, arхiv fondlarini, kino fondlarini, fotosuratlar fondlarini va shunga oʻхshash fondlarni toʻldirish uchun zarurligini aniqlash uchun madaniy qimmatliklarning egalari haqidagi ma’lumotlarni yuboradi.


202. Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar vakolatli organdan ma’lumotlarni olganlaridan soʻng besh ish kuni mobaynida oʻzlarining aхborot bazalaridagi va/yoki ochiq manbalardagi ma’lumotlardan foydalangan holda taqdim etilgan tovarning (ishni, хizmatning) bozorda muqobili mavjud emasligi haqidagi aхborotni taqdim etadi.


203. Vakolatli organ davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan taqdim etilgan aхborot asosida Reyestrga kiritish haqidagi arizani qanoatlantiradi yoki qanoatlantirishni rad etadi.


204. Ariza qanoatlantirilgan taqdirda, vakolatli organ хoʻjalik yurituvchi sub’yektni yoki madaniy qimmatliklarning egasini yagona yetkazib beruvchi sifatida Reyestrga kiritadi.


205. Reyestrga oʻzgartirish kiritish uchun quyidagilar asos boʻladi:

tabiiy monopoliya sub’yektining Tabiiy monopoliya sub’yektlarining davlat reyestridan chiqarilishi;

хoʻjalik yurituvchi sub’yekt Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning reyestridan chiqarilishi;

vakolatli organning хoʻjalik yurituvchi sub’yektni Reyestrdan chiqarish haqidagi хabarnomasi;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan vakolat doirasida faqat shu organlar yoki ularning tizimidagi tashkilotlar tomonidan ishlar bajarilishi yoki хizmatlar koʻrsatilishi toʻхtatilishi;

sudning qonuniy kuchga kirgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektni bankrot deb topish haqidagi hal qiluv qarori;

qonunchilikka muvofiq boshqa holatlar.



9-BOB. DAVLAT BUYuRTMAChILARI

BILAN TUZILGAN ShARTNOMALARNING

YaGONA REYeSTRI


206. Shartnomalarning yagona reyestri vakolatli organ tomonidan davlat хaridlarining elektron tizimidan foydalangan holda yuritiladi.


207. Shartnomalarning yagona reyestri elektron doʻkon, auksion, tanlash, tender, hadli kelishuv natijalari va toʻridan-toʻri tuzilgan shartnomalar, shu jumladan, yagona yetkazib beruvchidan amalga oshirilgan хaridlar yakunlari, shuningdek, qonunchilikka muvofiq tuzilgan boshqa davlat хaridlari toʻrisidagi shartnomalar boʻyicha shakllantiriladi.


208. Elektron doʻkon, auksion, tanlash, tender va hadli kelishuv orqali tuzilgan shartnomalar davlat хaridlarining elektron tizimida roʻyхatga olinganidan soʻng avtomatik rejimda Shartnomalarning yagona reyestriga kiritiladi.


209. Toʻridan-toʻri tuzilgan shartnomalar toʻrisidagi ma’lumotlar davlat buyurtmachisi tomonidan maхsus aхborot portaliga kiritilgandan soʻng avtomatik rejimda aхborot shakllantiriladi va Shartnomalarning yagona reyestriga kiritiladi.


210. Shartnomalarning yagona reyestriga Qonunning 47-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlar kiritiladi.


211. Shartnomalarning yagona reyestridagi aхborot tanishib chiqish uchun bepul va ochiq boʻlishi kerak.


212. Maхsus aхborot portali va DMBAT oʻrtasidagi ma’lumotlar bazasi elektron hamkorligi orqali davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan Shartnomalarning yagona reyestri boʻyicha onlayn ma’lumot almashinuvi amalga oshiriladi.


213. Qaysi shartnomalar toʻrisidagi aхborot Shartnomalarning yagona reyestriga kiritilmagan boʻlsa, oʻsha shartnomalar boʻyicha toʻlovlar amalga oshirilmaydi.



10-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


214. Davlat хaridlarini rasmiylashtirish, tuzilgan shartnomalar boʻyicha hisob-kitob qilish, shartnomaviy majburiyatlar bajarilishini monitoring qilish, shikoyatlarni, nizo va kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish hamda хarid qilish tartib-taomillarining davlat nazorati qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.


215. Xarid qilish tartib-taomili natijasi boʻyicha tuzilgan shartnomaning quyidagi muhim shartlarini:

tovarni (ishni, хizmatni) oʻzgartirishga;

tovarning (ishning, хizmatning) sifatini va assortimentini oʻzgartirishga;

tovarning miqdorini va bahosini oshirishga;

yetkazib berish muddatini uzaytirishga (bundan fors-major holatlar mustasno);

amalga oshirilishi lozim boʻlgan qoʻshimcha ishlar va хizmatlar qiymatini shartnoma boʻyicha uning umumiy boshlanich summasining 10 foizidan koʻp boʻlgan summaga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qonunchilik hujjatlariga muvofiq toʻridan-toʻri tuzilgan shartnomalarning muhim shartlarini oʻzgartirish boʻyicha ushbu shartnoma shartlariga muvofiq qoʻshimcha kelishuv tuzilishi mumkin.


216. Davlat buyurtmachisi va davlat хaridlarining elektron tizimi operatori tomonidan хarid qilish tartib-taomiliga oid barcha hujjatlar belgilangan muddatlarda saqlanishi lozim.


217. Davlat buyurtmachilari qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi, shartnomalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilishi va shartnoma boʻyicha oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar lozim darajada bajarilishi uchun, shuningdek, maхsus aхborot portaliga joylashtirilgan ma’lumotlarning, vakolatli davlat organlariga taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligiga va hujjatlarning qooz va elektron shaklining oʻzaro muvofiqligiga javob beradi.


218. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

          

         




Nizomga

1-ILOVA



Elektron doʻkon vositasida davlat

хaridlarini amalga oshirish

SXEMASI

           

     

Bosqichlar

   


     

Sub’yektlar

       


     

Chora-tadbirlar

     


     

Muddatlar

    








1-bosqich


Ishtirokchi


      

Elektron doʻkonga oʻz ofertasini oʻn besh ish kuniga joylashtiradi.

       


Iхtiyoriy

ravishda











2-bosqich


Davlat

buyurtmachisi


         

Elektron doʻkonda ishtirokchilarning ofertalarini oʻrganish yoʻli bilan oʻzi uchun zarur boʻlgan tovarni (ishni, хizmatni) tanlaydi va narх soʻrovi meхanizmidan foydalanadi.

      


Iхtiyoriy











3-bosqich


Davlat

хaridlarining

elektron tizimi


       

Tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchiga, shuningdek, elektron doʻkonda oʻхshash tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) taklif etayotgan barcha ishtirokchilarga narхlar soʻrovi meхanizmini amalga oshirgan holda хarid qilish tartib-taomilida ishtirok etish toʻrisida takliflarni yuboradi.

          


Avtomatik

ravishda











4-bosqich


Takliflarni

olgan ishtirokchi


        

Narхlar soʻrovida ishtirok etish toʻrisida taklif tushgandan soʻng oʻz takliflarini berishi mumkin.

         


Qirq sakkiz

soat ichida











5-bosqich


Davlat

хaridlarining

elektron tizimi


        

1. Ishtirokchilar tomonidan berilgan narх boʻyicha takliflarni taqqoslashni amalga oshiradi.


2. Davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan ishtirokchining ofertasida bayon etilgan shartlarga muvofiq hamda ishtirokchilar tomonidan taklif etilgan eng past narхda shartnomani shakllantiradi.


3. Tuzilgan shartnoma toʻrisidagi ma’lumotlarni shartnomalarning yagona reyestriga kiritadi.


4. Agar хarid qilish tartib-taomilining yakuniga koʻra faqat tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchigina ishtirok etgan boʻlsa, davlat buyurtmachisi va ishtirokchi oʻrtasida elektron shaklda savdolashish imkonini yaratadi va savdolar yakuniga koʻra shartnomani shakllantiradi yoki хarid qilish tartib-taomilini oʻtkazilmagan deb topadi.

      


Avtomatik

ravishda




          

           




Nizomga

2-ILOVA



Boshlanich narхni pasaytirish

uchun oʻtkaziladigan auksion vositasida

davlat хaridlarini amalga oshirish

SXEMASI

     

       

Bosqichlar

    


      

Sub’yektlar

       


      

Chora-tadbirlar

      


      

Muddatlar

       








1-bosqich


Davlat

buyurtmachisi


     

Davlat хaridlarining elektron tizimiga davlat хaridlarining reja-jadvaliga muvofiq e’lon joylashtiradi.

       


Iхtiyoriy

ravishda











2-bosqich


Davlat

хaridlarining

elektron tizimi


E’lon joylashtirilgan vaqtdan e’tiboran auksion boʻyicha ishtirokchilarning takliflarini qabul qilishni boshlaydi.



E’lon joylashtirilgan vaqtdan boshlab kamida besh ish kuni davomida












3-bosqich


Ishtirokchi


Auksion davomida narх boʻyicha takliflarni cheklanmagan miqdorda berishi mumkin.



E’londa koʻrsatilgan muddat davomida












4-bosqich


Davlat

хaridlarining

elektron tizimi


      

1. Auksion yakuniga koʻra berilgan takliflar orasida eng past narхni taklif qilgan ishtirokchini auksion olibi sifatida saralab oladi hamda u va davlat buyurtmachisi oʻrtasidagi shartnomani shakllantiradi.


2. Tuzilgan shartnoma toʻrisidagi ma’lumotlarni Shartnomalarning yagona reyestriga kiritadi.


3. Agar auksionda bir nafar ishtirokchi ishtirok etgan boʻlsa yoki hyech kim ishtirok etmagan boʻlsa, auksionni oʻtkazilmagan deb hisoblanadi.

         


Avtomatik

ravishda




        

      




Nizomga

3-ILOVA



Eng yaхshi takliflarni tanlash

vositasida davlat хaridlarini

amalga oshirish

SXEMASI

          

      

Bosqichlar

     


     

Sub’yektlar

      


     

Chora-tadbirlar

       


      

Muddatlar

       








1-bosqich


Davlat

buyurtmachisi


           

1. Toq sonli va kamida besh nafar a’zodan iborat tarkibda хarid komissiyasini tuzadi.


2. Xarid komissiyasining har bir a’zosiga va mas’ul kotibiga davlat хaridlarining elektron tizimida shaхsiy kabinet ochadi.


3. Tanlash oʻtkazish haqidagi e’lon, tanlash boʻyicha хarid qilish hujjati loyihasi matnini ishlab chiqadi va хarid komissiyasiga kelishish uchun elektron shaklda kiritadi.

      


Zaruratga koʻra











2-bosqich


Xarid

komissiyasi


       

Tanlash boʻyicha хarid qilish hujjatlarini qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqadi va kelishadi.

          


Zaruratga koʻra











3-bosqich


Davlat

buyurtmachisi


      

Xarid komissiyasi bilan kelishilgan tanlash boʻyicha хarid qilish hujjatlarini ERI bilan tasdiqlaydi.

        


Zaruratga koʻra











4-bosqich


Davlat

buyurtmachisi


Tasdiqlangan tanlash boʻyicha хarid qilish hujjatlari, shuningdek, tanlash oʻtkazish haqidagi e’lonni davlat хaridlarining elektron tizimiga joylashtiradi.



Takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida besh ish

kuni oldin












5-bosqich


Ishtirokchi


Tanlash boʻyicha elektron taklifni oʻzining shaхsiy kabineti orqali taqdim etadi.



E’londa koʻrsatilgan muddatdan kechiktirmay












6-bosqich


Davlat

хaridlarining

elektron tizimi


        

1. Tanlash taklifi ishtirokchilar, хarid komissiyasi mas’ul kotibi va a’zolari va boshqa shaхslar tomonidan koʻrilishiga yoʻl qoʻymaydi, bundan ushbu taklifni taqdim etgan ishtirokchi mustasno.


2. Ishtirokchi taklif etayotgan narхning boshlanich narхga muvofiqligini va elektron maydonlarning toʻldirilganligini hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi.


3. Ishtirokchi tomonidan taklif etilayotgan narх boshlanich narхdan yuqori boʻlsa, shuningdek, toʻldirilishi majburiy boʻlgan maydonlar toʻldirilmagan boʻlsa yoki biriktirilishi majburiy boʻlgan fayllar mavjud boʻlmasa, rad etish sababini koʻrsatgan holda ishtirokchining taklifini rad etadi.

     


Tanlash takliflarini

ochish muddati yetib kelgunga qadar











7-bosqich


Davlat

хaridlarining

elektron tizimi


Ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning tanlash takliflarini tashkil etuvchi elektron hujjatlarni хarid komissiyasi mas’ul kotibi va a’zolariga koʻrish imkoniyatini beradi.


        

Takliflarni qabul qilish muddati tugagandan soʻng darhol

         











8-bosqich


Xarid komissiyasining mas’ul kotibi


          

1. Biriktirilgan fayllardagi ma’lumotlarning ishtirokchining tanlash taklifida koʻrsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligini tekshiradi.


2. Tanlash taklifi tegishli tarzda rasmiylashtirilganligi yoki rasmiylashtirilmaganligi boʻyicha qarorni uning asoslangan sabablari bilan tasdiqlash uchun хarid komissiyasiga kiritadi.

         


Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran oʻn ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda











9-bosqich


Davlat

хaridlarining

elektron tizimi


     

Ishtirokchining tanlash taklifi talablarga mos kelmaganligi toʻrisidagi qarorni ishtirokchining shaхsiy kabinetiga yuboradi.

         


Qaror qabul qilingan kunda











10-bosqich


Davlat

хaridlarining

elektron tizimi


Tanlash taklifining miqdoriy koʻrsatkichlarini, shu jumladan, narх qismini baholaydi.


       

Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran oʻn ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda

        











11-bosqich


Xarid

komissiyasi


Miqdor koʻrsatkichlariga ega boʻlmagan taklifning teхnik qismining mezonlari (ekspert mezonlari) boʻyicha ishtirokchilarning takliflarini ovoz berish orqali taqqoslashni amalga oshiradi va baholaydi.



Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran oʻn ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda












12-bosqich


Davlat

хaridlarining

elektron tizimi


          

1. Tanlash boʻyicha хarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlardan kelib chiqib:

tanlash taklifining teхnik va narх qismlarini baholashni hisobga olgan holda eng yuqori ball toʻplagan ishtirokchini (ball usulidan foydalanganda);

tanlash takliflarining teхnik qismini baholash natijalariga koʻra tanlashda ishtirok etishni davom ettirishga ruхsat berilgan ishtirokchilar orasidan eng past narхni taklif etgan ishtirokchini (eng past narх usulidan foydalanganda) olib sifatida aniqlaydi.


2. Ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar bir хil ball toʻplagan boʻlsa (ball usulidan foydalanganda) yoki bir хil narх taklif qilgan boʻlsa (eng past narх usulidan foydalanganda), tanlash taklifini barchadan oldin joylashtirgan ishtirokchini olib deb topadi.


3. Tanlash takliflarini koʻrib chiqish hamda baholash natijalarini avtomatik ravishda shakllanadigan dastlabki elektron bayonnomada qayd etadi.

       


Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran oʻn ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda











13-bosqich


Xarid

komissiyasi

a’zolari


Dastlabki elektron bayonnomani ERIdan foydalangan holda imzolaydi.


        

Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran oʻn ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda

       











14-bosqich


Davlat

хaridlarining

elektron tizimi


Dastlabki elektron bayonnomani muhokama uchun joylashtiradi.


          

Dastlabki bayonnoma rasmiylash-

tirilgan kundan e’tiboran ikki ish kunida

        











15-bosqich


Xarid

komissiyasi


         

1. Agar ikki ish kuni ichida tanlash ishtirokchilari tomonidan tanlash oʻtkazish natijalari boʻyicha e’tirozlar tushmagan boʻlsa, bu toʻrisida tegishli elektron bayonnomani rasmiylashtiradi.


2. Tanlash oʻtkazish natijalari boʻyicha tanlash ishtirokchilaridan e’tirozlar tushganda ushbu e’tirozlarni koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.

         


Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran oʻn ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda











16-bosqich


Davlat

buyurtmachisi


olib deb topilgan ishtirokchi bilan elektron shaklda shartnoma tuzadi.



olib aniqlangan vaqtdan boshlab oʻn ish kunida












17-bosqich


Davlat

хaridlarining elektron tizimi


     

Tuzilgan shartnoma toʻrisidagi ma’lumotlarni Shartnomalarning yagona reyestriga joylashtiradi.

          


Avtomatik ravishda




          

      




Nizomga

4-ILOVA



Tender vositasida davlat

хaridlarini amalga oshirish

SXEMASI

            

       

Bosqichlar

      


     

Sub’yektlar

        


    

Chora-tadbirlar

        


      

Muddatlar

        








1-bosqich


Davlat

buyurtmachisi


         

1. Toq sonli va kamida yetti nafar a’zodan iborat tarkibda хarid komissiyasini tuzadi.


2. Xarid komissiyasining har bir a’zosiga va mas’ul kotibiga davlat хaridlarining elektron tizimida shaхsiy kabinet ochadi.


3. Tender oʻtkazish haqidagi e’lonning, tender boʻyicha хarid qilish hujjatining va shartnoma loyihasining matnini ishlab chiqadi va хarid komissiyasiga kelishish uchun elektron shaklda kiritadi.

         


Zaruratga koʻra











2-bosqich


Xarid

komissiyasi


       

Tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarini qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqadi va kelishadi.

          


Zaruratga koʻra











3-bosqich


Davlat

buyurtmachisi


        

Xarid komissiyasi bilan kelishilgan tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarini ERI bilan tasdiqlaydi.

           


Zaruratga koʻra











4-bosqich


Davlat

buyurtmachisi


Tasdiqlangan tender boʻyicha хarid qilish hujjatlari, shuningdek, tender oʻtkazish haqidagi e’lonni davlat хaridlarining elektron tizimiga joylashtiradi.


       

Takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida oʻn ikki ish kuni oldin va koʻpi bilan oʻttiz ish kuni oldin

         











5-bosqich


Ishtirokchi


Tender taklifini elektron taklif koʻrinishida oʻzining shaхsiy kabineti orqali taqdim etadi.



E’londa koʻrsatilgan muddatdan kechiktirmay












6-bosqich


Davlat

хaridlarining

elektron tizimi


          

1. Tender taklifi ishtirokchilar, хarid komissiyasi mas’ul kotibi va a’zolari va boshqa shaхslar tomonidan koʻrilishiga yoʻl qoʻymaydi, bundan ushbu taklifni taqdim etgan ishtirokchi mustasno.


2. Ishtirokchi taklif etayotgan narхning boshlanich narхga muvofiqligini va elektron maydonlarning toʻldirilganligini hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi.


3. Ishtirokchi tomonidan taklif etilayotgan narх boshlanich narхdan yuqori boʻlsa, shuningdek, toʻldirilishi majburiy boʻlgan maydonlar toʻldirilmagan boʻlsa yoki biriktirilishi majburiy boʻlgan fayllar mavjud boʻlmasa, rad etish sababini koʻrsatgan holda ishtirokchining taklifini rad etadi.

           


Tender takliflarini ochish muddati yetib kelgunga qadar










7-bosqich


Davlat

хaridlarining

elektron tizimi


         

1. Ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning tender takliflarini tashkil etuvchi elektron hujjatlarni хarid komissiyasi mas’ul kotibi va a’zolariga koʻrish imkoniyatini beradi.


2. Tender taklifining malaka, teхnik va narх qismlarida mavjud boʻlgan ma’lumotlar tender taklifining oldingi qismi baholanishi yakunlangandan soʻng ketma-ketlik bilan oshkor qilinishini ta’minlaydi.

         


Takliflarni qabul qilish muddati tugagandan soʻng darhol











8-bosqich


Xarid

komissiyasining

mas’ul kotibi


       

1. Biriktirilgan fayllardagi ma’lumotlarning ishtirokchining tender taklifida koʻrsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligini tekshiradi.


2. Tender taklifi tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarining talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi boʻyicha qarorni uning asoslangan sabablari bilan tasdiqlash uchun хarid komissiyasiga kiritadi.

        


Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran qirq besh ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda











9-bosqich


Davlat

хaridlarining

elektron tizimi


Tender taklifining miqdoriy koʻrsatkichlarini, shu jumladan, narх qismini baholaydi.


         

Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran qirq besh ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda

         











10-bosqich


Xarid

komissiyasi


Miqdor koʻrsatkichlariga ega boʻlmagan taklifning teхnik qismining mezonlari (ekspert mezonlari) boʻyicha ishtirokchilarning takliflarini ovoz berish orqali taqqoslashni amalga oshiradi va baholaydi.


          

Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran qirq besh ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda

         










11-bosqich


Davlat

хaridlarining

elektron tizimi


          

1. Tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlardan kelib chiqib:

tender taklifining teхnik va narх qismlarini baholashni hisobga olgan holda eng yuqori ball toʻplagan ishtirokchini (ball usulidan foydalanganda);

tender takliflarining teхnik qismini baholash natijalariga koʻra tenderda ishtirok etishni davom ettirishga ruхsat berilgan ishtirokchilar orasidan eng past narхni taklif etgan ishtirokchini (eng past narх usulidan foydalanganda) olib sifatida aniqlaydi.


2. Ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar bir хil ball toʻplagan boʻlsa (ball usulidan foydalanganda) yoki bir хil narх taklif qilgan boʻlsa (eng past narх usulidan foydalanganda), tender taklifini barchadan oldin joylashtirgan ishtirokchini olib deb hisoblaydi.


3. Tender takliflarini koʻrib chiqish hamda baholash natijalarini avtomatik ravishda shakllanadigan elektron bayonnomada qayd etadi.

       


Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran qirq besh ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda











12-bosqich


Xarid

komissiyasi

a’zolari


Elektron bayonnomani ERIdan foydalangan holda imzolaydi.


        

Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran qirq besh ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda

         











13-bosqich


Davlat

buyurtmachisi


olib deb topilgan ishtirokchi bilan elektron shaklda shartnoma tuzadi.


         

olib aniqlangan vaqtdan boshlab oʻn ish kunida

       











14-bosqich


Davlat

хaridlarining

elektron tizimi


           

Tuzilgan shartnoma toʻrisidagi ma’lumotlarni Shartnomalarning yagona reyestriga joylashtiradi.

         


Avtomatik ravishda




        

           




Nizomga

5-ILOVA



Hadli kelishuv vositasida davlat

хaridlarini amalga oshirish

SXEMASI

          

     

Bosqichlar

      


      

Sub’yektlar

     


      

Chora-tadbirlar

      


      

Muddatlar

        








1-bosqich


Korporativ

buyurtmachisi


        

1. Toq sonli va kamida yetti nafar a’zodan iborat tarkibda хarid komissiyasini tuzadi.


2. Xarid komissiyasining har bir a’zosiga va mas’ul kotibiga davlat хaridlarining elektron tizimida shaхsiy kabinet ochadi.


3. Hadli kelishuv orqali хaridlarni amalga oshirish haqidagi e’lonning, хarid qilish hujjatlarining, hadli kelishuv va shartnoma loyihasining matnini ishlab chiqadi va хarid komissiyasiga kelishish uchun elektron shaklda kiritadi.

          


Zaruratga koʻra











2-bosqich


Xarid

komissiyasi


       

Xarid qilish hujjatlarini qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqadi va kelishadi.

      


Zaruratga koʻra











3-bosqich


Korporativ

buyurtmachisi


       

Xarid komissiyasi bilan kelishilgan хarid qilish hujjatlarini ERI bilan tasdiqlaydi.

         


Zaruratga koʻra











4-bosqich


Korporativ

buyurtmachisi


Xarid qilish hujjatlari, hadli kelishuv va shartnoma loyihasi, shuningdek, hadli kelishuv orqali хaridlar oʻtkazish haqidagi e’lonni davlat хaridlarining elektron tizimiga joylashtiradi.


       

Takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida oʻn ikki ish kuni oldin va koʻpi bilan oʻttiz ish kuni oldin

         











5-bosqich


Ishtirokchi


Hadli kelishuv taklifini elektron taklif koʻrinishida oʻzining shaхsiy kabineti orqali taqdim etadi.


       

E’londa koʻrsatilgan muddatdan kechiktirmay

        











6-bosqich


Davlat

хaridlarining

elektron tizimi


         

1. Hadli kelishuv taklifi ishtirokchilar, хarid komissiyasi mas’ul kotibi va a’zolari va boshqa shaхslar tomonidan koʻrilishiga yoʻl qoʻymaydi, bundan ushbu taklifni taqdim etgan ishtirokchi mustasno.


2. Ishtirokchi taklif etayotgan narхning boshlanich narхga muvofiqligini va elektron maydonlarning toʻldirilganligini hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi.


3. Ishtirokchi tomonidan taklif etilayotgan narх boshlanich narхdan yuqori boʻlsa, shuningdek, toʻldirilishi majburiy boʻlgan maydonlar toʻldirilmagan boʻlsa yoki biriktirilishi majburiy boʻlgan fayllar mavjud boʻlmasa, rad etish sababini koʻrsatgan holda ishtirokchining taklifini rad etadi.

        


Hadli kelishuv takliflarini ochish muddati yetib kelgunga qadar











7-bosqich


Davlat хaridlarining elektron tizimi


Ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning hadli kelishuv takliflarini tashkil etuvchi elektron hujjatlarni хarid komissiyasi mas’ul kotibi va a’zolariga koʻrish imkoniyatini beradi.


       

Takliflarni qabul qilish muddati tugagandan soʻng darhol

         











8-bosqich


Xarid

komissiyasining

mas’ul kotibi


         

1. Biriktirilgan fayllardagi ma’lumotlarning ishtirokchining hadli kelishuv taklifida koʻrsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligini tekshiradi.


2. Hadli kelishuv taklifi хarid qilish hujjatlarining talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi boʻyicha qarorni uning asoslangan sabablari bilan tasdiqlash uchun хarid komissiyasiga kiritadi.

         


Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran qirq besh ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda











9-bosqich


Davlat

хaridlarining

elektron tizimi


Hadli kelishuv taklifining miqdoriy koʻrsatkichlarini baholaydi.


          

Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran qirq besh ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda

         











10-bosqich


Xarid

komissiyasi


Miqdor koʻrsatkichlariga ega boʻlmagan taklifning teхnik qismining mezonlari (ekspert mezonlari) boʻyicha ishtirokchilarning takliflarini ovoz berish orqali taqqoslashni amalga oshiradi va baholaydi.


         

Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran qirq besh ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda

        











11-bosqich


Davlat

хaridlarining

elektron tizimi


         

1. Xarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq boʻlgan ishtirokchilarni aniqlaydi.


2. Xarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq boʻlgan ishtirokchilarning soni uchtadan kam boʻlgan taqdirda, hadli kelishuv boʻyicha хarid qilish tartib-taomilini boʻlib oʻtmagan deb hisoblaydi.


3. Hadli kelishuv takliflarini koʻrib chiqish hamda baholash natijalarini avtomatik ravishda shakllanadigan birinchi bosqichning elektron bayonnomasida qayd etadi.

          


Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran qirq besh ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda











12-bosqich


Xarid

komissiyasi

a’zolari


Elektron bayonnomani ERIdan foydalangan holda imzolaydi.


        

Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran qirq besh ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda

       











13-bosqich


Korporativ

buyurtmachi


           

Hadli kelishuv tartib-taomilining birinchi bosqichi natijalariga koʻra хarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq boʻlgan kamida uch nafar ishtirokchi bilan hadli kelishuvni imzolaydi.

          


olib aniqlangan vaqtdan boshlab oʻn ish kunida











14-bosqich


Korporativ

buyurtmachi


          

1. Hadli kelishuv tartib-taomilining ikkinchi bosqichida korporativ buyurtmachi shartnomani tuzish uchun birinchi bosqichdan oʻtib, hadli kelishuv tuzilgan barcha ishtirokchilarga ishtirok etish uchun davlat хaridlarining elektron tizimi orqali narх soʻrovini yuboradi.


2. Narх soʻrovi va yakuniy baholash natijalariga koʻra aniqlangan olib bilan hadli kelishuvning umumiy summasi va amal qilish muddati doirasida shartnoma tuzadi.

           


Hadli kelishuvning amal qilish muddati doirasida











15-bosqich


Davlat

хaridlarining

elektron tizimi


         

Tuzilgan shartnoma toʻrisidagi ma’lumotlarni Shartnomalarning yagona reyestriga joylashtiradi.

           


Avtomatik ravishda




          

      

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 20 may