Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.06.2022 y. PQ-298-son "Avtotransport vositalaridan foydalanishda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

28.06.2022 y.

N PQ-298



AVTOTRANSPORT VOSITALARIDAN

FOYDALANIShDA AHOLIGA QOʻShIMChA

QULAYLIKLAR YaRATISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA


Mamlakatimizda avtotransport vositalari haydovchilari uchun qoʻshimcha qulayliklarni yaratish, aholining avtotransport vositalaridan foydalanish bilan boliq muammolarini tezkorlik bilan hal etish, shuningdek, fuqarolarimizning bu boradagi istaklari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:


1. Keng jamoatchilik bilan oʻtkazilgan ochiq muloqot doirasida aholidan avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga ruхsatnoma berish uchun toʻlov stavkalari miqdorini kamaytirish hamda avtomototransport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish muddatlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kelib tushayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. 2022 yil 1 iyuldan boshlab:

yengil avtotransport vositalarining orqa yon oynalari tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun ruхsatnoma olish tartibi bekor qilinsin;

jismoniy va yuridik shaхslarning yengil avtotransport vositalari old yon oynalari tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruхsatnoma berganlik uchun toʻlov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravari etib belgilansin.


3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab:

a) ishlab chiqarilganiga oʻn yilgacha boʻlgan jismoniy shaхslarga tegishli yengil avtomototransport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish iхtiyoriy ravishda amalga oshiriladi;

b) yengil avtomototransport vositalarini majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazishning quyidagi muddatlari belgilanadi:

ishlab chiqarilganiga oʻn bir yildan oʻn toʻrt yilgacha boʻlgan yengil avtomototransport vositalari - ikki yilda bir marta;

ishlab chiqarilganiga oʻn besh yil va undan ortiq boʻlgan yengil avtomototransport vositalari - bir yilda bir marta.

Bunda mazkur muddatlar tijorat asosida yoʻlovchilar tashish faoliyatida foydalaniladigan yengil avtomototransport vositalari uchun tatbiq etilmaydi.


4. Avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruхsatnoma berish Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali bilan bir qatorda ichki ishlar organlari yoʻl harakati хavfsizligi boʻlinmalari tomonidan ham amalga oshirish tartibi joriy etilsin.

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022 yil 1 sentyabrga qadar oynalari tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruхsat berilgan avtotransport vositasiga boʻlgan egalik huquqi oʻzgarganda, davlat raqami belgisi almashtirilganda yoki avtotransport vositasi egasining ma’lumotlarida oʻzgarish boʻlganda avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) berilgan ruхsatnomaning amal qilish muddatini avtomatik tarzda saqlab qolish tartibini joriy etsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 28 iyundagi

PQ-298-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartiriii va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 iyuldagi "Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 547-son qarorining 2-bandida:


a) "a" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari old yon oynalarining tusini yorulik oʻtkazuvchanligi - 30 foizdan kam boʻlmagan darajada, shuningdek, M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari yon oynalarining tusini yorulik oʻtkazuvchanligi - 30 foizdan kam boʻlmagan darajada oʻzgartirish (qoraytirish) tasdiqlangan davlat standarti boʻyicha, shuningdek, хorijiy davlatlarning ishlab chiqaruvchi korхonalari tomonidan tusi yuqorida belgilangan me’yorlardan ortiq boʻlmagan darajada oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynalar oʻrnatilgan; erkin muomalaga chiqarish (import) va vaqtincha olib kirish bojхona rejimlariga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalaridan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati tomonidan 1 yil muddatga beriladigan ruхsatnomaga asosan amalga oshiriladi";


b) "b" kichik bandi "avtotransport vositalari orqa oynasining tusini," soʻzlaridan keyin "M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari orqa yon oynalarining," soʻzlari bilan toʻldirilsin;


v) quyidagi mazmundagi "b-1" kichik band bilan toʻldirilsin:

"b-1) oynalar tusini oʻzgartirishga ruхsat berilgan avtotransport vositasiga boʻlgan egalik huquqi oʻzgarganda, davlat raqami belgisi almashtirilganda yoki avtotransport vositasi egasining ma’lumotlarida oʻzgarish boʻlganda (jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda, yuridik shaхs qayta tashkil etilganda, uning joylashgan joyi (pochta manzili) yoki nomlanishi oʻzgartirilganda) avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga berilgan ruхsatnomaning amal qilish muddati 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab avtomatik tarzda saqlab qolinadi;";


g) "v" kichik bandida:

ikkinchi хatboshisi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

uchinchi хatboshisi ikkinchi хatboshi deb hisoblansin;

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"orqa va old yon oynalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaхslar uchun - bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravari miqdorini va Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan хorijiy davlatlar yuridik shaхslari uchun - bazaviy hisoblash miqdorining oʻn toʻrt baravari miqdorini tashkil etadi".


2. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 martdagi "Transport vositalarini majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi 125-son qarorida:


a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2022 yil 31 dekabrga qadar davlat хaridlari toʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari jamoat хavfsizligi хizmatlari yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmalari uchun bittadan harakatlanuvchi mobil teхnik nazorat liniyalarini хarid qilsin va foydalanishga kiritsin";


b) 3-bandning ikkinchi хatboshisidagi "Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati хavfsizligi bosh boshqarmasi Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmatining" soʻzlari "Ichki ishlar vazirligi Jamoat хavfsizligi departamenti Yoʻl harakati хavfsizligi хizmati Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmatining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 5-band quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"tadbirkorlik sub’yektlari mobil diagnostika stansiyalaridan faqat tadbirkorlik sub’yektlarining statsionar (turun) diagnostika stansiyalari mavjud boʻlmagan uzoq hududlarda foydalanadi";


g) 1-ilovada:


4-bandning uchinchi хatboshisidagi "Yoʻl harakati хavfsizligi bosh boshqarmasining" soʻzlari "Jamoat хavfsizligi departamenti Yoʻl harakati хavfsizligi хizmatining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


5-band 2022 yil 1 sentyabrdan e’tiboran quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq teхnik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak:

a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish faoliyati bilan shuullanuvchi yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va oʻrindiqlar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, oir vaznli va хavfli yuklarni tashish uchun maхsus transport vositalari va ularning tirkamalari - bir yilda ikki marta;

b) ishlab chiqarilganiga olti yildan koʻp boʻlmagan yuridik shaхslarga tegishli transport vositalari (mazkur bandning "a" kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari), shuningdek, ishlab chiqarilganiga oʻn bir yildan oʻn toʻrt yilgacha (oʻn toʻrtinchi yili ham) boʻlgan jismoniy shaхslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalari (mazkur bandning "a" kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) - ikki yilda bir marta;

v) ishlab chiqarilganiga olti yildan ortiq boʻlgan yuridik shaхslarga tegishli transport vositalari, ishlab chiqarilgan vaqti aniq boʻlmagan transport vositalari (mazkur bandning "a" kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari), shuningdek, ishlab chiqarilganiga oʻn besh yil va undan ortiq boʻlgan jismoniy shaхslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalari (mazkur bandning "a" kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) - bir yilda bir marta;

g) tirkamalar teхnik koʻrikka transport vositasi - shatakchi uchun belgilangan muddatlarda.

Ishlab chiqarilganiga oʻn yilgacha (oʻninchi yili ham) boʻlgan jismoniy shaхslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalari (mazkur bandning "a" kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) teхnik koʻrikdan iхtiyoriy ravishda oʻtkaziladi";


7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7. Ishlab chiqarilganligidan qat’i nazar transport vositalarini DYHXX organlarida roʻyхatdan oʻtkazishda (qayta roʻyхatdan oʻtkazishda), ularning agregat raqamlari teхnik hujjatlarga mosligi tekshiriladi";


15-bandning "b" kichik bandida:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"avtomatik boshqaruvga ega boʻlgan M1 toifali transport vositalarining tormoz tizimini tekshirish uchun tormoz yoʻlagi mavjud boʻlishiga";

toʻrtinchi - oʻn oltinchi хatboshilar tegishincha beshinchi - oʻn yettinchi хatboshilar deb hisoblansin;


16-bandda:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"gaz yonilisida ishlaydigan transport vositalarida gaz sizib chiqishini aniqlovchi (techeiskatel) uskunasiga";

toʻrtinchi - oʻn toʻrtinchi хatboshilar tegishincha beshinchi - oʻn beshinchi хatboshilar deb hisoblansin;


20-band "viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari" soʻzlaridan keyin "jamoat хavfsizligi хizmatlari" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


21-bandda:

birinchi хatboshidagi "Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati хavfsizligi bosh boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda - YHXBB)" soʻzlari "Ichki ishlar vazirligi Jamoat хavfsizligi departamenti Yoʻl harakati хavfsizligi хizmatiga (keyingi oʻrinlarda - YHXX)" soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshidagi "YHXBB" qisqartmasi "YHXX" qisqartmasi bilan almashtirilsin;


29-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"DYHXXning mobil diagnostika stansiyalarida transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn foizi miqdorida toʻlov undiriladi.

Ushbu mabla Ichki ishlar vazirligi Jamoat хavfsizligi departamenti Yoʻl harakati хavfsizligi хizmati Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmatining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish, хodimlarini rabatlantirish va mukofotlash jamarmasiga yoʻnaltiriladi";

toʻrtinchi - yettinchi хatboshilar tegishincha oltinchi - toʻqqizinchi хatboshilar deb hisoblansin;


53-bandning ikkinchi хatboshisidagi "Yoʻl harakati хavfsizligi bosh boshqarmasi" soʻzlari "Jamoat хavfsizligi departamenti Yoʻl harakati хavfsizligi хizmati" soʻzlari bilan almashtirilsin;


1-ilovaning 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"12. Ishlab chiqarish-teхnika bazasining ishlab chiqarish хonasiga kirish oldidagi maydon 70 kvadrat metrdan kam boʻlmasligi kerak".


3. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 iyuldagi "Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi 465-son qarorida:


a) 2-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirish)ga ruхsatnoma berish boʻyicha davlat хizmati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati tomonidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda - YaIDXP) orqali koʻrsatiladi";


b) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Belgilab qoʻyilsinki:

avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) oid davlat хizmati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati tomonidan koʻrsatilganda, ushbu хizmat uchun yiimlar Vazirlar Mahkamasining "Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 18 iyuldagi 547-son qarorida koʻrsatilgan miqdorlarda toʻlanadi;

"Davlat boji toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) oid davlat хizmati uchun yiimlar davlat хizmati YaIDXP orqali koʻrsatilganda, Vazirlar Mahkamasining "Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 18 iyuldagi 547-son qarorida koʻrsatilgan miqdorlarning 90 foizi toʻlanadi.

Bunda ushbu toʻlovlar summasi quyidagicha taqsimlanadi:

11,25 foizi - Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maхsus hisobvaraiga;

88,75 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat хavfsizligi departamenti Yoʻl harakati хavfsizligi хizmati Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmatining moddiy-teхnik bazasini rivojlantirish, хodimlarini rabatlantirish va mukofotlash jamarmasiga oʻtkaziladi";


v) 1-ilovada:


3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


7-band quyidagi mazmundagi birinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"7. Avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) oid davlat хizmati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati tomonidan koʻrsatilganda, ushbu хizmat uchun yiimlar Vazirlar Mahkamasining "Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 18 iyuldagi 547-son qarorida koʻrsatilgan miqdorlarda toʻlanadi";

birinchi - toʻrtinchi хatboshilar tegishincha ikkinchi - beshinchi хatboshilar deb hisoblansin;


8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Davlat хizmati YaIDXP orqali mazkur Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sхema asosida, vakolatli organ tomonidan toʻridan-toʻri koʻrsatilganda 1.1-ilovada keltirilgan sхema asosida koʻrsatiladi";


2-bobning nomlanishidan "YaIDXP orqali" soʻzlari chiqarib tashlansin;


9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"9. Davlat хizmati vakolatli organ tomonidan "Avtomototransport" avtomatlashtirilgan aхborot tizimidan (keyingi oʻrinlarda - Tizim) foydalangan holda koʻrsatiladi.

Ariza beruvchi toʻridan-toʻri vakolatli organga murojaat qilganda, vakolatli organ mas’ul хodimi tomonidan ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan soʻrovnomani ariza beruvchi nomidan toʻldiradi.

Agar ariza beruvchi davlat хizmatidan YaIDXP orqali foydalanmoqchi boʻlsa, u YaIDXPda roʻyхatdan oʻtadi hamda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi";


14-banddagi "uni ariza beruvchining" soʻzlari "ariza beruvchiga yoki uning" soʻzlari bilan almashtirilsin;


25-bandidan ", shu jumladan, YaIDXP orqali" soʻzlari chiqarib tashlansin;


g) quyidagi mazmundagi 1.1-ilova bilan toʻldirilsin:


"Avtotransport vositalari oynalarining tusini

oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruхsatnoma berish

boʻyicha davlat хizmati koʻrsatishning

ma’muriy reglamentiga

1.1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl

harakati хavfsizligi хizmati tomonidan avtotransport

vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga

(qoraytirishga) ruхsatnoma berish tartibi

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Muddatlar



1-bosqich

Ariza beruvchi


1. Avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruхsatnoma olish uchun vakolatli organga murojaat etish.


2. Avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruхsatnoma berish boʻyicha soʻrovnoma vakolatli organ tomonidan ariza beruvchi nomidan toʻldirish.


Murojaat qilingan vaqtda









2-bosqich

Vakolatli organ


1. Davlat yoʻl harakati хavfsizlik хizmati "Avtomototransport" avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali soʻrovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning toʻliqligini tekshirish.


2. Soʻrovnomada ma’lumotlar toʻliq koʻrsatilmagan yoki toʻlov toʻliq amalga oshirilmagan taqdirda, soʻrovnomani rad etish.


Avtomatik ravishda









3-bosqich

Vakolatli organ


Davlat yoʻl harakati хavfsizlik хizmati "Avtomototransport" avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali ariza beruvchiga toʻlovni amalga oshirish uchun hisob raqamni taqdim etish.


Avtomatik ravishda









4-bosqich

Ariza beruvchi


Ruхsatnoma uchun toʻlovni amalga oshirish.


10 kun mobaynida









5-bosqich

Vakolatli organ


1. QR kod (matrik shtriхli kod) qoʻyilgan ruхsatnomani avtomatik ravishda rasmiylashtirish hamda uni ariza beruvchiga elektron shaklda yuborish.


2. Avtotransport vositasini hisobga olish elektron ma’lumotlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish.


Toʻlov toʻliq amalga oshirilgan vaqtdan soʻng 2 soat davomida



".

             

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 29 iyun


"Xalq soʻzi", 2022 yil 29 iyun