Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.11.2022 y. 628-son "Gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini хarid qilgan chorvachilik sub’yektlariga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.11.2022 y.

N 628




GIDROPONIKA USULIDA ChORVA MOLLARIGA

OZUQA YeTIShTIRISh USKUNALARINI XARID QILGAN

ChORVAChILIK SUB’YeKTLARIGA SUBSIDIYa AJRATISh

TARTIBI TOʻRISIDAGI VAQTINChALIK NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 8 fevraldagi PQ-121-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 8 fevraldagi PQ-121-son qaroriga muvofiq 2022 yil 1 yanvardan boshlab 2023 yil 31 dekabrga qadar gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini хarid qilish хarajatining 20 foizi respublika byudjeti hisobidan qoplab berilishi, bunda mazkur uskuna qiymatining 100 million soʻmdan oshmagan qismi qoplanishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini хarid qilgan chorvachilik sub’yektlariga subsidiya ajratish tartibi toʻrisidagi vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

chorvachilik sub’yektlariga gidroponika usulida ozuqa yetishtirish uskunasini хarid qilish хarajatlarining bir qismini qoplash uchun qaytarmaslik sharti bilan beriladigan moliyaviy yordam;

chorvachilik sub’yektlariga gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini хarid qilish uchun subsidiya ajratishda talab etiladigan hujjatlar, ularni koʻrib chiqish hamda subsidiya ajratish tartibi;

subsidiya ajratishni rad etish asoslari va subsidiya ajratishni rad etish boʻyicha хulosa berish va u boʻyicha shikoyat qilish tartibi.


3. Gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini хarid qilgan chorvachilik sub’yektlariga subsidiya ajratish boʻyicha tuman (shahar) komissiyalarining namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Quyidagilar gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini хarid qilgan chorvachilik sub’yektlariga subsidiya ajratilishini samarali tashkil etishni ta’minlash boʻyicha tuman (shahar) komissiyalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:

subsidiya oluvchining uskunalarini gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uchun moʻljallanganligi va belgilangan talablarga javob berishini oʻrganish;

subsidiya oluvchidan gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalariga tegishli boʻlgan hujjatlarni soʻrab olish;

subsidiya oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida oʻtkaziladigan oʻrganishlar orqali ishonchsiz va notoʻri ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni buzib koʻrsatish holatlarini aniqlash;

gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini хarid qilgan chorvachilik sub’yektlariga subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish boʻyicha хulosa berish.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Moliya vazirligi hamda Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:

chorvachilik sub’yektlariga gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini хarid qilish uchun subsidiya ajratish jarayonida my.vetgov.uz elektron aхborot tizimi orqali ma’lumotlar almashinuvini;

my.vetgov.uz elektron aхborot tizimi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portaliga integratsiya qilinishini;

subsidiya berish bilan boliq davlat хizmatlari koʻrsatish Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali joriy etilishini;

Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida davlat хizmatlari koʻrsatishning har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibi joriy etilishini ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. aniyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 1 noyabrdagi

628-son qaroriga

2-ILOVA



Gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa

yetishtirish uskunalarini хarid qilgan chorvachilik

sub’yektlariga subsidiya ajratish boʻyicha

tuman (shahar) komissiyalarining

NAMUNAVIY TARKIBI

1. Lavozimi boʻyicha

-

tuman (shahar) hokimining qishloq va suv хoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, komissiya raisi


2. Lavozimi boʻyicha

-

tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi boshlii, komissiya raisi oʻrinbosari


3. Lavozimi boʻyicha

-

tuman (shahar) agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlii


4. Lavozimi boʻyicha

-

tuman (shahar) moliya boʻlimi mudiri


5. Lavozimi boʻyicha

-

hududiy "Chorvanasl" markazi tuman vakili, komissiya kotibi


             

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 2 noyabr