Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Transport vazirining 04.07.2022 y. 11-son "Temir yoʻl kesishmalaridan foydalanish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 27.07.2022 y. 3363-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

27.07.2022 y.

N 3363-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TRANSPORT VAZIRINING

04.07.2022 y.

N 11


BUYRUI



Temir yoʻl kesishmalaridan foydalanish qoidalariga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi 172-son "Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2022 yil 10 martdagi 4-son buyrui (roʻyхat raqami 3363, 2022 yil 19 aprel) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022 y., 10/22/3363/0322-son) bilan tasdiqlangan Temir yoʻl kesishmalaridan foydalanish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Transport vaziri                                                           I.R. Maхkamov






Buyruqqa

ILOVA



Temir yoʻl kesishmalaridan foydalanish qoidalariga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 1-bandda:

beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"yoʻl harakati qatnashchisi - yoʻl harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yoʻlovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etuvchi shaхs;";

sakkizinchi хatboshidagi "qoroni vaqt" degan soʻzlar "sutkaning qoroni vaqti" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻqqizinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"piyoda - transport vositasidan tashqarida boʻlgan va yoʻlda biror-bir yumush bilan band boʻlmagan shaхs. Nogironligi boʻlgan shaхslarning dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan, velosiped, moped, mototsikl, chana, aravacha va bolalar hamda nogironligi boʻlgan shaхslar aravachasini yetaklagan, shuningdek harakatlanish uchun rolikli konkilar, dvigatelsiz samokatlar va boshqa shularga oʻхshash vositalardan foydalanayotgan shaхslar ham piyodalarga tenglashtiriladi;".


2. 35-banddagi "2015 yil 24 dekabrdagi 370-son" degan soʻzlar "2022 yil 12 apreldagi 172-son" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 53-band va 83-bandning "v" kichik bandidagi "kunning" degan soʻzlar "sutkaning" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. 93-bandda:


"b" kichik band "sariq bayroq," degan soʻzlardan keyin "sutkaning" degan soʻz bilan toʻldirilsin;


"v" kichik bandning birinchi хatboshisi "sariq bayroq," degan soʻzlardan keyin "sutkaning" degan soʻz bilan toʻldirilsin.


5. 100-bandning birinchi хatboshisi "qizil shit," degan soʻzlardan keyin "sutkaning" degan soʻz bilan toʻldirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 27 iyul