Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarining reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 04.07.2022 y. 353-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 4 iyuldagi

353-son qaroriga

ILOVA



Avtomototransport vositalari haydovchilarini

tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini

oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarining

reytingini aniqlash tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda - ta’lim tashkilotlari)ning reytingini aniqlash tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


baholash reytingi - reyting koʻrsatkich (indikator)lari orqali ta’lim tashkilotlarining faoliyati samaradorligini baholash;


yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimi (keyingi oʻrinlarda - yagona aхborot tizimi) - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati хavfsizligi хizmati (keyingi oʻrinlarda - YHXX) tomonidan ta’lim tashkilotlarining ta’lim хizmatlari natijasini baholashning yagona avtomatlashtirilgan apparat-dasturiy vositalar majmui.


3. Ta’lim tashkilotlarining reytingini aniqlash ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.



2-BOB. REYTING BAHOLASh KOʻRSATKIChLARI

(INDIKATORLARI)


4. Reyting baholash quyidagi koʻrsatkich (indikator)lar asosida amalga oshiriladi:

ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihon natijalari;

ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlgandan keyin, yil yakuniga qadar yoʻl harakati qoidalariga amal qilmaslik hollaridagi jarima ballari;

yil yakuniga qadar qonuniy kuchga kirgan sud qaroriga asosan ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari aybi bilan sodir etilgan yoʻl-transport hodisalari soni;

ta’lim tashkilotlarida toʻliq shtatda faoliyat yuritadigan oliy ma’lumotga yoki ilmiy darajaga ega oʻqituvchilarning soni toʻrisida ma’lumotlar.


5. Ta’lim tashkilotlari reytingini baholash mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan koʻrsatkich (indikator)lar asosida YHXX tomonidan amalga oshiriladi.


6. Reyting ballari aхborot tizimlaridan olingan quyidagi ma’lumotlar asosida shakllantiriladi:

qituvchi va haydovchilikka nomzodlar toʻrisida ta’lim tashkilotlari tomonidan kiritiladigan ma’lumotlar;

tadbirkorlik sub’yektlarining aхborot tizimlaridagi hamda YHXXning yagona aхborot tizimidagi imtihon natijalari;

Ichki ishlar vazirligining aхborot tizimlaridan yoʻl-transport hodisalari, yoʻl harakati qoidabuzarliklari boʻyicha jarima ballari haqida ma’lumotlar.



3-BOB. TA’LIM TAShKILOTLARI

REYTINGINI HISOBLASh METODIKASI


7. Ta’lim tashkilotlari reytingini aniqlash ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarining reytingini aniqlash mezonlari va hisoblash metodikasi asosida yagona aхborot tizimi orqali amalga oshiriladi.


8. Reyting quyidagi koʻrsatkich (indikator)lar yordamida aniqlanadi:

BB - ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining imtihon natijalari koʻra ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq yiilgan ballar;

OʻFN - ta’lim tashkilotlarida toʻliq shtatda faoliyat yuritadigan fan nomzodi yoki undan yuqori ilmiy darajaga ega oʻqituvchilarning umumiy soni (har bir oʻqituvchi bir birlikda hisoblanadi);

OʻOM - ta’lim tashkilotlarida toʻliq shtatda faoliyat yuritadigan ilmiy darajaga ega boʻlmagan oliy ma’lumotli oʻqituvchilarning umumiy soni (har bir oʻqituvchi bir birlikda hisoblanadi);

BJ - ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlgandan keyin yil yakuniga qadar yoʻl harakati qoidalariga amal qilmaslik hollaridagi jarima ballari;

BX - ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari aybdor sifatida koʻrsatilgan yoʻl-transport hodisalari soni;

BS - ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining umumiy soni.


9. Ta’lim tashkilotlari tomonidan yagona aхborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar asosida real vaqt rejimida statistik va tahliliy ma’lumotlar shakllantiriladi.


10. Ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorlik darajasi, aniqlangan indikatorlar miqdoriga qarab, 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanadi.


11. Koʻrsatkich (indikator)larni reyting baholash natijalariga muvofiq ta’lim tashkilotlari reytingi quyidagicha "qizil", "sariq" va "yashil" toifalarga ajratiladi:

81 balldan 100 ballgacha boʻlgan ta’lim tashkiloti - "yashil";

51 balldan 80 ballgacha boʻlgan ta’lim tashkiloti - "sariq";

50 balldan past boʻlgan ta’lim tashkiloti - "qizil".



4-BOB. REYTING BAHOLASh NATIJALARI

BOʻYIChA TA’LIM TAShKILOTLARINING

TOIFALARINI BELGILASh


12. Ta’lim tashkilotlarining reyting ball koʻrsatkichlari respublika boʻyicha yagona shaklda yuritiladi hamda yil yakunlari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha alohida hisoblab chiqiladi.

Reyting natijalari har yili yanvar oyining 25-sanasida ommaviy aхborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.


13. Ichki ishlar vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

reyting natijalari boʻyicha faoliyat samaradorligi darajasi "yashil" deb topilgan ta’lim tashkilotlarining ijobiy ish tajribasi ommaviy aхborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilikka yetkazib boriladi;

"yashil" toifadagi ta’lim tashkilotlarining ijobiy ish tajribasini boshqa ta’lim tashkilotlariga joriy etish va ommalashtirish boʻyicha seminar-treninglar tashkil etish choralari koʻriladi.


14. Reyting natijalariga koʻra "yashil", "sariq" va "qizil" toifalarga kiruvchi ta’lim tashkilotlariga ushbu Nizomga 4-ilovada koʻrsatilgan namunadagi "farqlovchi belgi (logotip)" beriladi.

Bunda, "farqlovchi belgi (logotip)" ta’lim tashkiloti binosining old kirish qismiga va avtotransport vositalarining old/orqa oynasiga majburiy oʻrnatiladi.

Mazkur farqlovchi belgilar qat’iy hisobda turadi va reyting natijalaridan kelib chiqib ta’lim tashkilotlariga beriladi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


15. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.




Nizomga

1-ILOVA



Avtomototransport vositalari haydovchilarini

tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini

oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarining

reytingini aniqlash

SXEMASI

Bosqichlar


Mas’ul organlar


Tadbirlar


Muddatlar




1-bosqich


Ta’lim tashkilotlari


Yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga ma’lumotlarni kiritadi.


Kunbay asosida




2-bosqich


YHXX


Yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali ta’lim tashkilotlarining imtihon natijalari hamda yoʻl-transport hodisalari, yoʻl harakati qoidabuzarliklari boʻyicha jarima ballari haqida ma’lumotlarni oladi.


Onlayn (real vaqt) rejimida




3-bosqich


YHXX


Reyting natijalariga koʻra ta’lim tashkilotlarini toifalarga ajratadi.


Har yillik hisobot davri yakunidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar




4-bosqich


YHXX


Ta’lim tashkilotlarining ijobiy ish tajribasini boshqa ta’lim tashkilotlariga joriy etadi hamda reyting natijalarini ommaviy aхborot vositalarida yoritib boradi.


Har yillik hisobot davri yakunidan keyingi oyning 30-sanasiga qadar







Nizomga

2-ILOVA



Avtomototransport vositalari haydovchilarini

tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini

oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarining

reytingini aniqlash mezonlari va hisoblash

METODIKASI

T/r

Indikator nomi

Ball

Indikatorlar uchun ballarni

hisoblash metodikasi

1.

BB - ta’lim tashki-lotlari bitiruvchilar-ning imtihon natija-lariga koʻra ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq yiilgan ballari;

30 ball

Ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining sifat (salohiyati) quyidagi formula orqali aniqlanadi:

I1=     

BB - ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarning imtihon natijalari ballari.

BS - ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining umumiy soni.

2.

Ta’lim tashkilot-larida oʻqituvchilar-ning sifat (salohiyat) koʻrsatkichlari.

10 ball

qituvchilarning sifat (salohiyat) koʻrsatkichi quyidagi formula orqali aniqlanadi:

I2=     

OʻFN - ta’lim tashkilotlarida toʻliq shtatda faoliyat yuritadigan fan nomzodi yoki undan yuqori ilmiy darajaga ega oʻqituvchilarning umumiy soni.

OʻOM - ta’lim tashkilotlarida toʻliq shtatda faoliyat yuritadigan oliy ma’lumotga ega boʻlgan oʻqituvchilar soni;

UOʻS - ta’lim tashkilotlarida toʻliq shtatda faoliyatadigan oʻqituvchilarning umumiy soni

3.

BJ - ta’lim tashki-lotlari bitiruvchilar-ning haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlgandan keyin yil yakuniga qadar yoʻl harakati qoidalariga amal qilmaslik holatlaridagi jarima ballari.

30 ball

Ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yoʻl harakati qoidalariga amal qilish koʻrsatkichlari quyidagi formula orqali aniqlanadi:

I3=     

BJ - ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarning haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlgandan keyin yil yakuniga qadar yoʻl harakati qoidalariga amal qilmaslik holatlaridagi jarima ballari

BS - ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining umumiy soni.

4.

BX - ta’lim tashki-lotlari bitiruvchi-larining aybdor sifatida koʻrsatilgan yoʻl transport hodisalari soni.

30 ball

Ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining aybdor sifatida koʻrsatilgan yoʻl transport hodisalaridagi ishtiroki jarima ballari quyidagi formula orqali aniqlanadi:

I4=       

BH - ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining aybdor sifatida koʻrsatilgan yoʻl transport hodisalari soni.

BS - ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining umumiy soni.


Umumiy ball

100





Nizomga

3-ILOVA



Ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining imtihon

natijalariga koʻra yiilgan ballar

JADVALI

Ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarning

imtihon natijalari

Yiiladigan

ball miqdori

I. Nazariy imtihonlar boʻyicha

Birinchi urinishda muvaffaqiyatli topshirsa

1

Ikkinchi urinishda muvaffaqiyatli topshirsa

0,8

Uchinchi urinishda muvaffaqiyatli topshirsa

0,6

Toʻrtinchi va undan koʻp martada muvaffaqiyatli topshirsa

0,4

II. Amaliy imtihonlar boʻyicha

Birinchi urinishda muvaffaqiyatli topshirsa

1

Ikkinchi urinishda muvaffaqiyatli topshirsa

0,8

Uchinchi urinishda muvaffaqiyatli topshirsa

0,6

Toʻrtinchi va undan koʻp urinishda muvaffaqiyatli topshirsa

0,4




Nizomga

4-ILOVA


Reyting natijalariga koʻra "yashil", "sariq" va

"qizil" toifalarga kiruvchi ta’lim tashkilotlariga

beriladigan "farqlovchi belgi (logotip)"lar

namunalari



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 5 iyul