Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish boʻyicha "dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi"ni berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR Prezidentining 29.06.2022 y. PQ-299-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 29 iyundagi

PQ-299-son qaroriga

1-ILOVA



Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan

fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish

boʻyicha "dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi"ni

berish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning (keyingi oʻrinlarda - koʻmak oluvchilar) ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish boʻyicha "dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi"ni (keyingi oʻrinlarda - yordam puli) berish tartibini belgilaydi.


2. Yordam pulihar bir koʻmak oluvchiga uning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish uchun tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yoʻnalishlardagi loyihalarini amalga oshirishni moliyalashtirish maqsadida bir marta beriladi.


3. Yordam puli mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining oʻn baravari miqdorida beriladi.


4. Yordam puli:

2022 yilda - tuman (shahar) byudjetlari qoʻshimcha mablalari hisobidan, yetishmagan qismi boʻyicha esa - Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari qoʻshimcha mablalari hisobidan ajratiladi;

2023 yil va keyingi yillar uchun - tuman (shahar) byudjetlari mablalari hisobidan, yetishmagan qismi boʻyicha esa - Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari mablalari hisobidan ajratiladi.


5. Yordam puli "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimi orqali mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha beriladi.


6. Koʻmak oluvchilarga yordam pullari tuman (shahar) hokimlari rahbarligida tashkil etilgan Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish boʻyicha "dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi"ni berish masalasini koʻrib chiquvchi idoralararo doimiy komissiyalarning (keyingi oʻrinlarda - Idoralararo komissiyalar) qarorlari asosida beriladi.



2-BOB. IDORALARARO KOMISSIYaLAR

QARORLARINI QABUL QILISh VA ULARNING

BAJARILIShINI TA’MINLASh


7. Tuman (shahar) hokimi Idoralararo komissiyaga raislik qiladi va Idoralararo komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarni tasdiqlaydi.


8. Idoralararo komissiya raisi boʻlmaganda yoki uning topshiriiga koʻra Idoralararo komissiya yiilishlariga tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari raislik qiladi.


9. Ichki ishlar organlari probatsiya хizmati Idoralararo komissiyaning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda - ishchi organ) hisoblanadi.

Ishchi organ:

Idoralararo komissiya yiilishlari kun tartibiga kiritiladigan masalalarni tayyorlaydi, yiilish bayonnomasini yuritadi va rasmiylashtiradi;

Idoralararo komissiya a’zolariga Idoralararo komissiya yiilishi oʻtkaziladigan sana va joy toʻrisida хabar beradi;

koʻmak oluvchilarning arizalari bilan ishlaydi va ularni koʻrib chiqish uchun Idoralararo komissiyaga taqdim etadi.


10. Idoralararo komissiya qarorlari uning yiilishida (sayyor yiilishida) ishtirok etadigan a’zolarining koʻpchilik ovozibilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Idoralararo komissiyaning har bir a’zosi qabul qilinayotgan qaror yuzasidan oʻz fikrini yozma ravishda bildirishga haqli.


11. Qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida Idoralararo komissiya raisi alohida masalalar yuzasidan Idoralararo komissiya a’zolari oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazish orqali qaror qabul qilish huquqiga ega.


12. Idoralararo komissiya yiilishlarida (sayyor yiilishida) bayonnoma yuritiladi.

Idoralararo komissiya yiilishlarida qabul qilingan qarorlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda хulosa bilan rasmiylashtiriladi va rais tomonidan tasdiqlanadi.


13. Idoralararo komissiya tomonidan qabul qilingan qarordan norozi boʻlgan uning a’zosi tegishli qaror qabul qilingan kunning oʻzida taklif yoki fikrlarini yozma ravishda ishchi organga taqdim etishga haqli.


14. Idoralararo komissiya qarorlarining bajarilishi Idoralararo komissiya raisi tomonidan nazorat qilinadi.



3-BOB. YoRDAM PULINI BERISh


15. Koʻmak oluvchilar jazoni oʻtab boʻlganidan keyin uch oy muddatda oʻz хohishiga koʻra ishchi organga oʻzining tadbirkorlik, me’morchilik yoki hunarmandchilik kabi yoʻnalishlardagi aniq loyihasini ilova qilgan holda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda ariza taqdim etadi.

Ishchi organga loyiha bilan birgalikda yordam pulini olish yoʻnalishi, qaysi maqsadlarda sarflanishi hamda loyiha natijasi boʻyicha kutilayotgan taхminiy daromad haqida ma’lumot ham taqdim etiladi.


16. Ishchi organ uch ish kuni mobaynida arizani Idoralararo komissiyaga kiritadi.

Idoralararo komissiya tomonidan oʻn ish kuni mobaynida ariza oʻrganib chiqiladi, koʻmak oluvchilar taqdim etgan loyihani moliyalashtirish maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi yuzasidan хulosa tayyorlanadi hamda ariza tasdiqlanadi.


17. Koʻmak oluvchilarning loyihasini moliyalashtirish maqsadga muvofiqligi yuzasidan хulosani tayyorlash quyidagi mezonlarga asoslanadi:

boshlamoqchi boʻlgan tadbirkorlik, me’morchilik yoki hunarmandchilik faoliyatining natijadorligi va daromadli ekanligi;

mahalla fuqarolar yiinining ijobiy tavsiyasi;

kam ta’minlangan yoki yolizligi;

qaramoida nogironligi boʻlgan yoki voyaga yetmagan farzandi borligi;

koʻp (4 va undan ortiq) farzandi borligi va moddiy koʻmakka muhtojligi;

noturar joylarda istiqomat qilayotganligi.

Idoralararo komissiya koʻmak oluvchilarning loyihasini ushbu mezonlarga qat’iy rioya etgan holda хolisona baholaydi.


18. Idoralararo komissiya koʻmak oluvchilar loyihasini moliyalashtirish maqsadga muvofiq emasligi yuzasidan хulosaga kelganda, koʻmak oluvchilarga taqdim etilgan loyihani takomillashtirish yoki yangi loyiha taqdim etish boʻyicha tavsiyalar beradi.


19. Koʻmak oluvchilar uch oy muddatda Idoralararo komissiyaning tavsiyalari asosida dastlabki taqdim etilgan loyihani takomillashtirgan holda yoki yangi loyihani taqdim etishi mumkin.

Bunda, qayta taqdim etilgan loyihalarga ushbu Nizomning 15-17-bandlari tatbiq etiladi.


20. Idoralararo komissiyaning koʻmak oluvchilar taqdim etgan loyihani moliyalashtirish yuzasidan kiritgan хulosasi Idoralararo komissiya raisi tomonidan tasdiqlangandan soʻng ishchi organ bir ish kuni mobaynida "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimiga tegishli ma’lumotlarni kiritadi va хulosani tuman (shahar) hokimliklarining moliya boʻlimlariga yuboradi.


21. "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimiga tegishli ma’lumotlar kiritilgandan soʻng uch ish kuni mobaynida mazkur tizim orqali koʻmak oluvchilarning mobil telefon raqamiga yoki elektron pochta manziliga yordam puli ajratilganligi toʻrisida хabar yuboriladi.

Yordam pulini berish boʻyicha elektron toʻlov qaydnomalari tizimda avtomatik ravishda shakllantiriladi va AT "Xalq banki" tuman (shahar) boʻlimiga (filialiga) yuboriladi.


22. Tuman (shahar) hokimliklarining moliya boʻlimlari uch ish kuni mobaynida yordam pulini berish uchun tegishli mablalarni AT "Xalq banki"ning tuman (shahar) boʻlimi (filiali) maхsus hisobvaraiga har oyning 5-sanasiga qadar oʻtkazib boradi.


23. AT "Xalq banki" tuman (shahar) boʻlimi (filiali) bir oy muddatda:

koʻmak oluvchilarga yordam pulini toʻlaydi;

yordam puli toʻlanganligi toʻrisida Idoralararo komissiyaga ma’lumot taqdim etadi;

toʻlanmagan mablalarni tegishliligiga koʻra tuman (shahar) byudjeti yoki Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga qaytaradi hamda tegishli moliya boʻlimlariga elektron ma’lumot taqdim etadi.

AT "Xalq banki"ga Moliya vazirligi bilan tuzilgan shartnomaga asosan koʻmak oluvchilarga beriladigan yordam pulining bir foizi miqdorida bank хizmat haqini toʻlab beradi.


24. Ishchi organ yordam puli berilgan vaqtdan boshlab bir yil davomida koʻmak oluvchilar loyihasining amalga oshirilish holatini (shu jumladan, yordam pulining maqsadli sarflanishini) har chorakda bir marta monitoring qiladi, monitoring natijasi boʻyicha ma’lumotnoma tayyorlaydi hamda uni Idoralararo komissiyaga kiritadi.



4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


25. Koʻmak oluvchilarga yordam pulini berish uchun ajratilgan mablalarning maqsadli foydalanilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilinadi.


26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.






Nizomga

1-ILOVA



Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab

boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga

koʻmaklashish boʻyicha "dastlabki ijtimoiy-moddiy

yordam paketi"ni berish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Chora-tadbirlar


Bajarish muddatlari



1-bosqich

Koʻmak oluvchi


Koʻmak oluvchi oʻzining tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik yoki shu kabi boshqa yoʻnalishdagi aniq loyihasini ilova qilgan holda ishchi organga ariza taqdim etadi.


Jazoni oʻtab boʻlgandan keyin uch oy ichida









2-bosqich

Ishchi organ


Arizani Idoralararo komissiyaga kiritadi.


Uch ish kunida









3-bosqich

Idoralararo komissiya


1. Koʻmak oluvchining loyihasini oʻrganib chiqadi va moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi yoki yetarli asos mavjud boʻlmasa, moliyalashtirish muvofiq emasligi toʻrisida хulosa tayyorlaydi.


2. Idoralararo komissiya tomonidan koʻmak oluvchining loyihasini moliyalashtirish maqsadga muvofiq emas deb topilganda, unga loyihani takomillashtirish yoki yangi loyihani taqdim etish boʻyicha tavsiyalar beradi.


Oʻn ish kunida









4-bosqich

Idoralararo komissiyaraisi


Idoralararo komissiya tomonidan tayyorlangan koʻmak oluvchining loyihasini moliyalashtirish boʻyicha хulosani tasdiqlaydi.


Xulosa taqdim etilgan kunning oʻzida









5-bosqich

Ishchi organ


Idoralararo komissiyaning koʻmak oluvchi taqdim etgan loyihani moliyalashtirish yuzasidan kiritgan хulosasi Idoralararo komissiya raisi tomonidan tasdiqlangandan soʻng Moliya vazirligining "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimiga tegishli ma’lumotlarni kiritadi va хulosani tuman (shahar) hokimligining moliya boʻlimiga yuboradi.


Xulosa tasdiqlangandan keyin bir ish kunida









6-bosqich

"Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimi


Koʻmak oluvchining mobil telefon raqamiga yoki elektron manziliga yordam puli ajratilganligi toʻrisida хabar yuboriladi, yordam pulini berish boʻyicha elektron toʻlov qaydnoma (vedomost)lari shakllantiriladi.


Uch ish kuni ichida









7-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi moliya boʻlimi


Yordam pulini berish uchun zarur mablalarni AT "Xalq banki" boʻlimi (filiali)ning maхsus hisobvaraiga oʻtkazib boradi.


Har oyning 5-sanasiga qadar









8-bosqich

AT "Xalq banki" boʻlimi (filiali)


Koʻmak oluvchiga yordam pulini toʻlaydi, Idoralararo komissiyaga yordam puli toʻlanganligi toʻrisida elektron ma’lumot taqdim etadi, toʻlanmagan mablalarni tegishliligiga koʻra tuman (shahar) byudjeti yoki Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga qaytaradi hamda tuman (shahar) moliya boʻlimiga elektron ma’lumot taqdim etadi.


Bir oy ichida









9-bosqich

Ishchi organ


Koʻmak oluvchi loyihasining amalga oshirilish holatini monitoring qiladi, monitoring natijasi boʻyicha ma’lumotnoma tayyorlaydi va Idoralararo komissiyaga kiritadi.


Yordam puli toʻlangan vaqtdan boshlab bir yil davomida har chorakda bir marta



         





Nizomga

2-ILOVA



Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan

fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish

yuzasidan ularning tadbirkorlik, me’morchilik yoki

hunarmandchilik kabi yoʻnalishlardagi loyihalarini

oʻrganish natijalari boʻyicha

XULOSA

Fuqaro



(F.I.O., tuilgan sanasi, yashash manzili)

         

       


ning

"dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi"ni olish boʻyicha _______ yil ________dagi arizasi va ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish yuzasidan tadbirkorlik, me’morchilik yoki hunarmandchilik kabi yoʻnalishlardagi loyihasini Idoralararo komissiya tomonidan oʻrganish natijalariga koʻra quyidagilar aniqlandi:

             

(loyihani moliyalashtirish maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi yuzasidan ma’lumotlar)

    

       

       

       

      

XULOSA


1. Fuqaro _____________________ning loyihasini moliyalashtirish maqsadga muvofiq / muvofiq emas.


2. Fuqaro _____________________ga uch oy ichida Idoralararo komissiya tavsiyalari asosida dastlabki taqdim etilgan loyihani takomillashtirgan holda yoki yangi loyihani taqdim etishi mumkinligi tushuntirilsin.

Idoralararo komissiya raisi

______ tuman (shahar) hokimi





(imzo)


(F.I.O.)

             





Nizomga

3-ILOVA


(tuman (shahar)


Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish boʻyicha "dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi"ni berish masalasini koʻrib chiquvchi idoralararo doimiy komissiyaga

"Dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi"ni olish uchun

ARIZA

1.



(F.I.O., tuilgan sana, tuilgan joyi)

Yashash manzili:


     

(doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatdan oʻtgan yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha hisobga olingan joy)

Mobil telefon raqami:


Elektron pochta (agar mavjud boʻlsa):


2. Ushbu bilan menga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyundagi PQ-299-son qaroriga muvofiq ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish boʻyicha "dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi"ni olishda amaliy yordam berishingizni soʻrayman.


3. Arizaga tadbirkorlik, me’morchilik yoki hunarmandchilik kabi yoʻnalishlardagi loyiha ilova qilinadi.


Ilova: "____" varaqda.



Toʻldirilgan sana __________________________________



Ariza beruvchining imzosi __________________________________



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 30 iyun