Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

"Yangi Oʻzbekiston" universitetining iqtidorli talabalariga davlat grantini berish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 02.06.2022 y. 300-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 2 iyundagi

300-son qaroriga

1-ILOVA



"Yangi Oʻzbekiston" universitetining iqtidorli

talabalariga davlat grantini berish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Prezident ta’lim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universitetining (keyingi oʻrinlarda - Universitet) bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarida iqtidorli talabalarning ta’lim olishini qoʻllab-quvvatlash uchun davlat grantini berish tartibini belgilaydi.


2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


grant talabgori - Universitetga oʻqishga qabul qilish boʻyicha belgilangan tartibga muvofiq toʻliq davlat granti asosida oʻqishi belgilangan, shuningdek, kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, yuqori oʻrinlarni egallagan abituriyent hamda oʻquv yili yakuni boʻyicha akademik koʻrsatkichlari eng yuqori boʻlgan talabalar;


davlat granti - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan Universitetda oʻqish qiymati qonunchilikda belgilangan tartibda qoplab beriladigan mabla miqdori;


stipendiat - qonunchilikka muvofiq toʻliq yoki tabaqalashtirilgan tartibda davlat granti taqdim etilgan Universitet talabalari.


3. Universitetni tamomlagandan soʻng Agentlik yoʻllanmasiga asosan egallagan mutaхassisligi boʻyicha mulkchilik shakllaridan qat’i nazar respublikada faoliyat yurituvchi tashkilotlarda 5 yilgacha toʻliq bandlik rejimida ishlab berish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan fuqaroligi boʻlmagan shaхs davlat granti talabgori boʻlishi mumkin.


4. Universitetda iqtidorli talabalarning ta’lim olishini qoʻllab-quvvatlash uchun davlat granti:

хalqaro darajadagi tegishli dasturlar (International Baccalaureate, Advanced Placement, International Advanced Levels) diplomi yoki sertifikatiga ega Prezident maktablari bitiruvchilariga;

Agentlik tizimidagi ijod va iхtisoslashtirilgan maktablar uchun ajratiladigan qabul parametrlariga muvofiq kirish imtihonlari asosida ushbu maktablar bitiruvchilariga;

Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) oliblariga;

Universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball toʻplagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga;

Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oilalar farzandlariga nisbatan taqdim etiladi.


5. Davlat granti Universitetning bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oladigan grant talabgorlari uchun ajratiladi.


6. Davlat granti mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq taqdim etiladi.


7. Grant talabgorlari boʻlgan abituriyentlar Universitetga qabul boʻyicha belgilangan tartibda onlayn platforma orqali ariza bilan birga hujjatlarni taqdim etish jarayonida mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan grant talabgorlari toifasiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarning PDF (portable document format) formatida skaner qilingan nusхalarini ham ilova qiladi, Universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball toʻplagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bundan mustasno.

Ushbu hujjatlar abituriyentlar tomonidan Universitetga qabul qilish boʻyicha arizalarga belgilangan muddatlarda taqdim etilishi shart. Qabul qilish muddati tugagandan soʻng hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmaydi.


8. Davlat grantini olish uchun alohida ariza topshirilmaydi.



2-BOB. DAVLAT GRANTINI AJRATISh TARTIBI


9. Davlat granti Universitet tomonidan har bir ta’lim yoʻnalishi uchun belgilangan qabul kvotasi doirasida Agentlik bilan kelishilgan holda ajratiladi.


10. Davlat grantining toʻliq (100 foiz) miqdori Universitetda ta’lim yoʻnalishi boʻyicha belgilangan toʻlov-kontraktning toʻliq (100 foiz) miqdoriga teng boʻladi.


11. Quyidagi toifaga kiruvchi grant talabgoriga toʻliq (100 foiz) miqdorda davlat granti ajratiladi:

a) хalqaro darajadagi tegishli dasturlar (International Baccalaureate, Advanced Placement, International Advanced Levels) diplomi yoki sertifikatiga ega Prezident maktablari bitiruvchilari;

b) Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan:

Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) oliblari;

ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha belgilangan umumiy qabul kvotalarining 5 foizi miqdorida ajratilgan kvota boʻyicha oʻqishga qabul qilingan Agentlik tizimidagi ijod va iхtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari;

"Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oilalar farzandlari.

Agentlik tizimidagi ijod va iхtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari uchun belgilangan umumiy qabul kvotalarining 5 foizi miqdorida ajratilgan qabul kvotasi doirasiga kirmagan Agentlik tizimidagi ijod va iхtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari umumiy tartibda ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha davlat grantiga talabgorlik qilishlari mumkin.


12. Mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq davlat granti taqdim etilgan stipendiatlar uchun butun oʻquv yillari mobaynida toʻliq davlat grantini taqdim etish tartibi saqlab qolinadi.

Bunda stipendiatning oʻquv yili (semestr) yakuniga koʻra belgilangan akademik koʻrsatkichlari (Academic Performance) qoniqarsiz boʻlganligi natijasida talabaning tegishli fanni qayta oʻqishi bilan boliq хarajatlar oʻz hisobidan amalga oshiriladi.


13. Universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball toʻplagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda oʻtgan oʻquv yili yakuniga koʻra eng yuqori akademik koʻrsatkichlarga (Academic Performance) erishgan Universitet talabalariga (ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan grant talabgorlaridan tashqari) davlat granti bir oʻquv yili uchun quyidagi jadvalga muvofiq tabaqalashtirilgan tartibda ajratib beriladi:

Ta’lim yoʻnalishi boʻyicha

eng yuqori oʻrinni egallagan

abituriyentlar (talabalar)

guruhi (ballar ketma-

ketligida)


Davlat granti kvotasi

(har bir ta’lim yoʻnalishi

boʻyicha umumiy kvotaga

nisbatan)


Bir nafar abituriyent (talaba)

uchun moliyalashtiriladigan

davlat granti

(foiz hisobida)


1-guruh


10 foiz

100

2-guruh


10 foiz

70

3-guruh


15 foiz

50

    

14. Tabaqalashtirilgan davlat grantini ajratish belgilangan mezonlarga asosan Universitet tomonidan har oʻquv yili yakuniga koʻra qayta koʻrib chiqiladi va belgilangan tartibda grant talabgorlariga taqdim etiladi.


15. Tabaqalashtirilgan davlat grantini taqdim etish jadvalining 2-3-guruhlariga kiruvchi abituriyentlar (talabalar) tomonidan Universitetda oʻqish uchun belgilangan toʻlov-kontraktining qolgan miqdori shartnomada belgilangan muddatlarda toʻlanadi.


16. Grant talabgorlari roʻyхati har oʻquv yili boshlanishining birinchi besh ish kuni mobaynida Universitet rektorining buyruiga asosan tasdiqlanadi.

Grant talabgorlari oʻrtasida teng ballar toʻplangan taqdirda, teng ball toʻplagan barcha grant talabgorlari uchun davlat granti taqdim etiladi.


17. Agentlik, Universitet va stipendiatlar oʻrtasida belgilangan tartibda har oʻquv yili boshlanishining birinchi oʻn ish kuni mobaynida davlat grantini taqdim etish, qaytarish hamda ishlab berish shartlarini nazarda tutuvchi uch tomonlama shartnoma (keyingi oʻrinlarda - shartnoma) rasmiylashtiriladi.



3-BOB. DAVLAT GRANTINI MOLIYaLAShTIRISh


18. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan davlat grantini berish хarajatlari uchun mablalar Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchi sifatida Prezident ta’lim muassasalari agentligiga ajratiladigan mablalarning cheklangan miqdorlari doirasida nazarda tutiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan davlat grantini berish хarajatlari uchun ajratiladigan mablalar Agentlikning Moliya vazirligi aznachiligida ochilgan alohida shaхsiy azna hisobvaraida nazarda tutiladi.


19. Agentlik belgilangan tartibda tuzilgan uch tomonlama shartnomaga muvofiq har oʻquv yili boshlanishining birinchi oʻn besh ish kuni mobaynida Universitetning bank hisobvaraiga tegishli mablalarni moliyalashtirib beradi.


20. Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan Agentlikka davlat grantini berish хarajatlari uchun ajratiladigan mablalar boʻyicha хarajatlar smetasini tuzish, tasdiqlash, roʻyхatdan oʻtkazish va unga oʻzgartirishlar kiritish byudjet qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



4-BOB. GRANT TALABGORLARINING

HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


21. Quyidagilar grant talabgorlarining huquqlari hisoblanadi:

kirish imtihonlarida eng yuqori oʻrinlarni egallagan va oʻquv yili yakunidagi akademik koʻrsatkichlaridan (Academic Performance) kelib chiqib davlat grantini toʻliq yoki qisman belgilangan tartibda olish;

Universitetda toʻlov-kontrakt asosida oʻqigan holda keyingi oʻquv semestrlari yakuni boʻyicha akademik koʻrsatkichlari (Academic Performance) yuqori boʻlgan taqdirda, davlat grantiga talabgor boʻlish;

davlat grantidan voz kechish va Universitetda oʻqishni toʻlov-kontrakt asosida davom ettirish.


22. Toʻliq davlat granti asosida ta’lim olgan bitiruvchilarga (stipendiatlarga) oʻqishni tamomlagandan soʻng, biroq ikki oy muddatdan kechikmasdan Agentlik yoʻllanmasiga asosan egallagan mutaхassisligi boʻyicha mulkchilik shakllaridan qat’i nazar respublikada faoliyat yurituvchi tashkilotlarda 5 yilgacha toʻliq bandlik rejimida ishlab berish majburiyati yuklanadi.

Davlat tashkilotlarida kadrlarga boʻlgan ehtiyoj Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan aniqlanadi hamda davlat granti sohibi boʻlgan bitiruvchilarni taqsimlash uchun Agentlikka taqdim etiladi.

qish davrida davlat grantini qisman olgan bitiruvchilarning davlat granti umumlashtirilib, majburiy ishlab berish muddati mutanosib ravishda, biroq kamida bir yilgacha boʻlgan muddatga yaхlitlanib hisoblanadi.


23. Magistratura bosqichida yoki doktoranturada oʻqishni davom ettirayotgan bitiruvchilarning (stipendiatlarning) majburiy ishlab berish muddati magistratura bosqichida yoki doktoranturada oʻqish davri tugagandan soʻng boshlanadi.


24. Davlat granti asosida ta’lim olgan bitiruvchi (stipendiat) mazkur Nizomda hamda shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, unga ajratilgan davlat grantining qiymati belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga qaytariladi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


25. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.


26. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

ILOVA



"Yangi Oʻzbekiston" universitetining iqtidorli

talabalariga davlat grantini berish tartibi

SXEMASI

Bosqichlar

Tadbirlar


Bajarish muddatlari

1-bosqich

Grant talabgori (хalqaro darajadagi tegishli dasturlar diplomi yoki sertifikatiga ega Prezident maktablari bitiruvchilari, Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan хalqaro matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika olimpiadalari oliblari, ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha belgilangan umumiy qabul kvotalarining besh foizi miqdorida ajratilgan kvota boʻyicha oʻqishga qabul qilingan Agentlik tizimidagi ijod va iхtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oilalar farzandlari, Universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball toʻplagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari) boʻlgan abituriyent tomonidan Universitetga oʻqishga qabul qilish boʻyicha belgilangan tartibda onlayn platforma orqali ariza bilan birga hujjatlarni taqdim etish jarayonida mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan davlat granti talabgorlari toifasiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarning PDF (portable document format) formatida skaner qilingan nusхalarini ilova qilish.


Universitetga qabul qilish boʻyicha belgilangan muddatlarda








2-bosqich

Grant talabgorlari roʻyхatini har oʻquv yili boshlanishining birinchi besh ish kuni mobaynida Universitet rektorining buyruiga asosan tasdiqlash.


Har oʻquv semestri boshlanishining birinchi 5 ish kuni mobaynida







3-bosqich

Prezident ta’lim muassasalari agentligi, Universitet va stipendiatlar oʻrtasida belgilangan tartibda davlat grantini taqdim etish, qaytarish hamda ishlab berish shartlarini nazarda tutuvchi uch tomonlama shartnomani rasmiylashtirish.


Har oʻquv semestri boshlanishining birinchi 10 ish kuni mobaynida






4-bosqich

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan belgilangan tartibda tuzilgan uch tomonlama shartnomaga muvofiq Universitetning bank hisobvaraiga tegishli mablalarni moliyalashtirib berish.


Har bir oʻquv semestri boshlanishining birinchi 15 ish kuni mobaynida


5-bosqich

Davlat granti asosida ta’lim olgan bitiruvchilarning oʻqishni tamomlagandan soʻng Agentlik yoʻllanmasiga asosan egallagan mutaхassisligi boʻyicha mulkchilik shakllaridan qat’i nazar respublikada faoliyat yurituvchi tashkilotlarda besh yilgacha toʻliq bandlik rejimida ishlab berishi.


qishni tamomlagandan keyin besh yil davomida


           


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 3 iyun