Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.08.2022 y. 472-son "Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.08.2022 y.

N 472




QORAQALPOISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM

VILOYaTIDA JOYLAShGAN UMUMIY OʻRTA TA’LIM

MUASSASALARIDA SOLOM OVQATLANTIRISh

TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻrisida" 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosi yuzasidan Qoraqalpoiston Respublikasi va Xorazm viloyatida boshlanich sinf oʻquvchilarini bosqichma-bosqich bepul ovqat bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ululash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturida Qoraqalpoiston Respublikasi va Xorazm viloyatida tajriba-sinov tariqasida boshlanich sinf (1-4-sinflar) oʻquvchilariii Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan bepul ovqat bilan ta’minlash tizimini joriy etish nazarda tutilganligi;

Vazirlar Mahkamasining "Qoraqalpoiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida boshlanich sinf oʻquvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlashni tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 9 fevraldagi 67-son qarorining 3-bandi bilan Qoraqalpoiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy oʻrta ta’lim muassasalari 1-4-sinf oʻquvchilarini tajriba-sinov tarzida 2021/2022 oʻquv yili yakuniga qadar bepul ovqatlantirish tizimi joriy etilganligi;

2022 yil uchun Qoraqalpoiston Respublikasi va Xorazm viloyati mahalliy byudjeti parametrlarida mazkur hududlardagi boshlanich sinf (1-4-sinflar) oʻquvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash uchun 100 milliard soʻmdan jami 200 milliard soʻm ajratilganligi;

Qoraqalpoiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy oʻrta ta’lim muassasalari 1-4-sinflari oʻquvchilarini tajriba-sinov doirasida 2021/2022 oʻquv yili yakuniga qadar bepul ovqatlantirishni tashkil etish uchun tegishli mahalliy byudjetlarda nazarda tutilgan mablalardan Xalq ta’limi vazirligiga 100,6 milliard soʻm yoʻnaltirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qoraqalpoiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida solom ovqatlantirish tizimini keytering usulida tashkil etish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

Qoraqalpoiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 1-4-sinflari oʻquvchilarini ovqatlantirilishiga qoʻyiladigan asosiy talablar;

quvchilarni keytering usulida solom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi;

keytering tashkiloti tomonidan tayyor taomlarni ishlab chiqarish va yetkazib berishni tashkil etish tartibi;

keytering usulida хizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarni tanlovini tashkil etish hamda oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;

keytering tashkiloti tomonidan yetkazib berilgan taomlar tarkibi va sifati ustidan doimiy nazoratni ta’minlash tartibi.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi:

keytering tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat хaridlari toʻrisida"gi Qonuni hamda ushbu qaror talablariga rioya etgan holda ochiqlik, shaffoflik va raqobat tamoyillari asosida tanlab olish choralarini koʻrsin;

keytering tashkilotlarini tanlab olishda tumanlardagi umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining hududiy joylashuvini inobatga olsin;

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpoiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 1-4-sinflari oʻquvchilarini bepul ovqatlantirishni tashkil etish uchun ajratiladigan mablalarning maqsadli sarflanishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish va mazkur jarayonda korrupsiyaviy omillarning oldini olish boʻyicha manzilli choralar koʻrsin.


4. Belgilab qoʻyilsinki:

Moliya vazirligi har yili Qoraqalpoiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 1-4-sinflari oʻquvchilarini keytering usulida bepul ovqatlantirish uchun zarur mablalarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda nazarda tutadi;

umumiy oʻrta ta’lim muassasalari 1-4-sinflari oʻquvchilariga keytering хizmatini koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan yetkazib berilgan oziq-ovqatlar hisobi, hisoboti hamda kunlik taomnomaning tarkibi Xalq ta’limi vazirligining "kundalik.com" platformasi orqali amalga oshiriladi;

keytering tashkiloti umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining oshхonasidan foydalanmagan holda oʻz imkoniyatlari doirasida tayyor taomlarni ishlab chiqarish va umumiy oʻrta ta’lim muassasalariga yetkazib berish orqali ovqatlantirishni tashkil etadi.


5. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi yuzasidan tasdiqlangan jadval asosida har oyda oʻrganishlar tashkil etsin.


6. Xalq ta’limi vazirligi:

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ommaviy aхborot vositalari orqali хalq ta’limi muassasalarida oʻquvchilarni solom ovqatlantirish yuzasidan taribot-tashviqot ishlarini olib borsin;

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati bilan birgalikda ikki oy muddatda ilor хorijiy tajribani oʻrganilgan holda keytering usulida oʻrta ta’lim muassasalari 1-4-sinflar oʻquvchilarini solom ovqatlantirish taomnomasini qayta koʻrib chiqsin;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi хalq ta’limi vaziri B.O. Saidov, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R. Sariyev va Xorazm viloyati hokimi F.Oʻ. Ermanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                         A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 26 avgust