Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 24.08.2022 y. 9-2022-son "Davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli davlat kadastrlari ma’lumotlarining tarkibi va ularni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 25.08.2022 y. 2618-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

25.08.2022 y.

N 2618-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI HUZURIDAGI

KADASTR AGENTLIGI DIREKTORINING

24.08.2022 y.

N 9-2022


BUYRUI



Davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli

davlat kadastrlari ma’lumotlarining tarkibi

va ularni taqdim etish tartibi toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasining 2022 yil 6 iyundagi OʻRQ-775-son "Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 sentyabrdagi PF-6061-son "Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2014 yil 12 sentyabrdagi 12-son qarori (roʻyхat raqami 2618, 2014 yil 8 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014 y., 41-son, 512-modda) bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli davlat kadastrlari ma’lumotlarining tarkibi va ularni taqdim etish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Direktor                                                                   F.J. Pulatov






Buyruqqa

ILOVA



Davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli

davlat kadastrlari ma’lumotlarining tarkibi

va ularni taqdim etish tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. DKYaT GAT Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining (bundan buyon matnda Kadastr agentligi deb yuritiladi) Davlat kadastrlari palatasi tomonidan kartografik va tematik kadastr aхborotini yagona geofazoviy aхborot bazasiga integratsiyalash maqsadida yaratiladi hamda yuritiladi.

Davlat kadastrlari yagona tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy geografik aхborot tizimida shakllantiriladi.".


2. 8-banddagi "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi" degan soʻzlar "Kadastr agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 12-banddagi "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasining Geodeziya va kartografiya milliy markaziga" degan soʻzlar "Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 25 avgust