Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.05.2022 y. PF-142-son "Qashqadaryo viloyati tarkibida koʻkdala tumani tashkil etilishi munosabati bilan sud tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

27.05.2022 y.

N PF-142



QAShQADARYo VILOYaTI TARKIBIDA KOʻKDALA

TUMANI TAShKIL ETILIShI MUNOSABATI

BILAN SUD TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining chegaralari oʻzgartirilishi hamda Qashqadaryo viloyati tarkibida Koʻkdala tumani tashkil etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining "Sudlar toʻrisida"gi Qonunining 89-moddasiga asosan:


1. Qashqadaryo viloyatida Jinoyat ishlari boʻyicha Koʻkdala tuman sudi tashkil etilsin.


2. Fuqarolik ishlari boʻyicha Chiroqchi tuman sudi hamda Chiroqchi tuman iqtisodiy sudi oʻzlarining mavjud shtat birliklari doirasida tegishincha Fuqarolik ishlari boʻyicha Chiroqchi tumanlararo sudi hamda Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudi etib qayta tashkil etilsin.

Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumani Fuqarolik ishlari boʻyicha Chiroqchi tumanlararo sudi, Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudi va Qarshi tumanlararo ma’muriy sudining yurisdiksiya hududiga kiritilsin.


3. Oliy sud va Moliya vazirligining Jinoyat ishlari boʻyicha Chiroqchi tuman sudining bitta sudya va bitta sudya yordamchisi shtat birliklarini Jinoyat ishlari boʻyicha Koʻkdala tuman sudiga oʻtkazish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


4. Oliy sud Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda tegishli sudlarning shtatlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritsin.


5. Qashqadaryo viloyati hokimligi Oliy sud bilan birgalikda yangidan tashkil etilayotgan Jinoyat ishlari boʻyicha Koʻkdala tuman sudining joylashtirilishini ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.


7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi B.D. Islamov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 27 maydagi

PF-142-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim farmonlariga kiritilayotgan

qoʻshimcha va oʻzgartirishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 20 fevraldagi PF-3400-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining tuzilmasida "Qashqadaryo viloyati" boʻlimi "Chiroqchi" soʻzidan keyin "Koʻkdala" soʻzi bilan toʻldirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 iyuldagi "Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-6034-son Farmonida:


a) 10-ilovaning "Qashqadaryo viloyati" boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Qashqadaryo viloyati


uzor tumanlararo sudi

Dehqonobod tumani

uzor tumani


Qarshi tumanlararo sudi

Qarshi shahar

Qarshi tumani

Nishon tumani


Koson tumanlararo sudi

Koson tumani

Muborak tumani


Kasbi tumanlararo sudi

Kasbi tumani

Mirishkor tumani


Chiroqchi tumanlararo sudi

Chiroqchi tumani

Koʻkdala tumani


Shahrisabz tumanlararo sudi

Shahrisabz shahar

Kitob tumani

Shahrisabz tumani


Yakkabo tumanlararo sudi

Qamashi tumani

Yakkabo tumani


b) 11-ilovaning "Qashqadaryo viloyati" boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Qashqadaryo viloyati


uzor tumanlararo sudi

Dehqonobod tumani

uzor tumani


Qarshi tumanlararo sudi

Qarshi shahar

Qarshi tumani

Nishon tumani


Koson tumanlararo sudi

Koson tumani

Muborak tumani


Kasbi tumanlararo sudi

Kasbi tumani

Mirishkor tumani


Chiroqchi tumanlararo sudi

Chiroqchi tumani

Koʻkdala tumani


Shahrisabz tumanlararo sudi

Shahrisabz shahar

Kitob tumani

Shahrisabz tumani


Yakkabo tumanlararo sudi

Qamashi tumani

Yakkabo tumani


                    


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 27 may