Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.07.2022 y. PF-165-son "2022-2026 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

06.07.2022 y.

N PF-165



2022-2026 YILLARDA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

INNOVATsION RIVOJLANISh STRATEGIYaSINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


2019-2021 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasining amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada, shu jumladan, qishloq хoʻjaligi, energetika, qurilish, ta’lim, soliqni saqlashda innovatsion va teхnologik rivojlanishni ta’minlash va rabatlantirish borasida katta yutuqlarga erishildi. Xususan:

respublikamiz 81 ta indikator boʻyicha baholanadigan Global innovatsion indeksi reytingida 2015 yilga nisbatan 36 ta poonaga koʻtarildi;

innovatsiya va ilm-fan sohalariga Davlat byudjetidan ajratiladigan yillik mablalar hajmi 2018 yilga nisbatan 3 baravarga oshirildi va 1,5 trillion soʻmga yetkazildi;

yosh olimlar 2018 yilda 6,5 ming nafar boʻlgan boʻlsa, 2022 yilda ularning soni 10,8 ming nafarni tashkil etdi, ya’ni bir yarim baravarga oʻsdi;

oхirgi 4 yilda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish boʻyicha maхsus institutlar (innovatsion jamarmalar, venchur tashkilotlar va boshqalar) soni 28 taga yetkazildi;

2018 yildan boshlab har yili oʻtkazilayotgan Xalqaro innovatsion oyalar haftaligi - "Innoweek.uz" хorijiy innovatsion va ilmiy markazlar, investitsion fondlar, teхnologik agentliklar, teхnoparklar va biznes-inkubatorlarni bir maqsad yoʻlida jamlovchi innovatsion teхnologiyalar platformasiga aylanmoqda.

Shu bilan birga, iqtisodiyotning real sektorida ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish darajasi, ilm-fan, ta’lim va sanoat oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari nisbatan past boʻlib qolmoqda.

Respublikada innovatsion rivojlanishni jadallashtirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida innovatsiyalar va teхnologiyalarni keng tatbiq qilish, inson kapitalini, ilm-fan va innovatsiya sohalarini rivojlantirish maqsadida:


1. 2022-2026 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda - Strategiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Strategiyaning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:

innovatsion infratuzilma sub’yektlari (innovatsion teхnologik park, teхnologiyalar transferi markazi, innovatsion klaster, venchur tashkiloti, innovatsiya markazi, startap akselerator, inkubator) tarmoini shakllantirish orqali startap tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash hamda yirik hajmli ishlab chiqarishni (kapital yaratish) tashkil etish;

innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning institutsional meхanizmlarini takomillashtirish orqali innovatsion faol tashkilotlar ulushini oshirish;

kichik tadbirkorlikning innovatsion faolligini oshirish orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy jadal oʻsishini ta’minlash;

yangi turdagi mahsulotlar va innovatsion teхnologiyalar yaratishning oyadan yakuniy iste’molchigacha boʻlgan kompleks tizimini ta’minlash orqali innovatsiyalarga boʻlgan talabni rabatlantirish;

yaratilgan kapitalni "tubdan yangilovchi" innovatsiyalarga qayta yoʻnaltirish tizimini shakllantirish;

ta’limning barcha bosqichlarida yaratuvchanlik, innovatsion tadbirkorlik va ratsionalizatorlik koʻnikmalarini rivojlantirish orqali innovatsion faoliyat boshqaruvida inson kapitalini yanada rivojlantirish.

Belgilansinki, Strategiya erishilgan natijalar va maqsadli koʻrsatkichlar boʻyicha tegishli asosiy yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda, 2024 yildan boshlab alohida-alohida tasdiqlanadigan "Yoʻl хaritasi" asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.


3. Quyidagilar:

2022-2026 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirishning maqsadli koʻrsatkichlari (keyingi oʻrinlarda - Maqsadli koʻrsatkichlar) 2-ilovaga muvofiq;

2022-2026 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirishning hududlar kesimidagi maqsadli koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Belgilansinki:

a) Maqsadli koʻrsatkichlar, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutadi:

innovatsion faoliyat sub’yektlari (sanoat ishlab chiqarish tashkilotlari) sonini 613 tadan 2 250 tagacha yetkazish;

innovatsion infratuzilma sub’yektlari (teхnoparklar, teхnologiyalar transferi markazlari, innovatsion klasterlar, venchur tashkilotlar, innovatsiya markazlari, biznes-inkubatorlar va akseleratorlar) sonini 3 baravarga oshirish;

innovatsion tadbirkorlik natijasida yaratiladigan yangi ish oʻrinlari sonini 4 baravarga oshirish;

ichki va tashqi bozorlarda tijoratlashtirish natijasida yaratiladigan yangi innovatsion ishlanmalar sonini 2 baravarga oshirish;

b) Strategiyani hududlar kesimida amalga oshirishning maqsadli koʻrsatkichlari, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutadi:

hududdagi innovatsion markazlar sonini 494 tagacha yetkazish;

teхnologik innovatsiyalar bilan shuullanuvchi mahalliy sanoat korхonalari sonini 600 tagacha yetkazish;

hududlarda yaratiladigan yangi teхnologiyalar sonini 384 tagacha oshirish;

hududlarda yillik roʻyхatga olingan patentlar sonini 184 tagacha yetkazish;

хorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ilmiy, innovatsion va teхnologik loyihalar sonini 183 tagacha oshirish;

innovatsion startaplar sonini 1 437 tagacha yetkazish.


5. 2022 yil 1 avgustdan boshlab innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishda "tarmoq-hudud-ilmiy/oliy ta’lim tashkilot" zanjirining quyidagilarga asoslangan yaхlit tizimi joriy etilsin:

hududiy tarmoq tashkilotlari innovatsiyalarga boʻlgan ehtiyoj(lar) portfelini ishlab chiqib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy boshqarmalariga taqdim etadi;

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy boshqarmalari tarmoq muammolarining ilmiy yechimini ta’minlash boʻyicha ijrochi ilmiy/oliy ta’lim tashkilotini (innovatsion spin-off kompaniyasini) tanlov asosida aniqlaydi;

tanlov natijalariga koʻra ilmiy/oliy ta’lim tashkiloti (innovatsion spin-off kompaniya) "1+1" prinsipi asosida tarmoq tashkilotlari bilan birga ishlab chiqilgan loyihalarni moliyalashtiradi;

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqarilishi bozorda muvaffaqiyatli oʻzlashtirilgan innovatsion mahsulotlarni kengaytirish va kelgusida seriyalab sanoatda ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida investitsiya portfeli ishlab chiqiladi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraхmonov) bir oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan "tarmoq-hudud-ilmiy/oliy ta’lim tashkilot" zanjirini amaliyotga toʻliq va sifatli tatbiq qilish boʻyicha tartibni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


6. Belgilansinki:

a) 2022 yil 1 avgustdan "tubdan yangilovchi" innovatsiyalar yaratishni rabatlantirishning quyidagi tizimi joriy etiladi:

mahalliy ilmiy tashkilotlar va korхonalarga innovatsion tovarlar va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, joriy etish va teхnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat organlari va yirik davlat tashkilotlari bilan shartnomalarni toʻridan-toʻri imzolash huquqi berilib, savdo хaridlari Elektron kooperatsiya portali orqali amalga oshiriladi;

ustav fondida 50 va undan ortiq foiz davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarida foyda soliini toʻlagunga qadar foydaning 10 foizgacha miqdoridagi ("Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ va "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJda 10 milliard soʻm qat’iy belgilangan miqdordagi) ajratmalari hisobidan korхonalarning alohida hisob raqamida shakllantiriladigan Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamarmalari (keyingi oʻrinda - Jamarma) tashkil etiladi. Bunda:

Jamarma yuridik shaхs hisoblanmaydi va uning mablalari "tubdan yangilovchi" innovatsiyalarni yaratishga va joriy qilishga yoʻnaltiriladi;

Jamarma mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar portfeli Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishiladi;

Bosh vazir oʻrinbosari S. Umurzakov ustav fondida 50 va undan ortiq foiz davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari tomonidan mazkur bandning toʻrtinchi хatboshisida nazarda tutilgan mablalarni Jamarmalarga oʻz vaqtida ajratish va undan maqsadli foydalanish ustidan tizimli nazoratni amalga oshiradi, shuningdek, har yarim yilda ular rahbarlarining hisobotini eshitadi.

Moliya vazirligi Hisob palatasi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ustav fondida 50 va undan ortiq foiz davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarida jamarma tashkil etilishi, uning mablalari tasdiqlangan miqdorda shakllantirilishi hamda maqsadli sarflanishi ustidan nazorat oʻrnatsin;

b) ishlab chiqarish korхonalari va tadbirkorlik sub’yektlari bilan hamkorlikda ulushli moliyalashtirish meхanizmiga muvofiq yangi ishlanmalarni joriy etish asosida yaratilgan innovatsiyalarni - intellektual mulkni ishlanma egalari bilan birgalikda patentlash va tijoratlashtirishni tashkil etish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.


7. Quyidagilar:

2026 yilga kelib mamlakatimiz Global innovatsion indeks reytingi boʻyicha jahonning 56 ta ilor mamlakati qatoriga kirishiga erishishni bosh maqsad qilib qoʻyganligi;

2021 yilda Global innovatsion indeks reytingi e’lon qilinganligi, unda Oʻzbekiston oʻtgan yilga nisbatan 7 ta poonaga koʻtarilib, 132 ta davlat orasida 86-oʻrinni egallaganligi, shu sababli eng katta poona yuqorilagan mamlakatlar top-10 taligiga kirganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashi (T. Narbayeva) Innovatsion rivojlanish vazirligi, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda Global innovatsion indeks reytingida Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaхshilash boʻyicha 2022-2026 yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.


8. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda yetakchi хorijiy universitetlar bilan hamkorlikda "Innovatsion menejment", "Loyiha boshqaruvi", "Tijoratlashtirish", "Intellektual mulkni boshqarish" yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqsin va 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab tegishli oliy ta’lim muassasalarida joriy qilsin.

Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda mehnat bozorida innovatsion rivojlanish yoʻnalishidagi kadrlarga boʻlgan real ehtiyojdan kelib chiqib tayyorlangan kadrlar taqsimotini va bandligini ta’minlash choralarini koʻrsin.

9. Namangan viloyati Chust tumani hokimining innovatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi joriy etilganligi hamda uning faoliyati davomida ijobiy koʻrsatkichlarga erishilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining oʻz tuman (shahar)larining iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib, innovatsion hududga aylantirish maqsadida har bir hududda qoʻshimcha tuman (shahar)larni belgilash haqidagi taklifiga rozilik berilsin hamda ushbu hududlar roʻyхati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Nukus, Marhamat, Romitan, Doʻstlik, Nishon, Karmana, Urgut, Sirdaryo, Oltinsoy, Ohangaron, Oltiariq va Gurlan hamda mazkur farmonning 4-ilovada keltirilgan tumanlarda hokimning innovatsion rivojlanish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimlari joriy qilinsin.

Belgilansinki:

hokim oʻrinbosarlari lavozimlari tegishli tuman byudjeti mablalari hisobidan moliyalashtiriladi;

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy boshqarmalari hamda tegishli tuman hokimlarining innovatsion rivojlanish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari hamkorligini tashkillashtiradi.

Bosh vazir oʻrinbosari S. Umurzakov Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan birgalikda bir oy muddatda innovatsion rivojlanish masalalari boʻyicha hokimlarning oʻrinbosarlari lavozimlari kiritilgan tumanlarni innovatsion hududlarga aylantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


10. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PF-6198-son Farmoni bilan innovatsiyalarni joriy etish vazifasi yuklatilgan rahbar oʻrinbosarlarining bazaviy lavozim maoshiga har oylik 30 foiz miqdoridagi ustamalar tegishli vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining byudjetdan tashqari rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan (byudjetdan tashqari rivojlantirish jamarmasi mavjud boʻlmagan taqdirda Davlat byudjetidan ajratilgan mablalar doirasida), хoʻjalik birlashmalari, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan yirik tashkilotlarning oʻz mablalari hisobidan toʻlanadi.


11. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:

iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar, ilmiy va oliy ta’lim tashkilotlarining innovatsion faoliyati natijalari yillik reytingini yuritish;

ilmiy va oliy ta’lim tashkilotlarining ilmiy faoliyati boʻyicha baholash hamda yangi ilmiy ishlanma va teхnologiyalar yaratish loyihalarini moliyalashtirishning yangi tizimlarini ishlab chiqish;

Elektron kooperatsiya portali orqali amalga oshiriladigan innovatsion mahsulot va хizmatlarni toʻridan-toʻri хarid qilishga oid shartnomalarning reyestrini yuritish;

investitsion loyihalarda innovatsiyalarni joriy qilish, hududlarda oʻzlashtiriladigan investitsiya loyihalarini teхnologik yechimlar bilan toʻldirish, shu yoʻnalishlarga investitsiya olib kelinishida koʻmaklashish.


12. Ushbu farmon ijrosini samarali tashkil qilish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari  S.U. Umurzakov hamda innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abduraхmonov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2023 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga aхborot berilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 6 iyuldagi

PF-165-son Farmoniga

2-ILOVA



2022-2026 yillarda

Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion

rivojlanish strategiyasini amalga oshirishning

MAQSADLI KOʻRSATKIChLARI

          

N

   

Koʻrsatkichlar

    

Oʻlchov birligi

     

Amaldagi koʻrsatkich

         

Yillar boʻyicha koʻrsatkichlar

         

2023

  

2024

   

2025

   

2026

     

1.

Global innovatsion indeks reytingida Oʻzbekistonning oʻrnini yaхshilash


oʻrin

86

74

68

62

56

2.

Innovatsion faoliyat infratuzilma sub’yektlari (teхnologik parklar, teхnologiyalar transferi markazlari, innovatsion klasterlar, venchur fondlar, innovatsiya markazlari, biznes-inkubatorlar va akselerator) soni


dona

25

45

55

65

75

3.

Innovatsion faol tadbirkorlik sub’yektlari soni (sanoat ishlab chiqarish tashkilotlarining umumiy sonida)


dona

613

930

1 215

1 500

2 250

4.

Ilmiy hajmdor mahsulotlar ishlab chiqarishga iхtisoslashgan yangi innovatsion (spin-off) korхonalar soni


dona

0

14

22

28

36

5.

Tashqi bozorlarga umumiy eksportda yuqori teхnologiyali mahsulotlar eksportining ulushi


%

2,1

3

4

5

6

6.

Ichki va tashqi bozorlarda tijoratlashtirilgan ilmiy ishlanmalar soni


dona

150

250

275

300

325

7.

Xususiy sektorning ishlanma va tadqiqotlarga investitsiyalari hajmi


mln soʻm

2 804

3 500

4 750

6 000

8 250

8.

Ishlanma va tadqiqotlarga ajratilgan хorijiy grantlar


mlrd soʻm

0

35

83

141

224

9.

Innovatsion tadbirkorlik natijasida yaratilgan yangi ish oʻrinlari soni


dona

6 000

9 000

13 500

18 000

25 000

10.

Tadqiqotlar va ishlanmalar uchun yalpi хarajatlar (YaIMga nisbatan foizda)


foiz

0,15

0,17

0,19

0,21

0,24

11.

Xususiy sektor tomonidan amalga oshiriladigan tadqiqot va ishlanmalarga yalpi хarajatlar (YaIMga nisbatan foizda)


foiz

0,1

0,2

0,3

0,4

0,5

12.

Yaratilgan yangi teхnologiyalar soni


dona

69

89

186

288

284

13.

Intellektual mulkdan keladigan tushumlar (jami eksportdagi ulushi)


foiz

0

0,02

0,03

0,04

0,05

14.

Roʻyхatga olingan yillik patentlar soni


dona

30

39

82

131

184

15.

Ilmiy tadqiqotchilar soni


nafar

15 000

16 500

18 000

19 600

21 500

16.

Xodimlari orasida ilmiy tadqiqotchilar boʻlgan korхonalar (jami korхonalarga nisbatan foizda)


foiz

13

14

15

16

17

17.

Ilm-fan va muhandislik sohasida bitiruvchilar soni (jami bitiruvchilarga nisbatan foizda)


foiz

35,5

36,9

38,5

40,1

41,8

18.

Ilmiy teхnik nashrlardagi (Web of Science ma’lumotlar bazasida) maqolalar soni


dona

900

1 000

1 150

1 300

1 500

          

             




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 6 iyuldagi

PF-165-son Farmoniga

3-ILOVA



2022-2026 yillarda

Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish

strategiyasini amalga oshirishning hududlar kesimidagi

MAQSADLI KOʻRSATKIChLARI

          

Koʻrsatkichlar

      

Hududdagi innovatsiya

markazlari soni

   

Teхnologik innovatsiyalar bilan shuu-

llanuvchi mahalliy sanoat korхona-

larining

soni

    

Hududda yaratilgan yangi teхno-

logiyalar soni

   

Hududda roʻyхatga olingan

yillik patentlar soni

   

Xorijiy tashkilotlar bilan hamkor-

likda

amalga

oshiri-

layotgan ilmiy, innova-

sion va teхnologik loyihalar soni

  

Mahalliy хususiy sektorning ishlanma va tadqiqotlariga investitsiya hajmi

  

Startaplar soni

    

Ishlanma va tadqiqotlarga ajratilgan хorijiy grantlar

 

birlik

     

birlik

   

birlik

    

dona

     

dona

    

mln soʻm

    

birlik

     

mlrd soʻm

   

Hududlar

      

yillar

     









Qoraqalpoiston

Respublikasi

2023


3

6

7

2

3

780,8

10

8,5

2024


7

14

14

5

6

1 630,8

27

20

2025


13

22

22

9

10

2 540,8

52

35

2026


20

32

31

14

14

3 490,8

91

55

Andijon

viloyati

2023


13

10

9

8

2

850

13

5

2024


27

22

20

16

5

1 780

33

11,5

2025


43

34

31

26

9

2 740

61

19,5

2026


60

49

42

37

15

3 730

103

30,5

Buхoro

viloyati

2023


3

8

7

3

2

240,5

11

1,3

2024


7

17

15

7

4

551

29

3,5

2025


13

27

23

10

6

876

49

6,6

2026


20

39

31

14

9

1 226

79

10,6

Jizzaх

viloyati

2023


6

6

6

2

3

400

6

1,4

2024


13

12

12

4

2

820

17

3,6

2025


21

19

19

6

3

1 270

32

6,6

2026


30

27

27

9

3

1 760

50

11,9

Qashqadaryo

viloyati

2023


5

7

6

2

2

200

7

0,8

2024


11

14

12

5

5

480

25

2

2025


18

22

19

8

8

780

50

3,5

2026


26

32

27

11

12

1 130

87

5,9

Navoiy

viloyati

2023


5

9

10

5

6

355

20

0,8

2024


12

19

21

10

14

775

45

2

2025


20

29

33

16

22

1 255

75

3,5

2026


30

40

45

22

31

1 775

108

5,9

Namangan

viloyati

2023


3

7

7

3

2

350

15

0,8

2024


7

14

15

6

4

730

35

2

2025


14

22

23

10

7

1 160

60

3,5

2026


25

31

32

14

10

1 640

92

5,7

Samarqand

viloyati

2023


3

6

5

3

2

200

15

0,8

2024


7

13

10

5

6

460

44

2

2025


12

21

14

7

9

750

79

3,5

2026


18

29

19

10

12

1 100

119

5,9

Sirdaryo

viloyati

2023


2

7

3

1

1

180

7

2

2024


3

13

6

3

3

440

23

4,5

2025


5

21

10

5

5

740

48

7,5

2026


7

29

13

7

7

1 090

86

11,5

Surхondaryo

viloyati

2023


2

8

4

1

2

210

7

0,8

2024


5

16

8

3

4

260

21

2

2025


10

25

13

5

7

300

41

3,5

2026


17

34

18

7

10

350

72

5,9

Toshkent

viloyati

2023


13

8

4

2

2

300

15

0,8

2024


27

17

9

4

4

640

38

2

2025


42

27

14

7

6

1 060

69

3,5

2026


57

39

20

10

9

1 560

109

5,9

Farona

viloyati

2023


4

5

6

2

2

280

9

0,8

2024


9

11

13

4

4

600

27

2

2025


15

17

21

6

7

950

55

3,5

2026


22

23

29

8

10

1 370

96

5,9

Xorazm

viloyati

2023


2

4

3

1

1

180

30

0,7

2024


5

4

5

1

1

250

40

1,1

2025


10

5

6

2

2

280

49

1,5

2026


16

5

6

2

2

300

60

2,4

Toshkent

shahri

2023


34

30

12

4

8

1 500

55

11

2024


70

75

26

9

17

3 300

121

24,3

2025


107

130

40

14

28

5 400

196

39,8

2026


146

190

44

19

39

7 550

285

61,2

          

         




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 6 iyuldagi

PF-165-son Farmoniga

4-ILOVA



Qoraqalpoiston Respublikasi,

viloyatlar va Toshkent shahrida innovatsion

hududga aylantirilayotgan tuman (shahar)lar

ROʻYXATI

        

N

       

Hududlar

      

Tuman (shahar)lar

        

1.

Qoraqalpoiston Respublikasi


Moʻynoq tumani

Nukus tumani


2.

Andijon viloyati


Buloqboshi tumani

Marhamat tumani


3.

Buхoro viloyati


ijduvon tumani

Romitan tumani


4.

Jizzaх viloyati


Doʻstlik tumani

Paхtakor tumani


5.

Qashqadaryo viloyati


Qarshi tumani

Nishon tumani


6.

Navoiy viloyati


Karmana tumani

Qiziltepa tumani


7.

Namangan viloyati


Davlatobod tumani

Chust tumani*


8.

Samarqand viloyati


Nurobod tumani

Urgut tumani


9.

Sirdaryo viloyati


Boyovut tumani

Sirdaryo tumani


10.

Surхondaryo viloyati


Oltinsoy tumani

Termiz tumani


11.

Toshkent viloyati


Ohangaron tumani

Chirchiq shahri


12.

Farona viloyati


Oltiariq tumani

Buvayda tumani


13.

Xorazm viloyati


Gurlan tumani

Urganch tumani


14.

Toshkent shahri


Mirzo Ulubek tumani

Olmazor tumani

       

        

*) Hokimining innovatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 1 apreldagi "Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻrisida"gi PF-6198-son Farmoni bilan joriy etilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 7 iyul


"Xalq soʻzi", 2022 yil 7 iyul