Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.07.2022 y. 411-son "Oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim muassasalarida sirtqi va kechki ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.07.2022 y.

N 411




OʻRTA VA OʻRTA MAXSUS PROFESSIONAL

TA’LIM MUASSASALARIDA SIRTQI

VA KEChKI TA’LIMNI TAShKIL ETISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son Farmoniga muvofiq mehnat bozorida kadrlarga boʻlgan real ehtiyoj, ish beruvchilarning takliflari hamda fuqarolarning хohish-istaklarini hisobga olgan holda kollej va teхnikumlarda sirtqi va kechki shakllarda ta’lim jarayonini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim muassasalarida ta’limning sirtqi va kechki shakllariga oʻqishga qabul qilish, oʻqitishni tashkil etish, masofadan turib oʻqitish elementlaridan foydalanish, yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish hamda oʻquv jarayonlarini boshqarish tartibini nazarda tutuvchi:

Oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim muassasalarida sirtqi ta’limni tashkil etish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim muassasalarida kechki ta’limni tashkil etish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi sirtqi va kechki ta’lim shaklidagi oʻquv jarayonlari talab darajasida tashkil etilishini qat’iy nazoratga olsin.


3. Tizimida oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar ushbu muassasalarda sirtqi va kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan oʻquvchilarning oʻquv adabiyotlari va boshqa materiallar bilan ta’minlanishini tashkil etsin hamda ularga sifatli ta’lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri A.H. Toshkulov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, soliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 29 iyul