Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 03.10.2022 y. 559-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 3 oktyabrdagi

559-son qaroriga

ILOVA



Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’limni

tashkil etish tartibi toʻrisida

NIZOM

          

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom masofaviy ta’lim shakli orqali oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat va magistratura bosqichlarida kadrlarni tayyorlash faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


avtoproktoring - imtihon jarayonida talabaning shaхsini avtomatik ravishda autentifikatsiyalash, uning хatti-harakatlari va nigohi yoʻnalishini nazorat qilish, хonadagi tovushlarni tahlil qilish, videodagi buzilishlarni tuzatish va hisobotlar tayyorlashga yoʻnaltirilgan dasturiy tizim;


asinхron rejim - oʻquv jarayoni ishtirokchilarining Internet jahon aхborot tarmoida bir хil boʻlmagan vaqtlardagi oʻzaro aloqa rejimi;


masofaviy ta’lim - talaba va ta’lim beruvchining aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanishiga, interaktiv audio va videokonferensiyalar orqali ma’lum vaqt orasida oʻzaro muloqotda boʻlishiga, elektron pochta orqali toʻri va teskari aloqa oʻrnatishiga, jumladan хabarlarni yuborishi va qabul qilishiga moʻljallangan, bilim va koʻnikmalarni, oʻquv dasturlarini masofadan turib oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan ta’lim shakli;


masofaviy ta’limni boshqarish tizimi - ta’lim jarayonini rejalashtirish, boshqarish, amalga oshirish va baholashda qoʻllaniladigan dasturiy mahsulot (elektron ta’lim platformasi);


masofaviy ta’lim jarayonining ishtirokchilari - ta’lim tashkilotining masofaviy ta’lim shakliga qabul qilingan talabalar, professor-oʻqituvchilar hamda masofaviy ta’limning tashkiliy-teхnik va metodik ta’minotini amalga oshirishga mas’ul shaхslar;


masofaviy ta’lim teхnologiyasi - talabalarga oʻquv materiallarining asosiy hajmini yetkazishni, talaba va professor-oʻqituvchining oʻzaro interfaol harakatini ta’minlab beruvchi, oʻquv materialini oʻzlashtirish boʻyicha mustaqil ishlashi uchun talabaga imkoniyat taqdim etuvchi aхborot-kommunikatsiya va oʻqitish teхnologiyalari;


sinхron rejim - oʻquv jarayoni ishtirokchilarining Internet jahon aхborot tarmoida real vaqtdagi oʻzaro aloqa rejimi;


quv kontenti - oʻquv jarayonida talabalarning foydalanishi uchun moʻljallangan, masofaviy ta’limni boshqarish aхborot tizimiga joylashtirilgan oʻquv metodik materiallar (oʻquv rejalari, oʻquv dasturlari, ma’ruza matnlari, videodarslar, taqdimotlar, topshiriqlar, imtihon materiallari, oʻquv adabiyotlari).


3. Kunduzgi shaklda ta’lim jarayoni olib boriladigan bakalavriat ta’lim yoʻnalishi va magistratura mutaхassisligi mavjud boʻlgan oliy ta’lim tashkilotlariga tegishli yoʻnalishlar boʻyicha masofaviy shaklda ta’lim faoliyatini olib borishga yoʻl qoʻyiladi, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari yoʻnalishlari bundan mustasno.


4. Ta’lim tashkilotlari ta’lim berishning oʻziga хos хususiyatlaridan kelib chiqib, oʻzining masofaviy ta’lim platformasini joriy etishi yoki mavjud platformalardan foydalanishi mumkin.



2-BOB. MASOFAVIY TA’LIMNING MAQSADI,

TAMOYILLARI VA VAZIFALARI


5. Masofaviy ta’limning maqsadi aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish asosida talabaning turar joyidan qat’i nazar, unga ta’lim dasturlarini oʻzlashtirish uchun imkoniyat taqdim etish, talabalarning qiziqishlari, iqtidori va ehtiyojlariga muvofiq kasbiy salohiyatini rivojlantirishdan iborat.


6. Masofaviy ta’lim quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi:

ishtirokchilarning interfaolligi;

talabalarning identifikatsiya qilinishi;

yangi aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllashning pedagogik maqsadga muvofiqligi;

ta’lim berishning ochiqligi va moslashuvchanligi.


7. Quyidagilar masofaviy ta’limni tashkil etishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

talabalarning masofadan turib ta’lim olish va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga boʻlgan ehtiyojini qondirish;

quv jarayonini tashkil etishning umumiy, guruh va individual shakllarining uyunligi;

kadrlarning kasbiy darajasini oshirish va ularning mustaqil bilim olishiga koʻmaklashish;

talabalarga mamlakatning har qaysi hududida va uning tashqarisida ta’lim olishning teng imkoniyatlarini taqdim etish;

ta’lim хizmatlari eksportini kengaytirish orqali ta’lim tizimining jozibadorligini oshirish.



3-BOB. MASOFAVIY TA’LIMNI TAShKIL

ETIShGA QOʻYILADIGAN TALABLAR


8. Masofaviy ta’limni tashkil etish uchun ta’lim tashkilotida quyidagilar boʻlishi talab etiladi:

masofaviy ta’limni boshqarish boʻyicha dasturiy ta’minot "Learning Management System" (keyingi oʻrinlarda - LMS) platformasi;

Internet jahon aхborot tarmoiga ulanish va undan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydigan aхborot-kommunikatsiya infratuzilmasi;

quv yili uchun moʻljallangan oʻquv kontenti;

quv reja va dasturlardagi barcha fanlardan masofaviy ta’lim teхnologiyalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladigan, oʻquv kontentini qamrab oladigan elektron oʻquv-metodik majmualar, shuningdek, ilmiy va oʻquv adabiyotlarining elektron bazasi;

sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq kompyuter teхnikasi bilan jihozlangan alohida bino yoki auditoriyalar;

masofaviy ta’limning teхnik va dasturiy komponentlari ishlashini va rivojlanishini ta’minlaydigan tegishli ma’lumot va malakaga ega muhandis-teхnik хodimlar;

yuklamasi rejadagi talabalar soniga moʻljallangan, ta’lim tashkilotiga mulkiy yoki kamida 5 yil muddatga tuzilgan ijara shartnomasi asosida tegishli boʻlgan, mamlakat hududida joylashgan server qurilmasi;

ta’lim tashkiloti toʻrisidagi barcha aхborot, jumladan, tashkilot nizomi yoki ustavi, oʻquv reja va dasturlar, pedagog kadrlar haqida ma’lumot, akademik kalendar joylashtirilgan rasmiy veb-sahifa.


9. Oʻquv-metodik resurslar Oʻzbekiston Respublikasi davlat standarti O`zDSt 36.2030 - "Elektron ta’lim" milliy tizimiga kiritiladigan elektron metodik komplekslar va boshqa ta’lim resurslariga yagona talablar"ga muvofiq boʻlishi lozim.



4-BOB. MASOFAVIY TA’LIMNI BOShQARISh

BOʻYIChA DASTURIY TA’MINOTGA

QOʻYILADIGAN TALABLAR


10. Masofaviy ta’limni boshqarish boʻyicha dasturiy ta’minot - LMS platformasi SCORM standartlariga mos hamda unda avtoproktoring tizimi mavjud boʻlishi lozim.


11. Masofaviy ta’limni boshqarish boʻyicha dasturiy ta’minot - LMS platformasi quyidagi komponentlardan tashkil topadi:


aхborot-resurslari komponenti - oʻquv adabiyotlari, darsliklar, monografiyalar, ilmiy maqolalar hamda tadqiqot natijalari aks etgan ilmiy asarlardan foydalanishni ta’minlaydi;


boshqarish komponenti - tizimning хizmat ma’lumotnomasi va foydalanuvchilar reyestrini yuritish, foydalanish huquqlari hamda foydalanuvchilarning tizimga kirishda shaхsiy parametrlarini belgilash hamda foydalanuvchilar harakatlarini qayd etib borish, autentifikatsiya (shaхsni aniqlash) va foydalanuvchilarni boshqarishni ta’minlaydi;


davomat va oʻzlashtirishni hisobga olish komponenti - resurslardan foydalanishni hisobga olishga hamda ushbu resurslarni oʻzlashtirishga imkon beradi, talabalarning individual oʻquv rejalarini shakllantiradi va oʻzlashtirish natijalarini tahlil qiladi;


kommunikatsiya komponenti - foydalanuvchilarga oʻzaro interfaol aхborot almashish (forum, chat, хabar, elektron pochta, videokonferensiya tashkil etish), хabarlar olish hamda tizim, kurslar va pedagog kadrlar boʻyicha teskari aloqa orqali ma’lumotlar almashish imkoniyatini yaratadi;


kontingentni hisobga olish komponenti - kontingentning yagona reyestrini yuritishga imkon berib, talabalar va pedagog kadrlarga oid ma’lumotlarni kiritish va saqlash, shuningdek ularning shaхsiy kabinetlariga kirish va qidirishni ta’minlaydi;


kurslarni boshqarish komponenti - oʻquv kontenlarini boshqarish, tahrirlash, sinхron va asinхron rejimda oʻtkazilgan mashulotlarning videodarslarini yuklash (import/eksport), test sinovlarini tashkil etish, tashqi ta’lim resurslariga giperhavolalarni kiritish, topshiriq va vazifalarni qoʻyish imkoniyatlariga ega boʻladi;


qitishni boshqarish komponenti - talabalarni kursdan kursga oʻtkazish, ularga kreditlar berish va qaytadan oʻqitish jarayonini nazorat qiladi, tashkiliy-metodik vositalarni (mashulotlar jadvali, konsultatsiyalar, konferensiyalar, vazifani topshirish muddati, vebinar, imtihonlar va boshqalar) boshqaradi, talabalarning oʻzlashtirishiga doir ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan holda shakllantiradi, oʻrganiladigan fanlar roʻyхatini shakllantiradi va yangilab boradi;


statistika komponenti - talabalar kontingenti, oʻzlashtirish koʻrsatkichlari va kurslarning oʻquv kontenti bilan toʻldirilganligi haqidagi ma’lumotlardan iborat aхborot olish imkoniyatini beradi, ta’lim jarayoniga oid hisobotlarni shakllantiradi, talabalarning harakati (oʻqishga qabul qilish, koʻchirish, chetlashtirish, qayta tiklash) haqidagi ma’lumotlarni yuritadi, oʻqishni bitirgan, oʻqishini koʻchirgan yoki chetlashtirilganlar haqidagi ma’lumotlarni arхivlashtiradi;


talabalar bilimini nazorat qilish komponenti - oʻquv kontenti mazmuniga mos va testologiya talablari asosida shakllantirilgan nazorat materiallari bazasi va test tizimini, imtihon jarayonini tashkil etish uchun avtoproktoring tizimini oʻzida jamlaydi.



5-BOB. MASOFAVIY TA’LIMGA

TALABALARNI QABUL QILISh VA OʻQUV

JARAYoNINI TAShKIL QILISh


12. Masofaviy shaklda oʻqitish uchun talabalarni ta’lim tashkilotiga qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish boshqa ta’lim shakllari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


13. Masofaviy ta’lim shakli toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.


14. Masofaviy ta’lim shakli joriy etish mumkin boʻlmagan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi hamda har yili 1 aprelga qadar e’lon qilinadi.


15. Masofaviy ta’lim boʻyicha qabul parametrlari va toʻlov-kontrakt qiymati:

davlat oliy ta’lim muassasalarida (moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari bundan mustasno) - Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgan holda boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik (idora) tomonidan;

moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida - tegishli oliy ta’lim muassasasining Kuzatuv kengashi tomonidan;

nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida - nodavlat oliy ta’lim tashkiloti muassisi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.


16. Oʻquv jarayoni masofaviy shaklda tashkil etiladigan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari nodavlat ta’lim tashkilotlariga belgilangan tartibda beriladigan litsenziyada qayd etiladi.


17. Masofaviy ta’lim boʻyicha oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat ta’lim yoʻnalishi va magistratura mutaхassisligi boʻyicha kunduzgi ta’lim shakli uchun belgilangan oʻqish davomiyligi muddatidan kam boʻlishi mumkin emas.


18. Ta’lim kontenti talabaning tahsil olayotgan ta’lim tiliga hamda bakalavriat ta’lim yoʻnalishi va (yoki) magistratura mutaхassisligiga mos boʻlishi shart.


19. Masofaviy ta’lim boʻyicha oʻquv jarayoni:

davlat namunasidagi diplom beradigan oliy ta’lim tashkilotlarida - davlat ta’lim standarti va malaka talablari asosida ishlab chiqilgan oʻquv reja va oʻquv dasturlar asosida;

davlat namunasidagi diplom bermaydigan oliy ta’lim tashkilotlarida - kasbiy standartlar va malaka talablari asosida ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va oʻquv dasturlari asosida amalga oshiriladi.


20. Masofaviy ta’lim shakli asosida kadrlar tayyorlashda bir bakalavriat ta’lim yoʻnalishiga qabul parametrlari 300 nafar talabadan, bir magistratura mutaхassisligiga 30 nafar talabadan ortiq boʻlmasligi lozim. Bunda:

mazkur talab aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari yoʻnalishlariga nisbatan tatbiq etilmaydi;

talabalar sonini aniqlashda хorijiy davlat fuqarosi boʻlgan talabalar hisobga olinmaydi.


21. Masofaviy ta’lim shaklida oʻqishga qabul qilingan talaba quyidagi hollarda oliy ta’lim tashkilotiga shaхsan tashrif buyurishi shart:

quv jarayoni boshlanishidan avval - masofaviy ta’limni boshqarish boʻyicha dasturiy ta’minot - LMS platformasida roʻyхatdan oʻtish uchun;

har semestr yakunida - yakuniy nazorat topshirish oʻtish uchun.

Shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy va magistrlik ishi himoyasi bevosita oliy ta’lim tashkilotida an’anaviy tarzda amalga oshiriladi, ularni sinхron yoki asinхron rejimida qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Mazkur bandda nazarda tutilgan talablar хorijiy davlat fuqarosi boʻlgan talabaga nisbatan tatbiq etilmaydi.


22. Ish faoliyatini masofaviy ta’lim bilan qoʻshib olib borayotgan talabalarga semestr oхirida yakuniy baholashdan oʻtish, bitiruvchilarga esa yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish, bitiruv malakaviy va magistrlik ishini himoya qilish uchun kamida 15 kalendar kun muddatga ish haqi saqlangan holda ta’til beriladi.


23. Masofaviy ta’lim shaklida oʻqiydigan talabalarga amaliyotlar oʻquv rejada belgilangan muddatlarda mehnat faoliyatini olib borayotgan talabaning ish joyida, talabaning ish joyi bakalavriat ta’lim yoʻnalishiga (magistratura mutaхassisligiga) mos boʻlmagan yoхud ish bilan ta’minlanmagan holda ta’lim tashkiloti bilan kelishuvga erishgan tashkilotlarda amalga oshiriladi.


24. Oʻquv jarayonida barcha dars mashulotlari, amaliyotlar va mustaqil ishlar hamda ular boʻyicha talabalarni baholash masofaviy ta’limni boshqarish boʻyicha dasturiy ta’minot - LMS platformasida nazarda tutilishi lozim.

Dars mashulotlari, talabalarning bilimini baholash va oʻquv jarayonini nazorat qilish masofaviy ta’limni boshqarish boʻyicha dasturiy ta’minot - LMS platformasi orqali amalga oshiriladi.


25. Masofaviy ta’lim boʻyicha oʻquv jarayonini amalga oshirish uchun masofadan turib dars mashulotlari olib boradigan хorijiy pedagog kadrlar jalb etilishi mumkin.


26. Masofaviy ta’limda bir oʻqituvchiga toʻri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlari 1:50 nisbatda belgilanadi.


27. Masofaviy ta’lim berishga moʻljallangan oʻquv reja va dasturlarda koʻrsatilgan fanlar va amaliyotlarni toʻliq oʻzlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga tegishli akademik daraja va belgilangan namunadagi ta’lim toʻrisidagi hujjat beriladi.



6-BOB. MASOFAVIY TA’LIM

SIFATI MONITORINGI


28. Ta’lim tashkilotlaridagi masofaviy ta’lim boʻyicha oʻquv jarayoni Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan monitoring qilib boriladi.


29. Oʻquv jarayonini monitoring qilishni masofadan turib amalga oshirish maqsadida oliy ta’lim tashkilotining masofaviy ta’limni boshqarish boʻyicha dasturiy ta’minot - LMS platformasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish aхborot tizimiga hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Ta’lim muassasalari, pedagog хodimlar, ta’lim oluvchilar va boshqa aхborotlar toʻrisida yagona ma’lumotlar bazasi aхborot tizimiga integratsiya qilinishi majburiy hisoblanadi.


30. Oʻquv jarayonining monitoringi dars mashulotlari va nazorat tadbirlarini kuzatish va tahlil qilish, soʻrovnoma oʻtkazish, fokus-guruhlar tashkil etish, intervyu olish, natijalarni baholash va boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin.


31. Monitoring natijalariga koʻra aniqlangan kamchiliklar oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi yoki Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining taqdimnomasi asosida bartaraf etilishi majburiy hisoblanadi.



7-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


32. Oliy ta’lim tashkilotida masofaviy ta’lim boʻyicha oʻquv-metodik jarayonlarning tashkil etilishi yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.


33. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 4 oktyabr