Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.06.2022 y. 298-son "Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) oldidagi a’zolik badalidan qarzdorligini qoplash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.06.2022 y.

N 298




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO

MEHNAT TAShKILOTI (XMT) OLDIDAGI

A’ZOLIK BADALIDAN QARZDORLIGINI

QOPLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Xalqaro mehnat tashkiloti bilan yaqin hamkorlikni mustahkamlash, хalqaro tashkilotda Oʻzbekiston Respublikasining ovoz berish huquqini saqlab qolish, shuningdek, mamlakatning siyosiy imijini yaхshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalaridan va хalqaro tashkilotlarga a’zolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 22 iyundagi PQ-4756-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari va хalqaro tashkilotlarga a’zolik boʻyicha majburiyatlaridan kelib chiqadigan badallarni toʻlash boʻyicha qarzdorligi byudjet mablalari hisobidan Vazirlar Mahkamasining alohida qarori asosida soʻndirilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining Xalqaro mehnat tashkiloti oldida Oʻzbekiston Respublikasining a’zolik badali toʻlovlari boʻyicha avvalgi yillarda yuzaga kelgan 747 ming 400 Shveysariya franki miqdoridagi qarzdorlikni (keyingi oʻrinlarda - qarzdorlik) 2024 yilga qadar bosqichma-bosqich qoplash toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qarzdorlikni ilovadagi jadval asosida qoplash masalasining Xalqaro mehnat tashkiloti bilan belgilangan tartibda kelishilishini hamda kelishilgan jadval asosida qarzdorlikning 2022-2024 yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan bosqichma-bosqich qoplanishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

ilovadagi jadvalga asosan 2022 yilda Xalqaro mehnat tashkilotiga toʻlab berilishi zarur boʻlgan mablalarni 2022 yilgi Davlat byudjeti parametrlarida хalqaro tashkilotlarga a’zolik badali toʻlovlari uchun nazarda tutilgan mablalar doirasida moliyalashtirsin;

2023 yildan boshlab Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining soʻroviga asosan Davlat byudjeti parametrlarida ilovadagi jadval asosida Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro mehnat tashkiloti oldidagi a’zolik badalidan qarzdorligini soʻndirish uchun zarur mablalar nazarda tutib borilishini ta’minlasin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                     A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 2 iyundagi

298-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro mehnat

tashkiloti byudjetiga a’zolik badallari uchun

vujudga kelgan qarzdorlikni qoplash

JADVALI

T/r

Yillar


Valyuta


Toʻlov miqdori


1.

2022 yil


Shv. franki (SN)

298 000

2.

2023 yil


Shv. franki (SN)

224 700

3.

2024 yil


Shv. franki (SN)

224 700


Jami


747 400

         


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 2 iyun