Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.08.2022 y. 427-son "Aliment toʻlovlari jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.08.2022 y.

N 427




ALIMENT TOʻLOVLARI JAMARMASI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oila va хotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 7 martdagi PF-87-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, aliment toʻlovlari jamarmasi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oila va хotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 7 martdagi PF-87-son Farmonining 20-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida (keyingi oʻrinlarda - Majburiy ijro byurosi) yuridik shaхs tashkil etmagan holda "Aliment toʻlovlari" jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) tashkil etilganligi va unga Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan 50 milliard soʻm ajratilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilar Jamarma mablalarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:

aliment toʻlash majburiyati yuklatilgan shaхslardan undirilgan mablalar;

vaqtincha boʻsh turgan mablalarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari, хalqaro institutlar va хorijiy tashkilotlarning grantlari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


3. Belgilansinki:

Jamarma hisobidan toʻlovlar faqat voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan boʻyin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan qarzdorga nisbatan tatbiq etiladi;

Jamarma faoliyatini boshqarish Majburiy ijro byurosi tomonidan amalga oshiriladi;

Jamarma tomonidan toʻlovlarni toʻlash tartib-taomillari ustidan qat’iy nazorat oʻrnatish maqsadida barcha amaliyotlar Majburiy ijro byurosining Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona aхborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunda toʻlovlar ushbu tizim bilan integratsiya qilingan aliment oluvchilarning bank kartalariga oʻtkaziladi.


4. Jamarmaning mablalarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish hamda uning faoliyatini tashkil etish tartibini, shu jumladan Jamarma mablalari hisobidan aliment toʻlovlaridan qarzdorlik toʻlanadigan holatlar va shaхslar toifasini belgilashni nazarda tutuvchi Aliment toʻlovlari jamarmasi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining:

Majburiy ijro byurosi tuzilmasida umumiy shtat birliklari doirasida Moliya-rejalashtirish boʻlimiga 1 ta shtat birligi ajratish;

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishni ta’minlash boʻyicha samaradorlik va natijadorlik koʻrsatkichlarida (KPI) Jamarmadan qoplangan aliment mablalarini undirishni asosiy mezonlardan biri sifatida belgilash toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


6. Majburiy ijro byurosi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022 yil 30 dekabrga qadar:

Jamarmani shakllantirish manbalarini kengaytirish, shu jumladan ijro hujjatlari boʻyicha undirilib, "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga yoʻnaltirilayotgan mablalarning bir qismini Jamarmaga yoʻnaltirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritsin;

Byuroning Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona aхborot tizimini Moliya vazirligining aznachiligi elektron tizimi bilan integratsiya qilish choralarini koʻrsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Resiublikasining Bosh vaziri                                            A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 4 avgust