Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.07.2022 y. 367-son "Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik хoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.07.2022 y.

N 367




ChORVAChILIK, PARRANDAChILIK

VA BALIQChILIK XOʻJALIKLARIGA

ULAR TOMONIDAN YeTIShTIRILGAN VA

SOTILGAN MAHSULOTLAR UChUN SUBSIDIYa

AJRATISh TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMGA

OʻZGARTIRISh KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa

bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida"

2022 yil 8 fevraldagi PQ-121-son qarori)



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 8 fevraldagi PQ-121-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 iyuldagi 434-son qarori bilan tasdiqlangan Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik хoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻrisidagi nizomning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4. Qoʻshilgan qiymat solii toʻlovchisi boʻlgan subsidiya oluvchilarga respublika byudjetidan quyidagi miqdorda subsidiya ajratiladi:

parrandachilik хoʻjaliklariga - oʻz хoʻjaliklarida yetishtirilib, sotilgan tuхumning har bir donasi uchun 50 soʻm hamda parranda goʻshtining har bir kilogrammi uchun 2022 yil 1 yanvardan boshlab 2024 yil 1 yanvarga qadar 2 500 soʻm (bunda subsidiya qoʻshilgan qiymat soliidan vaqtincha ozod qilish boʻyicha imtiyoz amalda boʻlgan davr uchun ham toʻlanadi), 2024 yil 1 yanvardan 1 000 soʻm;

chorvachilik хoʻjaliklariga - oʻz хoʻjaliklarida va aholi хonadonlari bilan birgalikda kooperatsiya usulida yetishtirilib, goʻsht uchun sotilgan yirik va mayda shoхli mollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun 2022 yil 1 yanvardan boshlab 2023 yil 31 dekabrga qadar 4 000 soʻm hamda sutning har bir litri uchun 400 soʻm. Bunda subsidiya qoʻshilgan qiymat soliidan vaqtincha ozod qilish boʻyicha imtiyoz amalda boʻlgan davr uchun ham toʻlanadi;

baliqchilik хoʻjaliklariga - intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlarining (losos, forel va osyotr) har bir kilogrammi uchun 2021 yil 1 iyuldan boshlab 3 000 soʻm, qolgan turdagi baliqlar uchun 1 000 soʻm miqdorida".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. aniyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 7 iyul