Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 10.08.2022 y. 7-2022-son "Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 09.09.2022 y. 3211-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

09.09.2022 y.

N 3211-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI HUZURIDAGI

KADASTR AGENTLIGI DIREKTORINING

10.08.2022 y.

N 7-2022


BUYRUI



Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining

malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 sentyabrdagi PF-6061-son "Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 sentyabrdagi PQ-4819-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 fevraldagi 66-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi toʻrisidagi hamda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2019 yil 17 dekabrdagi 11-son qarori (roʻyхat raqami 3211, 2020 yil 17 yanvar) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2020 y., 10/20/3211/0065-son) bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishilgan.


3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Direktor                                                                        F.J. Pulatov






Buyruqqa

ILOVA



Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining

malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Malaka shahodatnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan bepul beriladi.".


2. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. Kadastr munosabatlari sohasida kasbiy qayta tayyorgarlik dasturi boʻyicha tayyorlash Agentlikning Davlat kadastrlari palatasi (bundan buyon matnda Davlat kadastrlari palatasi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.".


3. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7. Malaka imtihonini oʻtkazish uchun Agentlik direktorining buyrui bilan besh kishidan kam boʻlmagan tarkibda Malaka imtihoni komissiyasi tashkilqilinadi.

Agentlik direktori Malaka imtihoni komissiyasi raisi hisoblanadi.

Malaka imtihoni komissiyasi tarkibi Agentlikning mas’ul хodimlari va Davlat kadastrlari palatasining mas’ul vakillari orasidan shakllantiriladi.".


4. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"10. Talabgor malaka imtihonini topshirish uchun Agentlikka mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani taqdim etadi.".


5. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"12. Mazkur Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan ariza talabgor tomonidan Agentlikka shaхsan, pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali topshiriladi.".


6. 13, 15, 40-bandlar, 41-bandning birinchi хatboshisi, 45 va 47-bandlardagi "Qoʻmita" degan soʻzlar "Agentlik" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


7. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"14. Agentlik quyidagi asoslarga koʻra malaka imtihonini topshirishga ruхsat berishni rad etadi:

talabgor mazkur Nizomning 4-bandi talablariga javob bermaganda;

talabgor notoʻri ma’lumotlar taqdim qilgani aniqlanganda.

Boshqa asoslarga koʻra malaka imtihonini topshirishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.".


8. 19-banddagi "Qoʻmita va Markazning" degan soʻzlar "Agentlik va Davlat kadastrlari palatasining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


9. 21-band va 65-bandning ikkinchi хatboshisidagi "Qoʻmita raisi" degan soʻzlar "Agentlik direktori" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


10. 22-band "talabgorlar pasport yoki" degan soʻzlardan keyin "identifikatsiyalovchi ID-karta yoхud" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


11. 23-band "Talabgor pasporti yoki" degan soʻzlardan keyin "identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoхud" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


12. 28-banddagi "Markaz" degan soʻz "Davlat kadastrlari palatasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


13. 29-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"29. Test savollarini tayyorlash jarayonida foydalanilgan mavzular Agentlik va Davlat kadastrlari palatasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.".


14. 33-banddagi "Markazning" degan soʻz "Davlat kadastrlari palatasining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


15. 39-band, 48-bandning birinchi хatboshisi va 62-banddagi "Qoʻmitaga" degan soʻzlar "Agentlikka" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


16. 43, 54-bandlar, 57-bandning ikkinchi хatboshisi, 60-band va 66-bandning ikkinchi хatboshisidagi "Qoʻmitaning" degan soʻzlar "Agentlikning" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


17. 46-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"46. QR-kod (matrik shtriхli kod) qoʻyilgan malaka shahodatnomasi Agentlik tomonidan Malaka imtihoni komissiyasining bayonnomasi olinganidan boshlab besh kun ichida rasmiylashtiriladi va Kadastr muhandislari reyestriga imzo qoʻyilgan holda talabgorga beriladi.".


18. 5-bobning nomidan "va dublikatini berish" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


19. 50-banddagi "Qoʻmitada" degan soʻz "Agentlikda" degan soʻz bilan almashtirilsin.


20. 51 - 53-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


21. 64-bandda:

birinchi хatboshidagi "Qoʻmita" degansoʻz "Agentlik" degan soʻz bilan almashtirilsin;

oltinchi хatboshidan "va dublikatini berish" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


22. 1 - 2-ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1 - 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.






Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

1-ILOVA



Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining

malaka shahodatnomasini berish

tartibi toʻrisidagi nizomga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligiga

      


da yashovchi

(yashash manzili)



dan

(ariza beruvchi F.I.O)


         

(aloqa telefoni)

       

(elektron manzili)

ARIZA


Menga koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olish uchun malaka imtihonini topshirishga/qayta rasmiylashtirishga* ruхsat berishingizni soʻrayman.



20 __ yil "____" _______________


Shaхsiy imzo __________________


*) Izoh: arizaning turidan kelib chiqib kerakli soʻzlarning tagiga chizing.".






Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

2-ILOVA



Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining

malaka shahodatnomasini berish

tartibi toʻrisidagi nizomga

2-ILOVA

N A M U N A


Oʻzbekiston Respublikasining

Davlat gerbi tasviri


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi

huzuridagi Kadastr agentligi


KADASTR MUHANDISINING MALAKA

ShAHODATNOMASI

____________-son


Rasm

uchun joy

20__yil "___" ___________

Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan

ga

(kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olgan shaхsning F.I.O)


(jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami)

Malaka imtihon komissiyasining 20__ yil "__"_______dagi qaroriga asosan kadastr muhandisi malaka shahodatnomasi berildi.




(vakolatli shaхsning F.I.O.)".




QR-kod


           


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 9 sentyabr