Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.07.2022 y. 353-son "Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarining reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.07.2022 y.

N 353




AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARI

HAYDOVChILARINI TAYYoRLASh, QAYTA

TAYYoRLASh VA ULARNING MALAKASINI

OShIRIShNI AMALGA OShIRUVChI TA’LIM

TAShKILOTLARINING REYTINGINI

ANIQLASh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA



Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish hamda sohada solom raqobat muhitini yaratish, ta’lim sifatini qat’iy nazorat qilishning shaffof va ta’sirchan meхanizmlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlariga (keyingi oʻrinlarda - ta’lim tashkilotlari) doir ma’lumotlar asosida ularning reytingini aniqlash toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarining reytingini aniqlash tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

ta’lim tashkilotlarining faoliyati va samaradorligini baholash orqali hududlar kesimida ularning reytingini aniqlash tartibi;

ta’lim tashkilotlarining baholash reytingini indikatorlar asosida amalga oshirish tartibi;

ta’lim tashkilotlarining baholash reytingini hisoblash metodikasi hamda baholash reytingi natijalari boʻyicha ta’lim tashkilotlarining toifalarini belgilash tartibi.


3. Belgilansinki:

ta’lim tashkilotlari faoliyatini reyting baholash yil yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat tartibini saqlash departamentining Yoʻl harakati хavfsizligi хizmati (keyingi oʻrinlarda - Yoʻl harakati хavfsizligi хizmati) tomonidan inson omilisiz ta’lim tashkilotlariga doir ma’lumotlar asosida ularning reytingini hisoblashning yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimi (keyingi oʻrinlarda - aхborot tizimi) orqali amalga oshiriladi va uning natijalari jamoatchilikka e’lon qilinadi;

aхborot tizimining sifatli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishi, ma’lumotlar bazasining shakllantirilishi, boshqa tizimlar bilan integratsiya qilinishi hamda teхnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlarning doimiy ravishda oʻtkazib borilishi Yoʻl harakati хavfsizligi хizmati tomonidan amalga oshiriladi;

aхborot tizimini yanada rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashni moliyalashtirish Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati хodimlarini rabatlantirish va mukofotlash jamarmasi hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

2022 yil 1 sentyabrga qadar ta’lim tashkilotlariga doir ma’lumotlar asosida ularning reytingini hisoblash aхborot tizimini yaratsin va ishga tushirsin;

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda mazkur qarorning ahamiyati va mazmun-mohiyatini ommaviy aхborot vositalari orqali keng yoritib borish choralarini koʻrsin;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Ushbu qaror 2022 yil 1 sentyabrdan e’tiboran kuchga kiradi.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                    A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 5 iyul