Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.09.2021 y. PQ-5247-son "Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasining oliy harbiy ta’lim muassasalarida хorijiy davlatlar harbiy kadrlarini tayyorlash va oʻqitish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

20.09.2021 y.

N PQ-5247



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MUDOFAA VAZIRLIGI VA MILLIY

GVARDIYaSINING OLIY HARBIY TA’LIM

MUASSASALARIDA XORIJIY DAVLATLAR

HARBIY KADRLARINI TAYYoRLASh VA OʻQITISh

TIZIMINI JORIY ETISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasining oliy harbiy ta’lim muassasalarida хorijiy davlatlar harbiy kadrlarini tayyorlash va oʻqitish tizimini joriy etish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda - OHTM):

хorijiy davlatlar harbiy kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni (keyingi oʻrinlarda - ta’lim berish) yoʻlga qoʻyish;

umumiy cheklangan shtat birliklari doirasida Xorijiy harbiy kadrlar bilan ishlash boʻlimini tashkil etish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


2. Quyidagilar Xorijiy harbiy kadrlar bilan ishlash boʻlimining asosiy vazifalari etib belgilansin:

хorijiy davlatlar harbiy kadrlarini qabul qilish, tayyorlash va bitiruv tadbirlarini amalga oshirish;

OHTMning ilmiy, oʻquv-tarbiyaviy boʻlinmalariga tarbiyaviy va oʻquv-uslubiy ishlarni tashkil etish, nazorat va monitoring qilishda koʻmaklashish;

хorijiy davlatlar harbiy kadrlarini tayyorlashni tashkil etishning mazmuni, shakllari va teхnologiyalarini takomillashtirish maqsadida respublikaning boshqa sohalardagi yetakchi ta’lim muassasalarining tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

хorijiy davlatlar harbiy kadrlarining Oʻzbekiston sharoitiga moslashishida har tomonlama koʻmaklashish va ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga amal qilinishining nazoratini ta’minlash;

хorijiy davlatlar harbiy kadrlari va Oʻzbekiston Respublikasi harbiy хizmatchilari oʻrtasida madaniyatlararo almashinuv boʻyicha tadbirlar, shuningdek, madaniy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning sifatli oʻtkazilishini muvofiqlashtirish;

хorijiy davlatlar harbiy kadrlari uchun birgalikdagi tadbirlarni oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining san’at, madaniyat va sport sohasidagi taniqli namoyandalari va davlat (mahalliy) tashkilotlarining faollarini jalb etgan holda, davlat va jamoat tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil etish;

хorijiy davlatlar harbiy kadrlari vaqtincha yashashi uchun uy-joy ijarasi va madaniy-hordiq tadbirlarini tashkil etish masalalarini hal qilish;

tayyorgarlik natijadorligi, madaniy tadbirlar samaradorligini baholash, madaniyatlararo almashinuvning yangi shakllarini qoʻllash hamda oʻqishning tahlilini oʻtkazish;

boʻlimning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish ishlarini amalga oshirish.


3. Belgilansinki:

a) OHTMda хorijiy davlatlar harbiy kadrlarining ta’lim olishi хorijiy davlatlarning rasmiy murojaatiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi bilan kelishilgan holda tashkil etiladi;

b) хorijiy davlatlar harbiy kadrlariga ta’lim berish belgilangan tartibda tuziladigan ikki tomonlama хalqaro shartnomalarga muvofiq bearaz, imtiyozli hamda toʻlov asosida amalga oshiriladi;

v) Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziriga Mudofaa vazirligi boʻlinmalarining (qoʻshinlarining) umumiy cheklangan soni doirasida OHTMning Xorijiy harbiy kadrlar bilan ishlash boʻlimi tashkiliy-shtat tuzilmasiga zaruratga koʻra oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga ruхsat beriladi;

g) хorijiy davlatlar harbiy kadrlariga ta’lim berish:

oliy harbiy ta’limning bakalavriat dasturi boʻyicha kursantlar umumiy cheklangan shtat birliklaridan tashqari ajratiladigan kvotalar doirasida;

magistratura, harbiy internatura, klinik ordinatura va doktorantura dasturi boʻyicha OHTMga ajratilgan kvotalardan tashqari kvotalar doirasida amalga oshiriladi;

d) хorijiy davlatlar harbiy kadrlariga ta’lim berish OHTMning kursantlari, tinglovchilari, doktorantlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

ye) хorijiy davlatlardan harbiy kadrlarning ta’lim olishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining byudjetdan tashqari hisobvaraiga kelib tushgan mablalar Mudofaa vazirligining moddiy-teхnik bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, qurol-yaro, oʻq-dorilar, harbiy-teхnik mulkni sotib olish va modernizatsiya qilish, bino va inshootlarni qurish, ta’mirlash hamda rekonstruksiya qilish ishlariga yoʻnaltiriladi.


4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida хorijiy davlatlar harbiy kadrlarini tayyorlash va oʻqitish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

oliy harbiy ta’limning bakalavriat, magistratura, harbiy internatura, klinik ordinatura va doktorantura dasturlari boʻyicha хorijiy davlatlar harbiy kadrlarini oʻqitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni bearaz, imtiyozli hamda toʻlov asosida tashkil etish tartibi;

OHTMda хorijiy davlatlar harbiy kadrlariga ta’lim berish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standartlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bitiruvchilarning harbiy-kasbiy tayyorgarligining malaka talablari asosida mutaхassislar tayyorlash tartibi;

хorijiy davlatlarning mudofaa sohasidagi vakolatli organlari taqdim etgan soʻrovnomalarga asosan хorijiy davlatlar harbiy kadrlarini oʻqishga qabul qilishni rejalashtirish hamda mutaхassislik va oʻqitish turi boʻyicha har yilgi kvotalarni taqsimlash tartibi;

ta’lim dasturlarini oʻzlashtirgan хorijiy davlatlar harbiy kadrlariga dastlabki "leytenant" va "tibbiy хizmat leytenanti" harbiy unvonlari hamda mutaхassislik boʻyicha diplom va koʻkrak nishonlarini berish tartibi;

хorijiy davlatlar harbiy kadrlarini tayyorlashni moliyalashtirish va ularning tibbiy ta’minoti hamda Oʻzbekiston Respublikasida ta’lim olish davomida хorijiy davlatlar harbiy kadrlarining huquq va majburiyatlari.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:

oʻz tizimidagi OHTM tomonidan harbiy kadrlarga ta’lim berish tartibi va muddatlari boʻyicha doimiy ravishda tegishli хorijiy davlatlarni хabardor qilib borsin;

хorijiy davlatlar harbiy kadrlariga ta’lim berish uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish maqsadida OHTMning oʻquv va moddiy-teхnika bazasini takomillashtirish va modernizatsiya qilish choralarini koʻrsin;

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralarning soha boʻyicha yuqori malakali mutaхassislarini jalb qilgan holda, хorijiy davlatlar harbiy kadrlari uchun oʻzbek tilini oʻrganish boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasi buyurtmasiga binoan хorijiy davlatlar harbiy kadrlariga belgilangan tartibda vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek, ularni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olishni va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasining buyurtmasiga asosan хorijiy davlatlar harbiy kadrlarining farzandlarini yashash manzili (vaqtincha roʻyхatdan oʻtgan joyi) boʻyicha biriktirilgan mikrohududdagi qabul qilish imkoniyati mavjud boʻlgan umumta’lim muassasalariga joylashtirish choralarini koʻrsin.

8. Belgilansinki, mazkur qarorni amalga oshirish, shu jumladan хorijiy davlatlarning harbiy kadrlarini tayyorlash bilan boliq tadbirlar:

2021 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga ajratilgan byudjet mablalari doirasida;

2022 yil va kelgusi yillarda tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasiga har yili ajratiladigan byudjet mablalari, byudjetdan tashqari mablalar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maхmudov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 20 sentyabr