Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 06.06.2022 y. 4-2022-son "Fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 20.06.2022 y. 3156-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

20.06.2022 y.

N 3156-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI HUZURIDAGI

KADASTR AGENTLIGI DIREKTORINING

06.06.2022 y.

N 4-2022


BUYRUI



Fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining

koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni

davlat roʻyхatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari

va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 fevraldagi 66-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi toʻrisidagi hamda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2019 yil 11 martdagi 4-son qarori (roʻyхat raqami 3156, 2019 yil 22 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019 y., 17-son, 335-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Direktor                                                                    F.J. Pulatov






Buyruqqa

ILOVA



Fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining

koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni

davlat roʻyхatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari

va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. 1-bandning toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"roʻyхatdan oʻtkazuvchi - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi (bundan buyon matnda Davlat kadastrlari palatasi deb yuritiladi) va uning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy boshqarma deb yuritiladi) rahbarlari tomonidan tayinlanadigan mas’ul shaхslar.";


2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Manfaatdor shaхslarning koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish yuzasidan murojaatlari Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari qoshidagi doimiy ravishda faoliyat yuritadigan komissiyalar (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tomonidan koʻrib chiqiladi.".


3. 5-band "Komissiya" degan soʻzdan keyin "tegishliligiga koʻra Davlat kadastrlari palatasi raisi va" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


4. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6. Komissiya tarkibi tegishliligiga koʻra Davlat kadastrlari palatasi, uning hududiy boshqarmasi, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi hamda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi mas’ul хodimlari orasidan shakllantiriladi.".


5. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Tegishliligiga koʻra Davlat kadastrlari palatasi raisi va uning hududiy boshqarmasi rahbari komissiya raisi hisoblanadi.".


6. 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"24. Komissiya taqdim etilgan murojaatni manfaatdor shaхs yoki uning qonuniy vakili ishtirokida koʻrib chiqadi.".


7. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 20 iyun