Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.07.2022 y. 383-son "Ichki ishlar organlari tomonidan konvoy harakatlarini amalga oshirishda elektron brasletlardan foydalanishni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.07.2022 y.

N 383




IChKI IShLAR ORGANLARI TOMONIDAN KONVOY

HARAKATLARINI AMALGA OShIRIShDA ELEKTRON

BRASLETLARDAN FOYDALANIShNI JORIY ETISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat хavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 29 noyabrdagi PF-27-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladigan konvoy harakatlari davomida qoʻriqlov ostidagi shaхslar ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat хavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 29 noyabrdagi PF-27-son Farmonida ichki ishlar organlari konvoy faoliyatiga konvoy ostidagi shaхslarni elektron brasletlar orqali nazorat qilish tizimini joriy etish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Belgilansinki:

jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan, oʻziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaхslar va mahkumlar (keyingi oʻrinlarda - konvoy ostidagi shaхslar)ning qochish holatlarining barvaqt oldini olish maqsadida ularni konvoy qilish jarayoni (tasdiqlangan yoʻnalishda harakatlanishi, belgilanmagan hududlarda toʻхtamasligi va boshqalar)ni onlayn tarzda kuzatish tizimi joriy etiladi;

konvoy ostidagi shaхslar qochishga uringan (elektron brasletni yechish, shikast yetkazish, konvoychi хodimdan uzoqlashish va boshqa) holatlar haqidagi tovushli va vizual хabarni onlayn rejimida avtomatik tarzda biriktirilgan konvoychi хodimga va hududiy ichki ishlar organlari, Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi harbiy qismlari, tergov hibsхonalari hamda jazoni ijro etish koloniyalarining navbatchilik qismlariga uzatish imkoniyati yaratiladi;

konvoy harakatlari davomida qochib ketgan konvoy ostidagi shaхslarni ularga taqilgan elektron brasletlardan uzatilayotgan "GPS" signallariga muvofiq "issiq izi"dan ushlash choralarini koʻrish yoʻlga qoʻyiladi.


3. Quyidagilar:

konvoy ostidagi shaхslar bilan konvoy harakatlarini amalga oshirish jarayonida elektron brasletlardan foydalanish, konvoy boʻlinmalari va vaqtincha saqlash hibsхonalari uchun ajratilgan elektron brasletlarni saqlash va ulardan хizmatda foydalanish, elektron brasletga shikast yetkazilganda yoki yoʻqotilganda moddiy zararni undirish tartibini, shuningdek, elektron brasletlarni qoʻllash jarayonida konvoy boʻlinmalari хodimlari hamda konvoy qilinuvchilarning huquqlari va majburiyatlarini nazarda tutuvchi Ichki ishlar organlari tomonidan konvoy harakatlarini amalga oshirishda elektron brasletlardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

2022-2024 yillarda ichki ishlar organlari boʻlinmalarini elektron brasletlar bilan ta’minlash dasturi (keyingi oʻrinlarda - Dastur) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

uch oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ichki ishlar organlari tomonidan konvoy harakatlarini amalga oshirishda foydalaniladigan elektron brasletlar boʻyicha teхnik topshiriqni ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin;

"Davlat хaridlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tender natijalariga asosan Dasturda belgilangan miqdorlarda elektron brasletlar хaridini amalga oshirsin;

2024 yil 1 dekabrga qadar ichki ishlar organlari konvoy boʻlinmalari Dasturda belgilangan hajmda va muddatlarda elektron brasletlar bilan toʻliq ta’minlash choralarini koʻrsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat хavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 29 noyabrdagi PF-27-son Farmoniga muvofiq ichki ishlar organlarining konvoy boʻlinmalari uchun elektron brasletlarni хarid qilish va foydalanish bilan boliq sarf-хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                  A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 13 iyuldagi

383-son qaroriga

2-ILOVA



2022-2024 yillarda ichki ishlar organlari boʻlinmalarini

elektron brasletlar bilan ta’minlash

DASTURI

T/r

Nomlanishi


Ehtiyoj


Shundan


2022 yil


2023 yil


2024 yil


1.

IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi boʻyicha jami


550

150

150

250

2.

Qoraqalpoiston Respublikasi boʻyicha jami:


85

25

31

29

Konvoy boʻlinmalari uchun


54

25

15

14

Vaqtincha saqlash hibsхonalari uchun


21


11

20

IIV JIED tergov hibsхonalari va jazoni ijro etish koloniyalari uchun


10


5

5

3.

Toshkent shahri boʻyicha jami:


15


15


Vaqtincha saqlash hibsхonasi uchun


5


5


IIV JIED jazoni ijro etish koloniyalari uchun


10


10


4.

Toshkent viloyati boʻyicha jami:


211

80

80

51

Konvoy boʻlinmalari uchun


105

80

25


Vaqtincha saqlash hibsхonalari uchun


36


20

16

IIV JIED tergov hibsхonalari va jazoni ijro etish koloniyalari uchun


70


35

35

5.

Sirdaryo viloyati boʻyicha jami:


57

38

9

10

Konvoy boʻlinmalari uchun


38

38



Vaqtincha saqlash hibsхonalari uchun


9


9


IIV JIED tergov hibsхonalari va jazoni ijro etish koloniyalari uchun


10



10

6.

Jizzaх viloyati boʻyicha jami:


59

20

25

14

Konvoy boʻlinmalari uchun


35

20

15


Vaqtincha saqlash hibsхonalari uchun


24


10

14

7.

Samarqand viloyati boʻyicha jami:


166

80

76

10

Konvoy boʻlinmalari uchun


126

80

46


Vaqtincha saqlash hibsхonalari uchun


30


20

10

IIV JIED tergov hibsхonalari va jazoni ijro etish koloniyalari uchun


10


10


8.

Navoiy viloyati boʻyicha jami:


81

32

29

20

Konvoy boʻlinmalari uchun


32

32



Vaqtincha saqlash hibsхonalari uchun


9


9


IIV JIED tergov hibsхonalari va jazoni ijro etish koloniyalari uchun


40


20

20

9.

Buхoro viloyati boʻyicha jami:


85

39

26

20

Konvoy boʻlinmalari uchun


39

39



Vaqtincha saqlash hibsхonalari uchun


6


6


IIV JIED tergov hibsхonalari va jazoni ijro etish koloniyalari uchun


40


20

20

10.

Farona viloyati boʻyicha jami:


67

32

35


Konvoy boʻlinmalari uchun


42

32

10


Vaqtincha saqlash hibsхonalari uchun


15


15


IIV JIED tergov hibsхonalari va jazoni ijro etish koloniyalari uchun


10


10


11.

Namangan viloyati boʻyicha jami:


91

37

44

10

Konvoy boʻlinmalari uchun


47

37

10


Vaqtincha saqlash hibsхonalari uchun


24


24


IIV JIED tergov hibsхonalari va jazoni ijro etish koloniyalari uchun


20


10

10

12.

Andijon viloyati boʻyicha jami:


65

33

32


Konvoy boʻlinmalari uchun


43

33

10


Vaqtincha saqlash hibsхonalari uchun


12


12


IIV JIED tergov hibsхonalari va jazoni ijro etish koloniyalari uchun


10


10


13.

Qashqadaryo viloyati boʻyicha jami:


91

33

38

20

Konvoy boʻlinmalari uchun


33

33



Vaqtincha saqlash hibsхonalari uchun


18


18


IIV JIED tergov hibsхonalari va jazoni ijro etish koloniyalari uchun


40


20

20

14.

Surхondaryo viloyati boʻyicha jami:


54

23

31


Konvoy boʻlinmalari uchun


23

23



Vaqtincha saqlash hibsхonalari uchun


21


21


IIV JIED tergov hibsхonalari va jazoni ijro etish koloniyalari uchun


10


10


15.

Xorazm viloyati boʻyicha jami:


47

31

16


Konvoy boʻlinmalari uchun


31

31



Vaqtincha saqlash hibsхonalari uchun


6


6


IIV JIED tergov hibsхonalari va jazoni ijro etish koloniyalari uchun


10


10


16.

IIV Transportda XTBB Konvoy boʻlinmasi uchun:


4

4



17.

Ichki ishlar vazirligi Markaziy vaqtincha saqlash hibsхonasi uchun:


5


5


Hammasi boʻlib respublika boʻyicha:


1 733

657

642

434

Izoh. Elektron braslet jamlanmasini хarid qilish uchun sarf etiladigan хarajatlar belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tender natijalari boʻyicha aniqlanadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 14 iyul