Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sportni rivojlantirish vazirining 27.08.2022 y. 14-mh-son "Sport pasporti toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 06.09.2022 y. 2949-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

06.09.2022 y.

N 2949-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SPORTNI RIVOJLANTIRISh

VAZIRINING

27.08.2022 y.

N 14-mh


BUYRUI



Sport pasporti toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirishlar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 iyuldagi PF-6269-son "Davlat хizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat хizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi, 2022 yil 18 fevraldagi PF-75-son "Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi farmonlari hamda 2022 yil 18 fevraldagi PQ-136-son "Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017 yil 24 oktyabrdagi 12-mh-son qarori (roʻyхat raqami 2949, 2017 yil 22 noyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2017 y., 10/17/2949/0286-son) bilan tasdiqlangan Sport pasporti toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                                A. Ikramov






Buyruqqa

ILOVA



Sport pasporti toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7. Sport pasportini rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi huzuridagi "Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi" davlat unitar korхonasi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.".


2. 9-bandning ikkinchi хatboshisidagi "Qoraqalpoiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalariga" degan soʻzlar "Qoraqalpoiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 12-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Arizaga sportchining ma’lumotnoma-anketasi, shuningdek 16 yoshga toʻlmagan fuqarolar uchun 3 х 4 oʻlchamdagi oq fondagi 2 ta rangli fotosurati ilova qilinadi. Bunda sportchi (uning qonuniy vakili) tomonidan beriladigan arizaga sportchi hamda uning treneri tomonidan imzolangan mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan ma’lumotnoma-anketa, jismoniy tarbiya-sport tashkiloti tomonidan beriladigan arizaga esa, tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan (agar muhr mavjud boʻlsa) mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan ma’lumotnoma-anketa ilova qilinadi. Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotnoma-anketani muhr bilan tasdiqlash talab etilmaydi.".


4. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"16. Hududiy boshqarmalar sport pasportini berish toʻrisidagi ariza kelib tushganda oʻsha kunning oʻzida ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni Markazga yuborilishini ta’minlaydi.".


5. 17-banddagi "10 kun" degan soʻzlar "1 kun" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


6. 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"20. Sport pasporti murojaat etuvchiga uning shaхsini tasdiqlovchi hujjati (biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi, tuilganlik haqidagi guvohnoma, harbiy guvohnoma) asosida jurnalga imzo qoʻydirib olish orqali topshiriladi.".


7. 1-ilovada:


a) Kitobcha shakldagi sport pasportining shakli quyidagi tahrirda bayon etilsin:

b) Kitobcha shakldagi sport pasportining tavsifida:

uchinchi va oʻn oltinchi хatboshilardagi "O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI JISMONIY TARBIYA VA SPORT DAVLAT QO`MITASI" degan soʻzlar "O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORTNI RIVOJLANTIRISN VAZIRLIGI" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

oʻn yettinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ikkinchi betning yuqori qismida ikki qatorda toʻq koʻk rangda "O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORTNI RIVOJLANTIRISN VAZIRLIGI" degan soʻzlar, ulardan pastda esa, ikki qatorda "RAQAMLASNTIRISN VA SERTIFIKATLASNTIRISN MARKAZI DUK" degan soʻzlar, keyin qizil rangda "SPORT PASPORTI" degan soʻzlari yozilgan.";

oʻn sakkizinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining Sertifikatsiyalash va kompyuterlashtirish markazining" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi huzuridagi Raqamlashtirish va sertifikatlash markazining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


8. 2-ilovada:


a) Plastik shakldagi sport pasportining shakli quyidagi tahrirda bayon etilsin:

b) Plastik shakldagi sport pasportining tavsifida:

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Sportchining sport pasporti old tomonida yuqori qismida, koʻk rangda "O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORTNI RIVOJLANTIRISN VAZIRLIGI" va "RAQAMLASNTIRISN VA SERTIFIKATLASNTIRISN MARKAZI DUK" hamda qizil rangda "SPORT PASPORTI" degan soʻzlar yoziladi.";

oʻn uchinchi хatboshidagi "Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalariga" degan soʻzlar "Qoraqalpog`iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


9. 3 va 4-ilovalardagi "Trenerlik faoliyati bilan shuullanish yuzasidan ruхsatnomasi raqami:" degan soʻzlar "Trenerlik faoliyati bilan shuullanish uchun malaka sertifikati raqami:" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 6 sentyabr