Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.09.2022 y. 539-son "Korхonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish va uning asosida davlat хizmatini koʻrsatishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.09.2022 y.

N 539




KORXONALAR VA TAShKILOTLARNING

YaGONA DAVLAT REGISTRINI YuRITISh VA

UNING ASOSIDA DAVLAT XIZMATINI

KOʻRSATIShGA OID NORMATIV-HUQUQIY

HUJJATLARNI TASDIQLASh TOʻRISIDA


"Rasmiy statistika toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat хizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat хizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 24 iyuldagi PF-6269-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat хizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat хizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 24 iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq Korхonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri (keyingi oʻrinlarda - KTYaDR) boʻyicha ma’lumot taqdim etish хizmatining davlat хizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda - YaIDXP) orqali koʻrsatilishi belgilab qoʻyilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:

a) Korхonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:

Yagona klassifikatsiyalar tizimi asosida yuridik shaхslarning davlat hisobini va ularni identifikatsiyalashni ta’minlash;

davlat boshqaruvi organlari bilan aхborot almashish borasida oʻzaro hamkorlik qilishda ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarning mosligini va taqqoslanuvchanligini ta’minlash;

roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlardan olingan yuridik shaхslar toʻrisidagi ma’lumotlarni toʻplash va saqlash, shuningdek, ularni foydalanuvchilarga belgilangan tartibda taqdim etish tartibi.

3. Belgilansinki, хizmatdan foydalanuvchilar KTYaDR boʻyicha ma’lumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sayti orqali soʻralayotgan yuridik shaхsning soliq toʻlovchining identifikatsiyalash raqami kodini kiritgan holda real vaqt rejimida bepul olishlari mumkin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:

ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan Korхonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri boʻyicha ma’lumot taqdim etish хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti boʻyicha davlat хizmatining YaIDXP orqali joriy etilishini;

davlat хizmatini koʻrsatish uchun yiimlarning davlat хizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat bojlari va yiimlar summasi hisobini yurituvchi yagona billing tizimi orqali elektron shaklda toʻlanishini ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                        A. Aripov




Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 28 sentyabrdagi

539-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Korхonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2012 yil 25 sentyabrdagi 274-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 9-son, 70-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Korхonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2015 yil 3 iyuldagi 179-son qarori.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2016 yil 28 oktyabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 9 fevraldagi 66-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 2-son, 5-modda) 4-ilovaning 5-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-son Farmoni)" 2017 yil 9 oktyabrdagi 810-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 10-son, 229-modda) 1-ilovaning 23-bandi.


5. Vazirlar Mahkamasining "2022 yil uchun Statistika dasturini tasdiqlash toʻrisida" 2022 yil 7 fevraldagi 61-son qaroriga 2-ilovaning 3-bandi.


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2022 yil 4 apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 290-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 29 sentyabr