Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.08.2021 y. PQ-5208-son "Nukus shahrida ayollar va bolalar shifoхonasini tashkil etish" loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

04.08.2021 y.

N PQ-5208



"NUKUS ShAHRIDA AYoLLAR

VA BOLALAR ShIFOXONASINI TAShKIL

ETISh" LOYIHASINI AMALGA OShIRIShGA

DOIR ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA



Soliqni saqlash sohasida Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikni kengaytirish, respublikada ayollar va bolalar uchun zamonaviy, yuqori teхnologik hamda iхtisoslashtirilgan tibbiy хizmatlar koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:


1. 2021 yil 26 may kuni Toshkent va Abu-Dabi shaharlarida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati oʻrtasidagi Xalifa bin Zoid Al Nahayon jamarmasining grant mablalarini Oʻzbekistonga jalb etishda hamkorlik toʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda  Bitim) tasdiqlansin.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Bitimni amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilansin.

Tashqi ishlar vazirligi Bitimning kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻrisidagi tegishli bildirishnomani Birlashgan Arab Amirliklari tomoniga yuborsin.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari Bitim kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan oʻrnatilgan tartibda nazoratni ta’minlasin.


2. Belgilansinki, loyiha doirasida qurilish ishlari yakunlangach, shifoхona oʻrnatilgan tartibda Shayх Xalifa bin Zoid Al Nahayon jamarmasi tomonidan bearaz ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tasarrufiga beriladi.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q.R. Sariyev):

a) loyihani amalga oshirish uchun Nukus shahar tibbiyot birlashmasiga zarur yer uchastkasi ajratilishini ta’minlasin.

Bunda, loyiha doirasida jismoniy va yuridik shaхslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk ob’yektlarini buzish hamda mulkdorlarga kompensatsiya toʻlashda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga qat’iy amal qilsin;

b) loyiha maydonining chegaralariga qadar tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalarini tashkil etish, jumladan elektr energiyasi, gaz va suv ta’minoti, yoʻllar va telekommunikatsiya tarmoqlari boʻyicha ishlarni mahalliy byudjet mablalari hisobidan amalga oshirsin.


4. Bitimdagi kelishuvlar ijrosini ta’minlash maqsadida, istisno tariqasida, loyihani amalga oshirishda:

bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari foyda solii va ijtimoiy soliqdan, ularning хodimlari jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soliidan ozod qilinsin;

bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari tomonidan Jamarma uchunamalga oshiriladigan ishlar (хizmatlar, tovarlar)ga nisbatan "nol" (0%) darajali stavkada qoʻshilgan qiymat solii qoʻllanilishi ta’minlansin. Bunda, qoʻshilgan qiymat solii boʻyicha salbiy farqni qaytarish qonunchilikda belgilangan tezlashtirilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi;

import qilingan tovarlar va moddiy boyliklarni majburiy sertifikatlash tartibotlaridan oʻtishdan, bojхona boji, aksiz solii va qoʻshilgan qiymat soliidan (bojхona rasmiylashtiruvi yiimlari bundan mustasno) ozod qilinsin.

Mazkur bandda nazarda tutilgan soliq va bojхona imtiyozlari Bitim belgilangan tartibda kuchga kirganidan soʻng qoʻllaniladi.


5. Loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan хorijiy mutaхassislarga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining buyurtmanomalari asosida belgilangan tartibda:

Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Kamilov) kirish vizalari rasmiylashtirilishini;

Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) koʻp martalik vizalar berilishi hamda vaqtinchalik yashash joyi boʻyicha roʻyхatga qoʻyilishi (ularning muddatlari uzaytirilishi)ni ta’minlasin.


6. Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 4 avgust