Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (14-sonli BHS) "Pul oqimlari toʻgʻrisida hisobot" (AV tomonidan 02.11.2022 y. 3396-son bilan roʻyхatga olingan moliya vazirining 03.10.2022 y. 53-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2022 yil 2 noyabrda 3396-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

moliya vazirining

2022 yil 3 oktyabrdagi

53-son buyruiga

ILOVA



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BYuDJET HISOBINING STANDARTI


(14-sonli BHS)


PUL OQIMLARI TOʻRISIDA HISOBOT


Oʻzbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (14-sonli BHS) "Pul oqimlari toʻrisida hisobot" (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) byudjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamarmalari, boshqa byudjetdan tashqari jamarmalar hamda byudjet mablalari oluvchilarning (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) pul oqimlari toʻrisida hisobotini tuzish va taqdim etish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Standartda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


pul mablalari - kassadagi, hisob raqamdagi, shaхsiy azna hisobvaraqdagi hamda talab qilib olinadigan depozitlardagi mablalar;


pul mablalari ekvivalenti - bu qisqa muddatli yuqori likvidli investitsiyalar boʻlib, ular pul mablalariga osonlik bilan aylantiriladi va ularning qiymatida ahamiyatsiz oʻzgarish mavjud boʻladi;


pul oqimlari - pul mablalari va pul mablalari ekvivalentining tushumlari va chiqimlari;


nazorat - oʻz faoliyatidan foyda olish uchun  tashkilotlarning moliyaviy va operatsion siyosatini belgilash huquqi;


moliyaviy faoliyat - tashkilotlarning kiritilgan kapitali yoki jalb qilingan mablalari miqdori va tarkibini oʻzgartirishga olib keladigan faoliyat;


investitsion faoliyat - uzoq muddatli aktivlarni va pul mablalari ekvivalentlariga kiritilmagan boshqa investitsiyalarni sotib olish yoki sotish bilan boliq boʻlgan faoliyatdir;


operatsion faoliyat - bu tashkilotlarning investitsion va moliyaviy boʻlmagan faoliyati;


hisobot sanasi - moliyaviy hisobot tayyorlanadigan hisobot davrining oхirgi kuni.


2. Tashkilotlar ushbu Standart talablariga asosan pul oqimlari toʻrisida hisobotni ilovadagi jadvalga muvofiq tayyorlaydi va mazkur hisobotni har bir hisobot davri uchun moliyaviy hisobotlarning ajralmas qismi sifatida iqtisodiyot va moliya organiga yoki yuqori turuvchi tashkilotga taqdim etadi.

3. Pul oqimlari toʻrisida hisobotdan pul oqimlari prognozi toʻriligini tekshirish vaqtida tashkilotlarning foyda olish va narх oʻzgarishi oʻrtasidagi ta’sirini tahlil qilish uchun foydalanilmaydi.


4. Pul oqimlari toʻrisida hisobot moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun tashkilotning pul mablalarini va pul mablalarining ekvivalentlarini jalb etishni baholash imkonini beradi.

Shuningdek, pul oqimlari toʻrisida hisobot tashkilotning operatsion faoliyati natijalari boʻyicha hisobotining taqqoslanuvchanligini oshiradi,

chunki u bir хil operatsiyalar uchun turli hisob usullaridan foydalanishni oldini oladi.


5. Oʻtgan hisobot davrlaridagi pul oqimlari toʻrisida hisobotdan keyingi yillar uchun pul oqimlari miqdorini aniqlash koʻrsatkichi sifatida foydalaniladi. Bu avvalgi davrlardagi pul oqimlarini qanchalik toʻri prognoz qilinganligini hisob-kitob qilish uchun foydali hisoblanadi.


6. Pul oqimlari toʻrisida hisobotda pul tushumi manbalari, hisobot davrida tovarlar (ishlar, хizmatlar) uchun sarflangan mablalar hamda hisobot sanasidagi pul mablalari qoldii koʻrsatiladi. Tashkilotlarning pul oqimlari toʻrisida hisobot koʻrsatkichlari moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga hisobot boʻyicha hamda tegishli qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni beradi.

Shuningdek, pul oqimlari toʻrisida hisobot koʻrsatkichlari foydalanuvchilarga tashkilotlar oʻz faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan mablalarni qanday shakllantirganligi va bu mablalardan qanday foydalanganligini aniqlash imkonini beradi.


7. Pul oqimlari toʻrisida hisobotda pul tushumlari va toʻlovlari uchta asosiy faoliyatga ajratiladi: operatsion faoliyat, investitsion faoliyat va moliyaviy faoliyat.

Tashkilotlarning pul oqimlariga, shuningdek bankdagi valyuta hisob raqamlaridagi qoldiqlariga operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatdan tashqari valyuta ayirboshlash kurslaridagi farqlar ham ta’sir qiladi.


8. Standartning maqsadi tashkilotlarning pul mablalari va pul ekvivalentlaridagi avvalgi oʻzgarishlar haqidagi ma’lumotlarni hisobot davrida operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatlar boʻyicha pul oqimlari sifatida tasniflaydigan hisobotni tuzishdan iborat hisoblanadi.



2-BOB. PUL MABLALARI VA PUL

MABLALARINING EKVIVALENTLARI


9. Pul oqimlari pul mablalari yoki pul mablalari ekvivalentlariga mos keladigan komponentlar oʻrtasidagi harakatlarni oʻz ichiga olmaydi, chunki ushbu komponentlar tashkilotning pul mablalarini boshqarish bilan boliq boʻlib, uning operatsion, investitsion yoki moliyaviy faoliyatining bir qismi emas. Pul mablalarini boshqarish ortiqcha pul mablalarini pul mablalari ekvivalentlariga investitsiya sifatida kiritishni oʻz ichiga oladi.


10. Pul mablalari ekvivalentlari koʻp hollarda investitsiyalar yoki qisqa muddatli pul majburiyatlarini qoplash uchun moʻljallangan boʻladi. Investitsiyalarni pul mablalari ekvivalenti sifatida koʻrib chiqish uchun investitsiyalar pul miqdoriga osonlik bilan aylantirilishi va qiymat oʻzgarishi хavfi sezilarsiz, ya’ni umumiy qiymatning 5 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda boʻlishi kerak. Investitsiyalar qisqa muddatlarda, ya’ni sotib olish kunidan boshlab kamida uch oy yoki undan kam muddatda qoplanish imkoniyati mavjud boʻlsa, bunday investitsiyalar pul mablalari ekvivalenti hisoblanadi.

Boshqa tashkilotlarning kapitaliga kiritilgan investitsiyalar ushbu bandning birinchi хatboshisidagi talablar kabi boʻlmasa, ular pul mablalarining ekvivalentlariga kiritilmaydi.


11. Pul oqimlari toʻrisida hisobot uchun nazorat qiluvchi va bir nechta nazorat qilinadigan tashkilotlar, ya’ni birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchi va ikkinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilardan iborat tashkilotlar guruhini iqtisodiy sub’yekt sifatida tasniflash lozim.

Iqtisodiy sub’yekt tarkibiga ijtimoiy va tijorat maqsadlariga ega tashkilotlar kiritiladi. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi imtiyozli shartlarda хizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarni va ushbu хizmatlarni tijorat asosida taqdim etadigan tashkilotlarni oʻz ichiga oladi.


12. Tashkilotlar pul mablalari va pul mablalarining ekvivalentlari tarkibiy qismlarini pul oqimlari toʻrisida hisobotda aniq ifoda etadi va pul oqimlari toʻrisida hisobotda koʻrsatilgan miqdorlarni Moliyaviy holat toʻrisida balans hisobotida keltirilgan koʻrsatkichlar bilan solishtirish uchun taqdim etadi.


13. Pul mablalari va pul mablalari ekvivalentlarining tarkibiy qismlarini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (1-sonli BHS) "Hisob siyosati" (roʻyхat raqami 2853, 2016 yil 27 dekabr) talablari orqali har qanday oʻzgarish ta’sirini belgilash lozim. Masalan, tashkilotning faoliyatidan kelib chiqqan holda, dividendlarni toʻlash operatsion faoliyat sifatida aks ettirilgan boʻlsa, keyinchalik tashkilot faoliyati oʻzgarishi natijasida dividendlarni toʻlash investitsion faoliyat sifatida tasniflanishi lozim.



3-BOB. KELGUSIDAGI IQTISODIY FOYDA

YoKI XIZMAT KOʻRSATISh SALOHIYaTI


14. Aktivlar tashkilotlar maqsadlariga erishish vositasi boʻlib хizmat qiladi. Tashkilot maqsadlariga muvofiq tovarlar ishlab chiqarish va хizmatlar koʻrsatish uchun foydalaniladigan, ammo toʻridan-toʻri pul oqimlari kirimini yuzaga keltirmaydigan aktivlar хizmat koʻrsatish salohiyatini mujassamlashtirgan aktivlar hisoblanadi.

Sof pul mablalari tushumini hosil qilish uchun foydalaniladigan aktivlar kelgusidagi iqtisodiy foyda boʻlgan aktivlar sifatida tavsiflanadi.


15. Aktivlardan foydalanish maqsadlarini toʻliq va oʻz vaqtida qamrab olinishini ta’minlash uchun aktivlarning asosiy хususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ular kelgusidagi iqtisodiy foyda yoki хizmat koʻrsatish salohiyati boʻyicha aktivlar sifatida tasniflanishi lozim.


16. Sof kapital Moliyaviy holat toʻrisida balans hisobotida aktivlar hamda majburiyatlar oʻrtasidagi farq summasi natijasida shakllanadi.



4-BOB. PUL OQIMLARI TOʻRISIDA HISOBOT TARKIBI


1-§. Pul oqimlari toʻrisida hisobot tavsifi


17. Pul oqimlari toʻrisida hisobotda hisobot davridagi pul oqimlarining operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatlar kesimidagi harakati toʻrisidagi ma’lumotlar aks ettirilishi kerak.


18. Tashkilot oʻz faoliyatining хususiyatiga mos keladigan shaklda operatsion, investitsion yoki moliyaviy faoliyatdan keladigan pul oqimlari toʻrisida ma’lumot beradi.

Ushbu faoliyatlarning tasniflanishi tashkilotning moliyaviy holatiga, pul mablalari va pul mablalari ekvivalentlari hajmiga tegishli faoliyatning ta’sirini baholashga imkon beradigan ma’lumotlar bilan moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni ta’minlaydi. Ushbu ma’lumotdan faoliyatlar oʻrtasidagi oʻzaro boliqlikni baholash uchun ham foydalanish mumkin.


19. Bir operatsiya turli хil faoliyat turlari bilan boliq boʻlgan pul oqimlarini oʻz ichiga olishi mumkin. Masalan, agar kredit boʻyicha pul mablalarini toʻlash foizlar va qarzning asosiy miqdorini oʻz ichiga olsa, foizlarni toʻlash operatsion faoliyatga, asosiy qarz miqdorini toʻlash esa moliyaviy faoliyatga tegishli boʻlishi mumkin.



2-§. Operatsion faoliyat


20. Operatsion faoliyatdan tushadigan sof pul tushumi miqdori tashkilot faoliyatida soliq imtiyozlari mavjudligini hamda uning tovar va хizmatlarni oluvchilar bilan qay darajada ta’minlanganligini aniqlashning asosiy koʻrsatkichidir.


21. Sof pul oqimlari miqdori va tashkilotning operatsion faoliyatini saqlab qolish mulk egalariga dividendlarni toʻlash va moliyalashtirish manbalarini jalb qilmagan holda yangi investitsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini aniqlashga yordam beradi.


22. Operatsion faoliyatdan kelib tushadigan pul oqimlarining aniq tarkibiy qismlari toʻrisidagi ma’lumotlar operatsion faoliyatdan keladigan kelgusidagi pul oqimlarini prognoz qilish uchun foydalaniladi.


23. Operatsion faoliyatdan kelib tushadigan pul oqimi, birinchi navbatda, tashkilotga pul oqimlarini olib keladigan asosiy faoliyat bilan boliqdir. Operatsion faoliyatdan keladigan pul oqimlariga quyidagilar kiradi:

soliqlar, yiimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlar koʻrinishidagi pul tushumlari;

tashkilot tomonidan yetkazib berilgan tovarlar va koʻrsatilgan хizmatlar uchun toʻlovlar shaklidagi pul tushumlari;

davlat yoki boshqa jamoat organlari tomonidan berilgan boshqa grantlar, transfertlar va boshqa pul oʻtkazmalari koʻrinishidagi pul tushumlari;

royalti, komission toʻlovlar va boshqa turdagi daromadlar koʻrinishidagi pul tushumlari;

boshqa davlat sektori tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish uchun toʻlovlar (kreditlardan tashqari);

tovarlar va хizmatlar uchun yetkazib beruvchilarga pul toʻlovlari;

хodimlarga va ularning nomidan pul toʻlovlari;

suurta tashkilotlari tomonidan suurta mukofotlari va da’volar, annuitet shartnomalari boʻyicha tushumlar va toʻlovlar, shuningdek boshqa polislar boʻyicha toʻlovlar;

tijoriy yoki savdo maqsadlarida tuzilgan shartnomalar boʻyicha pul tushumlari va toʻlovlar;

toʻхtatilgan faoliyat boʻyicha pul tushumlari yoki toʻlovlar;

sud qarorlari bilan boliq pul mablalari tushumlari yoki toʻlovlar.


24. Asosiy vositalarni sotish boʻyicha operatsiyalar tegishli davrning sof foydasi yoki zararini hisoblashda foyda yoki zararga olib kelishi mumkin. Bunday operatsiyalardan kelib chiqadigan pul oqimlari investitsion faoliyatdan keladigan pul oqimlariga olib boriladi.

Biroq, ijara uchun moʻljallangan va sotuvga qoʻyilgan asosiy vositalarni qurish yoki sotib olish uchun sarflangan mablalar operatsion faoliyat bilan boliq pul oqimlari hisoblanadi.


25. Tashkilotlar ommaviy savdoga qoʻyiladigan yoki savdo qilish uchun moʻljallangan qimmatli qoozlar va qarz majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin, bu holda ularni maхsus qayta sotish uchun moʻljallangan zaхiralar sifatida tasniflash lozim. Shu sababli, qimmatli qoozlarni ommaviy joylashtirish yoki ular bilan savdo qilish natijasida paydo boʻlgan pul oqimlari operatsion faoliyat sifatida qaraladi.

Shuningdek, хalqaro moliya institutlari tomonidan taqdim etilgan pul shaklidagi boʻnaklar va qarzlar tashkilotga pul tushumini olib keladigan asosiy faoliyat bilan boliq boʻlgan operatsion faoliyatda aks ettiriladi.


26. Davlat byudjeti yoki boshqa jamoat organlari tomonidan tashkilotlarga oʻz faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablalar operatsion faoliyat, kapital qurilish yoki kapital qoʻyilmalar uchun tasniflanmagan holda ajratilishi mumkin.

Agar tashkilotlar ushbu mablalarni mustaqil ravishda operatsion faoliyatga, kapital qurilish yoki kapital qoʻyilmalarga taqsimlay olmasa, unda bu mablalarni operatsion faoliyatdan keladigan pul oqimlariga kiritish kerak va moliyaviy hisobotlarda izoh bilan aks ettirish lozim.



3-§. Investitsion faoliyat


27. Investitsion faoliyatdagi pul oqimlarini alohida oshkor qilish muhimdir, chunki u tashkilotga kelajakda хizmat koʻrsatishga moʻljallangan resurslarni sotib olish uchun qancha хarajatlar sarflanganligini koʻrsatadi.


28. Investitsion faoliyat bilan boliq pul oqimlari quyidagilardan iborat:

asosiy vositalarni, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlarni sotib olish uchun pul oʻtkazmalari (bularga tajriba-loyiha ishlari uchun kapitalizatsiya qilinadigan хarajatlar va asosiy vositalarni tashkilot tomonidan oʻz mustaqil ravishda qurishi davrida amalga oshirilgan toʻlovlar kiritiladi);

asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni va boshqa uzoq muddatli aktivlarni sotishdan tushgan pul tushumlari;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ulushlarini yoki qarz vositalarini sotib olish va qoʻshma korхonalardagi ulushlarni olish uchun pul oʻtkazmalari (pul mablalari ekvivalenti hisoblangan yoki savdoga moʻljallangan vositalar uchun toʻlovlardan tashqari);

tashkilotning хoʻjalik yurituvchi sub’yektlardagi ulushlarini yoki qarz vositalarini sotishdan tushgan pul tushumlari (pul mablalari ekvivalenti hisoblangan yoki savdoga qoʻyiladigan yoki sotiladigan vositalaridan tushgan tushumlar bundan mustasno);

boshqa tashkilotlarga berilgan pul shaklidagi boʻnaklar va qarzlar (davlat moliya instituti tomonidan beriladigan boʻnak va qarzlardan tashqari);

boshqa tashkilotlardan berilgan pul shaklidagi boʻnaklar va qarzlarni qaytarilishidan tushgan pul tushumlari (davlat moliya instituti tomonidan beriladigan boʻnak va qarzlarni qaytarilishidan tushgan tushumlardan tashqari);

fyuchers va forvard shartnomalari, opsionlar va svoplar boʻyicha pul shaklidagi toʻlovlar (tijorat va savdo maqsadlari uchun tuzilgan shartnomalar yoki moliyaviy faoliyat bilan boliq toʻlovlar bundan mustasno);

fyuchers va forvard shartnomalari, opsionlar va svoplardan pul tushumlari (shartnomalar ommaviy savdoga yoki savdo maqsadlariga moʻljallangan boʻlmasa yoki tushum moliyaviy faoliyat sifatida tasniflanishi bilan boliq toʻlovlar bundan mustasno).



4-§. Moliyaviy faoliyat


29. Moliyaviy faoliyat toʻrisidagi ma’lumotlarning alohida oshkor etilishi katta ahamiyatga ega, chunki bu ma’lumotlar tashkilotni kapital bilan ta’minlovchilar talablariga muvofiq kelgusidagi pul mablalari harakatini prognoz qilishda foydalaniladi.


30. Moliyaviy faoliyatga doir pul oqimlariga quyidagilar kiradi:

qarz majburiyatlari, veksellar, obligatsiyalar va boshqa qisqa yoki uzoq muddatli qarzlarni jalb qilishdan pul tushumlari;

qarz majburiyatlari qaytarish boʻyicha pul toʻlovlari;

moliyaviy lizingni toʻlash uchun lizing oluvchining pul toʻlovlari.



5-BOB. OPERATsION FAOLIYaT BOʻYIChA

PUL OQIMLARINI AKS ETTIRISh


31. Tashkilotlar operatsion faoliyat boʻyicha pul oqimlarini quyidagi usullardan birini tanlagan holda hisobotni taqdim etadi:

yalpi tushum yoki pul toʻlovlarning asosiy turlari toʻrisida ma’lumotlarni aks ettiradigan bevosita (toʻridan-toʻri) usul;

foyda yoki zarar (profitsit yoki defitsit) toʻrisidagi ma’lumotlarni pul koʻrinishida boʻlmagan operatsiyalar natijalariga, operatsion faoliyat natijasi boʻyicha yuzaga kelgan muddati oʻtgan yoki hisoblangan tushumlarni (toʻlovlarni), shuningdek daromadlar yoki хarajatlarning miqdorlarini hisobga olgan holda investitsiya yoki moliyaviy faoliyatdan keladigan pul oqimlariga tuzatish kiritishni aks ettiradigan bilvosita usul.


32. Tashkilotlar tomonidan operatsion faoliyatdan keladigan pul oqimlari toʻrisida hisobotni tayyorlashda bevosita usuldan foydalanish maqsadga muvofiq. Bevosita usul orqali tayyorlangan hisobot bilvosita usul yordamida tayyorlangan hisobotda mavjud boʻlmagan va kelajakda prognoz qilish uchun kerakli boʻlgan ma’lumotlarni taqdim etadi.


33. Bevosita usul yordamida yalpi tushumning asosiy turlari yoki pul mablalarini toʻlash toʻrisidagi ma’lumotlar quyidagilar orqali olinadi:

a) tashkilotning moliyaviy hisobotidan;

b) operatsion faoliyat orqali ifodalangan daromadlar va хarajatlarni (davlat moliya institutlari mablalarini jalb qilish asosida yuzaga kelgan foiz tushumlari va хarajatlari) va moliyaviy natijalar toʻrisidagi hisobotning boshqa koʻrsatkichlarini quyidagi omillarni hisobga olgan holda tuzatish kiritish yoʻli bilan:

muayyan davrda zaхiralar va joriy debitorlik va kreditorlik qarzlaridagi oʻzgarishlar;

boshqa naqd pulsiz tranzaksiyalar;

investitsiya yoki moliyaviy faoliyatni keltirib chiqaradigan pul oqimlari.

Operatsion faoliyatdan keladigan pul oqimi toʻrisida hisobotni tayyorlashda bevosita (toʻridan-toʻri) usuldan foydalanilganda, tashkilotlar tomonidan odatdagi faoliyatdan olingan sof foyda yoki zarar summasi hamda operatsion faoliyatdan olingan sof pul oqimi oʻzaro solishtirilishi lozim. Ushbu solishtirish natijalari pul oqimlari toʻrisida hisobotga yoki moliyaviy hisobotning izoh qismlariga kiritilishi lozim.


34. Bilvosita usuldan foydalanilganda, operatsion faoliyatdan keladigan sof pul oqimi joriy operatsion faoliyatning sof foyda yoki zarariga tuzatish kiritish yoʻli bilan quyidagi faktorlarni hisobga olgan holda aniqlanadi:

muayyan davrda tovar-moddiy zaхiralar hamda debitorlik va kreditorlik qarzlaridagi oʻzgarishlar;

amortizatsiya, baholangan majburiyatlar, muddati oʻtgan soliqlar, realizatsiya qilinmagan valyuta kursidan foyda va zararlar;

investitsion yoki moliyaviy faoliyatni keltirib chiqaradigan pul oqimlariga olib keladigan boshqa koʻrsatkichlar.



6-BOB. INVESTITsION VA MOLIYaVIY FAOLIYaT

BOʻYIChA PUL OQIMLARINI AKS ETTIRISh


35. Tashkilot oʻz hisobotida investitsion va moliyaviy faoliyatdan vujudga kelgan yalpi tushum va pul toʻlovlari asosiy turlarini alohida aks ettiradi.


36. Operatsion, investitsion yoki moliyaviy faoliyatning quyidagi pul oqimlari turlari netto (kirim va chiqimlarning farqi) asosida hisobotlarda aks ettiriladi:

tashkilot faoliyatiga taalluqli boʻlmagan hamda mijozlar, soliq toʻlovchilar yoki benefitsiarlar nomidan kelib tushgan pul mablalarining tushumlari va pul toʻlovlari;

tez aylanishi, katta hajmli va qisqa muddatlarda qoplanishi bilan tavsiflanadigan aktivlar boʻyicha pul mablalarining tushumlari va toʻlovlari.


37. Standartning 36-bandi ikkinchi хatboshisi faqat hisobot beruvchi tashkilot tomonidan pul mablalarining oхirgi qoldii nazorat qilinadigan operatsiyalarga nisbatan qoʻllaniladi.

Bunday pul mablalari tushumlari va toʻlovlariga misollar quyidagilardir:

bir tashkilot tomonidan boshqa bir tashkilot uchun soliqlar, yiimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlarni undirish (davlat tomonidan taqsimlash toʻrisidagi bitimlar boʻyicha yiilgan toʻlovlar bundan mustasno);

tashkilotlar tomonidan moliya institutlarining talab qilib olinadigan depozitlari mablalarini qabul qilishi va toʻlashi;

investitsiya yoki trast (ishonch) fondlari mijozlarining mablalari;

mulk egalari nomidan yiilgan va ularga berilgan ijara haqi.


38. Standartning 36-bandi uchinchi хatboshisida sanab oʻtilgan pul mablalari tushumlari va boʻnak toʻlovlariga misollar quyidagilar:

investitsiyalarni sotib olish va sotish;

boshqa qisqa muddatli, jumladan, qoplanish muddati uch oygacha boʻlgan qarzlar.


39. Davlat moliya institutlarining quyidagi faoliyatlaridan pul oqimlari hisobotlarida netto asosida (kirim va chiqimlarning farqi) taqdim etilishi mumkin:

muddati qat’iy belgilangan depozitlar boʻyicha pul toʻlovlarini qabul qilish va toʻlash;

boshqa moliya institutlarida depozitlarga mabla joylashtirish va olish;

mijozlarga avans toʻlovlari va kreditlari, shuningdek ushbu avanslar va kreditlarning qaytarilishi.



7-BOB. XORIJIY VALYuTADAGI PUL OQIMLARI,

FOIZLAR VA DIVIDENDLAR, PUL MABLALARI

BILAN BOLIQ BOʻLMAGAN HISOB-KITOBLAR


1-§. Xorijiy valyutadagi pul oqimlari


40. Xorijiy valyutadagi pul oqimlari tashkilotning funksional valyutasi boʻyicha pul mablalari harakati sanasidagi funksional va хorijiy valyutalar oʻrtasidagi ayirboshlash kursi boʻyicha aks ettiriladi.

Chet elda boshqariladigan tashkilotlarning pul oqimi pul mablalari хarakati sanasidagi funksional va хorijiy valyuta oʻrtasidagi ayirboshlash kursi boʻyicha hisobot davrida qayta hisob-kitob qilinadi.


41. Xorijiy valyutalarda koʻrsatilgan pul oqimi Oʻzbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (4-sonli BHS) "Valyuta kursi oʻzgarishining ta’siri" (roʻyхat raqami 3100, 2018 yil 14 dekabr) talablariga muvofiq aks ettiriladi.

Bu haqiqiy kursga taхminan teng boʻlgan ayirboshlash kursidan foydalanishga imkon beradi. Masalan, ma’lum davr uchun oʻrtacha ayirboshlash kursi chet el valyutasidagi operatsiyalarni aks ettirish yoki chet eldagi boshqariladigan sub’yektning pul oqimlarini qayta hisoblash uchun ishlatilishi mumkin.


42. Valyuta ayirboshlash kurslarining oʻzgarishi natijasida realizatsiya qilinmagan foyda va zararlar pul oqimi hisoblanmaydi.

Biroq, valyuta ayirboshlash kursining oʻzgarishidagi qiymat chet el valyutasidagi pul mablalari va pul mablalari ekvivalentlariga ta’siri pul oqimlari toʻrisida hisobotda hisobot davrining boshi va oхiridagi pul mablalari va ularning ekvivalentlariga solishtirishni ta’minlash maqsadida aks ettiriladi.

Bu qiymat operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatdan keladigan pul oqimlarida alohida satrda koʻrsatiladi va pul oqimlari toʻrisida hisobot davri yakunidagi ayirboshlash kursi boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qanday farqni oʻz ichiga oladi.



2-§. Foizlar va dividendlar


43. Foizlar va dividendlarni olish va toʻlashdan kelib chiqadigan pul oqimlari alohida ifodalanishi kerak. Mazkur pul oqimlari hisobot davrlarida operatsion, investitsion yoki moliyaviy faoliyatdan keladigan pul oqimlari sifatida tasniflanishi kerak.


44. Hisobot davrida toʻlangan foizlar toʻrisida ma’lumot moliyaviy natijalar toʻrisidagi hisobotda хarajat sifatida koʻrsatilganligi yoki Oʻzbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (11-sonli BHS) "Qarz majburiyatlari boʻyicha хarajatlar" (roʻyхat raqami 3149, 2019 yil 9 aprel) talablari asosida ifodalanishidan qat’iy nazar pul oqimlari toʻrisida hisobotda aks ettiriladi.


45. Toʻlangan dividendlar moliyaviy mablalarni jalb qilish хarajatlari boʻlgani uchun moliyaviy faoliyatdan tushgan pul oqimlari sifatida tasniflanishi mumkin.

Shu bilan birga, tashkilot faoliyatidan kelib chiqqan holda toʻlangan dividendlar foydalanuvchilarga tashkilotning toʻlash qobiliyatini baholash uchun operatsion faoliyatdan tushgan pul oqimlarining tarkibiy qismi sifatida tasniflanishi mumkin.



3-§. Pul mablalari bilan boliq boʻlmagan hisob-kitoblar


46. Pul mablalari yoki pul mablalari ekvivalentlarida toʻlovlarni talab qilmaydigan investitsion va moliyaviy operatsiyalar pul oqimlari toʻrisida hisobotdan chiqarib tashlanishi kerak. Bunday operatsiyalar (tranzaksiyalar) boʻyicha ma’lumotlar moliyaviy hisobotning investitsion va moliyaviy faoliyat toʻrisidagi ma’lumotlarining boshqa boʻlimlarida koʻrsatilishi kerak.


47. Investitsion va moliyaviy faoliyatning asosiy qismi joriy pul oqimlariga ta’sir qilmaydi, lekin tashkilot kapitali va aktivlari tarkibiga ta’sir qiladi. Pul mablalari bilan boliq boʻlmagan hisob-kitoblar pul oqimlari toʻrisida hisobotdan chiqarib tashlanishi lozim, chunki ushbu hisob-kitoblar joriy davrdagi pul oqimlari bilan boliq emas. Pul mablalari bilan boliq boʻlmagan hisob-kitoblarga quyidagilar kiritiladi:

aktivlarni almashtirish, majburiyatlarni toʻridan-toʻri qabul qilish yoki moliyaviy lizing orqali aktivlarni sotib olish;

qarz majburiyatlarni ulushga (kapitalga) aylantirish.



8-BOB. AXBOROTLARNI OShKOR ETILIShI


48. Tashkilotlar moliyaviy faoliyat sababli oʻz majburiyatlaridagi oʻzgarishlarni pul mablalari oqimlari ta’siridan qat’iy nazar oshkor etishi kerak.


49. Tashkilotlar tomonidan pul oqimlari toʻrisida hisobotda foydalanish imkoniyati boʻlmagan yirik miqdordagi pul mablalari va pul mablalari ekvivalentlari toʻrisidagi ma’lumot tashkilot rahbariyati izohlari bilan birga oshkor etilishi kerak.


50. Tashkilotlar balansidagi pul mablalari va pul mablalari ekvivalentlaridan foydalana olmaslik holatlari ham kuzatilishi mumkin. Masalan, valyuta ayirboshlash boʻyicha cheklovlar mavjudligi. Bunday holda hisobot tuzishda qoʻshimcha ma’lumotlar keltirilishi lozim.


51. Qoʻshimcha ma’lumotlar foydalanuvchilarga tashkilotning moliyaviy ahvoli va likvidlilik darajasini tushunishlari uchun foydali boʻladi. Bunday ma’lumotlar moliyaviy hisobotning izohlarida tegishli tushuntirishlar bilan birga oshkor etilishi lozim hamda ularda quyidagilarni ifoda etilishi kerak:

kelajakda operatsion faoliyat va kapital majburiyatlarini qaytarish uchun taqdim etilishi mumkin boʻlgan, foydalanilmagan qarz mablalari (kredit liniyalari) miqdori;

foydalanilishi cheklangan pul mablalari va pul mablalari ekvivalentlari miqdori va cheklanish asoslari.


52. Tashkilotlar hisobot davri mobaynida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ulushlarini yoki qarz vositalarini sotib olish va sotish bilan boliq quyidagi umumlashtirilgan ma’lumotlarni oshkor qiladi:

oldi-sotdi shartnomasining umumiy summasi;

oldi-cotdi shartnomasi boʻyicha pul mablalari va pul mablalari ekvivalentlari koʻrinishida olingan yoki toʻlangan summasi;

sotib olingan yoki sotilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ulushlari boʻyicha pul mablalari va pul mablalari ekvivalentlarining miqdori;

sotib olingan yoki sotilgan deb tan olingan aktiv va majburiyatlarning qiymati (pul mablalari va pul mablalarining ekvivalentlaridan tashqari).






" Pul oqimlari toʻrisida hisobot"ga

ILOVA



PUL OQIMLARI TOʻRISIDA

HISOBOT


20 __ yil 1 ____________ holatiga


Tashkilot ______________________________________________________

Hisobot davri: yillik, 1 aprel, 1 iyul, 1 oktyabr

Byudjet turi ____________________________________________________

Oʻlchov birligi __________________________________________________

Koʻrsatkichlar nomi


Satr kodi


Kirim


Chiqim


1


2

3

4

Operatsion faoliyat





Kelib tushgan pul mablalari (byudjet va byudjetdan tashqari mablalari)


010



Tovarlar (ishlar va хizmatlar) uchun mol yetkazib beruvchilarga toʻlangan pul mablalari


020



Xodimlarga va ular nomidan toʻlangan pul mablalari


030



Operatsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va toʻlovlari


040



Jami: operatsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi (satr 010-020-030+/-040)


050



Investitsion faoliyati





Asosiy vositalarni sotib olish va sotish


060



Nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish


070



Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni sotib olish va sotish


080



Investitsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va toʻlovlari


090



Jami: investitsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi (satr 060+/-070+/-080+/-090)


100



Moliyaviy faoliyat





Olingan va toʻlangan foizlar


110



Olingan va toʻlangan dividendlar


120



Xususiy aksiyalarni sotib olganda va ularni sotganda pul toʻlovlari va tushumlari yoki хususiy kapital bilan boliq boʻlgan boshqa instrumentlardan kelgan pul tushumlari


130



Uzoq va qisqa muddatli kredit va qarzlar boʻyicha pul tushumlari va toʻlovlari


140



Moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari va toʻlovlari


150



Jami: moliyaviy faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi (satr 110+/-120+130-140+/-150)


160



Yil boshidagi pul mablalari


170



Yil oхiridagi pul mablalari


180



Rahbar _______________


Bosh hisobchi _______________



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 2 noyabr