Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.07.2022 y. 382-son "Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-teхnik vositalarini oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.07.2022 y.

N 382



TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARI TOMONIDAN

AVTOMOBIL YOʻLLARIDA YOʻL HARAKATI

QOIDALARI BUZILGANLIGINI MAXSUS

AVTOMATLAShTIRILGAN FOTO VA VIDEO QAYD

ETISh DASTURIY-TEXNIK VOSITALARINI

OʻRNATISh VA EKSPLUATATsIYa QILISh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMGA

QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA



Yoʻl harakati qoidalari buzilganligi toʻrisida aхborot beruvchi maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-teхnik vositalari oʻrnatiladigan joylarni tadbirkorlik sub’yektlariga elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotishdan tushadigan mablalardan samarali foydalanilishini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 apreldagi 232-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-teхnik vositalarini oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi toʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 8-1-band bilan toʻldirilsin:

"8-1. Yoʻl harakati qoidalari buzilganligini aniqlaydigan maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-teхnik vositalari oʻrnatiladigan joyni auksion orqali sotishdan tushgan mablalarning 1 foizi operatorga, qolgan qismi Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlari qarorlari asosida tegishli mahalliy byudjet daromadiga oʻtkaziladi".


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 14 iyul