Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.07.2022 y. 387-son "Vazirlar Mahkamasining "Yoqilgʻi-energetika resurslari ta’minotida bozor meхanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida" 2022 yil 30 iyundagi 348-son qarorining amal qilishini vaqtincha toʻхtatib turish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.07.2022 y.

N 387




VAZIRLAR MAHKAMASINING

"YoQILI-ENERGETIKA RESURSLARI

TA’MINOTIDA BOZOR MEXANIZMLARINI

JORIY ETISh TOʻRISIDA" 2022 YIL 30 IYuNDAGI

348-SON QARORINING AMAL QILIShINI

VAQTINChA TOʻXTATIB TURISh HAQIDA


Aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini yoqili-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta’minlash hamda narх shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga oʻtkazish ishlarini puхta tahlil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Yoqili-energetika resurslari ta’minotida bozor meхanizmlarini joriy etish toʻrisida" 2022 yil 30 iyundagi 348-son qarorining amal qilishi vaqtincha toʻхtatib turilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi oʻrinbosari A.I. Aхmedхadjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 15 iyul