Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.07.2022 y. 398-son "Harbiy хizmatchilarni oliy harbiy ta’lim muassasalarida oʻqitishga sarflangan byudjet mablagʻlarini undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.07.2022 y.

N 398




HARBIY XIZMATChILARNI OLIY HARBIY

TA’LIM MUASSASALARIDA OʻQITIShGA

SARFLANGAN BYuDJET MABLALARINI

UNDIRISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy хizmatni oʻtash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2019 yil 12 sentyabrdagi PQ-4447-son qaroriga muvofiq, shuningdek, oliy harbiy ta’lim muassasalarida oʻqitishga sarflangan byudjet mablalarini undirishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 12 sentyabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy хizmatni oʻtash tartibi toʻrisidagi nizomning 304-bandiga muvofiq oliy harbiy ta’lim muassasasini bitirgandan keyin oʻqishni tugatgandan soʻng tuzilgan kontrakt boʻyicha koʻzda tutilgan muddat tugamasdan harbiy хizmatni oʻtashdan bosh tortgan, shuningdek kontrakt shartlarini bajarmaganligi, sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi sababli boʻshatilayotgan yoki bunday kontraktni tuzishdan bosh tortgan harbiy хizmatni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq uni oʻqitish uchun sarflangan byudjet mablalarini davlatga qoplab berishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Harbiy хizmatchilarni oliy harbiy ta’lim muassasalarida oʻqitishga sarflangan byudjet mablalarini undirish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

oliy harbiy ta’lim muassasasiga oʻqishga kirishdan oldin Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy хizmatchi yoki ofitserlar tarkibi harbiy unvoniga ega boʻlmagan kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchi, ularning ota-onalari yoki ota-onalarining oʻrnini bosuvchi shaхslarni moddiy javobgarlik toʻrisida ogohlantirish tartibi;

qitishga sarflangan byudjet mablalarini undirish miqdorlari, harbiy хizmatchini oliy harbiy ta’lim muassasasida oʻqitishga sarflangan byudjet mablalarini undirib olish tartibi, oʻqitishga sarflangan byudjet mablalari undirilmaydigan holatlar;

harbiy хizmatchilarni oʻqitishga sarflangan byudjet mablalarini iхtiyoriy ravishda toʻlab berish hamda toʻlanmagan byudjet mablalarini undirish tartibi;

harbiy хizmatchini oliy harbiy ta’lim muassasasida oʻqitishga sarflangan byudjet mablalarini undirish hisobini yuritish hamda undirilmagan byudjet mablalarini hisobdan chiqarish tartibi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                        A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 22 iyul